Научная статья на тему 'MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASHDA LINGVOPOETIKANING AHAMIYATI'

MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASHDA LINGVOPOETIKANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
141
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lingvopoetika tushunchasi / tasavvufiy lingvopoetika / anafora / litota / okkozionalizm / kontominatsiya. / The concept of linguopoetics / mystical linguopoetics / anaphora / lithota / contamination.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Qo’Ziboyeva, Saodatxon Nosirjon Qizi

Ushbu maqolada o’zbek she’riyatida lingvopoetika tushunchasining mohiyati xususida so’z boradi. O’zbek va jahon tilshunosligida lingvopoetikaga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF LINGUOPOETICS IN PROVIDING SPIRITUAL DEVELOPMENT

This article will illustrate the main concept of linguopoetics in Uzbek poetry. The assessment which is given for linguopoetics not only in Uzbek linguistics but also in the world one and various views for this phenomenon are considered here.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASHDA LINGVOPOETIKANING AHAMIYATI»

MA'NAVIY TARAQQIYOTNI TA'MINLASHDA LINGVOPOETIKANING

AHAMIYATI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-897-901

Saodatxon Nosirjon qizi Qo'ziboyeva

Farg'ona davlat universiteti talabasi saodatxonnosirjonqizi@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o 'zbek she'riyatida lingvopoetika tushunchasining mohiyati xususida so 'z boradi. O 'zbek va jahon tilshunosligida lingvopoetikaga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Lingvopoetika tushunchasi, tasavvufiy lingvopoetika, anafora, litota, okkozionalizm, kontominatsiya.

ABSTRACT

This article will illustrate the main concept of linguopoetics in Uzbek poetry. The assessment which is given for linguopoetics not only in Uzbek linguistics but also in the world one and various views for this phenomenon are considered here.

Keywords: The concept of linguopoetics, mystical linguopoetics, anaphora, lithota, contamination.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается сущность понятия лингвопоэтики в узбекской поэзии. Обсуждаются оценка лингвопоетики в узбекской и мировой лингвистике и различные подходы к этому явлению.

Ключевые слова: Понятия лингвопоетик,мистической лингвопоетики, анафоры,литоты, окказионализма, контаминации.

KIRISH

Adabiyot so'z san'ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo'lib kelgan[4;85]. Darhaqiqat, san'atlar orasida badiiy adabiyot oliy san'at, u mutlaqo o'ziga xos xususiyatlar, qonun-qoidalar bilan harakterlanadi. So'z san'atining asrlar davomida sayqallanib, jilolanib borishi esa o'z-o'zidan tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarining rivojiga birdek xizmat qilib kelmoqda. San'at turi sifatida adabiyotning o'ziga xosligi,uning so'z vositasida obraz yaratishida ko'zga tashlanadi.Badiiy asar matni,tilning estetik vazifasini namoyon bo'lishida asosiy o'rin egallaydi. Bu vazifaning o'ziga xos-xususiyatlarini o'rganishda adabiyot nazariyasi,

897

adabiyot tarixi, poetika kabi adabiyotshunoslikning yo'nalishlari va lingvistik stilistika, til tarixi, leksikologiya, semasiologiya, etimologiya, grammatika kabi tilshunoslik yo'nalishlari bir-biri bilan hamkorlikda ish olib borishi fan rivojiga ulkan hissa qo'shishidan dalolatdir. Hatto o'tgan asrning boshlarida bir qator tilshunos va adabiyotshunoslar ikki yo'nalish orasida vujudga kelgan muammolarni bartaraf etish va ularni ilmiy asosda o'rganadigan alohida fan turi shakllanishi haqidagi juda ko'plab fikrlarni ilgari surganlar. Jumladan, B.A.Larin "Ertadir kechdir, menimcha, juda tez orada til estetikasi alohida fan sifatida tan olinadi"[2;7] degan edi. Badiiy asar tilini, tilning aynan estetik vazifasining namoyon bo'lishi tarzida o'rganuvchi soha "Lingvistik poetika-lingvopoetika" deb nomlash filologiya ilmida ancha turg'unlashgan hamda lingvistikpoetika''ning filologik ilmlar tizimida alohida mustaqil fan sifatidagi o'rnini aniqlashtirishga bag'ishlangan ko'plab tadqiqotlar yaratilgan.Mashhur Rus filologi V. Jirmunskiy "Poetikaning vazifalari" nomli ishida A.A. Potebnya asarlaridagi, poetikani til haqidagi umumiy fan- lingvistika bilan yaqinlashtirishdan iborat metodi o'ta samarador ekanligini alohida ta'kidlaydi.Hamonki poeziyaning materiali so'z ekan,poetikaning sistemali tuzulishining asosi bizga lingvistika beradigan til faktlarining tasnifi sifatida qo'yilmog'i lozim.Badiiy vazifaga bo'ysundirilgan bu faktlarning har biri shu tariqa poetik usul(pryom)ga aylanadi.Shunday qilib,til haqidagi fanning har bir bo'limiga nazariy poetikaning alohida bo'limi muvofiq kelishi kerak.Bunda u albatta,poetik fonetika,poetik morfologiya,poetik sintaktika kabilarni nazarda tutadi.Ma'lumki,poetika badiiy asarlarda ifoda vositalarining tizimi haqidagi eng qadimiy adabiyotshunoslik fanidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Moziyga nazar tashlashda davom etadigan bo'lsak,poetika termini dastlab Arastuning "Poetika" asarida qo'llangan bo'lib,adabiyotshunoslik negizida badiiy asarlarni tahlil qilish turini, bu fan tilshunoslik va mantiq, tarix va san'atshunoslik, estetika va etika, falsafa va siyosat kabi ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog'liqligini ko'rsatib bergan.Qadimiy madaniyatning atoqli tadqiqotchisi A.F.Lo -sev ning yozishicha, Arastu go'zallik yoki ajiblik haqidagi fikrlarida aqliy idrok va hissiy idrok uyg'unligiga e'tibor beradi.Arastuning fikricha,har qanday sezgi,istak-mayl yoki o'y-xayol biror narsa,hodisaga intilar ekan,o'sha narsadan qandaydir rohat-farog'at oladi,shu ma'noda o'sha hodisa ajib yoki go'zal bo'ladi.Arastuning "Poetika" (Nafis san'atlar haqida) kitobida hozirgi zamon tushunchasidagi she'riyat emas,balki umuminsoniy nafosat,san'at qonun-qoidalari bayon qilinadi.Allomaning

ushbu asari Sharq xalqlari estetik tafakkuri rivojiga ham katta ta'sir ko'rsatgan. Atoqli sharqshunos olim Abdusodiq Irisov "Aristote Poetikasi va uning Sharqdagi izdoshlari" nomli ilmiy asarida yunon allomasining asari qanday qilib Sharqda tarqalganligini tadqiq qiladi. Jumladan, Alisher Navoiy "Xamsa" dostonlarida Arastuning falsafiy qarashlariga keng o'rin ajratgan. "Saddi Iskandariy"da keltirilgan hikoyatlar esa bunga misoldir. Poetika Arastuning falsafiy qarashlari hamda Sharq adabiyotidagi tasavvufiy qarashlar bilan uyg'unlashgan holda ko'hna asrlar tamaddunidan joy olib kelgan. Shu o'rinda tasavvuf adabiyoti lingvopoetikasiga ham to'xtaladigan bo'lsak, tasavvuf adabiyotining vujudga kelishi dastlab arab va fors tillarida buyuk bir she'riyatning vujudga kelishi bilan boshlanganiga guvoh bo'lamiz. Bugungi kunga qadar so'fiyona she'riyatning oldiga qo'ygan vazifalar, ularning turlari, tasvir mavzusi, ulardagi obraz-timsollar, buyuk so'fiy shoirlar haqida yetarli darajada tadqiqotlar olib borilgan.Tasavvuf adabiyoti haqida yozilgan aksariyat tadqiqotlarda so'fiyona she'riyat, tasavvuf falsafasi yoritilgan she'riy asarlar tahlil qilinadi. Aslida so'fiyona adabiyotni Sharq adabiyotining umum kontekstida olib qaraganda o'ziga xos bir badiiy yo'nalish deb baholash mumkin.Bu yo'nalishning ichida xilma-xil janrlar bor. Bu janrlarning aksari ilgaridan mavjud bo'lgan adabiy shakllardir. Bular qadimdan mavjud bo'lgan ruboiy, qit'a, g'azal, tarje'band, muxammas, masnaviy, doston, qissa, hikoya va hokazolardir. Tasavvuf bu janrlarga yangi mazmun va ruh bag'ishladi, avvalgi adabiy usullarga ramziy(yashirin) ma'nolar yuklandi. Tasavvuf adabiyoti lingvopoetikasi -mumtoz sharq filologiya sohasining rivoji, shuningdek mumtoz filologiya ta'lim yo'nalishlari uchun nihoyatda muhimdir. Birinchi navbatda keng iste'molda bo'lgan tasavvuf istilohlarining genezisi,semantik tahlili,tarkibiy xususiyatlari, matn poetikasi kabi masalalarni atroflicha tadqiq etilishiga va kelajakda mutaxassislar va tasavvuf adabiyoti ixlosmandlari uchun so'fiyona mazmundagi asarlar mazmun mohiyatini chuqurroq anglashga imkon beruvchi lug'at va so'fiyona matnlarning sharhini yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yganidan dalolatdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Adabiyotning bosh unsuri so'z, umuman tildir.Adabiy asarning san'at darajasiga ko'tarila olishi uning lisoniy tarkibi va asar muallifining badiiy ifoda balog'atiga bog'liq ekanligi shubhasiz .Shunday ekan,har qanday adabiy asarning mohiyatini xolis baholamoq uchun,eng avvalo uning lisoniy tarkibining o'ziga xosligi tahlil etilmog'i lozim. Avvalo ta'kidlash kerakki,badiiy asar tilini o'rganishda keng tarqalgan ikki asosiy yo'nalishni kuzatiish mumkin. Bu ikki yo'nalishni X.Doniyorov

va S.Mirzayevlar "So'z san'ati" deb nomlangan kitoblarida quyidagicha ta'riflaganlar: "Tildagi o'sish-o'zgarishlarni o'rganishni o'z oldiga vazifa qilib qo'yadigan aspekt, ijodkorning umumxalq tiliga bo'lgan munosabati, til boyliklaridan foydalanishi,uning mahorati, stili haqida xulosa chiqaruvchi aspekt-stilistik aspekt''[5;7]. Tilning muayyan tarixiy davrdagi holati, ayni holatga xos bo'lgan xususiyatlar, leksik, fonetik va grammatik o'zgachaliklar, tilning hozirgi holati bilan umumiy va farqli jihatlarini ilmiy tadqiq etish maqsadida o'sha davrga oid adabiy-badiiy asalarning, ijod namunalarining tili o'rganilishi mumkin.Bunda adabiy asarlar, yozma yodgorliklar tili ayni maqsaddagi tadqiqot uchun faqat material bo'lib xizmat qiladi.Hamda buni tasvirlash va tadqiq etishda bu yo'l eng qadimgi va mustahkam linvistik an'ana sifatida yashab kelmoqda.

Biror bir she'rni o'qiyotganimizda asar mazmunini yakka-yakka so'zlardan yoki ayrim iboralardangina emas, balki matn deb ataluvchi butunlik bilan munosabatga kirishgandan so'nggina anglay boshlaymiz. Ijod mahsuli bo'lgan she'r, badiiy asarni shunchaki gazeta o'qigandek o'qib bo'lmaydi,uni o'qish uchun ham tayyorgarlik kerak. Voqealar tizimini kuzatib borish bilangina asarni o'qib bo'lib qolgan bo'lmaymiz. Matn mohiyatiga kirib borish uchun, avvalo tilshunoslik va adabiyotshunoslikning tamal qonuniyatlaridan xabardor bo'lish lozim. Bizga ma'lumki, til kommunikativ (aloqa quroli, vositasi), ekspressiv (fikrlarni ifodalash), konstruktiv (fikrlarni shakllantirish), akkumulyativ (ijtimoiy tajriba va bilimlarni to'plash, saqlash) kabi bir necha funksiyalarni bajaradi. Shunga ko'ra matndagi til birliklari muayyan maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi ya'ni (kim-nima, kimga-nimaga, kim haqida-nima haqida). Va o'z-o'zidan, har qanday ijod mahsulining ta'sirchanligini unda qo'llanilgan badiiy tasvir vositalari ta'minlaydi. Til va adabiyot jihatidan qolipga tushuvchi, topib qo'llanilgan so'zlar asarning asosiy, kuchli quroli hisoblanadi.Va ularni kuchini oshirishda anafora(she'riy misralarning boshida yoki nasriy asardagi gaplarning oldida bir xil, jaranglagan tovush, ohangdosh so'z va iboralarning takrorlanib kelishi), litota(narsa, hodisa yoki belgining hajmi, kuchi kabilarni kamaytirib tasvirlash), okkozionalizm (mahsuldor bo'lmagan model asosida yasalgan va faqat shu nutqiy matnning o'zida qo'llangan so'z,individual-uslubiy neologizm), kontominatsiya (biror munosabat,tasavvurga ko'ra o'zaro bog'liq bo'lgan ikki so'z yoki iborani birlashtirish yo'li bilan yangi so'z yoki iboraning hosil bo'lishi) va boshqa bir qancha badiiy san'at, tasvir vositalaridan foydalaniladi. Matn ichida qo'llanilgan barcha detallarni aniqlash va ularning asar mazmuni bilan qay darajada uyg'unligi, badiiy mazmun ifodasidagi o'rni,asosiy matn bilan lisoniy va semantik bog'lanishidagi muhim holatlar haqida fikr yuritish matn lingvopoetikasini

ochishda favqulodda zarurdir. Xullas ana shu umumiy tamoyillar asosida lingvopoetik tahlil olib borilganda,estetik butunlik sifatidagi matnning mohiyati va uni tuzuvchining mahoratini xolis baholash mumkin bo'ladi.

XULOSA

Xulosa shuki, lingvopoetik tadqiq asoslarini, ularning nomlanishini bir ko'rinishga keltirish kerak.Bu masala yuzasidan yaratilgan tadqiqotlar tilimizning boyligini ko'rsatish,filologiyaning yaxlitligini taminlash bilan bir qatorda,yetuk tilshunos va adabiyotshunos mutaxassislar tayyorlashga ham xizmat qiladi,deb o'ylaymiz. Yuqoridagi fikrlar asosida yaxlit xulosa qilishimiz mumkinki matn tilshunoslik nuqtai nazaridan barcha lingvistik xususiyatlarni o'zida mujassam etgan murakkab tuzilmadir va u tilshunoslik va adabiyotshunoslikning barcha sohalarining asosiy o'rganish ob'ektlaridan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. Yo'ldashev.M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. -Toshkent. 2008.-bet 119

2. Yo'ldashev.M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. Fan.-2007.-bet 125

3. Arastu.Poetika va axloqi kabir.-Toshkent.Yangi asr avlodi.2011.-bet 328

4. Karimov.I.A.Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent. Ma'naviyat. 2008.-bet 108

5. Doniyorov X.,Mirzayev S.So'z san'ati(badiiy mahorat va til haqida mulohazalar).-Toshkent.:Fan,1962

6. Tasavvuf adabiyoti lingvopoetikasi maqolalar to'plami. -Toshkent. 2010.-bet 158

7. Муминов, С., Эхсонова, М. (2021). Linguapoetic features of English derivations in literary text. Международный журнал языка, образования, перевода, 4(2), 90 -67.

8. Муминов, Ш. C. (2022). Рахбар нуткининг таъсир утказиш усуллари. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies, 2(3), 418-426. https://doi.org/10.24412/2181 -2454-2022-3-418-426

9. Mo'minov, Sh. (2022). Memuar, bag'ishlov va marsiyalarda rahbar muloqot xulqiga xos qirralarning namoyon bo'lishi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 689-695.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.