Научная статья на тему 'ZAMONAVIY SHAXRISABZ KASHTACHILIGIDA DILOROM JO’RAYEVA IJODINING O’RNI'

ZAMONAVIY SHAXRISABZ KASHTACHILIGIDA DILOROM JO’RAYEVA IJODINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
47
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
san’at / hunarmandchilik / amaliy san’at / kashtachilik / estetik did / chit / satin / shoyi / baxmal movut / so’zana / “oba” chiziq yo’llari / Hunarmandlar uyushmasi / kompozitsiya. / art / craft / applied art / embroidery / aesthetic taste / chit / satin / silk / velvet movut / sozana / "oba" lines / Craftsmen's Union / composition.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bokiyeva, Guzal Ilhom qizi

Ushbu maqolada Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Hunarmand” uyushmasi faoliyatiga hamda Shahrisabz hududi kashtachilik san’ati tarixiga xususan kashtado’z Dilorom Jo’rayeva faoliyatiga alohida to’xtalib o‘tilgan. Maqolada amaliy san’at turlari haqida ham qisqacha ma’lumotlar uchraydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF DILOROM JO'RAYEVA'S CREATION IN MODERN SHAKRISABZ EMBROIDERY

This article focuses on the activities of the "Hunarmand" association, which was established at the initiative of the President, including the history of the embroidery art of the Shahrisabz region. The article also contains brief information about applied arts.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY SHAXRISABZ KASHTACHILIGIDA DILOROM JO’RAYEVA IJODINING O’RNI»

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

ZAMONAVIY SHAXRISABZ KASHTACHILIGIDA DILOROM JO'RAYEVA IJODINING O'RNI

Bokiyeva Guzal Ilhom qizi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San'atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti San'atshunoslik: tasviriy va amaliy san'at ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "Hunarmand" uyushmasi faoliyatiga hamda Shahrisabz hududi kashtachilik san 'ati tarixiga xususan kashtado'z Dilorom Jo'rayeva faoliyatiga alohida to'xtalib o'tilgan. Maqolada amaliy san 'at turlari haqida ham qisqacha ma 'lumotlar uchraydi.

Kalit so'zlar: san'at, hunarmandchilik, amaliy san'at, kashtachilik, estetik did, chit, satin, shoyi, baxmal movut, so 'zana,"oba " chiziq yo 'llari, Hunarmandlar uyushmasi, kompozitsiya.

В данной статье рассматривается деятельность ассоциации «Хунарманд», созданной по инициативе Президента, в том числе история вышивального искусства Шахрисабзского региона. В статье также содержатся краткие сведения о прикладном искусстве.

Ключевые слова: искусство, ремесло, прикладное искусство, вышивка, эстетический вкус, шит, атлас, шелк, бархатный момут, созана, строчки «оба», Союз мастеров, композиция.

This article focuses on the activities of the "Hunarmand" association, which was established at the initiative of the President, including the history of the embroidery art of the Shahrisabz region. The article also contains brief information about applied arts.

Key words: art, craft, applied art, embroidery, aesthetic taste, chit, satin, silk, velvet movut, sozana, "oba" lines, Craftsmen's Union, composition.

So'nggi yillarda O'zbek xalq amaliy san'atidagi jarayonlar ijobiy jihatdan an'analarga rioya qilgan holatda keskin rivojlanib bormoqda. Albatta bu borada usta - hunarmandlarning ilmiy salohiyati hamda O'zbekiston Hunarmand uyushmasining

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

o'rnini alohida e'tirof etishimiz lozim. Prezidentimizning 2017-yil 17-noyabrdagi "Hunarmand" uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori xalq hunarmandchiligi va amaliy san'atning an'anaviy turlarini saqlash va qayta tiklash, hunarmandchilik mahsulotlarining raqobatdoshligi va sifatini oshirish, aholini ushbu sohaga keng jalb etish orqali bandlikni ta'minlash, sayyohlar uchun jozibador bo'lgan hunarmandchilik obyektlarini tashkil etish, mahsulotlarni eksport qilishni rag'batlantirish, yoshlarni mehnatsevarlik, insonparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida hunarmandlarning "Usta-shogird" maktablarini takomillashtirish yo'lida keng imkoniyatlarni taqdim etdi1.

Shu ma'noda qayd etib o'tishimiz kerakki, aynan Hunarmand uyushmasining boshqa viloyatlar amaliy san'atini keng targ'ib etishi qatori Shahrisabz kashtachiligiga ham salmoqli e'tibor qaratishi quvonarli xolatdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek xalqining amaliy san'at namunalari o'ziga xos an'analarga ega. Bu san'at turi qadimdan rivojlanib o'zining uslublari bezaklari bilan bizgacha madaniy me'ros sifatida yetib keldi. Amaliy san'at asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini go'zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi. Amaliy san'atning kashtachilik turi qadimgi turlardan biri hisoblanadi. Kashta - amaliy bezak san'atining keng tarqalgan turi; igna bilan tikib tushirilgan gul tasvirli naqsh hisoblanadi. Kashta qo'lda igna, begiz igna, ilmoqli igna yordamida yoki mashinada, asosan, bo'z mato, chit, satin, shoyi, baxmal movut va charm etik, mahsi, pichoq qini, kamar, ot jabduqlari va boshqa buyumlarga tikiladi. Kashtado'zlikning deyarli barcha xalqlarda qadimiyligini, iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bog'liq holda har bir xalqning madaniyati, san'ati, kasb-hunar turlari bilan birga ularning ta'sirida rivoj topganini ko'rsatadi. Kashtado'zlikning paydo bo'lishi teridan qilingan kiyimlarda bog'lam va choklarning yuzaga kelishi bilan bog'liq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga o'tish birga to'qish, mato to'qish, bo'yash va boshqa ishlar bilan amalga oshiriladi. Kashtado'zlik taraqqiyotini Osiyo, Yevropa, Amerika madaniy yodgorliklari, adabiy manbalardagi kashtalar tasvirida, shuningdek saqlanib qolgan kashtado'zlik namunalarida ham kuzatishimiz mumkin. Kashtado'zlik mahsulotlarining eng qadimiy nusxalari saqlanib qolmagan. Kashtachilik rivojlangan xalqlarda tasviriy san'atning ta'siri katta bo'lgan2. Kashta choklari, kashta tikish va uslublari iplarning ranglari ham turli tumanligi o'zbek

1 https://lex.uz/docs/-3416129#-3416801

2 Gulnoza USMONOVA. "Shaxrisabz kashtachiligi".

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

kashtado'zlarining mahoratidan dalolat beradi. Nurota, Buxoro, Samarqand kashtachiligida ko'proq yo'rma chok bilan, Shahrisabzda yo'rma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda esa ko'proq bosma chok bilan tikilgan. Ijtimoiy hayotda ro'y bergan o'zgarishlar Kashtado'zlik an'analariga, mahsulotning turlariga ta'sir ko'rsatgan. Masalan, hozir bo'g'joma, dorpech, oynaxalta kabi ashyolar o'z ahamiyatini yo'qotdi, lekin paranji, kaltacha kabi kiyimlarni faqat muzeylardagina uchratish mumkin. Do'ppi , sumka, nimcha, kavush, kirpech, so'zana kabi badiiy buyum va ashyolar zamonaviy did bilan bezatilmoqda, shakl va badiiy bezaklarida katta o'zgarishlar ro'y berdi. O'zbek kashtado'zlari buyum bezaklarida amaliy bezak san'atining boshqa turlaridagi naqshlardan andoza olganlar, kashtalarda o'simliksimon tasvirlar, shox, gulband va guldastali tasvirlarni ko'p uchratishimiz mumkin.. Albatta, amaliy san'atning bu turi shahar va viloyatlarimizda o'zining tikilish uslubi, ranglarining serjiloligi bilan ajralish turadi. Ana shunday kashtachilik san'ati rivojlangan shaharlardan biri bu-SHahrisabz kashtachiligi hisoblanadi.

Shahrisabz kashtachilik san'ati XIX asrga kelib, o'ziga xosligi, an'anaviyligi bilan O'rta Osiyoda shuhrat qozondi. Uning qadimgi nusxa kompozitsiyalari ko'p jihatdan gilam ko'rinishini eslatadi. Shahrisabz kashtachiligi asosan iroqi uslubida tikilsada, unda yo'rma va kandaxayol choklaridan keng foydalanilgan. Kashtaning hoshiyalari va mazkaziy maydonini ajratib turuvchi "oba" chiziq yo'llari ham ana shunday uslubda bajarilgan. O'sha vaqtlarda beklar va amirlar saroylari kashtachilik namunalariga buyurtma beruvchi asosiy iste'molchilardan hisoblanar edi. Shu bois bu milliy mahsulot ko'pincha shahar muhiti va tarovatining estetik didini o'zida aks ettirgan. Ma'lumki, ulug' sarkarda Amir Temur ham o'sha vaqtlarda boshqa yurtlardan eng yaxshi naqqosh va hunarmandlarni olib kelganligi bois shaharda hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Natijada Shahrisabz kashtachiligida ham naqqoshlik, o'ymakorlik bilan bog'liqlik, gul shakllarining tushurilishi, barg naqshlari bilan boyitilgan o'simlik shakllarini ifodalovchi bezak uslublari yaxshi rivojlangan va haqiqiy bezak kompozitsiyalarini, xalqona shakllarni o'zida mujassamlashtirgan tasvirlar paydo bo'lgan. Kashtalar tayyorlashda qo'lda tikilgan paxta yoki shoyi matodan, shuningdek, ipak va jundan foydalanilgan. Shu tariqa kashtachilikning rivojlanishi tufayli Sahrisabzda hunarmandchilikning bu turi o'z rang-barangligi va sifatliligi bilan dovrug qozongan. O'zbekiston milliy kashtachiligining ikkinchi guruhini respublika viloyatlaridagi an'anaviy kashtachilik markazlari tashkil etadi, ularda mahsulotlarning avvalgi maishiy maqsadi saqlanib qolgan. Bular Surxondaryo viloyatining deyarli barcha tumanlari, Shahrisabz hamda Kitob tumanlaridan tashqari, Qashqadaryo viloyatining aksariyat tumanlari hamda

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim hududlaridir3. Tadqiqotchilarning aytishicha, Shahrisabz kashtasi gulbezaklarining ko'pligiga ko'ra, Buxoro va Nurota kashtachilik namunalariga yaqindir. Nurota kashtachiligida gul tasvirlariga nazokat va nafislik baxsh etuvchi erkin tagligi katta o'rin tutsa, Shahrisabz kashtachiligida taglikni to'laligicha naqsh bilan bezash yoki bezakning bir tekisda taqsimlanishi yanada yorqin aks etadi. Shahrisabz bezakchiligida keng tarqalgan yo'nalishlardan biri, ko'plab mayda gullar bilan bezatilgan novdalarning ko'rinishidir. Toshkent maktabilarida doira shakli ishlatilgan, asosan quyoshli o'lka bo'lgani uchun qizil yorqin ranglardan foydalanishgan, Nurota maktabida sochma gullar, islimiy gullar ko'proq tabiatdan olingan chiroyli gullar ishlatilgan. Shahrisabz maktabini oladigan bo'lsak, asosan qalampir munchoq, to'rtburchak, uchburchak, tumor shakllar ishlatilgan, bu ko'z nazar nafasdan saqlash uchun ya'ni oilani qo'rg'oni bo'lsin degan ma'noda ham shunaqa shakllar ko'p ishlatilgan.

Bu uslub xalq kashtachilik san'ati hamda saroy san'atida ham keng tarqalgan. Ular Shahrisabz yodgorliklari va me'moriy bezaklarida ham o'z aksini topgan. Hunarmand ayollarimizdan biri Dilorom Jurayeva Shahrisabz kashtachiligi bilan bir necha yillardan buyon shug'ullanib kelayotgan mehnatsevar hunarmandlarimizdan biri hisoblanadi. Kashtachilik Dilorom Jurayeaga momomeros hunar. Mohir kashtado'z Shahrisabz kashtachiligi an'analarini davom ettirayotgan uchinchi avlod hisoblanib, qariyb o'ttiz yildan buyon kashtachilik bilan shug'ullanib keladi, va farzandlari ham shu hunar davomchilari hisoblanadi.

2011-yilda "Hunarmandlar uyushmasi" ga a'zo bo'lganlar va shogirdlar chiqara boshlaganlar. Hozirgi kunga kelib yuzdan ziyod shogirdlari bor va bugungi kunda shogirdlarini iqtidoriga qarab ish bilan ta'minlab kelmoqdalar. Ko'pgina shogirdlari "Malakali kashtachi usta" nomini olishgan. Shogirdlari ham ko'pgina tanlovlarda ishtirok etib bir qancha diplom va nufuzli sovrinlar bilan taqdirlanib kelishmoqda. Pandemiya vaqtida ham hunarmandimiz ayollarga online to'garak ochib, kashtachilik sir-asrorlarini o'rgatib, ayollarimizni vaqtlarini mazmunli o'tkazishga hissalarini qo'shganlar Ko'plab ko'rgazmalarda ishtirok etganlar va shu jumladan "Yil ayoli" ko'rik tanlovida ishtirok etib faxrli o'rinni qo'lga kiritganlar. Turli turizm tadbirlarida, Respublika miqyosida o'tkazilgan festival va forumlarda, maqom festivalida, ham shaxsiy kolleksiyalari bilan qatnashganlar. 2018- 2020-yillarda "Xalqaro Milliy Liboslar" festivalida ishtirok etib - "Eng yaxshi innovatsion loyiha", tanlovida kuchli yuztalik ichidan g'olib bo'lib diplom hamda qimmatbaho sovrin bilan taqdirlanganlar.

3 X.Xayitboboyeva. Mustaqillik davri amaliy san'atida an'ana va innovatsiya. Toshkent.2022.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Hunarmand Dilorom Jurayeva iroqi kashtachiligi, to'n tikish, beshik anjomlari va shunga o'xshash amaliy san'at mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanib kelganlar. Shahrisabz kashtachiligi ranglari va turli nusxalari bilan boshqa hudud kashtachiligidan tubdan farq qiladi. Masalan, anor nusxa, bodiring nusxa, to'pchin va bir qancha turdagi so'zana va iroqi kashta, bosma, yo'rma kashta tikish yo'nalishlari bilan farqlanadi va har bir kashtachilik namunasi o'z davrining kayfiyatini ifodalaydi, - deydi hurarmandimiz Dilorom Jurayeva.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, O'zbek xalq amaliy san'ati necha asrlardan buyon o'z ahamiyatini va mavqeini saqlab va rivojlantirib kelayotgan muhim soha hisoblanadi.An'anaviy jarayonlarni bugungi kunda yosh hunarmandlar tomonidan qayta tiklanilayotgani yuqoridagi fikrimizni yana bir bor isbotlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Xayitboboyeva X. Mustaqillik davri amaliy san'atida an'ana va innovatsiya. Toshkent. 2022.

2. https://lex.uz/docs/-3416129#-3416801

3. Gulnoza USMONOVA. "Shaxrisabz kashtachiligi".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.