Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON AMALIY SAN’AT VA HUNARMANDCHILIK TARIXI DAVLAT MUZEYI DO‘PPILAR KOLLEKSIYASI'

O‘ZBEKISTON AMALIY SAN’AT VA HUNARMANDCHILIK TARIXI DAVLAT MUZEYI DO‘PPILAR KOLLEKSIYASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
202
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
muzey / kolleksiya / do‘ppi / bezak / naqsh / tasma / amaliy san’at / ekspozitsiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zulayho Ravshan Qizi Nurullayeva

Mazkur maqolada O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan do‘ppilar kolleksiyasi haqida ma’lumot berilgan. Do‘ppilarning bir qismi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON AMALIY SAN’AT VA HUNARMANDCHILIK TARIXI DAVLAT MUZEYI DO‘PPILAR KOLLEKSIYASI»

O'ZBEKISTON AMALIY SAN'AT VA HUNARMANDCHILIK TARIXI DAVLAT MUZEYI DO'PPILAR KOLLEKSIYASI

Zulayho Ravshan qizi Nurullayeva [email protected] Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan do'ppilar kolleksiyasi haqida ma'lumot berilgan. Do'ppilarning bir qismi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: muzey, kolleksiya, do'ppi, bezak, naqsh, tasma, amaliy san'at, ekspozitsiya

COLLECTION OF SKULLCAPS OF THE STATE MUSEUM OF THE HISTORY OF APPLIED ARTS AND CRAFTS OF UZBEKISTAN

Zulayho Ravshan qizi Nurullayeva [email protected]

National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod

Abstract: This article provides information about the collection of skullcaps stored in the State Museum of the history of Applied Arts and crafts of Uzbekistan. Part of the skullcaps were analyzed.

Keywords: museum, collection, skullcap, decoration, pattern, ribbon, applied art, exposition

O'zbek xalqi o'zining qadimiy amaliy san'ati bilan jahonga mashhurdir. Turli buyumlar yasash, yaratish va tikish san'ati xalqimizning eng qadimiy ijodlaridan hisoblanadi. Ana shunday badiiy hunarmandchilik namunalari me'moriy yodgorliklar, ganch o'ymakorligi, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik, shuningdek, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamdo'zlik, ipak va ip gazlamachiligi, zardo'zlik, kashtachilik kabi ko'plab amaliy san'at turlarida o'z namunalarini saqlab qolgan.

Hozirgi kunda yuksak san'at darajasiga ko'tarilgan amaliy san'at asarlarining qadimiy va yorqin namunalari respulikamiz muzeylarida saqlanib kelinmoqda. 1998-yil 12-yanvardagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to'g'risda"gi farmonda "O'zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalq ma'naviy axloqiy kamolotida tutgan o'rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash,

I icclT^^^^H 415 http://oac.dsmi-qf.uz

o'rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ'ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g'urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg'ularini kuchaytirish yo'lida keng foydalanish" zarurligi ko'rsatib o'tiladi1.

Shu o'rinda aytish joizki, O'zbekistonda muzeylar faoliyati takomillashib bormoqda. Ayniqsa so'nggi yillarda muzeylardagi etnografiya va amaliy san'at buyumlarini saqlash, ularni namoyish etish bo'yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2017-yil 11-dekabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 975-son qaroriga muofiq, bir qator o'lkashunoslik muzeylari viloyat madaniyat va tarix muzeylariga aylantirildi, ayrim muzeylarning nomlariga o'zgartirishlar kiritildi va ularning faoliyatlari kengaytirildi. Jumladan, Toshkentdagi "Davlat Amaliy san'at muzeyi" ham "O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi" nomi ostida qayta tashkil etildi2.

Bugungi kunda muzey xazinasida XIX asrning birinchi yarmidan to hozirgi kunlarimizgacha bo'lgan davrni qamrab olgan qo'li gul ustalar tomonidan yaratilgan bebaho amaliy san'at durdonalari yig'ilgan. Muzey xazinasida saqlanayotgan xalq amaliy san'ati asarlarini badiiy jihatdan uch guruhga bo'lish mumkin:

Birinchidan, bu qadimiy an'analar asosida yaratilgan, har bir hudud ichidagi o'ziga xoslikni aks ettirgan maktablarga oid amaliy san'at asarlari;

Ikkinchidan, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xalq ustalari an'anaviy uslubini yo'qotmagan holda uni o'z ijodiy xofizasi bilan rivojlantirib, yanada badiiy bezak bilan boyitib yaratilgan asarlardir.

Uchinchi guruh esa, bugungi kun amaliy san'at taraqqiyotidan kelib chiqib, rang-barang, turfa naqshlar bilan bezatilib, zamonaviy san'at talablari darajasidagi yetuk asarlardan iborat3.

Muzey zaxirasida to'plangan buyumlar yigirma nomdagi kolleksiyaga ajratilib saqlanadi va shu turlar bo'yicha ekspozisiyalarda namoyish qilinadi. Milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo'lgan xalq amaliy san'atining eng noyob durdonalarining 50 dan ortiq turi namoyish etib kelinmoqda.

Muzeyda xalq amaliy san'atining eng mashhur va keng tarqalgan turlaridan biri milliy bosh kiyimlarimizdan do'ppilarning noyob kolleksiyalari mavjud. Do'ppi xalq amaliy san'atining eng mashhur va keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi. Ushbu san'at turi bugungi kungacha mavjud bo'lib, uning an'analari avloddan avlodga o'tib kelmoqda. Bosh kiyimi sifatida do'ppilar tarixi ko'p asrlarga borib taqaladi. Uning yuksak badiiy qadr-qimmati, kashtalarning bezakli tasvirlari ushbu xalq amaliy san'ati

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining"Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to'g'risida" gi farmoni 12.01.1998 y. N PF-1913

2 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.12.2017 y "2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha kompleks chora tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 975-son qarori.

3 http://www.artmuseum.uz/uz/index.html/ozbekiston-amaliy-san'at-muzeyi.

I D^H^^Sl ^16 http://oac.dsmi-qf.uz

tunning uzoq rivojlanish yo'lidan dalolat beradi. Do'ppilarga o'xshash bosh kiyimlar qadimdan mavjud bo'lganligi haqida bilvosita haykaltaroshlik na'munalari, devoriy suratlar, terakota haykalchalari hamda sharq miniatyuralaridan bilish mumkin. Do'ppilar dastlab konussimon qilib tikilgan va ularni salla ostidan kiyishgan. 1920-yillardan boshlab do'ppilar rang-barang bo'lib, ularning shakllari o'zgaradi: uchli, konussimonroq, yumaloq, to'rtburchakli va hokazo. Ular yuqori yoki past devorlarga ega, to'qilgan yoki ipak, baxmal va boshqa matolardan tikilgan hoshiyalar bilan bezatilgan.

Muzey kolleksiyasida saqlanayotgan do'ppilar orasida XIX-XX asrlarga oid ilg'or ustalar tomonidan tikilgan Farg'ona, Toshkent, Namangan, Shahrisabz, Buxoro, Boysun kabi barcha maktablarga oid ajoyib namunalarni ko'rishimiz mumkin.

1960-yilda "iroqi" choklar bilan tikilgan Shahrisabz do'ppisi muzey ekspozitsiyasidan o'rin egallagan. Ushbu yumshoq turdagi do'ppining yuqori qismi konussimon shaklda bo'lib, naqshlari qizil, pushti va yashil rangdagi o'simlik va geometrik shakllardan iborat. Do'ppining pastki qismiga naqshli ingichka jiyak tasma tikilgan.

Bu turdagi "iroqi" do'ppi Shahrisabzda keng urf bo'lgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning o'ziga xos bezak usulida yaratila boshlangan. Do'ppining bu turida matoga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chokda tikiladi. Iroqi do'ppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob do'ppido'zlari tomonidan tayyorlanadi. Shahrisabzning "iroqi" chokda tikilgan do'ppilari kolleksiyalari muzey fondida ham mavjud bo'lib, ular "Laylo" do'ppilari deb ataladi4.

Muzeydagi saqlanayotgan nodir kolleksiyalar qatorida eng yirik va noyobligi jihatidan Toshkent va Marg'ilon "iroqi" nusxa do'ppilari san'at ixlosmandlari diqqatini jalb qilib kelmoqda. XX asr Marg'ilon noyob do'ppilari "iroqi" chok yordamida qo'lda tikilgan. Och feruza rangli fonda gullar, o'simliklar, geometrik shaklli naqshlar bilan bezatilgan. Naqshlarning umumiy ko'rinishi gulzorni eslatadi. Markazdan qora chiziqlar bilan to'rt sektorga ajratilgan. Pastki qismiga 1,5 sm enlikdagi qora baxmal tasmali jiyak bilan hoshiyalangan.

Bundan tashqari, muzey nozik kompozitsiyali Andijon do'ppilarini namoyish etadi. Bu do'ppilarda baxmalga biser, piston va nozik munchoqlar yordamida ishlov berilgan. 1950-yilda tikilgan to'q qizil asosdagi do'ppiga, oq munchoqlar bilan bezak berilgan. Naqshlari gullar tasvirini hosil qilgan. Badiiy jihatdan juda chiroyli ranglari ham yorqin va yarqiroq bo'lib, oq rangidagi munchoqli to'pgullar do'ppini yanada jilolantirib turgan. Gardishi to'q qora rangdagi baxmal bilan aylantirib tikib chiqilgan.

Do'ppido'zlikda yana bir mahalliy guruh - Chust do'ppilari alohida o'ringa ega. "Tus do'ppi" ya'ni Chust do'ppilarining birgina klassik variantining o'zida sakkizta

4 D. Murodova. "O'zbekiston Do'ppilari" Toshkent. 2004

I ihSi^^Bl 417 http://oac.dsmi-qf.uz

yuvelir chok uslubi qo'llaniladi: zanjira, to'g'ri chok, chita, kungura, yetalatma, taroq, ova, pildiroqlar asosiy tikish choklari hisoblanadi5. Muzeyda namoyish etilayotgan do'ppilar qatorida 1960-1980-yillarda qo'l mehnati yordamida tiklilgan Chust do'ppilari mavjud. Ushbu do'ppilarga qora fonda oq ipak

bilan bosma chokda tikilgan. Naqshlari qalampir va bodomnusxalarida tikilgan. Pastki qismi gir aylana qilib qora rangli tasma bilan qoplangan.

Qalampirsifat va bodomnusxa naqshlarning o'z ma'nolari bor. Qalampirsifat naqsh balo qazolardan asrash ma'nosini anglatsa, bodom shakldagi naqsh turi farzandi bor degan ma'noni anglatadi. Bodomnusxa naqsh oldidagi dumaloq belgilar orqali nechta farzandi borligini aniqlash mumkin bo'lgan. Kichik shakl go'dak yotadigan beshik. Ustidagi nuqta go'dak yotadigan beshikka nur sochayotgan manbadir. Katta shakl ham beshik. Lekin u bu dunyoni tark etayotgan kishining belgisidir. Ichkaridagi nuqta vafot etgan kishining so'nayotgan nurini anglatadi. Olam kengayadi va torayadi, tug'ilish bir ekan o'lim ham bordir6.

Bosh kiyimini teng qismlarga ajratadigan to'rtta qismi, insonni dunyoning turli burchaklaridan keluvchi yovuz kuchlardan himoya qilish uchun mo'ljallangan. Do'ppi asosidagi qora rang bo'shliq va zulmatni anglatadi. Bosh kiyimning pastki qismidagi mehrob ko'rinishiga ega o'n oltita element hayot va o'limning davriylik xarakterini anglatadi. Afsonaga ko'ra, bu elementlar boylikni jalb qiladi va hayotiy g'ayratni ta'minlaydi7.

Chust va Marg'ilon do'ppilari yurtimizdagina emas, chet ellarda ham yuksak san'at asari sifatida qadrlanadi.

Boysun do'ppilari ham muzeyda mavjud bo'lib, boshqa viloyat do'ppilaridan farqlanib turadi. Muzeyda saqlanayotgan Boysun erkaklar do'ppisi 1960-yilda tikilgan. Uning shakli bir qarashda qovurg'a ko'rinishini eslatadi. Uchki qismi konussimon tugallangan. Do'ppini tikishda sariq, yshil, oq kabi bir necha ranglar birlashmasidan foydalanilgan. Yuqoridan qaraganda, do'ppi markazida sakkiz qirrali yulduz tasviri ko'zga tashlanadi. Umumiy olganda, do'ppida geometrik shakllar yaqqol namoyon bo'ladi. Hozirgi kungacha bunday do'ppilarning zamonaviylashgan turlari mavjud.

Buxoroning zardo'zi do'ppilari ham muzeyning noyob kolleksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu do'ppilar asosan 1940-1960- yillarga tegishli. Buxoro do'ppilariga zar iplar bilan ishlov berilgan. Kolleksiyada kelinlar, yosh qizlarning hamda og'il bolalarning do'ppilarini uchratamiz. Ularning farqi do'ppidagi manjetda ya'ni do'ppi aylanasidagi chiziqlarda. Qora chiziqli do'ppilarni erkaklar kiyishgan. Pastki qismiga geometrik naqshli tasma tikilgan bo'lib, u kompozitsiyani yakunlagan.

5 CoBeT Y36eKHCTOHH caHtaTH. 1991. № 12. 6.29.

6 ®03h^hh M. ^,ynnu KOCMoroHHHCH Skh 6y 6ogoM TacBHpu 3Mac// CaHbaT. 2005. №3-4.

7 X,aKHMOB A., ®aH3ueBa B. Y36eKHCTOH ^aB^aT caHtaT My3enu Hoe6 xa3HHacugaH. - T., 2014. - C. 60.

I fctlT^^^^H 418 http://oac.dsmi-qf.uz

Muzeydagi do'ppilar ko'rinishi, naqsh uslublari, badiiy ramzlar uyg'unligi bilan bir-biridan farq qiladi. Har bir viloyat do'ppilarining tayyorlanishida shu joyning tabiiy sharoiti, atrof-muhit, aholi turmush tarzi va mahalliy an'analarning tarixiy rivojlanishi, umumiy madaniyatining rivojlanishi kata ta'sir ko'rsatgan. Masalan muzeydagi Surxondaryo va Qashqadaryo (ayniqsa Boysun) dumaloq, qubbasimon ko'rinishdagi do'ppilar, yorqin bir-biridan farq qiladigan iplar bilan tikilgan bo'lsa, Buxoro do'ppilari ko'proq zar iplar bilan tikilgan.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, milliy libosimizning bir bo'lagi bo'lgan do'ppining ijtimoiy hayotda qayta qadr topayotganligi va san'at darajasiga ko'tarilishi, shubxasiz quvonarli holdir. Mohirlik bilan qo'lda tikilgan do'ppilar nafaqat bizning mamlakatimizda hatto chet ellarda ham keng tarqalgan. O'zbek kashtachilari yaratgan do'ppilar O'zbekiston muzeylar ko'rgazmalari bilan bir qatorda chet el muzeylari ko'rgazmalarini ham bezab turibdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to'g'risida" gi farmoni 12.01.1998 y. NPF1913

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.12.2017 y "2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha kompleks chora tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 975-son qarori.

3. http://www.artmuseum.uz/uz/index.html/ozbekiston-amaliy-san'at-muzeyi

4. D. Murodova. "O'zbekiston Do'ppilari" Toshkent. 2004

5. Совет Узбекистони санъати. 1991. № 12. б.29.

6. Фозилий М. Дуппи космогонияси ёки бу бодом тасвири эмас// Саньат. 2005. №3-4.

7. Х,акимов А., Файзиева В. Узбекистон Давлат санъат музейи ноёб хазинасидан. - Т., 2014. - С. 60.

419

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.