Научная статья на тему 'ANALYSIS OF INNOVATIVE EXHIBITIONS OF MUSEUMS OF SAMARKAND'

ANALYSIS OF INNOVATIVE EXHIBITIONS OF MUSEUMS OF SAMARKAND Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
54
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
muzey / muzey binosi / ekspozitsiya / interyer / eksteryer / muzey dizayni / innovatsion loyiha / kreativ yondashuv

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulraʼno Ravshan Qizi Orifjonova

Mazkur maqolada Samarqand muzeylarida yaratilayotgan innovatsion ko‘rgazma va ekspozitsiyalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANALYSIS OF INNOVATIVE EXHIBITIONS OF MUSEUMS OF SAMARKAND»

ANALYSIS OF INNOVATIVE EXHIBITIONS OF MUSEUMS OF

SAMARKAND

Gulra'no Ravshan qizi Orifjonova gulirano. orifj onova@mail .ru Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada Samarqand muzeylarida yaratilayotgan innovatsion ko'rgazma va ekspozitsiyalar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: muzey, muzey binosi, ekspozitsiya, interyer, eksteryer, muzey dizayni, innovatsion loyiha, kreativ yondashuv

ANALYSIS OF INNOVATIVE PROJECTS OF MUSEUMS OF SAMARKAND

Gulra'no Ravshan kizi Orifjonova gulirano. orifj onova@mail .ru National Institute of Fine art and design named after Kamoliddin Bekhzod

Abstract: This article analyzes innovative exhibitions and expositions created in Samarkand museums.

Keywords: Museum, museum building, exposition, interior, exterior, museum design, innovative project, creative approach.

Badiiy ixtisoslikdagi muzeylar - tasviriy va amaliy-bezak san'ati asarlarini sotib olish, namoyish etish, saqlash, tadqiq etish, tiklash va ommalashtirishni amalga oshiradigan san'at tarixi ixtisosligining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ta'lim muassasalari1.

San'at ixtisosligidagi muzeylarning tarkibidagi badiiy ixtisoslikdagi muzeylar ekspozitsiyasi asosida kreativ ekspozitsiya yaratishga moyillik mavjud. So'nggi yillarda yaratilgan shunday ekspozitsiyalardan biri Samarqandda bo'lib o'tgan ShHT sammiti doirasida «Buyuk Ipak yo'li: O'zbekiston va Xitoyning oltin merosi» ochildi.

O'zbekiston va Xitoyning tarixiy aloqalariga doir muzey ekspozitsiyasi joylashgan binoning tarixi juda qiziq. 1899-yil Samarqanddagi Abramov xiyobonida qurilgan ushbu bino Rossiya-Xitoy bankining filiali bo'lgan. Samarqand uchun yangilik bo'lgan oppoq bino Yevropa klassik arxitekturasiga asoslangan uslubda qurilgan edi. Binoga kirish qismini Xitoyning himoya timsoli bo'lgan sherga o'xshash ikkita «Fu» itlarining haykalchalari bezab turadi.

1https://dic.academic.ru/dic.nsf/bse/148173/%D0%A5%Dl%83%D0%B4%D0%BE%D0%B6%D0%B5%Dl%81%Dl %82%D0%B2%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D1%8B%D0%B5

1-2-rasm. «Buyuk Ipak yo'li: O'zbekiston va Xitoyning oltin merosi» ekspozitsiyasi

Bank 1909-yil oxirida tugatilib, boshqa bankka birlashib ketadi. Bolsheviklar to'ntarishidan so'ng u ham faoliyatini tugatadi. SSSR davridan boshlab turli ijtimoiy vazifalarni bajargan bino 2000-yildan Samarqand davlat universiteti ixtiyoriga o'tgan.

Ayni vaqtda bu binoda hukumat qaroriga muvofiq, Samarqandda ShHT Sammitini o'tkazish doirasida mehmonlar uchun ko'rgazma tashkil qilingan.

Muzey ekspozitsiyasi O'zbekistonning qadimiy shaharlari bilan ipakning asl vatani bo'lgan Xitoy o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asosiy e'tibor qaratilgan.

Ekspozitsiyaning boshlanishi «Xush kelibsiz zali» deb atalib, zalga kirishingiz bilan Xitoy faylasufi Konfutsiy va o'zbek mutafakkir shoiri Alisher Navoiyning hikmatlariga guvoh bo'lish mumkin.

Konfutsiy: Uch narsa hech qachon qaytib kelmaydi: vaqt, so'z, imkoniyat. Shuning uchun vaqtni boy bermang, so'zlarni tanlab ishlating, imkoniyatni sira boy bermang. Uch yo'l ilmga yetaklaydi: tafakkur yo'li - eng ezgu yo'l, taqlid yo'li - eng oson yo'l, tajriba yo'li - eng achchiq yo'ldir.

Shuningdek, bu yerda turli tarixiy davrlarda Xitoy chinnisi ta'sirida yaratilgan o'zbek kulolchilik mahsulotlari ham bor. Ko'rgazmaning markaziy ekspozitsiyasi Xitoyda unumdorlik va boylik ramzi bo'lgan tut daraxtidan iborat. Bu yerda ipakning kelib chiqishi haqidagi afsona va pilla tarixi bilan tanishish mumkin. Ekspozitsiyaning yana bir muhim qismi - Samarqandga ketayotgan qayiqda xitoylik malikaning tasviri asos qilib olingan namoyish hisoblanadi. Bu kompozitsiya VII asrga oid bo'lib, xizmatkor va soqchilar hamrohligida qayiqda suzib ketayotgan xitoylik malika tasvirlangan. Ushbu manzara Afrosiyob devoriy surati parchasining nusxasi hisoblanadi.

Mazkur muzey tarixchilarning e'tiroficha Samarqand chinni yangi shahar qismida joylashgan bo'lib, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida shakllangan shahar qismi hisoblanadi. Shaharning aynan mana shu qismida shakllangan binolarda Markaziy Osiyoga Sharqiy Yevropadan kirib kelgan, shakllangan me'moriy uslublardan hisoblangan klassika uslubidan foydalanilgan. Binoning qurilish tarixi 1899-yilga borib taqaladi. Bu aynan Rossiya-Xitoy banki sifatida qurilgan. Ikki qavatdan iborat

I îhSi^^Bl ^^ http://oac.dsmi-qf.uz

o'sha davrdagi Abramov bulvari yonida o'z davri uchun sersalobat, viqorli bino hisoblanadi. Tanatanavor kirish qismi va ayvonlarga ega, kirish zinalarining ikki tomonmda Xitoy xalqining himoya timsoli hiosblangan Fu shersimon kuchuklarining haykallari ham o'rin olgan. Mazkur haykallar bino restavratsiyasidan so'ng o'z joyiga o'rnatilgan. Bino Sharqiy Yevropaga oid barokko uslubi va Xitoyga oid me'moriy uslublarda ramziy ma'nolarga ega afsonaviy mahluqotlar tasviri bilan uyg'unlashgan holda tasvirlangan. Mazkur binoda «Buyuk Ipak yo'li: O'zbekiston va Xitoyning oltin merosi» nomli ko'rgazma o'z faoliyatini boshladi.

3-4-rasm. «Buyuk Ipak yo'li: O'zbekiston va Xitoyning oltin merosi» ekspozitsiyasi

Birinchi zalda Xitoy va O'zbekistonning tabiiy manzaralari tasvirlangan, harir ipak matolar vositasida installyatsiyalar tashkil etilgan, ekspozitsiyaning ushbu qismida Buyuk Ipak yo'li o'tgan eng qadimgi shaharlarda madaniyat va san'atning naqadar rivojlanganligi aynan Xitoy va O'zbekistonning madaniy rivoji haqida hikoya qiladi. Ekspozitsiyani yanada boyitish maqsadida Afrosiyob devoriy suratlari asosida animatsion lavha (3 D mapping) ham tomoshabinlar e'tiboriga havola etilgan.

Mazkur zamonaviy ekspozitsiya loyihasi muallifi yosh dizayner Durdona Kulmatova hisoblanadi. Loyihani amaliyotga tatbiq etish «Ziynat Design» tomonidan amalga oshirilgan.

Keyingi zal qadimiy hunar turlaridan biri kulolchilik sohasiga bag'ishlanadi. Buyuk Ipak yo'li orqali turli madaniy sohalarda o'zaro almashinuv, kashfiyotlar amalga oshirilgan. Xitoy chinnisiga taqlid asosida sirlash texnologiyasi yaratilgan. Mazkur ekspozitsiyada Buyuk Ipak yo'li xaritasi, u orqali o'tgan karvon yo'llari o'rin olgan videolavhalar namoyish etilgan.

Muzeydagi yana bir zal ipak va Xitoy chinnisi tarixiga bag'ishlanadi. Mazkur zaldan o'ziga xos innovatsion namoyish o'rin olgan, bu tut daraxtining badiiylashtirilgan ko'rinishi aks ettirilgan kompozitsiya hisoblanadi. Bu ham zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan, ramziy ma'nosida ipakning paydo bo'lishiga bag'ishlanadi.

Navbatdagi ekspozitsiya gilamdo'zlikka bag'ishlanadi. Yurtimizda gilamdo'zlik qadimdan rivojlangan bo'lib, ushbu ko'rgazmadan ipak gilamlar namoyishi o'rin olgan. Muzeydan zamonaviy san'atga bag'ishlangan bo'lim ham o'rin olgan bo'lib,

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

iste'dodli rassom Sanjar Jabborov qalamiga mansub rangtasvir va chinniga ishlangan asarlar mavjud, ipak va ipakning paydo bo'lishiga bag'ishlanadi.

Samarqanddagi Silk Road Samarkand sayyohlik markazi hududidagi EKSPO markazda ERIELL Group ko'magida o'tkazilgan «Davrlar sadosi: davrlarga tobe bo'lmagan meros» nomli 4000m2 maydondan o'rin olgan noyob ko'rgazmada O'zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi, o'zbek xalqining umuminsoniyat sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi bilan yaqindan tanishish mumkin.

Eksklyuziv ko'rgazmada miloddan avvalgi XV asrdan to bugungi kungacha yetib kelgan 400 dan ortiq artefaktlar yig'ilgan. Ko'rgazma eksponatlari O'zbekiston Davlat san'at muzeyi, O'zbekiston amaliy san'at muzeyi, O'zbekiston tarixi muzeyi, Termiz shahri Arxeologiya muzeyi, Xorazm tarixi muzeyi va boshqa muzeylar kolleksiyasidan taqdim etilgan.

Taniqli rassom Bobur Ismoilov ko'rgazma kuratori hisoblanadi. Mazkur ekspozitsiyani yaratishda «Diydor» teatr-studiyasi, aktyorlar va musiqachilar, bastakorlar, aranjirovkachilar, liboslar bo'yicha dizaynerlar, quruvchilar, rassomlar, yorug'lik va vizual maxsus yeffektlar ustalari, amaliy san'at ustalari, «Hunarmand» xalq ustalari uyushmasi xodimlari mehnat qilgan.

Ko'rgazma orqali tomoshabinlarga yetkazilgan asosiy g'oya: vaqt, barcha mavjud bo'lgan o'lchamlarning eng tushunarsizidir. U qum kabi parchalanadi, oqib ketadi, shaharlarni, sivilizatsiyalarni, imperiyalarni, taqdirlarni cheksizlikka singdiradi... Faqat yashirin, noma'lum ijodkorlar dahosi va ularning asarlari cheksiz vaqt qumtepalari ufqida ulug'vorlik bilan ko'tariladi.

Ko'rgazmada ko'plab innovatsion texnologiyalardan, shu bilan birgalikda kreativ g'oyalardan foydalanilgan, Bobur Ismoilov muzey ekspozitsiyasi yaratishda doim yangicha yondoshuvlarni yarata olishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Eksponatlar orasida tarixiy xaritalarning paydo bo'lishi va qumliklarga singib ketishi, muzey teatr tomoshalaridan ekspozitsiyada foydalanish, tomoshabin va ekspozitsiyaning jonli muloqotini yaratish g'oyalari tahsinga sazovor. Ekspozitsiya yaratishga yangicha nuqtayi nazar, yangicha yondoshuv kirita olgani bilan ahamiyatli bo'lgan yetuk ekspozitsioner, rassom va dizayndir.

5-6-rasm. «Davrlar sadosi: davrlarga tobe bo'lmagan meros» ko'rgazmasi

Bobur Ismoilov g'oyasi asosida yaratilgan innovatsion loyihalardan biri «Boqiy shahar» loyihasi bo'lib, unda tarixiy-me'moriy obidalar ko'rinishiga monand shahar tipaji yaratilgan. Lekin ushbu binolarning hech biri qaysidir tarixiy obyektni aynan takrorlamaydi, tarixiy uslub yoki bezaklarga murojaat qilingan holda yaratilgan turistik markaz, ekoshaharcha hisoblanadi.

Qadimiy uslubda barpo etilgan 14 ta hududimizga xos 40 ta hunarmandlik ustaxonasining har biri betakror qiyofaga ega. Qo'li gul ustalar yog'och o'ymakorligi, kulolchilik, ipak qog'oz ishlab chiqarish, zargarlik va gilam to'qish jarayonlari orqali sayyohlarning ko'z o'ngida mahorat darslarini olib boradilar. «Boqiy shahar» majmuasi 7 gektar maydonda barpo etilgan. Markazda 1 ta galereya va qadimiy sharqona bozor, 36 ta rastadan iborat 14 ta hunarmandchilik ustaxonalari, 2 ta milliy taomlar restorani qurilgan2. Yiliga 2 million turistga xizmat qiladigan bu ko'p tarmoqli markaz tarkibida «Boqiy shahar» majmuasi, Kongress holl, 8 ta zamonaviy mehmonxona, amfiteatr va ko'plab boshqa ob'ektlar mavjud. «Boqiy shahar» majmuasi bezaklarida qadimiy Afrosiyob devorlarida saqlanib qolgan So'g'd davlati hukmdorining Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanilgan3.

7-8-rasm. «Boqiy shahar» majmuasi Xulosa qilib shuni aytish lozimki, so'nggi yillarda zamonaviy muzey va ekspozitsiyalarni yaratishda innovatsion loyihalar va g'oyalar yetakchilik qilmoqda. Samarqand muzeylari bu bo'yicha ilg'or tajribaga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1 .https://dic.academic.ru/dic.nsf/bse/148173/%D0%A5%D 1 %83%D0%B4%D0 %BE%D0%B6%D0%B5%D 1 %81 %D 1 %82%D0%B2%D0%B5%D0%BD%D0%B D%D 1 %8B%D0%B5

2. https://kun.uz/27530119

2 https://kun.uz/27530119

3 https://yuz.uz/news/majmua-sifati-va-mazmuni-boyicha-tavsiyalar-berildi?view=yangi-samarqand-voqelikka-aylangan-orzu

I fcc'lT^^^^HI 195 http://oac.dsmi-qf.uz

3.https://yuz.uz/news/majmua-sifati-va-mazmuni-boyicha-tavsiyalar-berildi?view=yangi-samarqand-voqelikka-aylangan-orzu

4. Ahmedov T. O'zbekiston milliy tasviriy san'atining rivojida galereyalarning roli va ahamiyati // "O'zbekiston zamonaviy san'atida ijodiy jarayonlar: nazariya, amaliyot, tajriba" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to'plami. -Toshkent, 2022. - B.183-185.

5. http://www.caravanserai.uz/about.html

6. Жураев Ш. F., Иноятова Ф. С. Бухоро музейлари махаллий ва хорижий туризмни ривожлантириш объекти // «Моддий-маънавий мерос ва умумбашарий кадриятлар» мавзусида Республика илмий-амалий конференцияси материаллари туплами. - Тошкент, 2021. - Б. 33-34.

7. Исмаилова Ж.Х., Левтеева Л. Музеи, галереи, арт-центры Ташкента. -Тошкент: Фан ва технология, 2017. - Б. 78.

8. Левтеева Л. Тошкент музейлари // Мозийдан садо. - Тошкент, 2009. - №2 3. - Б. 33.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.