Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MUZEY MENEJMENTI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEKISTONDA MUZEY MENEJMENTI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1636
205
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
muzey menejmenti / strategiya / missiya / texnologiyalar / xizmatlar / turizm

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Manzura Yuldasheva, Asilbek Qolqanatov

Maqolada jamiyatimiz rivojida zamonaviy muzey menejmentining ahamiyati haqida soʻz yuritilgan. Avvalo, mazkur sohada yangi madaniy ehtiyojlarni shakllantiradigan va yangi mutaxassislarni jalb qilishni talab qiladigan madaniyat sohasidagi xizmatlar bozoridagi oʻzgarishlar tahlil qilingan. Shunki, hozirgi kunda muzey menejmenti taraqqiyoti madaniy xizmat bozoridagi oʻrni bilan belgilanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MUZEY MENEJMENTI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH XUSUSIYATLARI»

O'ZBEKISTONDA MUZEY MENEJMENTI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH XUSUSIYATLARI

Manzura Yuldasheva Asilbek Qolqanatov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada jamiyatimiz rivojida zamonaviy muzey menejmentining ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Avvalo, mazkur sohada yangi madaniy ehtiyojlarni shakllantiradigan va yangi mutaxassislarni jalb qilishni talab qiladigan madaniyat sohasidagi xizmatlar bozoridagi o'zgarishlar tahlil qilingan. Shunki, hozirgi kunda muzey menejmenti taraqqiyoti madaniy xizmat bozoridagi o'rni bilan belgilanadi.

Kalit so'zlar: muzey menejmenti, strategiya, missiya, texnologiyalar, xizmatlar, turizm.

MUSEUM MANAGEMENT AND FEATURES OF ITS IMPROVEMENT

IN UZBEKISTAN

Manzura Yuldasheva Asilbek Qolqatov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article discusses the importance of modern museum management in the development of our society. First of all, the changes in the market of cultural services, which create new cultural needs in this area and require the involvement of new professionals, are analyzed. Today, the development of museum management is determined by its place in the market of cultural services.

Keywords: Museum management, strategy, mission, technologies, services, tourism.

So'nggi yillarda Yangi O'zbekistonda muzey faoliyati ijtimoiy-madaniy sifatida yuqori ahamiyat kasb etayotgani, madaniy merosni asrab-avaylash va talqin etishda, ijtimoiy moslashuv va madaniy identifikatsiyaning murakkab jarayonlarida, ta'lim-tarbiya jarayonida va dam olishni tashkil etishda muzeylarning o'rni tobora ortib borayotgani yaqqol namoyon bo'lmoqda. Yangi O'zbekistondagi zamonaviy muzeylar ta'lim, muloqot, madaniy axborot va ijodiy innovatsiyalar markazlariga aylanib bormoqda.

Muzeylar oldida nafaqat o'z devorlariga yangi tomoshabinlarni jalb qilish, balki tashrif buyuruvchilar muzeyga bir necha marta kelishni yo'lga qoyish uchun kreativ

I icclT^^^^H 254 http://oac.dsmi-qf.uz

tadbirkorlikdan foydalanish amaliyotga tadbiq etildi. Tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini muntazamlik asosida tahlil qilish jarayonlari jadallashtirildi.

Muzey ishiga oid ilmiy-amaliy anjumanlar, konferensiyalar o'tkazish, xorij ilg'or tajribalarini ommalashtirish uchun zarur imkoniyatlar yaratildi. Sohada xodimlarining malakasini oshirish uchun rivojlangan davlatlardagi muzeylar va xorijiy tadqiqotchilar bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlandi.

Shunki, bugungi kunda O'zbekistonda muzeylarni rivojlantirish va tijorat rentabelligining uzoq muddatli strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularning kolleksiyalarini to'ldirish, jamoat faoliyati va global miqyosda ishtirok etish bilan shug'ullanadigan muzey muassasalari va ularning birlashmalarida tajribali, yuqori malakali va o'rta boshqaruv xodimlari yetishmaydi. Muzey menejmenti bugungi kunda madaniy boyliklar, mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishning resurs salohiyati va omillaridan samarali foydalanish maqsadida amalga oshiriladigan kompleksli intellektual va iqtisodiy faoliyat hisoblanadi.

Muzey menejmentining ajralmas qismi. Muzey menejmenti, o'z navbatida, muzey ichidagi o'zaro munosabatlarni tartibga solish va ta'sischilarning talablariga muvofiq uning tashqi muhitda ishlashi uchun shart-sharoitlarni yaratishdir. Tashkiliy qismlarga quyidagilar kiradi: menejment, kolleksiyalarni (muzey fondlarini) boshqarish, jamoatchilikka yo'naltirilgan dasturlarni boshqarish (ekspozitsiya va ko'rgazma faoliyati), o'quv dasturlari, nashrlar, madaniy-ma'rifiy tadbirlar, muzey auditoriyasi va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko'rsatishni kengaytirish bo'yicha tadbirlar, muzey mulki va moliyasini boshqarish [5: 69].

Ayrim tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, xususan, G.N.Novikov [6: 106], V.M.Chijikov, V.V.Chijikov [5: 28] - san'at menejmenti hozirgi vaqtda madaniyat va san'at sohasidagi tijorat faoliyatining eng dolzarb yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy menejmentning mashhur tadqiqotchilari Y.I.Jdanova, S.V.Ivanov, N.V.Krotova, S.Korneyeva, badiiy menejmentni quyidagicha ko'rib chiqishni taklif qiladilar:

- san'atning har xil turlarini boshqarish (ifodali va vizual);

- badiiy qadriyatlarni (moddiy va ma'naviy) yaratish jarayonini boshqarishga yordam beradigan bilim sohasi;

- mutaxassislarning ijodiy faoliyati natijalarini madaniy xizmatlar bozoriga olib chiqish.

Yuqorida aytilganlarning barchasi boshqaruv san'atining eng muhim omillaridan birini o'z intuitsiyasiga ishonish qobiliyatini va qabul qilingan malaka darajasi va shakllangan kompensatsiyaga muvofiq har qanday murakkablikdagi qarorlarni qabul qilish tavakkalligini amalga oshiradi.

Muzeyning strategik menejmentining asosiy postulatini (talab) quyidagicha shakllantirish mumkin deya etirof etgan. Ya'ni, muzeyning uzoq muddatda saqlanib

I D^H^^Sl ^55 http://oac.dsmi-qf.uz

qolishi va rivojlanishi ushbu muzeyning jamoat ehtiyojlari, iste'molchilarning motivatsiyasi va bozor konyunkturasidagi o'zgarishlarni o'z vaqtida oldindan ko'ra bilish qobiliyatiga va uning tashkiliy xizmat tuzulmasini hamda muzey mahsuloti nomenklaturasi assortimentini moslashtirishga bog'liq.

Muzey kolleksiyasiga kirish, o'z-o'zini tarbiyalash va muloqot qilish uchun sharoitlar yaratish, ijodkorlik va bo'sh vaqt, ma'lumotlar bilan ta'minlash, ta'lim va ta'rbiya faoliyatida yordam berish - bu zamonaviy muzey taklif qilishi mumkin bo'lgan xizmatlarning to'liq ro'yxati emas. Shu munosabat bilan marketing texnologiyalari muzey sohasiga tobora ko'proq kirib bormoqda [2: 7].

Muzeylar faoliyatini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi, Britaniya Kengashi va Goldsmiths universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda muzey menejmenti bo'yicha uzoq muddatli dasturni ishga tushirdi. 2018-yil 17-21-dekabr kunlari O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida besh kunlik kurs bilan ochildi. Kurs O'zbekistondagi muzeylarning ma'muriy tuzilmasini takomillashtirish va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirishga qaratilgan. Kurs dasturi Buyuk Britaniyadagi muzey ishi tajribasi asosida ishlab chiqilgan. U muzey menejmenti, loyihalarni boshqarish, marketing va kommunikatsiya sohasidagi ilg'or xalqaro tajribani o'rganishni o'z ichiga oladi. Kurs ma'ruzachilarining fikriga ko'ra, material barcha nazariy formati bilan "ishchi" va amaliyotda qo'llanilishi mumkin bo'ladi.

Kurs ishtirokchilari O'zbekiston muzeylari va idoraviy muassasalari mutaxassislari. Ular orasida: O'zbekiston davlat amaliy san'at muzeyi, O'zbekiston I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi (Qoraqalpog'iston), Oybek uy-muzeyi O'zbekiston Respublikasi davlat san'at muzeyi, shuningdek, O'zbekiston madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san'atni rivojlantirish fondi va O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti vakillari bor.

"Muzey menejmenti" dasturining birinchi kursi spikerlari madaniyat va muzey ishi sohasining yetakchi mutaxassislari bo'lishdi. Silvia Lahav (Sylvia Lahav) -Goldsmiths universitetining ijodiy va madaniy tadbirkorlik bo 'limi o'qituvchisi (Buyuk Britaniya). Muzey menejmenti sohasida ko'p yillik tajribaga ega. Fransiya, Italiya, Portugaliya, Slovakiya va Sloveniyada ma'ruzalar o'qigan. Londonning Teyt Britaniya galereysi, Teyt Modern, Milliy Galereya, Milliy Portret Galereyasi va The V&A kabi yirik beshta muzeyidagi yigirma yildan ortiq tajribasiga asoslanib, "San'at muzeyida ta'lim, talqin va kommunikatsiya" mavzusi bo'yicha kurslar olib boradi. U Bem Shou nomidagi san'at maktabining (San'at universiteti) tasviriy san'at sohasi bo'yicha diplomiga ega.

Virjiniya Button, Falmut san'at maktabi direktori. Buyuk Britaniya. Teyt Britaniya galereyasi sobiq kuratori (Tate Britain). Tajribali akademik rahbar va

I ícclT^^^^H 256 http://oac.dsmi-qf.uz

menejer, san'atshunos, yozuvchi, kurator, o'qituvchi va maslahatchi. Uning mutaxassisligi va qiziqishlari sohasi: zamonaviy san'at, kuratorlik, badiiy ta'lim, mahalliy va global mintaqaviy tadqiqotlar. Virjiniya muzey menejmenti kursiga kuratorlik jihatini qo'shadi, shuningdek, yirik madaniy tadbirlarni boshqarish va o'tkazish bo'yicha o'z tajribasi bilan o'rtoqlashadi.

Kurs ma'ruzachilarining O'zbekistondagi muzey muhiti bilan dastlabki tanishuvi mamlakatimizda muzey va galereyalar faoliyatini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi, ularning turizmni rivojlantirishdagi o'rni borligini ko'rsatdi. 2019-yilning fevral oyida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, O'zbekiston madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi Britaniya Kengashi va Goldsmiths universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda tashkil etilgan muzey menejmenti bo'yicha uzoq muddatli dasturning ikkinchi bosqichini boshladi. Muzeylarni boshqarish dasturining uchinchi bosqichi 2019-yil may oyida bo'lib o'tadi.

O'quv dasturi Buyuk Britaniyadagi muzey ishi tajribasidan kelib chiqib, O'zbekistondagi muzey ishining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Ta'kidlash joizki, kurs ma'ruzachilarining O'zbekistondagi muzey muhiti bilan dastlabki tanishuvi mamlakatimizda muzey va galereyalar faoliyatini rivojlantirish, turizmni rivojlantirishdagi o'rni uchun katta imkoniyatlar mavjudligini aniqladi. O'quv dasturi muzey menejmenti, loyihalarni boshqarish, shuningdek, marketing va kommunikatsiya sohasidagi xalqaro amaliyotni o'rganishni o'z ichiga oladi. O'rganiladigan asosiy mavzular: Muzeylarga tashrif buyurish sabablari; Tashrif buyuruvchilarning umidlari; Tomoshabinlarni idrok etishni rivojlantirish; Potensial auditoriya va strategiya yaratishni tushunish va aniqlash; Kompyuter texnologiyalarining ahamiyati, tadbirlar, talqin, marketing, aloqa. O'quv kursining bir qismi sifatida o'qituvchilar joriy amaliy tadqiqotlar asosida taqdimot qiladilar. Shuningdek, kelajakda talabalar o'z ishlarida amaliyotda qo'llashlari mumkin bo'lgan individual va guruh mashqlari o'tkaziladi.

Ikkinchi kurs ma'ruzachilari madaniyat va muzeylar sohasidagi yetakchi mutaxassislar bo'ldi. Ulardan biri Ijodiy va madaniy tadbirkorlik instituti (Goldsmiths universiteti (London)) direktori Jerald Lidston edi. Doktor Jerald Lidston San'at ma'muriyati va madaniyat siyosati magistrlik dasturini ishlab chiquvchisi hamda Ijodiy va madaniy tadbirkorlik va Madaniy siyosat, aloqalar va diplomatiya bo'yicha magistrlik dasturlarining hammuallifidir. O'n ikki yildan ortiq vaqt davomida u Vyetnamda Ford jamg'armasi moliyaviy ko'magida Xanoy madaniyat universitetida san'at menejmenti kursini yaratish ustida ishlagan. Vyetnam madaniyatini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun milliy medal bilan taqdirlangan.

U Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Slovakiyada san'at menejmenti bo'yicha o'quv tizimini yaratish bo'yicha to'rt yillik loyihasi bo'lgan Britaniya "Nou-xau"

I [ccñ^^BI 257 http://oac.dsmi-qf.uz

jamg'armasi direktori bo'lgan. Yana bir ma'ruzachi Jerri Morris bo'ldi, u 35 yil davomida Buyuk Britaniya madaniyatida ishlagan, Teyt galereyasi, Milliy galereya, Britaniya muzeyi, Chikago san'at instituti va boshqa ko'plab tashkilotlar uchun maqsadli auditoriya loyihalarini taqdim etgan. Jerri Buyuk Britaniya va xorijdagi muzeylar va galereyalar uchun auditoriyani yo'naltirish bo'yicha taniqli mutaxassis bo'lib, bozor segmentatsiyasi, diversifikatsiya va maqsadlilik kabi sohalarda yetakchi o'rinlarni egallaydi.

Kursda O'zbekiston muzeylari va idoraviy muassasalari mutaxassislari: O'zbekiston davlat amaliy san'at muzeyi, I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi (Qoraqalpog'iston), O'zbekiston davlat san'at muzeyi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O'zbekiston Respublikasi "San'at va madaniyatni rivojlantirish" jamg'armasi va O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti ishtirok etdilar.

Zamon va zamonaviy muzeylar yangi tipdagi rahbarni talab qiladi. Muzey madaniy merosimizni asrab-avaylash, ommalashtirish va kelajak avlodlarga yetkazish vazifasini o'z zimmasiga olgan madaniyat muassasadir. Bu holat muzeylar rahbariyatidan doimo tarix, arxeologiya, san'atshunoslik, etnologiya va madaniyatshunoslik bo'yicha aniq kasbiy bilimlarni talab qiladi. Ammo muzeyni to'liq boshqarish uchun ikkinchi oliy ta'lim - iqtisodiyot, menejment, marketing, sotsiologiya va turizmning asosiy fanlari siklini o'rganishni qamrab olishi kerak [2: 7].

Tomoshabinlarni o'rganish usullari, tashrif buyuruvchilarning ham, muzeylarning ham ehtiyojlarini qondirish, o'z kolleksiyalarini qanday qilib eng foydali tarzda taqdim etish va kreativ g'oyalarni mavjud muhitga etkazish bo'yicha yangi qarashlar va usullarni tadbiq etish, xizmatlar ko'lamini kengaytirish - muzey faoliyatini jamoatchilik uchun yanada jozibador bo'lishi uchun tashkil etishning bir necha yo'lidan foydalanish juda zarur. Turizmning davlat iqtisodiyoti va madaniy salohiyatida ortib borayotgan roli jahon andozalaridan namuna olish, yaxshi natija berganlarini muzeylarimizga olib kirishni talab qilmoqda.

Mamlakatimizda muzeylar man'aviy merosni asrab-avaylash, madaniy amaliyotlar sohasida yorqin va nostandart yechimlarni taklif qilish, turistlarni jalb qilish va o'z aholisi tomonidan talab qilinadigan omilga aylanishi mumkin. An'anaviy muzey qadriyatlarining ijtimoiy o'zgarishi va faoliyat yo'riqnomalari sharoitida O'zbekiston muzeyi boshqaruvchisi birinchi navbatda strateg bo'lishi kerak. Zamonaviy moliyaviy, resurs va bozor muammolari undan muzeyning uzoq muddatli istiqbolga mo'ljallangan aniq strategiya va siyosatini ishlab chiqishni, uning maqsadlarini muvofiqlashtirishni, kuchli va zaif tomonlarini aniqlashni, tahdid va istiqbollarni baholashni talab qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirishning asosiy vazifasi muzeyning uzoq muddatli raqobatbardoshligini va barqaror mavqeini ta'minlashdan iborat.

I [ccñ^^BI 258 http://oac.dsmi-qf.uz

Muzey biznesida strategik rejalashtirish ajralib turadi, u o'zgaruvchan dunyoda uning mavqeini o'rganish, uning missiyasini shakllantirish, strategik maqsad va vazifalarni aniqlash asosida muzeyni rivojlantirishning optimal variantini aniqlash bilan bog'liq [1: 27].

Muzeylar quyidagi xizmatlarni taklif qiladi: ko'rgazmalarga ekskursiyalar, ma'ruzalar, tasviriy san'at haqida video tomosha qilish, sayohat ko'rgazmalari va ma'ruzalar, muzey zallarida foto va video suratga olish, bolalar va o'smir tomoshabinlari uchun muzey o'quv dasturlari, taqdimotlar, tadqiqotchilar uchun ilmiy va amaliy konferensiyalar, seminarlar, madaniy-ommaviy tadbirlar. Muzey darslari va ma'ruzalar maktab auditoriyasi bilan ishlashning eng istiqbolli shakllaridan biri bo'lib, o'quvchilar tomonidan ma'lum bir o'quv rejasiga muvofiq bilimlarni olish yoki maktab sinfida olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiladi [4: 72].

Qo'shimcha muzey xizmatlari tashrif buyuruvchilarning talabini qondirish uchun xodimlar tomonidan taqdim etiladigan va muzeyning qo'shimcha sa'y-harakatlarini talab qiladigan har qanday boshqa xizmatlar: muzey kolleksiyalaridan foydalanish, ilmiy maslahatlar, ommaviy axborot vositalariga (televideniye, bosmaxona), san'at tarixiga ma'lumotnomalarni yetkazib berish va qiymat ekspertizasi, restavratsiya ishlari, auksionlar, ijodiy kechalar va taqdimotlar tashkil etish, bolalar va o'smirlar uchun odob va madaniyat yakshanbalik maktablari, bozorning boshqa ishtirokchilariga yakka tartibdagi binolarni ijaraga berish va boshqalardir [3: 97].

Muzey ishidagi zamonaviy innovatsion texnologiyalar umuman muzey xizmatlari sifatini sezilarli darajada kengaytirish va sifat jihatidan yaxshilash hamda aholi, xususan, muzey xizmatlariga yangi ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarni shakllantirish imkonini beradi. Bu esa, o'z navbatida, muzeyga tashrif buyuruvchilar bilan ishlashni yangicha tashkil eta oladigan, ayniqsa, ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatish bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etadi. Bugungi kunda muzey menejmentining muammosi uning tashrif buyuruvchilari (xaridorlari, iste'molchilari) va uning potensial hamkorlari (mijozlar, homiylar)ni bilishdir. Shu bilan birga, bu muzeyning barcha faoliyati faqat jamoatchilikning bildirilgan istaklariga javob beradi degani emas. Binobarin, bugungi kunda muzey xizmati mutaxassislari, birinchi navbatda, barcha vositalar arsenalidan foydalanishlari kerak: bilim, professional muloqot qobiliyatlari, potensial auditoriyani xabardor qilishga va muzey taklifini reklama qilishga qaratilgan san'at turlarini. Asosiysi, aholining bir qismi o'rtasida muzey "eskirgan", "zerikarli" va "zamonaviy emas" madaniyat muassasasi degan qat'iy g'oyalar bilan bog'liq turli xil noto'g'ri qarashlarni o'zgarttirish va sohaga samarali go'yalarni tadbiq etish zarur. Chunki, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Biz mamlakatimizda ma'naviy tarbiya tizimining yangi

259

http://oac.dsmi-qf.uz

strategiyasini yaratib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko'tarishimiz kerak[8:278].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Арзамасцев В.П. О систематической структуре музейной экспозиции. -М., 1990. - 397 с.

2. Бестужев-Лада И.В., Озерная М. Музей в системе культуры. // Декоративное искусство. - 1976. - № 9. - 7 с.

3. Дьячков А.Н. Социальные функции музея: споры о будущем. // Музееведение. На пути к музею XXI века. / Сб. научных трудов. - М.: НИИ культуры, 1989. - 196 с.

4. Котлер Ф. Основы маркетинга. - М., Мысль, 1992. - 560 с.

5. Лорд Барри, Лорд Гэйл Д. Менеджмент в музейном деле. - М.: Экономика, 2002. - 390 с.

6. Новикова Г.Н. Социокультурные концепции управления в арт-менеджменте / Г.Н. Новикова // Вестник Московского государственного университета культуры и искусств. - 2005. - № 2.

7. http ;//www.nauki-online.ru/muzeevedenie/

8. Мирзиёев Ш. Янги Узбекистон стратегияси. - Тошкент: Узбекистон, 2021. 464 б.

260

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.