Научная статья на тему 'MUZEY PEDAGOGIKASI VOSITASIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TURISTIK FAOLIYATGA YO‘NALTIRISHNING MAZMUNI VA DIDAKTIK IMKONIYATLARI'

MUZEY PEDAGOGIKASI VOSITASIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TURISTIK FAOLIYATGA YO‘NALTIRISHNING MAZMUNI VA DIDAKTIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

1288
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muzey pedagogikasi / turizm faoliyati / ta'lim muassasasi / bilim / ko‗nikma / malaka / kompetensiyalar / museum pedagogy / tourism activities / educational institution / knowledge / skills / qualifications / competences

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Kibriyo Islomjon Qizi Marayimova

Mazkur maqolada bo‗lajak o‗qituvchilarni muzey pedagogikasi vositasida turizm faoliyatiga tayyorlashdagi muammolar, muzeylarning ta'lim muassasalari bilan hamkorligi mazmuni, bo‗lajak o‗qituvchilar muzey pedagogikasi doirasida egallashi zarur bo‗lgan bilim, ko‗nikma, malaka va kompetensiyalar, bo‗lajak o‗qituvchilarni muzey pedagogikasi vositasida turizm faoliyatiga tayyorlashda amalga oshiriladigan didaktik vazifalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the problems of preparing future teachers for tourism activities through museum pedagogy, the content of cooperation of museums with educational institutions, the knowledge, skills, qualifications and competencies necessary for future teachers to acquire within the framework of museum pedagogy, didactic tasks carried out in the preparation of future teachers for tourism activities through museum pedagogy are highlighted.

Текст научной работы на тему «MUZEY PEDAGOGIKASI VOSITASIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TURISTIK FAOLIYATGA YO‘NALTIRISHNING MAZMUNI VA DIDAKTIK IMKONIYATLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-17-26

MUZEY PEDAGOGIKASI VOSITASIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI

TURISTIK FAOLIYATGA YO'NALTIRISHNING MAZMUNI VA DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Kibriyo Islomjon qizi Marayimova

Farg' ona davlat universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarni muzey pedagogikasi vositasida turizm faoliyatiga tayyorlashdagi muammolar, muzeylarning ta'lim muassasalari bilan hamkorligi mazmuni, bo'lajak o'qituvchilar muzey pedagogikasi doirasida egallashi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalar, bo'lajak o'qituvchilarni muzey pedagogikasi vositasida turizm faoliyatiga tayyorlashda amalga oshiriladigan didaktik vazifalar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: muzey pedagogikasi, turizm faoliyati, ta'lim muassasasi, bilim, ko'nikma, malaka, kompetensiyalar.

ABSTRACT

In this article, the problems of preparing future teachers for tourism activities through museum pedagogy, the content of cooperation of museums with educational institutions, the knowledge, skills, qualifications and competencies necessary for future teachers to acquire within the framework of museum pedagogy, didactic tasks carried out in the preparation of future teachers for tourism activities through museum pedagogy are highlighted.

Keywords: museum pedagogy, tourism activities, educational institution, knowledge, skills, qualifications, competences.

KIRISH

O'zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida bo'lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o'tmish merosimizni o'rganish, saqlash hamda uni keng xalq ommasiga targ'ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Shu bois turizm sohasini rivojlantirish, uning xalqaro standartlarga moslashtirish bilan birga jamiyatimiz ongida ham turistik faoliyatga qiziqishni rivojlantirish, ta'lim tizimida uning nazariy va ilmiy asoslarini takomillashtirish bilan birga talaba-yoshlarni turizm faoliyatiga yo'naltirishning

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-17-26

kuchli ta'sir ko'rsatuvchi vositalarini topishga doir ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda. «O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida»gi 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son Farmoni, «O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmonida turizmga doir «xalqaro talablarga javob beradigan uzluksiz, ko'p bosqichli ta'lim tizimini yaratish, ...turizm sohasi xodimlari uchun majburiy malaka talablarini belgilaydigan standartlar ishlab chiqish»[1] ka bi huquqiy asoslar ham yaratilmoqda. Shuningdek, oliy ta'limda bo'lajak kadrlarni turizm faoliyatiga yo'naltirishning samarador metodologiyasi sifatida muzey pedagogikasining imkoniyatlaridan keng foydalanish, uning pedagogik shart-sharoitlarini oshirishga doir vazifalar dolzarblik kab etmoqda.

Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy tizimi tahlili o'qituvchilar tayyorlashga yangicha yondashuvlarni izlash zarurligini ko'rsatadi. Chunki kadrlar tayyorlashdagi muammolar va o'qitish metodikasining eskiligi kuchli mutaxassislar tayyorlashdagi asosiy to'siq bo'lmoqda. Shu bois ta'lim sifatini oshirish, bu orqali kadrlar tayyorlashda yangi bosqichga chiqish va ularni zaruriy kompetensiyalar bilan qurollantirish dolzarb vazifalardan biridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bo'lajak o'qituvchilarni turistik faoliyatga yo'naltirish ham ularni o'zgartirish yo'lidagi muhim qadamlardan bo'ladi. Shuningdek, ulardagi ichki iqtidor va qiziqishlarini namoyon qilish, o'zi istagandek hayot kechirishga yo'naltirishning samarali yo'li hisoblanadi. Chunki turistik faoliyat har bir insonga kuchli ta'sir qiluvchi vosita, uni uyg'otuvchi, hayotga boshqacha ko'z bilan qarashga undovchi, ichki istaklari tomon undovchi motivatsion ta'sir hisoblanadi. Turistik faoliyat bo'lajak o'qituvchilarning iqtidori va qobiliyatlarini ochuvchi, oshiruvchi omil hisoblanadi.

Muzey pedagogikasi bilan talabalar amaliyot yoki muzeylarga ekskursiya qilish, bu bilan bog'liq seminar mashg'ulotlarini o'tkazish jarayonida duch keladilar. Oliy ta'lim muassasalarida muzey pedagogikasi fani o'tilmaydi va shu bois talabalarning bu boradagi bilim va ko'nikmalari ham unchalik yuqori bo'lmaydi. Biroq muzeylarga tashrif buyuruvchilar yoki bu yerda bilimlarini oshirishga intiluvchi talabalarga muzey pedagogikasi asosida ta'sir ko'rsatishi, ularni turistik faoliyatga yo'naltirishi mumkin. Shu bois oliy ta'lim muassasalarida o'tilayotgan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-17-26

ayrim fanlarni muzeylarda o'tish, seminar mashg'ulotlarini ko'proq muzey eksponatlari bilan bog'lab, o'rganish orqali olib borish yoki amaliyot jarayonlarini muzeylarga biriktirish samarali hisoblanadi.

Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilarni muzeylarga yo'naltirish orqali ularning turistik bilimi va ongini oshirish mumkin bo'ladi. Bilamizki, bir insonning biror joyga borish istagi o'sha joy haqidagi ma'lumotlar asosida ortib boradi. Shu bois bo'lajak o'qituvchilarda turistik faoliyatga yo'naltirishning eng samarali yo'li bo'lsa, ularning qiziqishlarini oshirish, emotsional va yuqori kayfiyatni hosil qilish bilan bog'liq bo'ladi. Shunday ekan muzey pedagogikasining talabalarni qiziqtirish imkoniyatlarini oshirish va uning ta'sirchanlik mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.

Misol uchun, Oliy ta'limning "Geografiya o'qitish metodikasi" yo'nalishi talabalari uchun o'tiladigan "Umumiy tabiiy geografiya", "O'zbekiston geografiyasi", "Aholi geografiyasi", "Geografik o'lkashunoslik", "Amaliy geografiya", "Geomorfologiya" kabi fanlarni muzeylar bilan bog'lash, ular orqali talabalarning bilim va ko'nikmalarini oshirish, amaliy mashg'ulotlar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash bilan birga turli faoliyat turlariga ham qiziqish va iqtidorlarini rivojlantirish muhim vazifalardan biridir.

Oliy ta'lim tizimida "Tarix o'qitish metodikasi" yo'nalishi talabalariga o'tiladigan "Muzeyshunoslik va arxivshunoslik", "Tarixiy geografiya", "Temur va temuriylar davlat tarixi", "Jahon xalqlari epigrafiyasi", "Tarixiy o'lkashunoslik va urbanizasiya jarayonlari" kabi fanlarni muzey pedagogikasining yangicha metodologiyasi asosida hamkorlikda olib borish bo'lajak o'qituvchilarda tarixning bir parchasini va saqlangan qismini o'z ko'zi bilan ko'rish va nazariy bilimlarini, tasavvurlarini real voqelikda ko'rish imkoniyatini beradi. Bu esa talabalarda tarixni chuqurroq o'rganishga ishtiyoq va qiziqishni oshirish bilan birga shu joylarga sayohat qilish istagini, emotsional layoqatni ham oshiradi. Buning natijasida bo'lajak o'qituvchilarda turistik faoliyatga bo'lgan yondashuv o'zgaradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda mavjud muzeylar va ularning muzey pedagogikasini tashkil etishdagi muammolar quyidagilardan iborat:

- O'zbekiston muzeylarida muzey pedagoglari faoliyati to'g'ri yo'lga qo'yilmagan, ularda faqat eksponatlar bilan tanishtirib boruvchi va ma'lumot beruvchi xodim faoliyat yuritadi, xolos.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-17-26

- Bo'lajak o'qituvchilarni muzey pedagogikasi vositasida turizm faoliyatiga tayyorlash tizimining yo'lga qo'yilmaganligi.

- hozirgi kunga qadar o'qituvchilarga muzeyning ta'lim-tarbiyaning samarali vositasi sifatidagi o'rni noma'lum bo'lib qolayotganligi.

- muzey pedagogikasining asosiy vazifasi tashrif buyuruvchilarga ham bilim berish, ham emotsional ta'sir ko'rsatish bo'lib, tomoshabinda eksponatning aslini ko'rish, yoki uni qadrlash, hurmat qilish va chuqurroq o'rganish istagini oshirish hisoblanadi. Shu ma'noda muzey pedagogikasi bo'lajak o'qituvchilarda turistik faoliyatga yo'naltirishning aniq metodologiyasini ishlab chiqish kuchli samara beradi. Biroq mamlakatimizda muzey pedagoglarini tayyorlash va ularni faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish asoslari yuqori saviyada ishlab chiqilmagan.

Shuning uchun ta'limni modernizatsiyalashning dolzarb vazifalaridan biri bo'lajak o'qituvchilarni muzeylar bilan o'quv faoliyati sohasida bevosita aloqalarga ega bo'lgan oliy o'quv yurtlarida tayyorlash lozim. Muzeylarda tashkil etilgan turli o'quv kurslari, amaliyot va seminarlar bu vazifani faqat qisman bajarishi mumkin.

Muzeyga tashrif buyuruvchilar bilan ishlashga yangicha yondashuvlarni izlab, muzeylar so'nggi yillarda ta'lim muassasalari va pedagogika universitetlari bilan yangi, tizimli hamkorlik darajasiga erishish imkonini beradigan ta'lim xizmatlarini qayta tuza boshlaganida vaziyat o'zgara boshladi. Muzeylarning ta'lim muassasalari bilan hamkorligi tajribasi barcha darajadagi san'at va gumanitar ta'limning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, ta'lim muassasalari bilan o'zaro aloqalar darajalari va yo'nalishlarini aniq tashkil etishi kerak bo'lgan tizimni ishlab chiqishga imkon berdi. Amaliyot shuni ko'rsatdiki, muzey pedagogikasi vositasida turistik faoliyatga yo'naltirishning eng samarali modeli muzey-pedagogik dasturlari bo'lib, muayyan muzeyning o'ziga xos xususiyatlarini va zamonaviy pedagogik usullarni uyg'unlashtirgan holda ishlab chiqilgan.

Mamlakatimizda bo'lajak o'qituvchilar tayyorlanadigan yo'nalishlarning davlat ta'lim standartlari taxlil etilganda muzey pedagogikasi, muzeyshunoslik va san'at tarixi fanlari integratsiyasiga oid muhim mavzular kiritilmaganligi aniqlandi:

- muzey va ta'lim muassasasi hamkorligining mohiyati va shakllari;

-ko'rgazmali tafakkurning mohiyati va uning shaxs shakllanishi uchun muzey-

pedagogik usullari bilan rivojlanishining ahamiyatini fanlararo tushunish;

- muzey pedagogikasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari;

- zamonaviy muzeyda Art terapiya (san'at orqali davolash).

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 j ISSUE 1 j 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-17-26

Oliy ta'lim muassasalari bo'lajak o'qituvchilarni muzey-pedagogikasi faoliyatiga tayyorlashni bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida amalga oshirishi va qayta tayyorlash uchun imkoniyat yaratishi kerak. Shuningdek, ularni o'qitish pedagogika kollejlarida yoki madaniyat va san'at universitetlarida tashkil etilishi ham maqsadga muvofiq.

Oliy ta'lim muassasalarida tayyorlanuvchi bo'lajak o'qituvchilar muzey pedagogikasi doirasida quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni ega bo'lishi lozim:

- muzey va uning ijtimoiy-madaniy muassasalar tizimidagi o'rni, muzey pedagogikasi tarixi haqida to'liq tushunchaga ega bo'lish;

- zamonaviy muzeydagi ta'lim jarayonining o'ziga xos xususiyatlari, muzey pedagogikasi umumiy pedagogik jarayonning bir qismi ekanligi haqida tushunchaga ega bo'lishi;

- muzey va pedagogik faoliyatning zamonaviy muzey biznesi rivojidagi o'rnini, uning ta'limni insonparvarlashtirish, shaxs madaniyati va ijtimoiy munosabatlar madaniyatini shakllantirish muammolarini hal etishdagi ahamiyatini tushunish;

- ta'lim va madaniy tizimlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning umumiy va o'ziga xos ehtiyojlarini aniqlay olish;

- muzey-pedagogik jarayoni davomida ushbu o'zaro aloqalarni tashkil etish ko'nikmalariga ega bo'lishi;

- muzey pedagogikasining metodlari, shakl va texnologiyalarini bilish va ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olish;

- muzey pedagogikasi nazariyasi va tarixiga oid bilimlar tizimini egallash;

- muzey o'qituvchisining barcha muzeylarda va ta'lim muassasalarida kasbiy faoliyati uchun badiiy qobiliyati va estetik g'oyalarini rivojlantirish zaruriyatidan xabardor bo'lish;

- muzey-pedagogikasiga oid maxsus adabiyotlarning birlamchi manbalarini

bilish;

-muzey qadriyatlarini o'zlashtirish jarayonini samarali tashkil eta olish va talabalarning muzeyga bo'lgan qiziqishlarini muzey kommunikatsiyasiga tizimli kiritish zarurati darajasiga ko'tara olish;

- muzey pedagogikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, metodikasi va tajriba ishlariga oid ko'nikma va malakalarini egallash[3].

Agar muzey xodimlarining ishlari oliy ta'lim muassasasining ta'lim va amaliyot jarayoni bilan aloqador tarzda hamkorlikda olib borilsa, muzeylarda talabalar ta'lim

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-17-26

jarayonida uchratadigan, lekin hech qachon ko'rmagan ekspozitsiyalar bilan tanishadilar. Muzeylar ekspozitsiyalari bilan ishlash jarayonida uning o'ziga xos xususiyatlariga e'tibor berish muhim. Bunda quyidagilarga amal qilish zarur:

1. Muzeylardagi mashg'ulotlar ma'lum ta'limiy va tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishi zarur.

2. Tanlangan materiallar talabalarga tushunarli va ularning turistik faoliyatini rivojlantirishga mos kelishi muhim.

3. Mashg'ulot uchun tanlangan ekspozitsiyalar ma'lum fanga doir mavzular bilan bog'liq bo'lishi maqsadga muvofiq.

4. Muzeylar bilan aloqa muntazam, izchil bo'lishi lozim.

Ma'lumki, har bir fan asosi u yoki bu ijtimoiy davrning muhim voqealari bilan bog'lab o'rganilganda, adabiyot, san'at, tarixiy voqealar o'sha davrdagi muhim voqealar, adabiyot va san'at namoyondalarining o'z zamonasida tutgan o'rni, kiritgan yangiligi uning ijtimoiy hayot bilan bir qatorda rivojlanib, taraqqiy etganligi haqida ham ma'lumotlar beriladi.

Shunga ko'ra, bo'lajak o'qituvchilar va muzey xodimlari faoliyatida o'zaro aloqadorlikni tashkil etishning o'ziga xos didaktik talablari, yo'nalishlari, tamoyillari va imkoniyatlari mavjud bo'lib, bular pedagogikadagi an'anaviy metodikaga qaraganda innovatsion xarakter kasb etadi.

Shu munosabat bilan universitet pedagogik jarayonida ta'limning mazmuni quyidagi vazifalarga qaratilgan bo'lishi lozim:

1. Erkin shaxsni tarbiyalash: yuqori darajadagi onglilik; fuqarolik, shaxsiy qadr-qimmatini his qilish; o'z-o'zini hurmat qilish, o'z-o'ziga talabchanlik, halollik, rostgo'ylik; hayotning ma'naviy qadriyatlariga yo'naltirish; shaxsiy qarorlar qabul qilishda faollik va mustaqillik, mas'uliyat.

2. Ijodkor shaxsini tarbiyalash: qobiliyat, bilim, ko'nikma, malakalarni rivojlantirish; sensorika, intelektni va intuitsiyani rivojlantirish.

3. Insonparvar shaxsni tarbiyalash: insonga xos sezgirlik, rahm-shafqat va mehr-oqibat, fidoyilik, bag'rikenglik, kamtarlik, hayot qadriyatlarini tushunish, dunyo, tabiat va boshqalarni anglash qobiliyatini tarbiyalash.

4. Shaxsning ma'naviy tarbiyasi: dunyoni doimiy ravishda bilish, o'zini, ruhiy dunyosini bilish, go'zallik, muloqot, mulohaza yuritish, hayot mazmunini izlashda o'z-o'zini bilish ehtiyoji; ichki shaxsiy olamning yaxlitligi va mustaqilligi.

5. Amaliy shaxsni tarbiyalash: iqtisodiyot asoslarini bilish; mehnatsevarlik, tejamkorlik; chet tillarni bilish, xalq hunarmandchiligi, diniy urf-odatlarni bilish;

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-17-26

sog'lom turmush tarzi; jismoniy tarbiya, estetik did, odob-axloq, yaxshi xulq, mehmondo'stlik, uyni tartibga solish, oila farovonligini ta'minlash istagi.

6. Yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalash: bilimdonlik, kompetentlik; boshqaruvchilik mahorati; kommunikativlik; ijodiy kasbiy fikrlash qobiliyati, turizm tarixi, nazariyasi va amaliyotini bilish; pedagogik mahoratni egallash; stressga chidamlilik, psixologiyani bilish.

Muzey pedagogikasi vositasida turistik faoliyatga yo'naltirish orqali bo'lajak o'qituvchilarda quyidagi umuminsoniy ijtimoiy, shaxsiy va umum madaniy kompetensiyalar shakllanadi:

- Gnostik kompetentlik: umumiy ta'lim, moslashuvchanlik va aqlning tanqidiyligi, zukkolik, ehtiyotkorlik, analitik ko'nikmalar, bilimdonlik, yaxshi o'rganish qobiliyati, mantiqiylik, axborotni topish qobiliyati, asosiy narsani ta'kidlash, oqlash qobiliyati, tanlangan faktlarni taqqoslash, vaziyatni tahlil qilishda izchillikni namoyish etish, mantiqiy fikrlash, keyingi tanqidiy tahlil bilan taqqoslash, vaziyatni tahlil qilish, fikrning aniqligi, ifoda tiniqligi, murakkab o'quv vazifalarni tahlil qilish va yordam holda ularni amalga uchun o'z yondashuvlarni topish, o'z -o'zini tanqid qilish uchun tayyorligi.

- Axloqiy va irodaviy kompetentlik: axloqiy va huquqiy normalarni foydalanish qobiliyati, fuqarolik, qonunga bo'ysunish (huquqiy madaniyat), shu jumladan, bag'rikenglik, ijtimoiy moslashish qobiliyati, madaniyat qadriyatlarini tushunish va ularga rioya qilish, faoliyat, maqsadga muvofiqlik, optimizm, o'z o'ziga ishonch, topqirlik, xohish-istaklarini tahlil qilish va ulardan ustuvor bo'lganlarini tanlash, maqsadni belgilay olish, o'z ikoniyatlarini real baholash qobiliyatini, o'z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati, vazifalarni belgilash va bajarish mustaqilligi, qat'iyatlilik, tashabbuskorlik, qiyin vaziyatda tez harakat qilish va vazifalarni hal qilish qobiliyati, tanqidiy nuqtai nazar bilan qarash qobiliyati, o'z nuqtai nazarini ifoda qilish qobiliyati, majburiyatlarni bajarish, maqsadlarga erishishda qat'iyat, chidamlilik, stress va vaqtni boshqarish, to'plangan tajribani tanqidiy qayta ko'rib chiqish qobiliyati.

- Kommunikativ kompetentlik: ijtimoiy munosabatlar madaniyati ko'nikmalari, ijtimoiy hamkorlik (ijtimoiy interaktivlik), jamoada ishlar, shaxslararo munosabatlar ko'nikmalari, hamdardlik, odamlarga hurmat, mehribonlik, xushmuomalalik, yaxlitlik, muloqot qilish qobiliyati, moslashuvchanlik, axborot berish qobiliyati, ishontirish qobiliyati, nutqning intonatsion xususiyatlarini bilish bilan bog'liq muammoni to'g'ri va ifodali tarzda taqdim etish qobiliyati, aloqa

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-17-26

ko'nikmalari, boshqa shaxsning his-tuyg'ulariga kirib borish, unga hamdardlik, o'z pozitsiyasini egallash, his-tuyg'ular ifodasini nazorat qilish qobiliyati, vaziyatni anglash, axloqiy qadriyatlarga va ijtimoiy mas'uliyat prinsiplariga rioya qilish, mustaqil va jamoada ishlash, odamlarga rahbarlik qilish va itoat qilish qobiliyati.

- Tashkiliy kompetentlik: sog'lom turmush tarzi normalarini bilish va anglash, jumladan, sog'lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatga bo'lgan ehtiyojni anglash, qat'iyatlilik, chidamlilik, uyushqoqlik, mas'uliyat, muloyimlik, jasorat, majburiyat, intizomlilik, faollik, tashabbuskorlik, o'z-o'ziga ishonch, vaqtni boshqarish qobiliyati, boshqalar faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish qobiliyati.

Shunday qilib, bir qator kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan muzey pedagogikasi va muzey turizmi talabalar bilan ishlashning pedagogik jihatdan ko'p qirrali shakli sifatida qaralishi lozim. Undan yanada samarali foydalanishning muvaffaqiyati bo'lajak o'qituvchilarning ilmiy va kasbiy professionalligi bilan bog'liq.

Muzey ta'limning nazariy va amaliy komponentlarini birlashtirilib, materialni to'liq o'zlashtirish hamda mustahkamlash va takro rlash jarayonini takomillashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, bilim olish jarayoni qiziqarli tarzda qabul qilinadi, bu esa o'rganish va ilmiy yutuqlarga ijobiy turtki beradi. Muzey pedagogikasi ta'lim va tarbiya jarayonida ta'lim muassasalari va muzeylar o'rtasida vositachi sifatida qo'llaniladi, bu esa pedagogik usullarning to'liq tarbiyaviy salohiyatini ochib berishga imkon yaratadi. Muzey pedagogikasi muzey materiallarini taqdim etish shakli sifatida ochiq muzey muhitida pedagogikaning umumiy tamoyillarini foydalanishni o'z ichiga oladi. Muzeydagi pedagogik yondashuvga ko'ra har bir tashrif buyuruvchi muzey ko'rgazmalarini passiv tafakkur etibgina qolmay, muzey muhitida amalga oshiriladigan aloqa jarayonining faol ishtirokchisi sifatida qaraladi. Muzey pedagogik faoliyati ma'lum bir auditoriya uchun muzey tadbirlari tizimi yoki sikliga asoslangan bo'lib, idrok markazi muzey ob'ekti hisoblanadi. Shu bilan birga muzey pedagogikasi faol ta'lim texnologiyasi sifatida talabalarni muzey ekspozitsiyalari va ko'rgazmalari, ekskursiyalar yaratish jarayoniga faol jalb etishga qaratilgan.

XULOSA

Shunday qilib, quyidagicha xulosaga kelish mumkinki, muzey eksponatlarni saqlaydigan joy bo'libgina qolmay, balki tashrif buyuruvchining estetik didi va ijodiy tasavvurini rivojlantiruvchi tashkilot sifatida ham qaraladi. Hozirgi bosqichda muzey

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-17-26

muayyan ob'ekt, hodisa yoki jarayon haqidagi ma'lumotlarni uzatishdan shaxsning ichki dunyosiga murojaat qilishga, uning hissiy sohasiga ta'sir ko'rsatishga o'tdi. Bundan tashqari, muzey ta'lim jarayonining eng muhim bo'g'ini hisoblanib, qo'shimcha ta'lim vazifalarini bajaradi, o'quvchilar va muzey o'qituvchilar o'rtasida teng muloqotni amalga oshiradi. Muzey faoliyatida hozirgi bosqichda eng ommalashgan ta'lim-tarbiyaning interfaol shakllari bo'lib, ular o'quvchilar shaxsini rivojlantirish, ularning bilim mustaqilligi, o'z-o'zini tarbiyalash va o'z-o'zini rivojlantirish ko'nikmalarini shakllantirish uchun cheksiz imkoniyatlar ochadi.

REFERENCES

1. 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2019-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi».

2. Lichtwark A. Übungen in der Betrachtung von Kunstwerken. - Berlin: Verlag von Bruno Cassire, 1909. - 230p.

3. Столяров Б.А. Музейная педагогика История, теория, практика- М.: Высш. шк., 2004 —29-84с.

4. Насруллаева П.Н. Музейное дело в системе туризма. — Дагестанский государственный педагогический университет Кафедра «Социально-культурный сервис и туризм» г. Махачкала.

5. Baydjanov, B. (2021). Language and education integration - information security as one of the important factors of supply. "Actual problems and solutions of modern philology". Collection of materials of the international online conference. (2). https://doi.org/10.471007.v1i2.302

6. http:// www.Uzbekturism.uz

7. Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS ÜF TRAINING STUDENTS FÜR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 7(10), 311-317.

8. Maksudov, U. K. (2020). ISSUES OF NATIONAL VALUES AND SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS IN THE DEVELOPMENT OF POSITIVE PSYCHOLOGY. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 394-396).

9. Qizi, M. K. I. (2020). A system for training future teachers in tourism through museum pedagogy. Проблемы современной науки и образования, (3 (148)).

10. Qizi, M. K. I. (2021). The role of museums in the development of tourism. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 121-124.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 25 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-17-26

11. Siddikov, B. S. (2020). THE IMPORTANCE OF SPORTS AND RECREATION ACTIVITIES FOR A HARMONIOUSLY DEVELOPED GENERATION.

In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 107-111).

12. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2021). THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING BOYS FOR FAMILY RELATIONSHIPS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS.

48(8).

13. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.

14. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 53-55).

15. Закирова, Д. С. (2020). РАЗВИТИЕ КУЛЬТУРЫ МЕЖНАЦИОНАЛЬНОГО СОГЛАСИЯ У СТУДЕНТОВ. European science, (4 (53)).

16. Ибрагимова, Ш. О. (2019). РОЛЬ СЕМЬИ В ФОРМИРОВАНИИ ЦЕННОСТНЫХ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ У МОЛОДЕЖИ О БРАКЕ И СЕМЬЕ.

In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 84-86).

17. Уринова, Н. М. (2020). ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТЛАРИДА БУЛАЖАК У^ИТУВЧИЛАРНИ МУЗЕЙ ПЕДАГОГИКАСИ ФАОЛИЯТИГА ТАЙЁРЛАШ БУЙИЧА ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 7).

18. Уринова, Н. М., & Хусеинова, С. Б. (2021). Теоретико-практическая подготовка будущих учителей гуманитарного профиля к социально ориентированной воспитательной работе. Бюллетень науки и практики, 7(5), 434440.

19. Уринова, Н. М., & Хусенова, С. Б. (2021). БУЛАЖАК У^ИТУВЧИЛАРНИ ТАРБИЯВИЙ ИШЛАРГА ТАЙЁРЛАШНИНГ ТЕХНОЛОГИК МОДЕЛИ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, 4(7).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.