Научная статья на тему 'MADANIYAT VA SAN’AT SOHASINI TARAQQIY ETISHIDA INNOVATSION JARAYONLARNING TUTGAN O‘RNI'

MADANIYAT VA SAN’AT SOHASINI TARAQQIY ETISHIDA INNOVATSION JARAYONLARNING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1800
174
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / madaniyat va san’at / madaniy qadriyatlar / ijod erkinligi / venchur kapitali / innovatsion jarayonlar

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muhayyo Akbarovna Bekmurodova

Mazkur maqolada milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli kamchiliklar, milliy madaniyatni yanada rivojlantirishning asosiy tamoyillari o‘rganilib, madaniyat va san’at sohasini taraqqiy etishida innovatsion jarayonlarning tutgan o‘rniga baho berilgan va madaniy loyihaning asosiy innovatsion belgilari ajratilgan holda innovatsion madaniy mahsulot va xizmatlarni rivojlantirish, madaniyat va san’at sohasini takomillashtirish va venchur kapitalini rivojlantirish masalalari o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT VA SAN’AT SOHASINI TARAQQIY ETISHIDA INNOVATSION JARAYONLARNING TUTGAN O‘RNI»

MADANIYAT VA SAN'AT SOHASINI TARAQQIY ETISHIDA INNOVATSION JARAYONLARNING TUTGAN O'RNI

Muhayyo Akbarovna Bekmurodova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan bir qator tizimli kamchiliklar, milliy madaniyatni yanada rivojlantirishning asosiy tamoyillari o'rganilib, madaniyat va san'at sohasini taraqqiy etishida innovatsion jarayonlarning tutgan o'rniga baho berilgan va madaniy loyihaning asosiy innovatsion belgilari ajratilgan holda innovatsion madaniy mahsulot va xizmatlarni rivojlantirish, madaniyat va san'at sohasini takomillashtirish va venchur kapitalini rivojlantirish masalalari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, madaniyat va san'at, madaniy qadriyatlar, ijod erkinligi, venchur kapitali, innovatsion jarayonlar.

THE ROLE OF INNOVATIVE PROCESSES IN THE DEVELOPMENT OF

CULTURE AND ART

Muhayyo Akbarovna Bekmurodova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article examines a number of systemic shortcomings that impede the further development of national culture, the basic principles of the further development of national culture, assesses the role of innovation processes in the development of culture and art, highlights the main innovative features of a cultural project, studies the development of products and services, improving culture and art, as well as development of venture capital.

Keywords: innovation, culture and art, cultural values, freedom of creation, venture capital, innovation processes.

Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirish, madaniyat va san'at muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, hozirgi vaqtda madaniyatning innovatsion tarkibiy qismining ahamiyati davlat darajasida kata e'tirob qaratilishi Yangi O'zbekistonning bosh maqsadiga aylandi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: "Mamlakatimiz aholisi, avvalo yoshlar, qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, shu yo'nalishdagi

I icOE^^^^HI 109 http://oac.dsmi-qf.uz/

ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini yanada oshirishimiz zarurligi davr talabiga aylanib bormoqda" - deya ta'kidlab o'tgan edi[1: 280-bet].

Yangi O'zbekiston madaniyat sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Haqiqatan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3920-son qarorini imzolashi buning yaqqol isbotidir. Bu qaror ijrosi madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirishni ta'minlash, madaniyat va san'at muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, aholining madaniyat muassasalariga bo'lgan qiziqishini rag'batlantirish, mamlakatimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuvini ta'minlashni nazarda tutadi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni bu yo'nalishda olib borilayotgan ishlarning naqadar dolzarbligini ko'rsatib turibdi. Farmonga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida moddiy-madaniy merosning ko'chmas mulk obyektlarini restavratsiya qilish uchun xarajatlarga 500 mlrd. so'm ajratilishi belgilandi[2: lex.uz].

So'nggi to'rt-besh yilda Yangi O'zbekistonda madaniyat sohasida sodir bo'layotgan jarayonlar madaniyat va san'at rivojida ayniqsa, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolida ham yuqori darajaga ko'tarildi.

Hech shubhasiz, o'z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonch bizni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo'lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bo'lishning o'zi kata baxt, kata sharafdir [3: 30].

Shunday jarayonlardan biri, innovatsiya muammosi hisoblanadi. Madaniyat va san'at sohasida innovatsion rivojlanishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishda ba'zi yutuqlar va ba'zi muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, bu jarayon O'zbekiston uchun hamon dolzarb bo'lib qolmoqda.

Bunda asosiy muammo - iqtisodiyot va jamiyatning uzoq muddatli turg'unligi va mamlakatning jahon taraqqiyotidan ancha ortda qolib ketishi sanaladi. Ayni paytda, milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan bir qator tizimli kamchiliklar mavjud. Jumladan:

birinchidan, madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, madaniyat va san'at muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagan;

ikkinchidan, yosh ijodkorlarga ta'lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani

I icclT^^^^H 110 http://oac.dsmi-qf.uz/

madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali olib borish, aholining o'sib borayotgan madaniy ehtiyojlarini qondirish va madaniy xizmatlar sifatini keskin oshirish imkonini bermayapti;

uchinchidan, aksariyat madaniyat va san'at muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talablari va xalqaro standartlarga mos kelmaydi, bu esa ularning to'laqonli faoliyat ko'rsatishiga to'sqinlik qilmoqda;

to'rtinchidan, zamonaviy media makonda milliy madaniyatimiz munosib o'rin egallamagani, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to'liq joriy etilmagani sohani keng tadqiq va targ'ib etish, xalqaro madaniy jarayonlarga talab darajasida integratsiya qilishga yo'l bermayapti;

beshinchidan, madaniyat va san'at sohasidagi nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda ijodkorlarimizning ishtirokini izchil ta'minlash va ularning sara asarlarini namoyish etish, milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilishning samarali tizimi yaratilmagani, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik yetarlicha yo'lga qo'yilmagani ham soha rivojiga to'sqinlik qilmoqda [4: lex.uz].

Bu muammolarni bartaraf etishda innovatsiya jarayonining tarkibiy qismlarida nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish kerak. Innovatsion rivojlanish jarayoning ikkita asosiy tarkibiy qism - innovatsion loyihalarni amalga oshirish va innovatsion salohiyatni rivojlantirish bo'lib, jamiyatning innovatsion madaniyatining yetishmasligi innovatsiyalar turg'unligining asosiy sabablaridan biridir. Har qanday innovatsion rivojlanish nafaqat asosiy innovatsion jarayon, balki uni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan omillar va shartlar tizimini, ya'ni innovatsion salohiyatni rivojlantirishdir. Madaniy innovatsion loyihalarni amalga oshirish va madaniy innovatsion salohiyatni rivojlantirish orqali madaniyat sohasida innovatsion taraqqiyotga erishish mimkin.

Ko'p muammolar moliyaviy tomondan farqli tekislikda yotadi. Taniqli menejer, Germaniya Federativ Respublikasi Fraunhofer jamiyati prezidenti, professori H.Yu. Varnecke bozor segmentini ko'paytirish va mahsulot sifatini yaxshilash kabi deyarli barcha yakuniy maqsadlarga eng yaxshi ijtimoiy tizimga ta'sir qiluvchi strategiyalar orqali erishish mumkin, deb hisoblaydi. Ushbu jarayonda texnika va texnologiyalar juda kichik rol o'ynaydi. Bir tomondan, madaniyat va san'at, boshqa tomondan, tabiiy fan va texnikaning tarqoqligi falokatga olib kelish xavfmi tug'diradi.

Innovatsion jarayonlar muqarrar ravishda xatarlar va noaniqliklar bilan tavsiflanganligi sababli, ko'plab tadqiqotchilar mamlakatda rivojlangan venchur kapitalining mavjudligi innovatsion jarayonlarning muvaffaqiyatini belgilovchi omil deb hisoblashadi. Uning zaif rivojlanishi tufayli, masalan, Yevropa mamlakatlari innovatsiya sohasida AQShdan ma'lum darajada orqada qolmoqda. Biroq, tahlillar shuni ko'rsatadiki, bu boradagi farq unchalik katta emas. Shunday qilib, hisob-kitoblarga ko'ra, innovatsiyani venchur investitsiyalari emas, aksincha, innovatsion

I îhSi^^Bl ^ ^ ^ http://oac.dsmi-qf.uz/

jarayonlardan talab venchur kapitalining rivojlanishini rag'batlantiradi va ikkinchisining rivojlanish darajasi institutsional muhit sifati bilan uzviy bog'liqdir.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, ijtimoiy sohadagi zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar nafaqat iste'molchilarning ehtiyojlari asosida shakllanadi, balki o'zlari ham ushbu ehtiyojlarni shakllantiradi. Masalan, yuqori texnologik tibbiy yordam xizmatlariga, masofaviy ta'limga bo'lgan ehtiyoj, zamonaviy insonning turmush tarziga mos keladi, shu bilan birga, bunday xizmatlar ko'rsatish innovatsiyalar, xususan, texnologik rivojlanishlar tufayli amalga oshirish mumkin. Binobarin, bizning fikrimizcha, vazifa zamonaviy odamni avvalgi madaniy ehtiyojlar doirasida ushlab turish emas, balki jozibali va shu bilan birga konstruktiv qadriyatlarni shakllantiradigan madaniy mahsulotni taklif qilishdan iboratdir.

Bunga qanday erishish uchun madaniyat xodimlarining ijodkorlik va yangilik yaratish qobiliyati, ularning ijtimoiy mas'uliyati, va nihoyat, deklarativ emas, balki bilvosita ta'sir qila olishi orqali erishish mumkin.

Aholining e'tiborini madaniy xizmatlarga jalb qila oladigan yangiliklar degani nimani anglatishiga to'xtalamiz. Rasmiy hujjatlarda, xususan, innovatsiyalarning texnologik tarkibiy qismiga urg'u beriladi: gap ommaviy axborot markazlarini yaratish, ko'p funksiyali madaniy majmualar tarmog'ini shakllantirish, universal mobil tizimlar sonini ko'paytirish haqida ketmoqda.

Tadqiqotchilar innovatsiyalar deganda ijtimoiy-madaniy vaziyatning o'zgarishi, yangi madaniy mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, mavjud ob'ektlar, yondashuvlar va texnologiyalarni ijodiy rivojlantirish kabilarni nazarda tutgan holda ushbu kontsepsiyaga yanada kengroq ma'no kiritdilar.

Aynan g'oyalar, zamonaviy ijodiy mahsulotlarning etishmasligi byudjet muassasalari xizmatlari iste'molchilari sonining kamayishi, ularning faoliyat ko'lamini pasayishining sabablaridan biri sanaladi. Maxsus adabiyotlarda ifodalangan madaniy loyihaning innovatsion belgilaridan biz quyidagilarni ajratib ko'rsatamiz:

faollik: atrofdagi voqelikni o'zgartiradigan loyihalarni boshlash, madaniyat muassasalarining ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, tinglovchilarni jalb qilish shakllaridan foydalanish;

dolzarblik: zamonaviy shaxs, yangi ijtimoiy guruhlar ehtiyojlariga muvofiqlik, zamonaviy mobil va band turmush tarziga muvofiqlik - moslashuvchan ish vaqti, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish uchun ochiq shahar maydonlaridan foydalanish (shaharlashgan va tabiiy). San'at turlari va madaniy tadbirlar; "uxlab yotgan" joylarda joylashgan madaniy tashkilotlar faoliyatini faollashtirish.

Umuman olganda, biz intellekt, ijodiy munosabatlar, turli xil san'at turlarining integrasilashuvi, jamiyatdagi mehnat shakllarini o'zgartirish, madaniyat holatini baholash va loyihalashga e'tiborni qaratish, menejmentni o'zgartirish kabilarni istiqbolga yetaklaydi, deb ayta olamiz.

I îhSi^^Bl H^ http://oac.dsmi-qf.uz/

Darhaqiqat, innovatsiyalar sharoitida biz aholining madaniy muassasalardan (bu muassasalar prinsipial ravishda ishlashiga qo'shimcha ravishda) ham moddiy-texnologik, ham ijodiy (kasbiy va texnologik) o'zgarishlar kutayotganini ta'kidlab o'tishimiz mumkin. Ijodiy o'zgarishlarga turli toifadagi fuqarolar uchun ularning zamonaviy ehtiyojlariga mos keladigan turli xil xizmatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ijodiy yondoshishni kiritish mumkin.

Albatta, madaniy "xizmat"ning sust rivojlanishi, hattoki avvalgilaridan mahrum bo'lish (masalan, filmlarni tarqatish) sharoitida rivojlanish darajasi past bo'lgan shaharlar, qishloqlar aholisining zamonaviy madaniy xizmatlarga talabi hali hamon juda past darajadadir. Biroq, innovatsiyalarning asosiy xususiyatlarini - bu dolzarblik, ijodkorlik va zamonaviy texnik vositalardan foydalanishga talabni - bu hududdagi madaniy talablarda ham ko'rish mumkin.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohani umumiy modernizatsiya qilish nafaqat madaniyatning yangi iste'molchilarini, balki uni yaratuvchilarni ham shakllantiradi. Yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish va madaniy mahsulotlarni targ'ib qilish ijodkorlar va iste'molchilarni, xususan, ijodiy sohalar doirasida birlashtiradi. Iste'molchilarni ijodiy jarayonga jalb qilish orqali ijodkorlar ularni asarlar yaratilishidagi quvonchlariga qo'shilishiga imkon beradi va ular, o'z navbatida, "o'zlarining" tomoshabinlari va tinglovchilarini yaxshiroq anglay boshlaydilar.

Multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda badiiy festivallar, kontsertlar va ko'rgazmalar, muzey va teatr jamoatchiligini birlashtirgan loyihalar kabi yangi ijod turlari nafaqat yangi ijodiy yondashuvlarni, balki axborot texnologiyalari yangiliklaridan va yangi boshqaruv ko'nikmalaridan foydalanishni talab qiladi. Bu mavjud modernizatsiya qilish va innovatsion boshqaruv usullarini joriy etish byudjet sohasini isloh qilish, madaniyatning institutsional sohasini o'zgartirish, tashkilotlar boshqaruvining rolini kuchaytirish va innovatsion yondashuvlardan foydalangan holda ijtimoiy-madaniy sohada boshqaruv amaliyotining tarqalishi bilan tavsiflangan yangi sharoitda madaniyat sohasidagi boshqaruv samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, innovatsion madaniy mahsulot va xizmatlarni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlar iste'molchisini shakllantirish zarur, buning uchun madaniyat va san'at sohasini takomillashtirish va venchur kapitalini rivojlantirish; fan, ixtirolar va texnologiyalari transferini rivojlantirish; sohada innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish; raqobatni rivojlantirish va ma'muriy to'siqlarni qisqartirish; infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

113

http://oac.dsmi-qf.uz/

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ш.М.Мирзиёев. Янги Узбекистан стратегияси. - Тошкент. «Узбекистан» нашриёти, 2021. 464-бет.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 may 2020 yilda imzolagan "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. www.lex.uz

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda O'zbekiston Yoshlar forumida so'zlagan nutqidan iqtiboslar. Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik.-Toshkent: Toshkent nashriyot uyi, 2021. 50-b.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida 2018-yil 26-avgustdagi PQ-3920-son qarori. www.lex.uz

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3892-son qarori

6. Николаев А. Инновационное развитие и инновационная культура. http://vasilievaa.narod.ru/

7. Кизилова И. Формирование инновационных методов управления в сфере культуры - Санкт-Петербург, 2011.

8. Тамбовцев В.Л. Инновации и культура: важность методологии анализа. Вопросы экономики. 2018;(9):70-94. https://doi.org

9. Мартынова С.Э. Инновации как фактор повышения качества и востребованности культурных услуг в муниципальных образованиях. Современные исследования социальных проблем (электронный научный журнал), №9(17), 2012 www.sisp.nkras.ru

114

http://oac.dsmi-qf.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.