Научная статья на тему 'MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING ASOSIY OMILLARI'

MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING ASOSIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3220
442
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat markazi / moliya / xarajat / bozor sharoiti / faoliyat / omil / tushum / madaniy xizmat

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mо‘minmirzo Xolmо‘minov, Azizbek Xushvoqov

Maqolada О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan madaniyat markazlari faoliyatini moliyalashtirishning ahamiyati va zaruriyati haqida fikr-mulohaza yuritilgan. Ayniqsa, madaniyat markazlarining aholiga madaniy xizmat kо‘rsatish orqali pullik tushumlar kо‘rsatkichini yuqorilatish va istiqbollini taraqqiy ettirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING ASOSIY OMILLARI»

MADANIYAT MARKAZLARI FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING

ASOSIY OMILLARI

Mo'minmirzo Xolmo'minov Azizbek Xushvoqov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan madaniyat markazlari faoliyatini moliyalashtirishning ahamiyati va zaruriyati haqida fikr-mulohaza yuritilgan. Ayniqsa, madaniyat markazlarining aholiga madaniy xizmat ko'rsatish orqali pullik tushumlar ko'rsatkichini yuqorilatish va istiqbollini taraqqiy ettirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: madaniyat markazi, moliya, xarajat, bozor sharoiti, faoliyat, omil, tushum, madaniy xizmat.

MAIN FACTORS OF FINANCING THE AFFAIRS OF CULTURAL

CENTERS

Muminmirzo Kholmuminov Azizbek Khushvaqov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article discusses the importance and necessity of financing the activities of cultural centers operating in the system of the Ministry of Culture of the Republic of Uzbekistan. In particular, suggestions and recommendations were made to increase the rate of paid income and develop the prospects of cultural centers through the provision of cultural services to the population.

Keywords: cultural center, finance, cost, market conditions, activity, factor, revenue, cultural service.

Madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirish, jahon miqiyosidagi ilg'or tajribalar asosida malakali kadrlar tayyorlash, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirishga qaratilgan ko'plab qaror va farmonlar imzolanib, hayotga tadbiq etilmoqda [1:21].

Yangi O'zbekistonda madaniyat markazlari faoliyatini tubdan isloh qilish jarayonlarida sohani moliyalashtirishning yangicha tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qancha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Chunki, bugungi bozor sharoiti madaniy-ma'rifiy sohaning moddiy bazasini mustahkamlash

I fafli^^Bl 164 http://oac.dsmi-qf.uz

orqali, uning taraqqiyoti bardavom bo'lishini ta'minlovchi yagona omil ekanligini isbotlaydi.

Hozirgi global iqtisodiyot madaniyat va san'at sohasiga ham ta'sir ko'rsatibgina qolmay, sohani moliyalashtirishning asosiy omillarini har tomonlama integratsiyalashni talab etadi. Shiddatli jahon bozorining umumiy hususiyatiga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev quyidagicha fikr bildirgan edi.

Jahon bozoridagi iqtisodiy vaziyat murakkablashdi, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tabiati tubdan o'zgardi. Iqtisodiy raqobat nihoyatda kuchayib, tobora keskin va shafqatsiz tus olmoqda. Bunday iqtisodiyotning muntazam takomillashib borishini ta'minlaydigan mexanizmlarni joriy etish, barqaror iqtisodiy taraqqiyot bilan bog'liq vazifalarni puxta belgilab olish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zotan, milliy taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo'nalishlaridan biri ham shundan iborat. Amaliy natijadorlik, inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaatlari - iqtisodiy islohotlarimizning o'zak masalasidir. Bugungi kunda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish borasida oldimizda qator strategik vazifalar turibdi. Ularning barchasi ustuvor ahamiyatga egadir[2:127].

Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlarning strategik vazifalarini ishlab chiqishda barcha sohaning moliyalashtirish manbalarining omillarini soddalashtirish va rivojlantirish, shu bilan birga ularning sonini va sifatini oshirish zarur. Madaniyat markazlari O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va bir necha mas'ul tashkilot va idoralar tomonidan moliyalashtiriladi.

Hususan, Madaniyat markazlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari:

O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari;

2019-yil 30-martdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 264-son qarorining birinchi ilovasi bilan tasdiqlangan Madaniyat markazlari to'g'risida Namunaviy nizomda belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqib, pullik tushum asosda tashkil etiladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlar, to'garaklar, turli xizmatlar va boshqalar hisobidan olinadigan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Markazlarda tashkil etilgan pulli to'garaklardan tushadigan mablag'larning 50 foizi ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, qolgan 50 foizi to'garak rahbarlarining ish haqiga hamda ularni rag'batlantirishga sarflanadi.

Markazlarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lari bo'yicha hisob-kitobi va hisoboti tuman (shahar) madaniyat bo'limlarining markaziy buxgalteriyasi tomonidan byudjet muassasalari uchun belgilangan tartibda yuritiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'ysunuvidagi Markazlarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lari bo'yicha hisob-kitobi va hisoboti o'zining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi [3:330].

Bu murakkab jarayon hisoblanadi. Ammo, madaniyat markazlari faoliyatidagi asosiy moliyalashtirish omillari ko'pincha markaz buxgalteriyasida shakllanadi. Qo'yidagi 1-jadvalda Jizzax viloyati Forish tumani madaniyat markazining 2021 yilda shtatlar jadvali bo'yicha belgilangan byudjet mablag'lari smetasini keltiramiiz. Jadval orqali Forish tumani madaniyat markazining asosiy moliya omillarini tahlil etamiz.

1-jadval

Tuzilmaviy bo'linmalar nomi va lavozimlar nomi Shtat birliklari soni YATS bo'yicha razryadi Tarif bo' yicha koeffitsenti. Lavozim boyicha (so' mda) Ustama va qo'shimchalar (so'mda) Oylik mehnatga haq to' lash jamg' armasi (sumda) Izoh

1,228

Badiiy rahbar 1 1349380 1349380

To'garak (jamoa va studiya) rahbari 5 1115190 5575950

To'garak va jamoalarning ishini tashkil qilish bo'yicha mutaxassis 1 1349380 1349380

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha mutaxassis 1 1349380 1349380

Xoreograf 1 1349380 1349380

Rejissyor 1 1349380 1349380

Ovoz rejissyori 1 1115190 1115190

Kutubxonachi 1 1115190 1115190

Liboschi (Kostyumer) 1 1115190 1115190

Yuriskonsult 1 9 1,755 1192224 1192224

Elektro montyor 0,5 3 1,106 751339 375669

Durodgor 0,5 2 1,053 715334 357667

Hovli supuruvchi 1 2 1,053 715334 715334

Farrosh 2,5 1 1,000 679330 1698325

Qorovul 4 1 1,000 679330 2717320

Haydovchi 1 1 1,000 679330 154887 834217

Mavsumiy o't yoquvchi (kochegar) 2 1 1,000 679330 1358660 mavsumiy 5 oy

Jami 25,5 24917837

Ma'muriy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik, o'quv-yordamchi va boshqa xodimlarning bir oylik mehnatga haq to'lash jamg'armasi boyicha jami x x x x 24917837

Shuning o'zi bir yilda x x x x 289503428 ,5

283713360

28371336

26007058

312084696

3120847

315205543

Shuning o'zi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari va bo'sh ish joylari boyicha tejalganning hisobi bilan

Tarifikatsiya boyicha

xodimlarning (pedagog, tibbiyot va boshqa) mehnatga haq to'lash jamg'armasi bir oyda

Shuning o'zi bir yilda

Bir oylik xodimlarga moddiy yordam puli

Bir yilda ikki marta beriladigan mukofot puli

Xodimlarning ta'til davrida kechki navbatchilik va bayram vaqtlarida o'rin almashish uchun yillik mehnatga haq to'lash jamg'armasi

Shuning o'zi bir yilda

Byudjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag'batlantirish

maxsus jamg'armasi yillik

Jami bir oylik ish haqi

Jami bir yillik ish haqi miqdori

Vaqtincha mehnatga

qobilatsizlik varaqalari to'lovi yillik 1%

Jami mehnatga haq to'lash jamg'armasi yillik

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

x

Mazkur jadvalda ko'rsatilgan mablag'lar birgina Forish tumani madaniyat markazi misolida olingan. Bugungi kunda Respublikamizdagi faoliyat olib borayotgan 828 ta madaniyat markazlarining har biri o'z faoliyat doirasiga qarab yillik smeta ishlab chiqadi va hududiy moliya bo'limlari tomonidan tasdiqlanadi.

Biron-bir jamiyat o'z taraqqiyotini ta'minlashda madaniyat va san'atni, o'zining milliy-ma'naviy qadriyatlarini rivojlantirmay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. O'zining qadimiy va an'anaviy madaniyati bilan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan xalqimiz tomonidan yaratilgan boy madaniy merosimiz durdonalarini asrab-avaylash, o'zbek xalqi madaniyati va san'atining tarkibiy qismi bo'lgan qadimiy an'analarimiz, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan ma'naviy boylik - xalq qo'shiqlari, cholg'u va kuylari, tomoshalar, dostonlar, maqomlar, raqslar va milliy marosimlarni bugungi kun talabidan o'rganish, unga katta hurmat bilan munosabatda bo'lish, kelgusi avlodlarga bekamu-ko'st yetkazish Istiqlol yillarida davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

I icclT^^^^H 167 http://oac.dsmi-qf.uz

Shuningdek, davlat rahbari tomonidan madaniyat va san'at sohasi boshqaruvi borasiga ham juda katta e'tibor qaratilib, yangi-yangi zamonaviy tuzilmalar va birlashmalar, ijodiy ishlab chiqarish birlashmalari, ularning huzurida sohani rivojlantirishni moliyalashtiradigan jamg'armalar tashkil etildi[4:34,35].

Madaniyat markazlari faoliyatini to'g'ri moliyalashtirining asosiy omili sohada xususiy sektorining ulishini oshirish va xususiy sektor vakillariga zarur shart-sharoit yaratib berishdan iborat.

Iqtisodiy o'sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko'paytirish orqali erishiladi. Garvard universiteti tadqiqotlariga ko'ra, mamlakatimiz 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyatlar va nisbiy ustunliklarga ega. Bu tarmoqlarda xususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini qo'llab-quvvatlash hamda kooperatsiyani rivojlantirish bo'yicha barcha choralar ko'rilishi lozim [5:1].

Shu bilan birga, biz O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerak. Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi[6:12].

Bozor sharoitida unga, eng avvalo, yalpi talab bilan yalpi taklif bir-biriga mos bo'lishi zarur bo'ladi. Buning uchun ishlab chiqarish tarkibi ham ularga mos bo'lishi kerak. Bu vazifani bajarishda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki usulidan foydalaniladi.

1. Iqtisodiyotning o'z-o'zini tartiblash - bozor mexanizmi usuli.

2. Davlat tomonidan tartibga solish. Lekin turli bosqichlarida ular o'rtasidagi nisbat turlicha bo'lgan[7:116].

Madaniyat markazlari uchun o'zini-o'zi tartiblash va moliyalashtirish nihoyatda dolzarblikka ega jarayoni va markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy omili sanaladi. Chunki, undagi tushum madaniy bozorning yalpi talabidan shakllanadi. Ijodiy ishlab chiqish jarayoniga madaniy hordiq bozorida qancha talab yuqori bo'lsa, pullik iushum ham shunga qarab yuqorilanadi.

Bu jarayonni o'rganishda Toshkent shahar madaniyat markazlarining pullik tushum ko'rsatkichlarini tahlil qildik. Qo'yidagi 2-jadvalda Toshkent shahar madaniyat markazlarining 2021-yil 6-dekabr holati nuqtaiy nazaridan ma'lumot keltiramiz.

2-jadval

Unvonga ega Xalq havaskorlik jamoalar soni Pullik tushumlar

T/r Tuman (shahar)lar nomi Markazlar soni To' garaklar soni To'garaklardan tushgan tushumlar miqdori (mln. so'm) Xalq havaskorlik jamoalari tushumlari miqdori (mln. so'm) Madaniy-ma'rifiy tadbirlardan tushgan tushumlar miqdori (mln. so'm) Jami tushumlar miqdori (mln. so'm)

1 Bektemir tumani 1 13 1 9 100 000 200 000 11 500 000 20 800 000

2 Mirobod tumani 2 18 4 41 292 600 15 180 000 13 000 000 69 472 600

3 Mirzo Ulug'bek tumani 3 33 7 85 960 000 0 2 500 000 88 460 000

4 Sergeli tumani 2 15 3 7 816 000 2 775 000 1 000 000 11 591 000

5 Olmazor tumani 4 17 3 0 600 000 2 748 000 3 348 000

6 Uchtepa tumani 2 17 7 26 316 000 3 000 000 0 29 316 000

7 Chilonzor tumani 4 25 7 17 500 000 2 500 000 0 20 000 000

8 Yashnobod tumani 3 21 3 119 125 000 600 000 3 500 000 123 225 000

9 Shayxontohur tumani 3 13 2 6 600 000 1 500 000 0 8 100 000

10 Yunusobod tumani 5 21 10 68 570 000 21 112 000 56 551 000 146 233 000

11 Markaziy madaniyat 1 26 8 108 400 000 6 000 000 3 600 000 118 000 000

12 Yakkasaroy tuman 2 15 1 14 000 000 3 000 000 10 000 000 27 000 000

13 Yangi hayot tumani 2 0 0 1 410 000 9 268 000 0 10 678 000

Jami 34 234 56 506 089 600 65 735 000 104 399 000 676 223 600

O'z-o'zini moliyalashtirish muammosi iqtisodiyot nazariyasi uchun azaliy hisoblanib, lekin turli davrlarda, har xil mamlakatlar uchun unga turli darajada e'tibor qaratilishi xos.

Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, bizning respublikada ham iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida, o'z-o'zini moliyalashtirish masalalari hozirgacha olimlar va amaliyotchilarning asosiy diqqat-e'tibori obyektiga aylangani yo'q. O'zbekiston Milliy iqtisodiyoti asosan rivojlanishning bozor shakllariga o'tkazilgan hozirgi sharoitda, fikrimizcha, mulkchilikning barcha shakllardagi korxonalarda o'z-o'zini moliyalashtirish mexanizmiga har tomonlama ta'sir ko'rsatish zaruriyatga aylanib qoladi[8:98].

Bu zaruriyatni to'g'ri tahlil qilish, moliyat resurslari balansini ishlab chiqish va boshqarishda madaniyat markazlari faoliyatini moliyalashtirish omilining yana bir katta muammosi bu - iqtisodchi kadrlar hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Istanbul madaniyat institutida aynan, madaniyat va san'at sohasi uchun "Madaniyat iqtisodiyoti" yo'nalishi tashkil etilgan bo'lib, unda madaniyat va san'at sohasi

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

iqtisodchisi mutaxassisi tayyorlanadi. Mazkur o'quv yo'nalishini teran o'rganib, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida ham "Madaniyat iqtisodiyoti" yo'nalishini tashkil etish va madaniyat va san'at muassasalari uchun malakali iqtisodchilarni tayyorlash zaruriyati yuzaga keladi. Sababi, madaniyat va san'at muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan iqtisodchi buxgalterlar ijodiy ishlab chiqarish faoliyatini yaxshi tushunishi va madaniyat markazlarini moliyalashtirishning asosiy omillarini chuqur bilishi zarur.

Shundagina sohani moliyalashtirish jarayonlari oson va samarali kechadi. Madaniyat markazlarini moliyalashtirishda xalqaro tajribalardan foydalanishimiz va amaliyotga tadbiq etishimiz kerak. Chunki bugungi madaniy xizmat bozori raqobotni va yaxshi iqtisodiy tahlilni talab etadi. Dastavval, madaniyat markazlarining o'zini-o'zi moliyalashtirish bo'yicha mavjud qaror va farmonlar, buyruqlar va nazariy-amaliy materiyallarni umumlashtirib, tahlil qilib istiqbolda moliyalashtirish ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan madaniyat markazlarining iqtisodiy o'sishini moliyalashtirish orqali boshqa markazlarga ham o'rgatib borishimiz kerak.

Madaniyat markazlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy omillari o'rganar ekanmiz bu yo'lda aniq maqsad qo'yib, ko'proq intilishimiz va sohaga islohot olib kirishga qo'rqmasligimiz, jahon va milliy bozoriga madaniy xizmat ko'rsatish tizimim sifatiga qayta tanqidiy qarab chiqishimiz maqsadga muvofiqdir.

Zotan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlab o'tgani kabi: "Hech shubhasiz, o'z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonch bizni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo'lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bo'lishning o'zi katta baxt, katta sharafdir"[9:1].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Yo'ldoshev I. Madaniyat va san'at sohasida malakali kadrlar tayyorlash -bosh maqsadimiz//jur. Teatr. - Toshkent,SILVER STAR PRINT. 2020. 48 b.

2. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston. 2021, 464 b.

3. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

4. Haydarov A. Madaniyat va san'at sohasini boshqarish asoslari. - Toshkent: Kamalak. 2019. - 192 b.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 29.12.2020. Qarang: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. https://president.uz/uz/lists/view/4057

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2020 yil, 24-yanvar. - Toshkent: Tasvir. 2020. 69 b.

7. Pulatov T. O'zbekistonda iqtisodiy o'sishni moliyaviy ta'minlashning hozirgi zamon muammolari. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. - Toshkent: 2003, 142 b.

8. Ruzmetov B., Ibragimov B., Ruzmetov SH., Qurbanbayeva G., Iqtisodiyot nazariyasi. - Urganch, 2016. 216 b.

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 29.12.2020. Qarang: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. https://president.uz/uz/lists/view/4057

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.