Научная статья на тему 'MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH'

MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
432
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Davlat-xususiy sheriklik / tadbirkorlik / iqtisodiyot / madaniyat / san’at / loyiha / nizom

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mо‘minmirzo Xolmо‘minov, Azizbek Xushvoqov

Maqolada madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni qо‘llab-quvvatlash, madaniyat obyektlarini qay tarzda tadbirkorlarga berish, sohada bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH»

MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH

Mo'minmirzo Xolmo'minov Azizbek Xushvoqov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash, madaniyat obyektlarini qay tarzda tadbirkorlarga berish, sohada bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik bo'yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Davlat-xususiy sheriklik, tadbirkorlik, iqtisodiyot, madaniyat, san'at, loyiha, nizom

IMPLEMENTATION OF PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP PROJECTS IN

THE FIELD OF CULTURE AND ART

Muminmirzo Kholmuminov Azizbek Khushvaqtov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article analyzes the support of public-private partnerships in the field of culture and arts, how to transfer cultural facilities to entrepreneurs, the work done today in the field of public-private partnerships.

Keywords: Public-private partnership, entrepreneurship, economy, culture, art, project, charter

O'zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini amalga oshirish bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Bunga mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarda belgilangan Davlat xususiy sheriklik tamoyillari va ustuvor vazifalar asos sifatida xizmat qilmoqda. Shu bilan birga mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega hisoblangan davlat-xususiy sheriklik sohasini boshqarish uchun kadrlar tayyorlash, ularni qayta o'qitish va malakasini oshirish o'ta dolzarb tashkiliy, iqtisodiy va ta'lim-tarbiya ahamiyatiga ega vazifalardan hisoblanadi.

Ta'kidlash joizki, davlat-xususiy sheriklik sohasi uchun kadrlar tayyorlash o'ta murakkab va ko'p qirrali jarayon hisoblanadi. Shu bilan birga ushbu jarayonda

ishtirokchilar yuqori bilim, ko'nikma va tajribaga ega mutaxassislardan iborat bo'lishi lozim[1:221].

Davlat-xususiy sheriklik sohasi mamlakatda yosh va ayni paytda istiqbolli sohalardan hisoblanadi. U davlat va xususiy sektor - tadbirkorlik sub'ektlari hamkorligida ijtimoiy, iqtisodiy va infratuzilma sohalarida amalga oshirilgan loyihalar, ishlab chiqariladigan tovarlar va ishlar, ko'rsatilayotgan xizmatlarning turlari va sifatining oshishiga, yangi ish o'rinlari yaratilishida muhim o'rin tutadi. Buni sohani yaxshi yo'lga qo'ygan Yaponiya, Janubiy Koreya, Kanada, Germaniya, Bangladesh kabi davlatlar misolida ko'rish mumkin.

So'nggi yillarda lug'atimizda davlat-xususiy sheriklik degan ibora paydo bo'ldi. Mamlakatimizda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyat ko'rsatmoqda [2:12].

O'zbekistonda ham davlat-xususiy sheriklik sohasini rivojlantirish, uning huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Prezidentimizning "Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bilan Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni (DXSh) rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Agentlikka o'z navbatida, DXSh loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni ta'minlash, o'rnatilgan tartibda loyiha konsepsiyasi, loyiha baholash hujjatlari va kelishishda vazirliklarga, davlat qo'mitalariga, idoralariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko'maklashish yuklatilgan, Investorlar, xalqaro moliya va donorlik tashkilotlari va ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, davlat-xususiy sheriklikning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish va boshqa bir qator vazifalarni bajarish ham agentlik zimmasida. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari quyidagilar:

- iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo'nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo'yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

- davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qo'llab-quvvatlash;

- davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni ta'minlash, shuningdek, loyihalar to'g'risidagi axborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish;

- davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan, muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarga ko'maklashish;

- davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish;

- davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko'maklashish, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, shu jumladan, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tavakkalchiliklarni aniqlash va taqsimlash yuzasidan ularning takliflarini ko'rib chiqish;

- davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan, loyihalarga jalb qilingan byudjet tizimi mablag'laridan foydalanilishini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish. [3: www.nrm.uz]

Davlat-xususiy sheriklik barcha sohalarga shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda madaniyat va san'at sohasini ham chetda qoldirmadi. Bugungi kunda madaniyat va san'at sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va san'at muassasalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilayotganligi meni hayratga solmoqda.

Shu bilan birga, tadqiqotimiz davomida o'tkazilgan tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, madaniyat va san'at muassasalari binolarini qurish va ta'mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarini obodonlashtirish, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar talab darajasida emasligi yaqqol ko'zga tashlanmoqda.

Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish, ushbu sohadagi muassasalar tarmog'ini kengaytirish va ularning moddiy-texnik ahvolini mustahkamlash, aholiga sifatli xizmatlar ko'rsatishni tashkil etish hamda davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir nechta me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-mayda "Madaniyat va san'at sohasini jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-sonli Farmoni, 2018-yil 1-avgustda "Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3892-sonli qarori, 26-avgustda "O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish to'g'risida"gi PQ-3920-sonli qarori, 28-noyabrda "O'zbekistonda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyulda "Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga ko'maklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 570-sonli va 2021-yil 20-yanvarda "Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki obyektlarining

ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida"gi 30-sonli qarorlari [4:470-478]. qabul qilndi. Shu bilan birgalikda yana O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrda "Madaniyat va san'atni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-36-sonli va 2022-yil 2-fevralda "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarorlarida madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga katta e'tibor berilgan. Sohaga davlat-xususiy sheriklikni kirib kelishi yangi iqtisodiy imkoniyatlarni va yangi ish o'rinlarini yaratadi. Undan tashqari sohaga investitsiya siyosatini olib kiradi.

Investitsiya muhtini takomillashtirish tarmoqlar va sohalar kesimida investitsiya siyosati samarasini oshirish, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan 2022-2026-yillarda amalga oshiriladigan yirik invetitsiya loyihalarini aniqlashtirish, iqtisodiyotda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalalari diqqat e'tiborimizda bo'ladi. [5:135].

Shu kunga qadar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida davlat-xususiy sheriklikka beriladigan 229 ta madaniyat obyektining ro'yxati tasdiqlangan. Jumladan: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyul "Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga ko'maklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 570-sonli qarori bilan 57 ta madaniyat obyekti, 2021-yil 20-yanvar "Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki obyektlarining ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida"gi 30-sonli qarori bilan 172 ta madaniyat obyekt tasdiqlangan.

Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorlarida Madaniyat vazirligi bilan kelishilmasdan, ularning roziligini olmasdan turib madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog'lari, teatrlar, bolalar musiqa va san'at maktablari tasarrufidagi ko'chmas mulklarni xususiylashtirish, shuningdek ularning hududidagi yer maydonlari mahalliy hokimyatlar zahirasiga olinmasligining alohida qayd etilganligi juda muhim ahamiyatga ega, chunki Mustaqillikning dastlabki yillarida mahalliy hokimliklar rahbarlarning mas'ulyatsizliklari bois juda ko'p madaniyat muassasalarining binolari sotib yuborildi, boshqa tashkilotlarga berildi, ba'zilari esa buzib tashlandi.

Qarorlarda belgilangan yana bir muhim va dolzarb masala madaniyat va san'at sohasida davlat mulki obyektlari ularning ushbu yo'nalishdagi barcha faoliyat turlari saqlab qolinishi soha vakillarini ijodiy imkoniyatlarga keng shart-sharoitlar yaratadi, shuningdek, madaniyat va san'at sohasiga yaqin bo'lgan turli xizmatlar ko'rsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug'ullanishiga ham ruxsat berildi.

Savol tug'iladi madaniyat obyektlarini qanday qilib davlat xususiy-sheriklikka olish mumkin? Bu bo'yicha biron mezon yoki nizom tasdiqlanganmi? Agar tasdiqlangan bo'lsa bu qanday amalga oshiriladi? Bu savollarning barchasiga

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyul "Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga ko'maklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 570-sonli qarorida javob topamiz.

Mazkur qarorda "Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun alohida ochiladigan shaxsiy g'azna hisobvarag'i mablag'larini jamlash va undan foydalanish tartibi to'g'risida NIZOM", "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va san'at nodavlat muassasalariga O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'laridan subsidiyalar ajratish tartibi to'g'risida NIZOM" va "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat madaniyat va san'at muassasalariga O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish va to'lash SXEMASI" [6:408,416,425] tasdiqlangan. Aynan yuqorida nomi keltirilgan Nizom va Sxema asosida xususiy tadbirkor madaniyat obyektini davlat-xususiy sheriklikka olishi mumkin bo'ladi. Davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat madaniyat va san'at muassasalariga O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish va to'lash

SXEMASI

Bosqichlar

1-bosqich

2-bosqich

3-bosqich

Subyektlar

Nodavlat madaniyat va

san'at muassasasi

Moliya organi

Nodavlat madaniyat va san'at

Subsidiyalar ajratish uchun moliya organiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.

Tadbirlar

Ariza moliya organiga kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida uning belgilangan talablarga mosligini o'rganib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi hamda nodavlat madaniyat va san'at muassasasiga byudjetdan subsidiyalar ajratish yoki arizani rad etish to'g'risida asoslantirilgan holda yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi. Shuningdek, nodavlat madaniyat va san'at muassasasiga byudjetdan subsidiyalar ajratish moliya organi rahbarining tegishli buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi hamda buyruqda byudjetdan subsidiyani ajratish grafigi va miqdori ko'rsatiladi.

Tegishli tuman (shahar) moliya bo'limlariga o'tgan oyda haqiqatda ishlatilgan mablag'lar to'g'risida hamda Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi

Bajarish muddati

Zaruratga ko'ra

5 ish kuni davomida

hisobot oyidan keyingi

4-bosqich

5-bosqich

muassasasi

Tuman (shahar) moliya bo'limlari

G'aznachilik bo'linmasi

tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq byudjetdan subsidiyalar olish uchun buyurtmanomani tegishli madaniyat bo'linmalari bilan kelishilgan holda moliya organlariga taqdim etadi.

Nodavlat madaniyat va san'at muassasalari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarni umumlashtirib, byudjetdan subsidiyalarni ajratish uchun belgilangan tartibda byudjetdan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat madaniyat va san'at muassasalarining reyestrini tuzadi hamda aznachilik bo'linmasiga to'lovni amalga oshirish uchun va yuqori moliya organiga ma'lumot uchun taqdim etadi.

G'aznachilik bo'linmasi viloyat, tuman (shahar) moliya boshqarmalari va bo'limlari tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida tegishli nomadaniyat va san'at muassasasining tijorat banklardagi hisob varaqlariga subsidiyalarni belgilangan tartibda o'tkazadi.

oyning 5-sanasigacha

hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha

hisobot oyidan keyingi oyning 12-sanasigacha

Madaniyat vazirligi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tasdiqlangan davlat xususiy-sheriklikka beriladigan madaniyat obyektlari to'g'risidagi loyihalarni doimiy ravishda www.madaniyat.uz rasmiy sayti orqali e'lon qilib boradi. Tadbirkorlar shu asosda loyiha tendrida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.

Quyidagi 1-jadvalda davlat xususiy-sheriklikka beriladigan madaniyat obyekti to'g'risida misol ketirib o'tamiz. Dalat-xususiy sheriklik loyihasi asosida tashkil etilishi kutilayotgan Surxondaryo viloyati, Jarqo'rg'on tumanidagi "Beshbuloq" madaniyat markazi binosini rekonstruksiya qilish va jihozlash to'g'risida

MA'LUMOT

1-jadval

T/r Asosiy ko'rsatkichlar Ma'lumotlar

1. Loyihaning nomi Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani "Beshbuloq" madaniyat markazi.

2. Loyiha taraflarining nomi: Davlat sherigi O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Xususiy tashabbuskor "Saraton Tuya" ma'suliyati cheklangan jamiyati.

3. Loyihaning faoliyat yo'nalishi Madaniyat va san'at markazi.

4. Loyihaning joylashgan manzili Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani "Beshbuloq" MFY

5. Loyihani amalga oshirish muddati 20 yil.

6. Iste'molchilarga realizatsiya qilinadigan Xizmat ko'rsatish orqali daromad ko'riladi.

tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tariflari Ya'ni, madaniy to'garaklar, xorijiy tillarni o'rgatish kurslari,tikuvchilik va milliy liboslar dizaynerlik to'garaklari, Sport sog'lomlashtirish zali hamda tadbir va marosimlar o'tkazish zali.

7. Loyihaning umumiy qiymati. 2 634 030 ming so'm.

8. Davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash. Loyihaning umumiy qiymati hajmi va turlari. Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidagi "Beshbuloq" madaniyat markaziga tegishli umumiy yer maydoni 4 050 m2 .

9. Yaratiladigan ish o'rinlari soni. 14 ta

Hammamizda "Otang bozor, onang bozor" degan qadimiy naql bor. Endi hammasini davlat beradi, deb o'ylaydiganlar xato qiladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday jamiyat fuqarosi avvalo, yaxshi ishlashi, qonunlarni va qarorlarni o'rganib, faoliyatiga tadbiq etishni bilishi ochiqroq aytadigan bo'lsak, pul topib hayotiy farovonligini oshirishini anglash zarur albatta. [7:2].

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ijod ahlini rag'batlantirish, moliyaviy madaniyatimizni rivojlantirish va yanada taraqqiy ettirishga juda katta ko'mak va imkoniyatlar yaratilganligi Yangi O'zbekistonning eng muhim va asosiy ustunlardan biri bo'lgan madaniyat va san'at sohasini yanada gullab yashnashi uchun yuksak ijodiy parvozlarni ko'zlab yangicha ishlashga o'rganishimiz bugungi hayotimizning asosiy mazmuniga aylanishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Berkinov B., Shakirova G. Davlat-xususiy sheriklik sohasi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishning ilmiy-uslubiy jihatlari// jur. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, № 1. - Toshkent, 2021.

2. Ummatov B. Davlat-xususiy sheriklik-istiqbolli soha. // Guliston jurnali. -Toshkent: 2021. 4-son. - B. 48.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institusional bazasini yaratish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2018-yil 20-oktabr PQ-3980-sonli qarori. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi Axborot-qidiruv tizimi. www.nrm.uz

4. A.Haydarov. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent, Oltin meros press, 2021. - 480 b

5. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464

6. A.Haydarov. Harakatlar strategiyasi va ma'naviy yuksalish. - Toshkent, Donishmand ziyosi, 2020. 496 b

7. Normurodov SH. Yangicha ishlashga o'tish bugunning talabi // Madaniyat gazetasi. - Toshkent: 2021. - B. 8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.