Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDА SАN’АT IXTISOSLIGIDАGI MUZEYLАRNING RIVOJLАNISH TАRIXI'

O‘ZBEKISTONDА SАN’АT IXTISOSLIGIDАGI MUZEYLАRNING RIVOJLАNISH TАRIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
249
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
muzey / muzey binosi / ekspozitsiya / interyer / eksteryer / muzey dizayni / innovatsion loyiha / kreativ yondashuv

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulraʼno Ravshan Qizi Orifjonova

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sanʼat ixtisosligidagi muzeylar badiiy muzeylar misolida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDА SАN’АT IXTISOSLIGIDАGI MUZEYLАRNING RIVOJLАNISH TАRIXI»

O'ZBEKISTONDA SAN'AT IXTISOSLIGIDAGI MUZEYLARNING

RIVOJLANISH TARIXI

Gulra'no Ravshan qizi Orifjonova gulirano. orifj onova@mail .ru Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada mustaqillik yillarida O'zbekistonda san'at ixtisosligidagi muzeylar badiiy muzeylar misolida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: muzey, muzey binosi, ekspozitsiya, interyer, eksteryer, muzey dizayni, innovatsion loyiha, kreativ yondashuv.

HISTORY OF DEVELOPMENT OF THE MUSEUM OF ART SPECIALIZATION IN UZBEKISTAN

Gulra'no R. Orifjonova gulirano. orifj onova@mail .ru National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod

Abstract: This article analyzes museums in the specialty of Art in Uzbekistan during the years of independence on the example of art museums.

Keywords: Museum, museum building, exposition, interior, Ekster'er, museum design, innovation project, creative approach.

San'at ixtisosligidagi muzeylar - san'atning ma'lum bir yo'nalishiga oid tarixiy-madaniy yodgorliklarni tadqiq etish, namoyish etish va saqlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.

Badiiy ixtisoslikdagi muzeylar - tasviriy va amaliy-bezak san'ati asarlarini sotib olish, namoyish etish, saqlash, tadqiq etish, tiklash va ommalashtirishni amalga oshiradigan san'at tarixi ixtisosligining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ta'lim muassasalari1. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda bu ixtisoslikdagi muzeylar tashkil etilish ko'lamiga ko'ra tarix muzeylaridan keyingi ikkinchi o'rinda turadi.

Xalq deputlari Buxoro shahar Kengashining 1991-yil 18-yanvardagi №4/1-sonli qarori asosida bir qator tarixiy yodgorliklarda muzeylar tashkil etish boshlandi. Bugungi kunga qadar faoliyat yuritayotgan Temirchilik hunari tarixi muzey-ustaxonasi fikrimizning dalilidir. Sulolaviy temirchilarning hunarini keng jamoatchilikka namoyish qilish maqsadida tashkil etilgan muzey ekspozitsiyasi sayyohlik

1https://dic.academic.ru/dic.nsf/bse/148173/%D0%A5%D1%83%D0%B4%D0%BE%D0%B6%D0%B5%D1%81%D1 %82%D0%B2%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D1%8B%D0%B5

I icclT^^^^H ^46 http://oac.dsmi-qf.uz

yo'nalishining markazida joylashganligi bilan alohida ajralib turadi. Xuddi shu paytda Mag'oki Attor masjidi binosida O'zbekistonda yagona bo'lgan Gilamlar muzeyi tashkil qilingan bo'lib, bu muzeyda gilam to'qish maktabining barcha sohalariga oid bo'lgan gilamlar kolleksiyasini namoyish imkoniyati paydo bo'ladi. Bugungi kunda Buxoro davlat muzey-qo'riqxona tarkibida 16 ta filial (shulardan 2 tasi uy-muzey, 2 tasi mémorial muzey) va 2 ta doimiy ko'rgazma mavjud. Bu muzeylarda 10 mingdan ziyod eksponatlar namoyishga qo 'yilgan. Ularning aksariyati 1991 -yildan keyin tashkil qilingan, ammo mustaqillik yillarigacha Tasviriy san'at asarlarini namoyish qilish maqsadida 1980-yildayoq Buxoro zaminida eski rus binosida San'at muzeyi o'z ko'rgazmasini tomoshabinlar e'tiboriga taqdim qilgan edi. 1991-yildayoq muzey nomiga Kamoliddin Bexzod nomi qo'shildi (hozirda Buxoro tasviriy san'ati muzeyi nomi bilan ataladi). Buxoro muzeyining Targ'ibot bo'limi mavjud bo'lib, bu bo'limning asosiy vazifasi olis hududlarga muzey eksponatlaridan tashkil topgan ko'chma ko'rgazma bilan borish hisoblangan (ma'lumot o'rnida keyinchalik tugatilgan bu bo'lim 2017-yilda Ko'chma ko'rgazmalar nomi bilan qayta tiklandi)2.

1997-yil 23-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 545-yilligini nishonlash to'g'risi»gi qarorga muvofiq Kamoliddin Behzod bog'-muzeyiga asos solingan3.

Badiiy akademiya qoshidagi Kamoliddin Behzod nomidagi muzey (2002) miniatyura maktabi (XV) asoschisi, buyuk musavvirning hayoti va ijodi haqida hikoya qiladi4.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura muzeyi (2002-yildan shu nomda yuritila boshlangan) ijodiy merosini, qo'lyozma san'ati namunalarini, Sharq miniatyura san'ati namunalarini to'plash, tadqiq etish va namoyish etishni maqsad qilgan.

2004-yilda O'zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan taniqli yapon rassomi Ikuo Xiroyama nomidagi xalqaro madaniyat karvonsaroyi - ilmiy va madaniy markaz, muzey o'z faoliyatini boshladi.

Mazkur muzey faoliyati mahalliy va xorijiy jamoatchilikning tarix, arxeologiya, etnografiya va san'at sohalaridagi bilim darajasini oshirishga, O'zbekistonning jahon madaniy va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvini tezlashtirishga qaratilgan5.

2 Жураев Ш. F., Иноятова Ф. С. Бухоро музейлари мадаллий ва хорижий туризмни ривожлантириш объекти // «Моддий-маънавий мерос ва умумбашарий кадриятлар» мавзусида Республика илмий-амалий конференцияси материаллари туплами. - Тошкент, 2021. - Б. 33-34.

3 Исмаилова Ж.Х., Левтеева Л. Музеи, галереи, арт-центры Ташкента. - Тошкент: Фан ва технология, 2017. - Б. 78.

4Левтеева Л. Тошкент музейлари // Мозийдан садо. - Тошкент, 2009. - № 3. - Б. 33. 5 http://www.caravanserai.uz/about.html

Пмта^^Н ^47 http://oac.dsmi-qf.uz

O'zbekiston Tasviriy san'at Galereyasi 2004-yili ochilgan. Ilk ekspozitsiya uchun O'zbekiston Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy bankining badiiy galereya jamlanmasi asos bo'lgan6.

2004-yil mamlakatimiz mustaqillik bayrami arafasida ochilgan Tasviriy san'at galereyasi - yurtimizning XX asr boshidan hozirgi kungacha bo'lgan ulkan madaniy va tarixiy merosini o'zida jamlagan nufuzli milliy loyiha hisoblanadi. Galereya XX asr O'zbekiston tasviriy san'atining barcha davrlari, maktablari, yo'nalishlari va yetuk rassomlar ijodini o'zida aks ettirgan boy to'plamga ega. Mazkur galereya peshtaxtalarida O'zbekiston tasviriy san'atining bir asrdan ortiq davr mobaynida to'planib kelinayotgan kolleksiyasi, shuningdek Markaziy Osiyo numizmatikasining betakror kolleksiyasi saqlanmoqda. Galereyaning numizmatika to'plami O'rta Osiyo hududida qadimdan to hozirgi davrgacha muomlada bo'lgan ulkan tarixiy, madaniy va ilmiy qimmatini o'zida aks ettiradi7. Mazkur to'plam esa 2 500 dona noyob tangalardan tashkil topgan. Galereyaning rangtasvir va grafika to'plamida esa 1000 dan ortiq eksponat mavjud. Shuningdek, Galereya ma'muriyati yurtimiz va chet el tashkilotlari bilan samarali hamkorlik qilib keladi8.

Muzey tashkil topganda uning xazinasida 300 kartina va numizmatika kolleksiyasi mavjud bo'lgan. Galereya san'at asarlarini saqlash uchun maxsus tashkil etilgan, zamonaviy sharoitlarga ega fondi hamda ko'p sonli ko'rgazmalarni tashkil etishi bilan maqtovga sazovor. Bir yil davomida 25 dan 40 tagacha vaqtinchalik ko'rgazmalar uyushtirish salohiyatiga ega.

O'zbekiston hukumati tomonidan ijodkor rassomlar asarlarini chetga chiqib ketishini oldini olish hamda ularni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan Milliy bank qoshidagi Tasviriy san'at galereyasi faoliyatining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Tasviriy san'at galereyasining tashkil etilishi, shu vaqtgacha O'zbekiston ijodkorlari tomonidan yaratilgan san'at asarlarini bank orqali sotib olib, uning zahirasini boyitish va ularni respublika va xalqaro ko'rgazmalarda namoyish qilib turish kabi o'ta muhim jarayonni tashkil etadi. Aks holda tasviriy san'at asarlarini ijodkorlar arzon narhlarda xususiy va xorijiy kolleksionerlarga sotib yuborish hollari avj olishini to'xtatish va millatning ma'naviy boyligini saqlash hamda ularni kelgusi avlodga yetkazishni nazarda tutadi9.

J.I.Ismailova, L.G.Levteyeva Toshkent Fotochilar uyini tug'ilgan kuni sifatida 2005-yil 25-noyabrni qayd etishadi, mazkur sanada O'zbekiston Badiiy akademiyasi

6 .HeBTeeBa .H. TomKeHT My3eräapu // Mo3HHgaH cago. - TomKeHT, 2009. - № 3. - E. 33.

7 ^opueBa Y36eKHCTOHga MycTa^H^HK HH^apuga My3eräap $ao^HHTH TaKOMH^amyBH // MoggHH-MatHaBUH Mepoc Ba yMyM6amapHH ^agpuaraap» MaB3ycuga Pecny6^HKa H^Mun-aMa^HH кoн$epeнцннcн MarepuaOTapu Tyn^aMH. - TomKeHT, 2021. - E. 250.

8 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH hh^HK craTHCTHK Tyn^aMH 2010- 2016 HH^ap. - T., 2017, 92-93-Bapa^ap.

9 Ahmedov T. O'zbekiston milliy tasviriy san'atining rivojida galereyalarning roli va ahamiyati // "O'zbekiston zamonaviy san'atida ijodiy jarayonlar: nazariya, amaliyot, tajriba" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to'plami. - Toshkent, 2022. - B. 184.

I ícclT^^^^H ^48 http://oac.dsmi-qf.uz

tarkibiga kiritilgan. Bino 1934-yilda qad rostlagan10. Mazkur muzeyni badiiy muzeylar sirasiga kiritishning asosiy sababi tasviriy san'atga oid ko'plab ko'rgazmalarning tashkil etilishi hisoblanadi.

Xiva «Ichan qal'a» davlat muzey-qo'riqxonasi tarkibida badiiy ixtisoslikdagi muzeylar ham mavjud.

Jamiyatni ma'naviy-axloqiy kamolga yetkazishga keng aholi ommasini, ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda muzeylarning ahamiyat kasb etishi, shu bilan birga mamlakatimizda bir qator yangi muzeylarning tashkil etilshi ushbu sohaga hukumat darajadagi berilayotgan e'tiborning yorqin namunasidir. 1992-yil Xorazm viloyatining Xonqa tumanida milliy mumtoz asoschisi Xojixon Boltaboyev nomidagi o'ziga xos noyob maqomchilar muzeyi tashkil etildi. Urganchda esa qadimgi Xorazm Amaliy san'ati va tarixi muzeyi ochildi11.

Xivada 2004-yilda Yangi usul maktabi binosida X.Devonovning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan doimiy ko'rgazma ochilgan. Ko'rgazmaning asosiy ko'pchiligi - X.Devonov tomonidan XX asrning birinchi choragida fototasmaga muhrlangan Xorazm ijtimoiy hayotiga oid bebaho fotosuratlar jamlangan12.

«Xorazm tasviriy san'ati» doimiy ko'rgazmasidan (Kutlimurod Inoq madrasasida) To'ra Kuryazov, Kichko, O.Allaberganov, S.Xudaybergenov kabi rassomlarning ishlari, xivalik syurrealistik rassom Rafael Davletshinning asarlari muzeydan o'rin olgan13.

Mashhur Islomxo'ja madrasasi (1908-1910)da - «Xorazm amaliy san'ati» bo'limida «Yog'och o'ymakorligi», «Mis o'ymakorligi», «Zargarlik san'atiga» bag'ishlangan (400 dan ziyod eksponat namoyish etiladi) ko'rgazma 1983 yilda ochilib, 1991-yil va 2014-yillarda reekspozitsiya qilingan14.

2010-yilda Xorazm sopol san'atiga bag'ishlangan doimiy ko'rgazma Ko'hna Arkning «Devonxona» qismida (XIX asrda qurilgan) tashkil etilgan. Ko'rgazmadan Xorazm kulolchiligiga oid 284 ta eksponat joy olgan15.

«Xorazm hunarmandchiligi» bo'limi Toshhovli saroyida ikkinchi «Arzxona» qism 2001-yilda ta'mirlanib, «Xorazm hunarmandchiligi» muzeyi ochilgan. Xiva xoni Muhammad Raximxon II (Feruz) ning 1876-yilga tegishli Foytun aravasi (KP 1222) ekspozitsiyadan joy olgan16.

10 Исмаилова Ж.Х., Левтеева Л. Музеи, галереи, арт-центры Ташкента. - Тошкент: Фан ва технология, 2017. - Б. 89-90.

11 Матякубов Д. Хоразм музейлари тарихи ва мустакиллик давридаги фаолияти // «Бадиий таълимда инновацион жараёнлар: ривожланиш стратегияси, назарияси ва амалиёти» халкаро илмий-амалий конференция. - Тошкент, 2017. - Б. 526.

12https://khivamuseum.uz/uz/xdevonovning-hayoti-va-faoliyatiga-bagishlangan-doimiy-korgazma

13 https://khivamuseum.uz/uz/xorazm-tasviriy-sanati-doimiy-korgazmasi

14 https://khivamuseum.uz/uz/islom-xoja-madrasasi-xorazm-amaliy-sanati-bolimi

15https://khivamuseum.uz/uz/doimiy-korgazma-xorazm-sopolchiligi

16https://khivamuseum.uz/uz/tosh-hovli-saroyi-xorazm-hunarmandchiligi-bolimi

Пм^^^в 749 http://oac.dsmi-qf.uz

2006-yilda Boysunda YUNESKO tomonidan Boysun hunarmandlar markazi qoshida Boysun amaliy san'at muzeyi tashkil topgan.

Ushbu muzeyning ochilishi Boysunning madaniy hayotida katta hodisa bo'ldi. Uning ma'naviy, tarbiyaviy va ilmiy ahamiyati ulkan. Muzey sababli, mahalliy aholi ajdodlaridan qolgan qadimgi buyumlar, bebaho madaniy meros saqlanib qoladi. Chevarlar qadimgi namunalarni o'rganish asosida Boysun xalq san'ati an'analarini tiklashadi. Keyinchalik Boysun xalq madaniyatini ilmiy o'rganishda ham muzey kolleksiyasi asos bo'ladi. Muzey to'plami tarkibiga Boysun xalq amaliy san'atining boy an'analarini namoyish etuvchi 60 dan ortiq eksponatlar kiritilgan. Muzeyda Boysun ustalarining yangi asarlari bilan bir qatorda XIX asr oxiri - XX asr boshiga taalluqli noyob asarlar ham o'rin olgan17.

1991-yili Toshkentda «Osiyo ART», «Hamar», 1993 yili Namanganda «Tumor», Toshkentda «MASTE», Samarqandda «ATR. Aleksandr», «Alfiya firmasi», «Xamar», 1994-yili O'zbekiston Badiiy Akademiyasi Milliy bankining 100 asar galereyasi tashkil qilindi. 1997-yili (Turkiston), «Komron - shoh», «ART servis», «Stellor» kabi bir qator galereyalar tashkil qilindi. Ular o'z faoliyatlari davrida ijodkor rassomlarni, ayniqsa, yosh rassomlarining asarlarini, tez-tez uyushtirilib turilgan ko'rgazmalarida namoyish qilib, tasviriy san'at muhlislariga tanitib keldilar18.

Bundan tashqari mustaqillik yillarida tashkil etilgan Milliy san'at markazi (2007), Yoshlar ijodiyoti saroyi (2008), Abulqosim madrasasi qoshida tashkil etilgan Amaliy san'at milliy markazi, Zero Line galereyalari (2016)ni ham badiiy muzeylar sirasiga kiritish mumkin.

O'zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida Navoiyda San'at galereyasi (2014), Termizdagi «Art galereya» (2021)lar faoliyat olib borayotganini alohida ta'kidlash lozim.

2019-yilda Tashkent city hududida Madam Tyusso muzeylari sirasiga kiruvchi mashhur shaxslarning mum haykallari muzeyi - «Yulduzlar muzeyi» ochildi. Mazkur muzeyda jahon yulduzlari bilan bir qatorda O'zbekistonning mashhur shaxslari haykallari ham o'rin olgan. Jumladan, Charli Chaplin, Mister Bin bilan bir qatorda Xojiboy Tojiboev haykallari fikrimizga dalil bo'la oladi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, san'at ixtisosligidagi muzeylar sirasiga badiiy muzeylardan tashqari adabiyot, musiqa, kino, teatr muzeylari ham kiradi. San'atga oid muzeylarning tashkil etilish ko'lamiga ko'ra badiiy muzeylar mustaqillik yillarida birinchilikni egalladi.

17 HacupoBa 3. X. XX acp - XXI acp 6om^apu Y36eKHCTOH ®aHy6HH xygygrapHHHHr aHbaHaBHH KamTaHH^mu. -CaHbaTmyHOC^HK $aH. H0M30gu guc. aBTp. - TomKeHT, 2019 // https://uchebana5.ru/cont/3923480.html

18 Ahmedov T. O'zbekiston milliy tasviriy san'atining rivojida galereyalarning roli va ahamiyati // "O'zbekiston zamonaviy san'atida ijodiy jarayonlar: nazariya, amaliyot, tajriba" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to'plami. - Toshkent, 2022. - B. 184.

I icclT^^^^H 750 http://oac.dsmi-qf.uz

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ahmedov T. O'zbekiston milliy tasviriy san'atining rivojida galereyalarning roli va ahamiyati // "O'zbekiston zamonaviy san'atida ijodiy jarayonlar: nazariya, amaliyot, tajriba" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to'plami. -Toshkent, 2022. - B.183-185.

2. http: //www.caravanserai. uz/about.html

3.https://dic.academic.ru/dic.nsf/bse/148173/%D0%A5%D 1 %83%D0%B4%D0 %BE%D0%B6%D0%B5%D 1 %81 %D 1 %82%D0%B2%D0%B5%D0%BD%D0%B D%D 1 %8B%D0%B5

4. https://khivamuseum.uz/uz/doimiy-korgazma-xorazm-sopolchiligi

5.https://khivamuseum.uz/uz/islom-xoja-madrasasi-xorazm-amaliy-sanati-bolimi

6.https://khivamuseum.uz/uz/tosh-hovli-saroyi-xorazm-hunarmandchiligi-bolimi

7 .https: //khivamuseum.uz/uz/xdevonovning-hayoti-va-faoliyatiga-bagishlangan-doimiy-korgazma

8 .https: //khivamuseum.uz/uz/xorazm-tasviriy-sanati-doimiy-korgazmasi

9. ^ypaeB ffl. F., HHoaTOBa O. C. Eyxopo My3eHnapu Maxannufi Ba xopn^HH TypH3MHH pHBO^naHTHpnm oöteKTu // «Moggufi-MatHaBuH Mepoc Ba yMyMÖamapufi KagpuaTHap» MaB3ycuga PecnyönuKa HnMHH-aManHH кoн$epeнцнacн MaTepnannapn TynnaMH. - TomKeHT, 2021. - E. 33-34.

10. HcMaunoBa ^.X., HeBTeeBa .. My3eu, ranepeu, apT-^HTpti TamKeHTa. -TomKeHT: OaH Ba TexHonorua, 2017. - E. 78.

11. HeBTeeBa .. TomKeHT My3eHnapu // Mo3ufigaH cago. - TomKeHT, 2009. - № 3. - E. 33.

12. MaraKyöoB Xopa3M My3eHnapu Tapuxu Ba MycTaKunnuK gaBpugaru ^aonuaTu // «EaguuH TatnuMga нннoвaцнoн ®:apaeHnap: puBo^naHum CTpareruacu, Ha3apuacu Ba aManueTu» xaHKapo unMuH-aManuH кoн$epeнцнa. - TomKeHT, 2017. -E. 526.

13. HacupoBa 3. X. XX acp - XXI acp öomnapu Y36eKucToH ^aHyöufi xygygnapuHurn aHtaHaBufi KamTanunuru. -CaHtarmyHocnuK $aH. HoM3ogu guc. aBTp. - TomKeHT, 2019 // https://uchebana5.ru/cont/3923480.html

14. Y36eKucToH PecnySnuKacu HunnuK CTaracraK TynnaMu 2010- 2016 fiunnap. - T., 2017, 92-93-BapaKgap.

15. ^opueBa Y36eKucToHga MycTaKunnuK fiunnapuga My3eönap ^aonuaTu TaKoMuHHamyBu // Moggufi-MatHaBufi Mepoc Ba yMyMÖamapufi KagpuaTHap» MaB3ycuga PecnyönuKa uHMufi-aMaHufi кoн$epeнцнacн MaTepuaHHapu TynnaMu. -TomKeHT, 2021. - E. 250.

751

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.