Научная статья на тему 'BOSHIMDA TURSA O‘ZBEGIM DO‘PPISI'

BOSHIMDA TURSA O‘ZBEGIM DO‘PPISI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
443
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
do‘ppi / til / millat / qadryat / fenomen / madaniyat. / duppi / language / nation / value / phenomenon / culture.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — F. Ikromova

Ushbu maqolada milliy bosh kiyim hisoblangan o‘zbek do‘ppilari to‘grisida ma’lumot beriladi. Shu o‘rinda do‘ppining milliy madaniyatimizda tutgan o‘rni, vazifasi hamda bir qator masalalar har tomonlama ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IF I PUT ON AN UZBEK DUPPI

This article provides information about Uzbek duppi, which are considered the national headdress. Here, the role and functions of the duppi in our national culture, as well as a number of issues, will be comprehensively considered.

Текст научной работы на тему «BOSHIMDA TURSA O‘ZBEGIM DO‘PPISI»

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333

BOSHIMDA TURSA O'ZBEGIM DO'PPISI

Farangis Ikromova Yigitali qizi-

Farg'ona davlat universiteti "San'atshunoslik" fakulteti "Musiqa ta'limi va madaniyati"

kafedrasi 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6902904 Annotatsiya. Ushbu maqolada milliy bosh kiyim hisoblangan o'zbek do'ppilari to'grisida ma'lumot beriladi. Shu o'rinda do'ppining milliy madaniyatimizda tutgan o'rni, vazifasi hamda bir qator masalalar har tomonlama ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: do'ppi, til, millat, qadryat, fenomen, madaniyat.

Аннотация. В данной статье представлена информация об узбекских тюбетейках, которые считаются национальным головным убором. Здесь будут всесторонне рассмотрены роль и функции тюбетейки в нашей национальной культуре, а также ряд вопросов.

Ключевые слова: тюбетейка, язык, нация, ценность, феномен, культура.

Abstract. This article provides information about Uzbek duppi, which are considered the national headdress. Here, the role and functions of the duppi in our national culture, as well as a number of issues, will be comprehensively considered.

Key words: duppi, language, nation, value, phenomenon, culture.

Dunyoda 6 mingdan ziyod 7 mingga yaqin tilli xalqlar, millat va elatlar bor. Ularning har biri o'zlarining milliy madaniyatiga, milliy qadriyatlariga, milliy taomlariga va milliy kiyimlariga ega. U yoki bu millatning boshqalardan farqlovchi jihati birinchi navbatda tili bo'lsa keyingi o'rinda albatta, milliy kiyimidir. Shu o'rinda, atoqli o'zbek shoiri, O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri, o'zbek otaxon shoiri Erkin Vohidovning "O'zbegim" qasidasi"da "Ko'hna tarix shodasida bitta marjon" bo'lgan xalqimizning ham o'z milliyligini, o'zligini anglatib turuvchi madaniyati, ertag-u afsonasi, doston-u laparlari, qadriyatlari hamda kiyimlari bor. Mana shu qadriyatlarmizdan biri qadimiy tariximizdan so'zlovchi milliy bosh kiyim do'ppidir. Do'ppi - insoniyatning o'zligini anglashda, xalqning turmush darajasi, ma'naviy salohiyatini, an'analarini qay darajada ekanligi, bir so'z bilan aytganda millat fenomenini anglashda yaqindan yordam beradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

"Do'ppi" turkiy "tyube" so'zidan olingan bo'lib, "ust", "yuqori" degan ma'noni bildiradi. Do'ppi erkaklar va ayollarning yengil bosh kiyimi hisoblanadi. Do'ppi kiyib yurish asosan, o'zbek va tojik xalqlarida urf bo'lgan. Do'ppilarning paydo bo'lganiga qariyb 6 asrdan ko'p vaqt o'tdi. Ammo haligacha do'ppilar o'z mahobatini yo'qotmay o'z ko'rkiga ko'rk qo'shib g'urur va iftixor ramzi sifatida boshlarimizda turibdi. Do'ppi tikishni bilmaydigan va umrida do'ppi kiymaydigan o'zbek qizi dunyoda yo'q. Har bir o'zbek yigiti umrida bir marta bo'lsa ham do'ppi kiyib ko'rgan. Sababi do'ppining dizayni juda ham chiroyli va muhtasham ishlangan. Har qanday insonga o'ziga xos tarzda yarashib, inson ko'rkiga ko'rk qo'shadi. Dunyoning qaysi yurtida bo'lmasin o'zbek do'ppisini kiyib yurgan inson yo o'zbek, yo yurtimizda safar qilgan sayyoh bo'lishi mumkin. Chunki, o'zbek do'ppilarini ko'rgan odam beixtiyor ravishda uni kiyib

ЕСЛИ НАДЕНУ УЗБЕКСКУЮ ТЮБЕТЕЙКУ

IF I PUT ON AN UZBEK DUPPI

KIRISH

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

ko'radi. Shu sababli bo'lsa kerak yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlar o'zbek do'ppisidan o'zi bilan olib ketishga odatlangan. Yurtimizda do'ppini to'y-hashamlarda, odatiy turmush hayotimizda kiyib yuramiz. Hattoki, ko'pincha insonni marg'ilonlikmi, namanganlikmi, andijonlikmi, xullas qayerdan ekanligini do'ppisiga qarab ham bilib olish mumkin. Xo'sh do'stlar o'sha bizning g'ururimiz bo'lgan qo'shiqda aytilganidek boshimizni tog'lardan baland tik tutgan do'ppi qachon paydo bo'lgan? Ayollar do'ppisini eslatuvchi ilk bosh kiyimlari XV-XVII asrlarga tegishli Movarounnahr hamda Samarqand miniatyuralarida uchraydi. Donishmand xalqimiz orasida do'ppining paydo bo'lishi haqida bir qancha rivoyatlar mavjud. U rivoyatlardan o'zimning onamdan eshitganlarimni bayon qilaman.

TADQIQOT NATIJALARI

Temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Bobur asirga tushib qolgan vaqtida xotini (opasi ham deganlar bor ekan) unga asirlikdan qochishi uchun xaritani bosh kiyimiga chizib kiritib yuboradi. Shu bosh kiyimi orqali u asirlikdan qochishga erishadi. Yana bir rivoyatda aytilishicha, qadimda yurtimizda vabo tarqalib barcha odamlar nobud bo'la boshlaydi. Poshsho kim dardni davosini topsa boshidan oltin sochaman deb e'lon qiladi. Shunda bir mo'ysafid chol dori sifatida bir hovuch qalampir beradi va bu qalampir shunday og'ir dardga davo bo'ladi. Poshsho mukofot evaziga cholning bosh kiyimiga qalampir tasvirini tushurib berishlarini buyuradi. Shu tariqa bu tasvir bosh kiyimlariga tushirilib do'ppilarning guliga asos bo'ladi. Dastlabki do'ppilar shakli o'tkir uchli qilib salla bilan kiyishga mo'ljallab kizagi keng jiyakli qilib tayyorlangan.

1920-yillardan do'ppi shakli o'zgardi: tepasi dumaloq yoki murabba shaklga ega bo'ldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi. Do'ppi asosan baxmal, sidirg'a shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi mo'ljallangan kishilarning yoshi va jinsiga (erkak, ayol, bolalar), shakli (o'tkir uchli, konussimon, yarim doira, chuqur tubli, dumaloq, karjli va boshqalarga) ko'ra do'ppilar xilma-xil va rang-barangdir.

Erkaklar uchun mo'ljallangan do'ppilarning Toshkent, Andijon, Chust, Marg'ilon, Surxon do'ppi kabi turlari bor. Eng keng tarqalgan Marg'ilon do'ppisi to'q yashil shoyi yoki satindan 4 karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida qalampirnusxa ingichka uzun guli bor. Tayyor do'ppining tepasi kizagidan murabba shaklida bo'rtib chiqadi (boshqa do'ppilarning tepasi yarim doira shaklida bo'ladi). Chust do'ppisi ham to'q yashil shoyi yoki satindan 4 karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida qalampirnusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4 tadan mehrob (yarim doira) shaklida kashta bilan sidirg'a qoplab oq ipda (yoki ipakda) tikiladi. Shakli ko'p jihatdan chust do'ppisiga o'xshash bo'lgan marg'ilon do'ppisi gullarining (nisbatan ingichka va uzun qalampir shaklining) sidirg'a qoplanmasligi bilan farqlanadi. Toshkentning duxoba do'ppisi sidirg'a baxmaldan, buxoro do'ppisi sidirg'a yoki gulli baxmaldan tayyorlanadi; buxoro do'ppisiga rang-barang ipak iplarda yo'rma usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi. Iroqi do'ppi Shahrisabzda keng urf bo'lgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning o'ziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. Do'ppining bu turida kashta iplari sug'irilib to'r holiga keltirilgan mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chok(terma va bosma usuli)da tikiladi (nomi shundan). Iroqi do'ppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob do'ppido'zlari tomonidan tayyorlanadi. Toshkent va Farg'ona vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa do'ppining naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi yashil, ko'k tusli qushcha (bulbullar) shaklidan iborat.

Toshkentning iroqi do'ppisida oq zaminga atirgullar to'q va och qizil ipaklarda (ba'zan "Ra'no", "Guli", "Farg'ona tong otguncha" va b.) yozuvlar qo'shib tikiladi. Shahrisabzning tepa

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

va kizagi yaxlit (ipak va ipdan) to'qilgan gilam do'ppisi ham mashhur. Samarqand (Urgut) va Surxondaryo (Boysun)ning dumalok, shaklli piltado'zi do'ppisining naqshi sodda, gullari markazga tomon yo'nalgan, qaviq choklari esa qovurg'ali yuzani hosil qiladi. Buxoro zardo'zlarining zardo'zi-guldo'zi va zardo'zi-zamindo'zi ("Yulduz", "Tovus" va b.) do'ppilari badiiy jiqatdan yuqori baholanadi. Toshkentning sidirg'a parchadan 4-karjli (karjlari o'zaro qora xoshiya yo'llar bilan bo'lingan, har bir karjga yorqin gullagan novdalar tikilgan) do'ppisi va boshqa do'ppilar jozibali qilib tayyorlanadi.

Do'ppilardagi gullar ham o'ziga xos ma'no mazmunga ega: Rivoyatlarga ko'ra, erkaklar do'ppisining yuqori qismidagi to'rtta gul odamning sog'lig'ini to'rt tomondan himoya qiladi, do'ppi chetidagi o'n oltita gul esa katta va ahil oila bo'lish (o'n oltita farzand ko'rish) tilagini bildiradi. Ushbu do'ppilar odmi, kamtar va shu bilan birga juda ham bezakli ko'rinishga ega. Ular to'rtta qalampir boshchalari ko'rinishidagi oq naqshning qora fon bilan keskin birikuvi bilan ajralib turadi. Qorong'i fonga oq ipak bilan tikilgan gullar inson qalbi va yuragi pokligining ifodasi bo'lib xizmat qiladi.

MUHOKAMA

Hozirda mamlakatimizda do'ppi ishlab chiqarish ham zamonaviy holatda rivojlantirilmoqda. Yurtimizda do'ppi ishlab chiqaruvchi korxonalar ham mavjud. O'tgan yillarda do'ppido'zlikni rivojlantirish maqsadida bir qancha ko'rgazmalar bo'ldi va hamon bo'lib kelmoqda. Misol uchun Toshkentda "O'zbegim do'ppilari" ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Unda shaxsiy kolleksiyalardan o'rin egallagan 211 dona do'ppilar namoyish etildi. YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston milliy komissiyasi, Koreya Respublikasi madaniy meros jamg'armasi, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti hamda respublika "Hunarmand" uyushmasi hamkorligida Marg'ilon shahrida bo'lib o'tgan do'ppido'zlikni rivojlantirishga qaratilgan ko'rgazmalar o'zbek do'ppilari dovrug'ini dunyoga yoymoqda.

Shukurlar bo'lsinkim yangi O'zbekistonimizda xalqimiz do'ppini avvalgidek, faqat aza-motam yoki to'y-u marosimlarda emas balki, odatiy turmushda ham doimiy tarzda kiyib yurishmoqda. Lekin, bu holat ham unchalik ommaviylashmadi. Huddi ustozimiz O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf aytganlaridek: Do'ppi kiymay qo'ydi odamlar, Bir shoir, bir nosirdan boshqa. Sochlar silliq, silliq qadamlar, Uog'irlik qilyapti boshga...

XULOSA

Do'ppi kiyish o'rniga ba'zi yoshlarimiz kino va serial qahramonlariga yohud sport yulduzlariga havas qilib sochlarini beo'xshov turmaklashmoqda yoki boshqa millat vakillarining bosh kiyimlarini kiyishmoqda. To'g'ri, har kim mustaqil va erkin fikrli lekin, o'zimizning milliy brendimiz bo'lgan do'ppining jahon bozoridagi o'rni qanday bo'lishi o'zimizga bog'liq. Butun olamga o'rnak bo'la oladigan madaniyatimizni rivojlantirib kelajak avlodga sof va zamonga hamnafas holda yetib borishi o'zimizning qo'limizda! Yoshlar o'rtasida do'ppi kiyishni targ'ib qilish maqsadida 2021-yil 8-dekabrdan O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O.Nazarbekov tashabbusi bilan madaniyat hodimlari odatiy ish kunida do'ppida yurishlari belgilandi. Xalqimizda aytilganidek "bosh omon bo'lsa, do'ppi topiladi". Omon boshlarimizdan do'ppi arimasin!

SS

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

REFERENCES

1. "Xalq so'zi" gazetasining 2019-yil 13-sentabr sonidan Yulduz O'rmonova maqolasi.

2. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" 2000-2006-yillar Toshkent nashriyoti.

3. "Uzbekistan travel" kanali 2020-yildagi postidan.

4. Wikipedia ma'lumoti.

5. "Xalq so'zi" gazetasining 2019-yil 13-sentabr sonidan Yulduz O'rmonova maqolasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.