Научная статья на тему 'MILLIY QADRIYATLARIMIZNING MA'NAVIY O'ZLIKNI ANGLASHDAGI AHAMIYATI'

MILLIY QADRIYATLARIMIZNING MA'NAVIY O'ZLIKNI ANGLASHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1180
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qadriyatlarimiz / tarix / azal-azaldan / o'yinlar / liboslar. / our values / history / antiquity / games / costumes.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Temirova Sarbina-Bonu

O'zbek xalqining tarixdan hozirgacha o'chmas iz qoldirgan qadriyatlari haqida gap ketadi. Har xil xalq o'yinlari, milliy kiyimlar va boshqa qadriyatlar haqida so'z yuritiladi. O'zbek xalqining tarixidan to hozircha bo'lgan vaqt oralig'ida o'z kuchini saqlab kelayotgan qadriyatlar haqida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF OUR NATIONAL VALUES IN UNDERSTANDING SPIRITUAL IDENTITY

We are talking about the values of the Uzbek people, which have left an indelible mark on history. There is talk of various folk games, national costumes and other values. We are talking about the values that have maintained their strength from the history of the Uzbek people to the present

Текст научной работы на тему «MILLIY QADRIYATLARIMIZNING MA'NAVIY O'ZLIKNI ANGLASHDAGI AHAMIYATI»

MILLIY QADRIYATLARIMIZNING MA'NAVIY O'ZLIKNI ANGLASHDAGI

AHAMIYATI Temirova Sarbina-Bonu

O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat Instituti Farg'ona mintaqaviy filliali Qo'g'irchoq teatr aktyorligi 2-bosqich talabasi https:Moi.org/10.5281/zenodo.6657515 Annotatsiya. O'zbek xalqining tarixdan hozirgacha o'chmas iz qoldirgan qadriyatlari haqida gap ketadi. Har xil xalq o'yinlari, milliy kiyimlar va boshqa qadriyatlar haqida so'z yuritiladi. O'zbek xalqining tarixidan to hozircha bo'lgan vaqt oralig'ida o'z kuchini saqlab kelayotgan qadriyatlar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: qadriyatlarimiz, tarix, azal-azaldan, o'yinlar, liboslar.

ЗНАЧЕНИЕ НАШИХ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ПОНИМАНИИ ДУХОВНОЙ ИДЕНТИЧНОСТИ Аннотация. Речь идет о ценностях узбекского народа, оставивших неизгладимый след в истории. Речь идет о различных народных играх, национальных костюмах и других ценностях. Речь идет о ценностях, сохранивших свою силу от истории узбекского народа до наших дней.

Ключевые слова: наши ценности, история, древность, игры, костюмы.

THE SIGNIFICANCE OF OUR NATIONAL VALUES IN UNDERSTANDING

SPIRITUAL IDENTITY Abstract. We are talking about the values of the Uzbek people, which have left an indelible mark on history. There is talk of various folk games, national costumes and other values. We are talking about the values that have maintained their strength from the history of the Uzbek people to the present.

Keywords: our values, history, antiquity, games, costumes.

KIRISH

Qadriyat nima o'zi?

Bir necha yil urf bo'lib kelib, keyinchalik yangi bir narsa chiqsa, hozir zamonaviy til bilan aytganda "moda" shu qadriyatmi sizningcha?

Yo'q, aslida qadriyat hech qanday "moda" emas. U na vaqtga bo'ysunadi va na zamonga. U insonlarni qarashini, insonlarni ruhini, insonlarni fikr-u hayolini o'ziga bo'ysundiradi. Azal-azaldan shunday bo'lib kelgan. Insonlar uchun, jamiyat uchun eskirmagan, ota-bobolarimizdan qolgan yodgorlik kabi, meros kabi saqlanib keladigan narsa aynan shu qadriyatdir. Eskirgan narsa tashlab yuborilmaydi aslida. Shuncha ehtiyot uchun bir chetga olib qo'yiladi. Bir kun kelib o'sha eskirgan narsani foydasi tegadi albatta va o'shanda inson anglab yetadiki u eskirmaganini. Qadriyat ham shunday aslida.

Ko'p sonli zamonaviy yoshlarimizning qarashicha O'zbek xalqining milliy an'analari va qadriyatlari hozirgi kunga kelib u qadar nazar pisand qilinmayotgandek tuyuladi bir qarashda. Chunki hozir zamon rivojlangan, texnologiyalar asrida yashayapmiz. Biroq har qanday texnologiya hali bizning o'sha tarixdan, ming yillardan beri avloddan-avlodga o'tib kelayotgan milliy an'anayu, qadriyatlarimizni sindira olgani yo'q.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Hozirgi zamonaviy yoshlarimiz qo'l telefonlariga zarar yetmasin deb o'sha matohni asrab-avaylab yurgan bir paytda yana kimlardir avloddan-avlodga o'tib kelayotgan qadriyatlarimizni yanada yuksaltirish bilan band. Milliy bayramlarimiz, xalq bayramlari, xalq sayillari o'z vaqtida, o'zgacha qiziqish va o'zgacha atmosferada yildan-yilga qiziqarli va shukuhli tarzda o'tib kelayotgani barchamizga ayon.

Qadriyatlarimizga qiziqmaydigan, zamon bilan hamnafas yashayman degan inson ham ayni damda barchasidan xabardor. Chunki televideniya degan narsa borki har safargi milliy xalq bayramlarimizni ommaga sharhlab kelishadi. Hattoki ijtimoiy tarmoqlardagi har xil tomoshabop sahifalarda ham bu holat aks etadi. Bu nima degani?

Bu degani qadriyatlar yashamoqda. Ular o'lmasdir.

Milliy liboslarimiz

O'zbek xalqining o'ziga xos, milliy ruhini aks ettiruvchi madaniyatimiz va tariximizni uzviy bog'lab turuvchi kiyimlarimiz ham ayni damda O'zbek xalqining ko'rkiga-ko'rk qo'shib turgani hech birimizga sir emas. Hali hamon ayollarimiz egnida o'sha Marg'ilon atlaslari, boshlarida par do'ppilari bilan har xil milliy an'anaviy bayramlarimizda, xalq sayillarida ishtirok etishda, qadriyatlarimizni qadrlashda davom etib kelishmoqda.

Erkaklarimiz egnida o'sha choponlar, boshlarida do'ppilar bilan har xil milliy qo'shiqlarimizni kuylab, o'sha eski cholg'ularimiz rubob, doira, chanqovuz ohanglari bilan bayram zavqiga yanada zavq qo'shib kelishmoqda.

Milliy o'yinlarimiz

Xalqimizda yoshu-qari o'sha tarixda ham va hozir ham o'sha biz bod-bod takrorlab kelayotganimiz har xil sayil va bayramlarda o'ynab kelinayotgan o'yinlar hali hamon saqlanib kelinmoqda. Xuddi o'sha kiyimlarimiz singari. Xalqning milliy bayramlari hech qachon milliy o'yinlarsiz bayramdek o'tgan emas albatta. O'sha yoshu-qari bir-birlarini kuraklarini yerga tekqizib "halol" de'ya hayqirib g'oliblikka ega chiqishadigan kurash o'yini (sporti), har xil ot o'yinlari ko'pkari uloq, poyga, qiz quvmoq otdan og'darish o'yinlari, dorbozlik, dor ustidagi har xil aytishuvlar, tosh ko'tarish, arqon tortish o'yini, bilak kuchini sinash, harakatli yosh bolalar o'yinlari quloq cho'zma, eshak mindi, yelkada kurash, xo'rozlar jangi va hokazo o'yinlar haligacha saqlanib kelinmoqda. Ular yo'q bo'lib ketganicha yo'q hali.

Navro'z bayrami

O'zbek milliy qadriyatlari deganda albatta pog'onaning eng yuqorisida aynan shu Navro'z bayrami turadi. Barcha milliy qadriyatlarimizni, o'sha liboslar deysizmi, har xil qo'shig'u-kuylar deysizmi, har xil o'yinlar deysizmi barchasini o'z ichiga mujassam qila olgan eng katta va o'lmas qadriyatimiz aynan shu Navro'z bayramidir. Ayniqsa Navro'z saylidagi o'sha olamga mashxur sumalagimiz ham qozonlarda biqirlab qaynashdan to'xtamaydi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Qadriyatlarimiz zamon rivojlangani sari eskirmasdan qayta jonlanayotganiga yana bir misol qilib Madaniyat bosh vaziri ilgari surgan madaniyat hodimlari ish kunlarida do'ppi kiyishi haqidagi fikri ham bunga bemalol misol bo'la oladi. Bosh vazir o'z fikrlarida shunday deydi:

"Har bir millatu-elatda milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarga hurmat bilan yondashilgan. Xususan, do'ppi, beqasam to'n, shoyi belbog' kabi xalqimizning milliy liboslari bugungi kunda ham o'z qadrini, bahosini yo'qotmagan. Shu qadriyatlarga sadoqat bilan qarab, milliy an'analarni targ'ib etish uchun yangi tashabbusni boshladik

Barcha soha vakillarini, ijodkorlarni, Vatan fidoyilarini, ko'ngillilarni ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlashga chaqirib qolaman. Qomusimiz bilan himoyalangan yana bir qadriyatni hayotga qaytarishga shoshiling", — dedi Ozodbek Nazarbekov. XULOSA

Zamon har qancha rivojlanaversin. Yangiliklar paydo bo'lsin, texnologiyalar yanada yuksalsin, hamma narsa o'zgarsin. Lekin, ammo, biroq.

Lekin o'sha azal-azaldan to hozirgacha, bizgacha saqlanib kelinayotgan yuqorida zikr qilingan qadriyatlarimiz o'lmaydi. O'zbek xalqi bunga sira ham yo'l qo'ymaydi. O'zbek milliy an'analariyu, qadriyatlari haqida qancha gapirsak ham oz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. feöeKMCTOH Pecnyö^MKacM npe3Mg,eHTMHMHr 2020 MM^ 18 ^eBpa.ng.am "WaMMATga MWTMMOMMMatHaBMfi Myx,MTHM coF.noM.namTMpMm, Ma^a^^a MHCTMTyTMHM AHaga KY-^aö-KyBBaT^am x,aM,ga OM^a Ba xoTMH-KM3.nap ÖM^aH Mm^am tm3MMMHM AHm gapawara O^M6 MM^Mm Mopa-TagÖMp^apM TyFpMCM1fl,a"rM nO-5938-coH^M ^apMOHM.

2. Y3ÖeKMCTOH Pecnyö^MKacMHMHr 2019 MM^ 28 ^eBpa^ga Ka6y^ KM^MHraH "OyKapo^apHMHr penpogyKTMB ca^OMaT^MrMHM ca^am TyFpMCM,ga"m KOHyHM.

3. MycypMaHOBa O. OM^a «aMMAT TaAHMM: MoHorpa^MA /O.MycypMaHOBa. -TomKeHT: Em^ap HampMeT yMM, 2019. - E. 252.

4. Oa3M^aT^M aB^og,. y3^yKCM3 MatHaBMM TapÖMA TpM^orMACM. 3-KMCM. [MaTH]: 7-18

em^M öo^a^apHM MatHaBMM TapÖMA^am 6yMMMa KY-^aHMa. /Ty3yBMM Mya^^M^^ap: A.^oflMpoB, M.^ypoHOB, O.Mycyp

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.