Научная статья на тему 'MILLIY KURASHNING OMMAVIYLASHIVIDA XALQ BOHODIRLARINING O’RNI'

MILLIY KURASHNING OMMAVIYLASHIVIDA XALQ BOHODIRLARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
834
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kurash / qadriyat / sport tarixi / Turizm va sport vazirligi / “Umid nihollari” / “Barkamol avlod” / “Universiada” / yoshlar kamoloti. / wrestling / values / history of sports / Ministry of Tourism and Sports / “Umid Nihollari” / “Barkamol Avlod” / “Universiada” / youth development.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Shodi Bobomurodovich Umirov

Maqolada milliy qadriyatlarimizdan bo`lgan kurash, uning tarixi, barkamol avlodni tarbiyasida sportning xususan, kurash sportining o`rni va ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga yurtimiz hududidan ytishib chiqqan ko`plab mashur kurashchilar haqida, yurtimizda amalga oshirilayotgan sport sohasidagi islohotlar haqida ma’lumotlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PEOPLE'S VALUES IN THE PROMOTION OF NATIONAL STRUGGLE

The article tells about the struggle for our national values, its history, the role and significance of sport, especially wrestling, in the upbringing of a harmoniously developed generation. At the same time, information was analyzed about many famous wrestlers who grew up in our country, about the reforms carried out in our country in the field of sports.

Текст научной работы на тему «MILLIY KURASHNING OMMAVIYLASHIVIDA XALQ BOHODIRLARINING O’RNI»

MILLIY KURASHNING OMMAVIYLASHIVIDA XALQ BOHODIRLARINING

O'RNI

Shodi Bobomurodovich Umirov

Toshkent davlat agrar unversiteti Termiz filliali Jismoniy tarbiya o'qituvchisi

Maqolada milliy qadriyatlarimizdan bo'lgan kurash, uning tarixi, barkamol avlodni tarbiyasida sportning xususan, kurash sportining o'rni va ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga yurtimiz hududidan ytishib chiqqan ko plab mashur kurashchilar haqida, yurtimizda amalga oshirilayotgan sport sohasidagi islohotlar haqida ma'lumotlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: kurash, qadriyat, sport tarixi, Turizm va sport vazirligi, "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada", yoshlar kamoloti.

THE ROLE OF PEOPLE'S VALUES IN THE PROMOTION OF NATIONAL

STRUGGLE

The article tells about the struggle for our national values, its history, the role and significance of sport, especially wrestling, in the upbringing of a harmoniously developed generation. At the same time, information was analyzed about many famous wrestlers who grew up in our country, about the reforms carried out in our country in the field of sports.

Key words: wrestling, values, history of sports, Ministry of Tourism and Sports, "Umid Nihollari", "Barkamol Avlod", "Universiada", youth development.

Yosh kurashchilar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarda milliy qadriyatlarimizdan hisoblangan Go'ro'g'lining jismoniy kuchliligi, uning jismoniy qobiliyatlari, fazilatlari, og'ir sharoitlarda sabr-bardosh bera olishi va bunga uning jismoniy tayyorgarligining yordam berishini so'zlab berish yazshi ibrat bo'ladi. Bundan tashqari Respublikamiz hududida yashab ijod qilgan, pahlavonlikning eng yaxshi namunalarini namoyon qilgan Muhammad pahlavon va pahlavon Mahmudlarning jismoniy kuch-qudratlari, ularning jismoniy va axloqiy fazilatlari haqida ma'lumot berish maqsadga muvofiq deb bilamiz.

Butun jahon nigohiga tushib, dovrug' va shuhrat qozonayotgan, millionlarni o'ziga jalb etgan kurash ham jahonning yuksak ma'naviy qadriyatlaridan biri sifatida o'zining chuqur tarixiy ildizlariga egadir.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 1 I ISSUE 1 I 2021

Tarixshunos, qadimshunos, elshunos va faylasuf olimlarning olib borgan tadqiqotla ri, izianishlari va arxeologik ilmiy tekshirishlar, kuzatishlari natijasida topilgan ashyoviy dalillar Kurashning yoshi kamida 2,5 - 3 ming yildan ziyodligini isbotlaydi. Surxon, Zarafshon vohalari hamda Farg'ona vodiysining bir qator qadimgi aholi manzilgohlarida aniqlangan noyob topilmalar, asoriatiqalari, qo yalarga bitilgan tasviriy san'at namunalari ham bunga toliq

shohidlik beradi. Kurashimiz tarixini ilmiy isbotlab beradigan 6 ta topilma-ashyoviy dalil mavjud.[1] O'zbek kurashining tarixi 5 ming yil oldingi moziyga borib taqaladi.

ASOSIY QISM

O'zbek xalqining kurashchi-polvonlarga bo'lgan hurmati juda katta, chunki ular o'zlarida jasurlilik mardlik, chidamlilik, ahloqiy poklik, erksevarlikni mujassamlashtiradilar.

Xorazmlik Pahlavon Mahmud (1243—1326) ning nomi tarixdan abadiy o'rin olgan. Futuvvat-juvonmardlik guruhining ulug' peshvolaridan biri. Fors tilida ijod qilgan. Postindo'zlik, telpakdo'zlik bilan shug'ullangan[1]. U butun umri davomida bellashuvlarda biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan. Pahlavon Mahmud ko'pgina yurtlarga sayohat qilgan Eronda, Hindistonda va boshqa ko'plab Sharq mamlakatlarida bo'lgan, O'rta Osiyo bo'ylab yurgan va hamma yerda kuchli polvonlar bilan kurash tushgan. Lekin hech qayerda na o'z Vatanida va na xorijiy yerlarda uning kuragi yerga tekkan.

Pahlavon Mahmud faqat kurashchi-polvongina emas, balki shoir, mutafakkir, har jihatdan yetuk kishi bo'lgan. Unda yuksak axloqiy fazilatlar, insonparvarlik va jismoniy kamolot mujassamlashgan edi.

Pahlavon Mahmud vafotidan keyin, oradan sal kam yuz yildan ko'proq vaqt o'tgach, Xorazmda yana bir kurashchi — Pahlavon Muhammad yashagan. U ham o'zining o'tmishdoshi singari mag'lubiyat nimaligini bilmagan.

Toshkentlik Ahmad polvon ham xalq orasida ancha shuhrat qozongan edi. 1895-yili Toshkentga taniqli nemis kurashchisi Rippel keladi va Ahmad polvon bilan kurashish istagini bildiradi. 1895-yil 23-iyunda sirk maydonida kurash bo'ladi hamda u o'zbek polvonining ajoyib g'alabasi bilan tugaydi. Bunda ular klassik kurash bo'yicha musobaqalashishadi. Shunisi xarakterliki, Ahmad polvon milliy kurashdan boshqa hech qanday kurash maktabini o'tamagan edi. Lekin shunday bo'lishiga qaramay, u aynan klassik kurashda o'zining kuchi, chidamliligi va yuksak kurash mahorati tufayli g'alabaga erishdi.

1911-yili Ahmad polvon birinchi bor fransuzcha kurash musobaqasida ishtirok etib, Germaniya chempioni Gyugner ustidan g'alaba qozondi.

150

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

1890-yilda Toshkentda tug'ilgan Toji A'loyev sirk maydonida muvaffaqiyatli qatnashgan. Toji Ahmad polvonning shogirdi bo'lgan. Qizig'i shundaki, klassik kurash bo'yicha maxsus tayyorgarlik ko'rmagan Toji polvon 1919-yili shu kurash turi bo'yicha o'tkazilgan musobaqada o'z og'irlik vaznida g'alabaga erishgan. 1942-yildan boshlab Toji A'loyev o'zbek sirkida o'z san'atini namoyish qila boshlaydi.

Respublikada mashhur kurashchilar juda ko'p. Mehnat Qahramoni Hakim polvon Qodirov chorak asr davomida og'ir vaznda muvaffaqiyat bilan kurash tushgan.

1937-yilda Buxoro viloyatida tug'ilgan, erkin va klassik kurash, shuningdek, o'zbek kurashi bo'yicha sport ustasi Ismoil Turobov milliy kurashning nasliy vakili hisoblanadi.

Turobovlar uchun kurash oilaviy an'anaga aylangan. Uning otasi, bobosi va amakisi avval ham mashhur polvonlar bo'lganlar. Otasi Turob Sharobov va amakisi Bahrom Sharobov milliy kurash musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashgan va dong taratgan polvonlar edilar. Ularning hammasi ajoyib temirchi-ustalar bo'lishgan. Buxoro amiri Amir Olimxon ularni o'z saroyida kurashchi bo'lib xizmat qilishga taklif etgan. Lekin polvonlar amirga xizmat qilishdan bosh tortganlar va uning jabrini ko'p marotaba tortishgan[3].

Oila an'anasi, avlodlar estafetasi Turob va Bahrom polvonlarning o'g'illariga ham o'tadi. Ismoil Turobov yoshlik chog'idayoq oilada yaxshigina mashq ko'rdi, Jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanganlik, milliy kurash texnikasini yaxshi bilish Ismoilning katta sport maydoniga chiqishiga yo'l ochdi — u kurashning olimpiada turlarini mukammal egalladi va milliy, erkin hamda klassik kurash bo'yicha uch marta sport ustasi nomini oldi. Ismoil Turobov 1957-yili Tbilisi shahrida o'tkazilgan erkin kurash bo'yicha sobiq ittifoq birinchiligida muvaffaqiyatli qatnashdi. O'sha yili Ismoil uchun sport mahorati cho'qqilarini egallash yili bo'ldi: u Toshkent va Moskvadagi sport festivalida qatnashdi. 1958-yildan 1969-yilgacha Ismoil erkin kurash bo'yicha O'zbekiston chempioni, 1956-yildan 1960-yilgacha milliy kurash bo'yicha chempion bo'lgan.

Ismoil Turobov xalqaro maydonlarda mamlakatimizning sport sharafini himoya qilib, sport g'alabalarining shonli yo'lini bosib o'tdi. 1961 -yili Chexoslovakiya, Polsha, Bolgariya va boshqa mamlakatlar kurash-chilari ustidan g'alaba qozongan Ismoil xalqaro uchrashuv g'olibi bo'ldi va o'sha yili Afg'onistonning poytaxti — Qobulda o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. 1959-yildan 1964-yilgacha Ismoil Turobov erkik kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining sardori bo'ldi.

Qashqadaryo viloyati o'zbek sportiga juda ko'p ajoyib kurashchi-sportchilarni tayyorlab bergan. Ulardan biri—Sayfiddin Hodiyev. U bosib o'tgan katta sport yo'li murakkab va qiyin bo'lgan. Bir kun kurash musobaqalari bo'layotgan edi. Odatga ko'ra unda faqat kattalar emas, bolalar ham ishtirok etadi. Xodiyevlar qo'shnisining o'g'li — Raim hamma bolalarni tezlik bilan yiqitar edi.

U o'rta maktabni tugatib, Toshkent jismoniy tarbiya intitutiga o'qishga kirdi. Talabalik yillarida Sayfiddin sambo to'garagida shug'ullanmoqchi bo'ladi. Lekin sambo uchun uning og'irlik vazni kamlik qiladi (o'sha yillari samboda 48 kg gacha bo'lgan og'irlik vazn yo'q edi).

Shu boisdan ham u erkin kurash to'garagiga kiradi. Bu yerda Ye. B. Qoltunov murabbiylik qilar edi. Yaxshi jismoniy tayyorlik, kurash texnikasini mukammal bilish Sayfiddin Hodiyevning ikki marta: birinchi kursda yoshlar o'rtasida, ikkinchi kursda kattalar o'rtasida mamlakat chempioni nomini egallashiga imkon berdi. [4]

1974-yil 26-iyulda Ulan Batorda jahon chempionati ochildi. S. Hodiyev Bolgariya, Rkpaniya, Eron, Turkiya Janubiy Koreya, Angliyaning mashhur sambochilari ustidan g'alabaga erishadi. Ammo finalda Sayfiddinni jiddiy raqib — Mongoliya chempioni, ikki marta xalqaro turnir g'olibi Shokdar Monoxul kutar edi. Uchrashuv keskin va mashaqqatli bo'ldi. Shunday bo'lsa ham o'zbek sportchisi raqibini 10:2 hisobida yengdi. U sambo bo'yicha jahon chempioni bo'ldi va jamoaga birinchi oltin medalni keltirdi.

Kurashchi Sobir Qurbonov ham katta shuhrat qozongan. 1973-yildan boshlab Sobir Qurbonovning sport biografiyasida xalqaro turnirlar va chempionatlar muhim o'rin tutadi. Madriddagi Yevropa chempionatida u fransuz Jorj Pokat, ingiliz Kilray, bolgar Danov, niderland Dolman, ispan Xose Chechinlar ustidan ajoyib g'alabaga erishdi.

Yuksak mahorati va favqulodda sport texnikasi uchun Sobir Qurbonov 1974-yil Yevropa chempionati diplomi va «Ispaniya darvozasi» sovrini bilan mukofotlandi.

1974-yili Ulan Batorda o'tkazilgan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida Sobir Qurbonov mashhur jahon chempioni, mo'g'ul kurashchisi G. Batsux ustidan g'alabaga erishdi. Tomoshabinlar ham, Batsuxning o'zi ham Sobirni jiddiy raqib deb bilmadilar. O'rta bo'yli, sustkash, vazmin, muloyim yigit tortinchoq shogird tasurotini berar zdi. So'zsiz, hyech kim Batsuxning g'alaba qilishiga shubhalanmas edi. Lekin Sobir Qurbonov juda ham tezkorlik bilan hujum qilib, raqibini esankiratib qo'ydi. Batsux ketma-ket berilayotgan hujumni qaytarolmay qoldi. Tezlik, chaqqonlik, kuchlilik, g'alabaga bo'lgan iroda, uyushqoqlik bu kurashda Sobir Qurbonovni xarakterlar edi. U alohida usul bilan Batsuxni yerdan ko'tarib oldi va yuqoriga ko'tarib yerga yiqitdi. Bu usul kurashda butunlay yangicha usul edi va u «Qurbonov buramasi» nomini oldi. 1975-yilning sentyabrida Minskda o'tkazilgan jahon chempionatida Sobir Qurbonov beshta sambochi, shu jumladan jahon chempioni Batsux ustidan g'alaba qo-zondi va sambo bo'yicha jahon chempioni unvonini oldi.

Sobir Qurbonov iste'dodli kurashchigina emas, balki tajribali murabbiy hamdir. U hozirgacha ko'plab sport ustalarini tayyorlagan.

O'zbekistonda kurashish san'ati avloddan avlodga o'tib kelayotgan kurashchilar sulolasi bor. Buxoro viloyati Qorakul tumanida Yusupovlar oilasi yashaydi. Bu oilani xalq «bahodirlar oilasi» deb ataydi. Bu bejiz emas, albatta. Oilada oltita sobiq SSSR sport ustasi bor. Ularning bobosi Ro'zmat polvon afsonaviy bahodir bo'lgan, xalq uni Yengilmas deb atagan. Uning nevarasi Tursun Yusupov kuchli, epchil botir,bo'lgan. Yetti o'g'illarining hammasiga u kurash san'atini o'rgatgan. O'zi esa keksalik chog'idaham viloyatda taniqli polvon bo'lgan. O'g'illarini mashq qildirgan va ularga kurash usullarini o'rgatgan

Qadriyatlar inson hayotining turli ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatlarini anglatadi. Qadriyatlar moddiy va ma'naviy milliy va umuminsoniy bo'ladi.

Shu jumladan o'zbek millatining ham o'z qadriyatlari mavjud. Xususan o'zbek kurashi milliy qadriyatimiz durdonasidir. O'zbek kurashini dunyoga chiqarish bo'yicha hozirda bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bu o'rinda birinchi galda "Xalqaro Kurash assosiasiyasini qo'llab quvvatlash to'g'risida" 1999-yil fevraldagi Prezident farmoyishi misol bo'la oladi.

Hozirda xalqaro kurash assotsiatsiyasi tashkil qilingan va unga 100 dan ortiq davlatlar a'zo bo'lib kirgan. 120 dan ortiq davlatlar xalqaro kurash assosiasiyasini tan oldi va hamkorlikda ish olib borilmoqda. Kurashga oid o'zbekona: dakki, chala, halol, tanbeh, yonbosh, kurash, to'xta, vaqt kabi atamalar dunyo sport maydonlari bo'ylab jaranglamoqda.

Keyingi yillarda o'zbek milliy kurash federatsiyasi, xalqaro kurash assotsiyatsiyasi, Turizm va sport vazirligi hamkorlikda o'zbek kurashini rivojlantirish bo'yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Mustaqillik yillarida Shaxrisabz, Buxoro, Termiz, Xiva shaharlarida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan xalqaro xotira turnirlari kurashni rivojlanishiga xizmat qildi. Shuningdek kurashni yanada rivojlantirish borasida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

1999-yil 10-dekabrdan 2000-yilning 10-yanvargacha "Kurash mening iftixorim" shiori ostida kurash oyligi o'tkazildi.

"Gilamda polvonlar", "Polvonlar qarimaydi", "Kurash yosh tanlamaydi" shiorlari ostida qator musobaqalarning o'tkazilishi ham kurash muxlislarini befarq qoldirmadi.

Kurashni yanada targ'ib etish maqsadida "O'zbek kurashi olimpiya sari" va "O'zbek kurashini qo'llayman" mavzusida tanlovlar e'lon qilindi. Bu tanlov doimiy ravishda televideniya, radio orqali reklama qilib berildi. Tanlov yakunida o'zbek xalqining kurashiga bo'lgan mehrini yana bir bor namoyon etadi.

O'zbek kurashi Respublikamizda o'tkazilib kelinayotgan uch bosqichli sport musoboqalarida, yani: Oliy o'quv yurtlari o'rtasida "Universiada" Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'rtasida " Barkamol avlod" maktab o'quvchilari o'rtasida

o'tkaziladigan "Umid nihollari"da o'rin egallashi, kurashimizni ommalashganini ko'rsatadi. Hozirgi kunda O'zbekiston xalq ta'limi tizimidan "329 ta BO'SM ishlab turibdi. Bu maktablarda hozirgi zamon sporti shug'ullanuvchilardan milliy qadriyatlarimizni o'zida aks etishni, mehnatsevarlikni o'zini tuta bilishni, salbiy tuyg'ularni yenga bilishni oldiga qo'ygan maqsad yo'lida uchraydigan qiyinchiliklarni yenga olishni talab etadi. Shuningdek, sport musobaqalarining ham ahamiyati katta. Musobaqa qoidalari sportchilarni raqib bilan qat'iy belgilangan sharoitda kurashishga majbur qiladi. Yosh kurashchidan intizomli, halol va rostgo'y bo'lishnigina emas balki, raqibi, sport hakamlarini xurmat qilishni talab etadi.

O'zbek kurashi bugun o'z dovrug'ini olamga yoydi. O'zbek xalqini jahonga tanitdi. Bu milliy o'yinda qo'llanilayotgan bir qator atamalar dunyoning deyarli barcha burchagida yangramoqda.

Bularning barchasini zamirida mustaqillikdan keyin o'zimizning ota-bobolarimizdan bizgacha qolib, meros bo'lib kelayotgan milliy qadriyatlarimizni tiklanishi bugungi kunga kelib ancha jadallashgan deyishimiz mumkin.

Shuning bilan birga o'zbek millati, o'zbek tili va boshqa milliy an'analarimizni dunyodagi ko'plab davlatlar bilishi va tan olishiga olib kelmoqda.

Xalqaro sport harakatining ilg'or tajribalariga tayangan holda O'zbekistonda jismoniy madaniyat qadriyatlar negizidagi ma'naviy -ma'rifiy madaniyat bilan sug'orilmoqda va o'z navbatida ular qadriyatlarimiz va ma'naviy - ma'rifiy jarayonlarda xizmat qilib kelmoqda.

REFERENCES

1. K.Yusupov. Kurash halqaro qoidalari texnikasi va taktikasi. Toshkent 2005.

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Pahlavon Mahmud

3. N.X.Azizov. Belbog'li turkiston kurashi. Toshkent: O'qituvchi 1998.

4. N.X.Azizov. Belbog'li turkiston kurashi. Toshkent: O'qituvchi 1998.

5. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish

6. Toshkent., O'zbekiston Davlat jismoniy madaniyat instituti 2005 yil - 171 b.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.