Научная статья на тему 'MILLIY OT SPORTI — “ULOQ – KO„PKARI” O„YININING JAMIYATDA TUTGAN O„RNI VA UNING IJTIMOIY AHAMIYATI'

MILLIY OT SPORTI — “ULOQ – KO„PKARI” O„YININING JAMIYATDA TUTGAN O„RNI VA UNING IJTIMOIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1365
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ot sporti / xalq o‗yinlari / uloq-ko‗pkari / musobaqa maydoni / chavandoz / halol / bakovul. / equestrian sports / folk games / kupkari / competition field / rider / honest / bakuvul.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.S.Yoldashov, O.E.Mamishev, H.A.Jabbarov

Mazkur maqolada uloq-ko‗pkari milliy xalq o‗yinlari sifatida e‘tirof etilib, uning o‗ziga xosligi, an‘ana va marosimlari, yoshlar tarbiyasida tutgan o‗rni va ahamiyati keng yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada uloq-ko‗pkarini vatanimizdan tashqari boshqa millat va xalqlarda ham mavjud ekanligi, o‗yinning boshqacha nomlanishi haqidagi qiziqarli ma‘lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article recognizes the kupkari as a national folk game, highlights its uniqueness, traditions and ceremonies, its role and importance in the education of young people. The article also provides interesting information about the fact that the kupkari exists in other nations and peoples besides our homeland, as well as other names of the game.

Текст научной работы на тему «MILLIY OT SPORTI — “ULOQ – KO„PKARI” O„YININING JAMIYATDA TUTGAN O„RNI VA UNING IJTIMOIY AHAMIYATI»

MILLIY OT SPORTI — "ULOQ - KO'PKARI" O'YININING JAMIYATDA

TUTGAN O'RNI VA UNING IJTIMOIY

AHAMIYATI

Sh.S.Yoldashov

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti

O.E.Mamishev

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti

H.A.Jabbarov

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada uloq-ko'pkari milliy xalq o'yinlari sifatida e'tirof etilib, uning o'ziga xosligi, an'ana va marosimlari, yoshlar tarbiyasida tutgan o'rni va ahamiyati keng yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada uloq-ko'pkarini vatanimizdan tashqari boshqa millat va xalqlarda ham mavjud ekanligi, o'yinning boshqacha nomlanishi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ot sporti, xalq o'yinlari, uloq-ko'pkari, musobaqa maydoni, chavandoz, halol, bakovul.

ABSTRACT

This article recognizes the kupkari as a national folk game, highlights its uniqueness, traditions and ceremonies, its role and importance in the education of young people. The article also provides interesting information about the fact that the kupkari exists in other nations and peoples besides our homeland, as well as other names of the game.

Keywords: equestrian sports, folk games, kupkari, competition field, rider, honest, bakuvul.

KIRISH

Milliy sport turlari va xalq o'yinlari O'zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi madaniy merosining ajralmas qismi, aholida vatanparvarlik va Vatanga muhabbat, xalqaro maydonda mamlakatning obro'-e'tiborini yuksaltirishga intilish tuyg'ularini tarbiyalashning asosiy poydevori hisoblanadi. Bugungi kunda joylardagi urf-odat tusiga kirgan milliy xalq o'yinlari

hamda milliy qadriyatlarni qayta tiklash, aholining keng qatlamini ayniqsa, yoshlarni milliy sport turlari va xalq o'yinlariga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, yosh avlod chavandozlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan ot sporti musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish hamda milliy ot sportining xalqaro dovrug'ini oshirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish masalasiga davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Xususan, yurtimizda mazkur yo'nalishni bo'yicha to'liq huquqiy asos mavjud. 2008 yilda "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to'g'risida"gi xalqaro Konvensiya (2003 yil 17 oktyabr, Parij) ratifikasiya qilindi, amaldagi qonunchilikka tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Mazkur masalada davlat dasturi tasdiqlanib, amaliyotgan tatbiq etildi. Unda, milliy sport turlari va xalq o'yinlarini o'rganish, tadqiq etish va yosh avlodga yetkazish masalasi ham asosiy ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonuni 3-moddada "O'zbekiston milliy sport turlari va xalq o'yinlari — milliy ijtimoiy-madaniy yo'nalishga ega bo'lgan hamda O'zbekiston Respublikasi hududida rivojlanayotgan sport va o'yin turlari" deya ta'riflangan, 4-moddasida O'zbekistonning milliy sport turlari va xalq o'yinlarini rivojlantirish hamda ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish - jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari sifatida belgilangan. 20-modda esa to'liq "O'zbekiston milliy sport turlari va xalq o'yinlari"ga bag'ishlanadi. O'zbekiston uloq-ko'pkari federasiyasi 2002 yil 29 aprel kuni tashkil etilgan bo'lib, shu kunga qadar ko'plab sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazishda faol ishtirok etib kelmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Qadimdan yurtimizda to'y-tomoshalar, bayramlar xalq o'yinlari bilan yanada fayzli, ko'tarinki ruhda o'tgan. Xususan, eng ommaviy bo'lgan milliy o'yinlardan uloq-ko'pkari, kurash - to'y va bayramlarning sevimli tomoshasiga aylangan.

Azaldan ot o'yinlari turkiy xalqlar ijtimoiy hayotining ajralmas bo'lagi bo'lgan. Ko'pkari ajdodlarimizning qadimiy va ommaviy tomoshalaridan biri hisoblanadi. Musobaqa maydonida bedovlarning qahr bilan kishnashi, chavandozlarning vajohati, tomoshabinlarning yurak hovuchlab o'yinni kuzatishi, qariyalarning esonlik-omonlik tilab, fotihaga qo'l ko'tarishi, bakovullarning ovozasi, bilimdonligi, voqyealar rivojini o'z vaqtida ko'ra olishi - hamma-hammasi ko'pkarini chinakamiga san'at darajasiga ko'taradi, yuksak badiiy saviyadagi qiziqarli maydon tomoshasiga aylanishini ta'minlaydi.

To'da-to'da otlarning pishqirishi, qamchining havoda aylanishi, "ha, halolla, azamat" deb hakamlarning og'iz yirib baqirishi, chor atrofdagi son-sanoqsiz tomoshabinlarning olazarak ko'zlari bilan g'olib chavandozni qidirishi chavandozlarga ruh, maydonga ko'tarinkilik, vujudlarga his-hayajon, jo'shqinlik va o'zgacha tarovat bag'ishlaydi. Qamchini etik qo'njiga tiqib olgan, yugan uchini egar qoshiga ilib uloqqa uzalgan chavandozni hyech kim shaxdidan qaytara olmaydi. Chunki, tanti, jo'mard bahodirlar o'z oriyatini elning g'ururiga bag'ishlaydilar. Otlari ham o'zlariga yarasha malakaga ega, o'ta chopqir, baquvvat, maydonga kirganda to'dani yorib o'tadigan, egasiga quloq soladigan, uning tilini tushunadigan, xiylalarini tezda anglashga qodir. Shuning uchun ham, uloqda chavandoz va ot bir-biriga monand ravishda bir maqsad sari harakat qilib, xalq olqishiga sazovor bo'ladi.

Ko'pkarining mo'jizaviy qudrati ham ana shunda. Ko'pkari o'yinlari vatanimizdan tashqari Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog'iston, Afg'oniston, Pokiston, Mo'g'uliston va qisman Ozarbayjonda ham uyushtirilib kelinadi. Ular orasida eng ommalashgan ko'pkari (uloq) o'yini biz o'zbeklarda —Ko'pkari", "Uloq", "Ko'kbo'ri" deyilsa, qirg'izlarda —Kok-pari", forsiy tilda so'zlashuvchi qavmlarda "Bo'zkashi" (tortishish o'yini), rus xalqlarida esa —Kozlodraniye" deb yuritiladi .

Ko'pkari O'zbekistonda ko'pincha xalq sayllari, bayramlar va to'ylar munosabati bilan tantananing oxirgi kuni uyushtiriladi. Chavandozlar ko'pkari o'tkaziladigan qishloq tomon bir necha kun avval yo'lga tushadilar. Mehmon chavandozlar qo'nim topgan xonadonlarda tunning yarmigacha ko'pkari haqidagi ajoyib-g'aroyib afsonalar, latifalar, hazil-mutoyibalar avjiga chiqadi, musobaqada ishlatiladigan qoidalar va yangi atamalar haqida qizg'in bahslar bo'ladi. Olamdan o'tgan marhum ustoz chavandozlar esga olinadi, kuchli va tajribali chavandozlarning tantiligi, jo'mardligi maqtaladi, yaxshi otlarning hislatlariga tasannolar aytiladi. Mahalliy baxshilar ijrosida dostonlardan parchalar va termalar tinglanadi. Bu kabi suhbatlar maydonda har doim kamtarin, vazmin va asosiysi halol bo'lishga undaydi. Shu kuni otlarga ham alohida e'tibor beriladi. Mo'ljaldan ortiq suv yoki yem berilmaydi, yomon ko'zlardan asraladi. Hyech qachon qamchi bilan otning boshiga urilmaydi. Har bir chavandozning maxsus tayyorlangan kiyimlari boshni qamchi yoki boshqa xavfli tasodifiy zarbalardan saqlaydigan telpagi, ustida po'stini, shimi, oyog'ida etigi, qo'lida qamchisi bo'ladi.

To'yning oxirgi kuni xalqqa osh berilgandan so'ng chavandozlar ko'pkari o'tkaziladigan maydon tomon yo'l oladilar. Tomoshabinlar hammadan oldin bu yerga yetib kelib, o'zlariga qulay tepaliklardan joy olishadi va maydondagi o'z

chavandozlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlab, uloq uchun kurashda g'alabaga undaydilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Toyponga (maydon) hamma yig'ilgach, otlarni qizdirib olish uchun "qoqma" o'yini o'tkaziladi. Asosan yosh chavandozlar ishtirok etadigan bu ko'hna udumda qatnashchilar soniga qarab maydonga navbati bilan ikkita yoki uchta uloq tashlanadi. Yoshlar uni to'dadan ajratib olib chiqish uchun o'zlarining nimaga qodir ekanliklarini sinab ko'radilar. Ushbu vazifani uddalay olganlarga uloq sovrin sifatida beriladi. Bunday musobaqalar yoshlarning kelajakda mard, epchil bo'lib voyaga yetishlarida, ayniqsa, o'spirin chavandozlar uchun ko'pkari sirlarini o'rganishda tajriba maktabi vazifasini o'taydi.

"Qoqma" nihoyasiga yetgach, otlar sovutiladi. Endi haqiqiy ko'pkariga gal keladi. Unda har qanday chavandoz ham qatnasha olmaydi. Chunki, ko'pkarining o'ziga yarasha yozilmagan, hamma uchun barobar bo'lgan qonunlari bor. Musobaqa boshlanishidan oldin bakovulboshi hammaga qarata; "g'irromlik qilmaysan, tag'in egarga bog'lab yoki o'g'rincha qayish o'tkazib uloqni qo'lga kiritaman deb o'tirma! Halol tashlashsang, zotini ayamayman! Misol uchun zotiga pastki marraga borib olasan bir qo'chqor besh yuz ming so'm pul va yuqori marraga qaytib kelasan bir xo'kkiz bir million so'm pul qo'yildi" deb e'lon qiladi. So'ngra uloq olib kelinib, otlarga hidlatiladi. Uloqning havosi bor, otlarga shu havo madad beradi, bunday vaqtlarda otlar faqat g'alabaga intiladi, deyishadi.

Chavandozlar to'dasidan uloqni olib chiqib ketish har kimga ham nasib etavermaydi. Tolotumda ot ustidan egilib, uloqni shahd bilan bir hamlada ko'tarib olish, boshqalar har qancha chiranib tortganda ham ularga bermay otga o'ng'arish, ustalik bilan uzangiga bekitib, taqimiga bosgan holda davradan ajratib olish uchun chavandoz butun borlig'i bilan harakat qiladiki, bu uzoq yillik tajriba, mahorat va hunardan darak beradi.

G'alabaga ishtiyoqi baland bo'lgan mohir chavandozlar og'ir vaziyatlarda ham chayirlik qilib, chidam va shahd bilan o'zining xilma-xil usullarini, hunar va ilmlarini qo'llaydilar. O'yin davomida bakovulboshi rahbarligidagi hakamlar g'olib chavandozlarga sovrinlarni ulashadilar. Ko'pkarida sovringa echki, qo'chqor, ho'kiz, ot, tuya, televizor, magnitofon, ayrim hollarda yengil avtomashina ham qo'yiladi. Ba'zi xonadonlar to'ylarida esa kalish, maxsi, etik, gazlama, kigiz, gilam, polos va shunga o'xshash mollar qo'yiladi.

O'zbekistonda ko'pkarining "Uloq ayirish", "Mehmon keldi", "Qoralig"' ko'rinishlaridagi qoidalariga amal qilinadi. "Uloq ayirish" shartiga ko'ra, chavandoz

bakovul tomonidan o'rtaga tashlangan uloqni to'dadan olib chiqib, oldindan belgilangan manzilga yetkazib bersa, halol hisoblanadi va unga e'lon qilingan sovrinlar tantanali suratda topshiriladi.

"Mehmon keldi" shartida sovrin uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar, to'y egasining qarindoshlari va qadrdonlari tomonidan qo'yiladi. Bosh hakam uloqni davraga tashlaydi va otiga minib, chavandozlardan taxminan to'rt, besh yuz qadam narida qo'liga bayroq ushlab turadi. Qaysi chavandoz uloqni bayroqchagacha keltirib bersa, hakamlar boshlig'i "halol" deya bayroqchasini yuqoriga ko'taradi. Ko'pkarining so'nggida o'tkaziladigan "Qoralig"' sharti bo'yicha chavandoz uloqni naqd bayroq ushlab turgan bakovul otining oldingi oyog'i tagiga olib kelib tashlashi kerak. Bu chavandozlardan juda katta kuch, mahorat va tajriba talab qiladi. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Yakkabog', Chiroqchi tumanlari atroflarida XX asrning o'rtalarida Olovxon polvon, Egamberdi shoxa, Surxondaryoda To'ra qora, uzun O'lan kabilar Qo'ziboy chavandoz, Mavlon, Ro'ziqul, Alpon polvon, Otaqul, Ilyos kabilar shuhrat qozongan, katta obro'ga ega bo'lishgan. Keyinchalik, Xushvaqt, Jalol, Shuqur, Asad, Xurram, Omon dev ismli chavandozlar maydonga chiqishgan bo'lsa, bugungi kunda Qudratxo'ja, Olim, Bobirshox, Ruslan kabi ko'plab polvonlar ko'pkari o'yinining qirollari sanaladi.

Ko'pkari-orli, g'ururli, epchil, mardlar o'yini. Chavandozlar juda g'ayratli, abjir, o'z ishining ustasi bo'lishadi. Ular hyech qachon bir-birlariga nisbatan kek saqlamagan, dushmanlik kayfiyatida bo'lmagan. Sobiq sho'rolar davrida turli ta'qiqlarga qaramasdan joylarda goh oshkora, goh yashirin tarzda chavandozlik tomoshalari uyushtirilib turildi. Chavandozlik va milliy kurash musobaqalari har doimgidek fayzli, qiziqarli o'taverdi. Katta maydonlarga minglab ishqibozlar to'planib, o'yinlarni maroq bilan tomosha qilaverdilar. Istiqlol sharofati bilan bugungi kunda uloq musobaqalarining gashti, o'zbek chavandozlarining shashti bo'lakcha. O'zbekiston ot sporti federasiyasi tomonidan zamonaviy otchoparlarda har yili uyushtiriladigan musobaqalar orasida ko'pkarining ham borligi, ayniqsa quvonarli. Xalqaro musobaqalarda vatanimizning M.Toshmatov, I.Umarov, D.Xoliqov kabi ko'plab eng sara, botir chavandozlari yig'ilib, otchoparga to'plangan ishqibozlar uchun ajoyib tomoshalar tuhfa etishmoqda. Murakkab jismoniy mashqlarga boy chavandozlik musobaqalari minglab tomoshabinlarni hanuz o'ziga maftun etib kelmoqda.

Ota-bobolarimizning mardu-maydonlik, jasorat, epchillik kabi xislatlarini o'zida ifoda etuvchi qadimiy va hamisha navqiron ko'pkari musobaqalari yoshlarimizda jasurlik, botirlik, uddaburonlik, chaqqonlik, zukkolik, fahm-farosatlilik, aql idrok fazilatlarini kamol toptirishda "hayot maktabi" vazifasini

o'taydi. Zero, ko'pkari chinakam oriyatli, g'ururli, shijoatli o'zbek yigitlarining mardonalik timsolidir.

Xullas, uloq ommaviy o'yinining tarixiy, etnografik va genetik asoslari ilmiy jihatdan o'rganilar ekan, u ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishda ham muhim yo'nalishdir. Xalqimizning xushchaqchaqligi, mehmondo'stligi, jismonan va aqlan barkamolligi, xalq ruhiyatini va madaniy hayotining muhim qirralariga ta'sir ko'rsatuvchi uloq ommaviy o'yini orqali namoyon bo'ladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shu aytish kerakki, o'zbek millati aholisi etnomadaniyati va etnososial turmushida xalq o'yinlaridan uloq (ko'pkari)ning roli beqiyosligi, ota va farzand, ustoz va shogird, keksa va yoshlar o'rtasida mehr-oqibat, mehmondo'stlik, o'zaro hurmat va e'tiborli bo'lish kabi insoniy tuyg'ularni shakllantirishda ahamiyat kasb etishi o'z isbotini topgan. Milliy o'yinlarimiz orqali yoshlarni mardlik, jasurlik, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga, ularni jismonan va ma'nan barkamol etib voyaga yetkazishda, milliy o'zlikni anglashning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib quyidagi takliflarni tavsiya etamiz:

"Uloq - ko'pkari" o'yinining ijtimoiy ahamiyatini chuqur o'rganish va uni tadqiq etish;

"Uloq - ko'pkari" o'yinini targ'ib etishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tayyorlash;

"Uloq - ko'pkari" o'yini tarixi va uning rivojlanish bosqichlarga bag'ishlangan turkum ko'rsatuvlar va eshittirishlarni efirga berib borish;

"Uloq - ko'pkari" o'yinining kompyuter grafik variantini ishlab chiqish;

"Uloq - ko'pkari" o'yini haqidagi ma'lumotlarni maktab darsliklariga kiritish;

"Uloq - ko'pkari" o'yiniga bag'ishlangan hujjatli va badiiy filmlar tayyorlash.

REFERENCES

1. "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to'g'risida"gi xalqaro Konvensiya (2003 yil 17 oktyabr, Parij).

2. O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonuni.

3. O'zbekiston Respublikasining "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida"gi qonuni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgustdagi "O'zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to'g'risida" gi PQ-5211-son qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgustdagi "Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5212-son qarori.

6. N.M.Axmedova. "O'zbekiston televideniyesida milliy o'yinlarning yoritilishi: rivojlanish tendensiyalari va o'ziga xosligi" magistrlik dissertasiyasi. T.: 2019 yil.

7. S.V.Yo'ldoshev. "Farg'ona vodiysi aholisining xalq o'yinlari" falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. T.: 2019 yil.

8. "Fan - sportga" ilmiy-nazariy jurnali 2020 yil 3-son. 48-51-betlar.

9. Sh, A. (2021). Research Of The Physical Education Of Students Of The MilitaryTechnical Lyceum" School Of Temurbeks" Taking Into Account The Influence Of Regional Factors. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 12(11), 7009-7011.

10. Солиев, И. Р., Смурыгина, Л. В., Олимов, М. С., Расулова, Т. Р., Иванова -Тюрина, В. В., & Каримов, Ф. М. (2021). УРТА МАСОФАГА ЮГУРУВЧИЛАРНИ МУСОБА^АЛАРГА ТАЙЁРЛАШ ТЕХНОЛОГИЯСИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(2), 100-109.

11. Egamnazarova, F. A., & Mukhamedova, M. S. (2021). Improving english language listening skill. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

12. Ли, Т. Г., & Ходжиев, Р. М. (2021). Толкование терминов узбекской национальной борьбы «кураш». Academic Research in Educational Sciences, 2.

13. Tursunboyeva, L. T., & Ashirova, M. F. (2021). Positive teacher-student relations. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

14. Насирова, Б. Т., & Халалов, З. А. (2021). Изучение иноязычных слов латинского происхождения на занятиях по русскому языку в высших учебных заведениях. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

15. Тураев, А. И., & Ёкубов, И. К. (2021). Эффективные приёмы обучения чтению на уроках английского языка. Academic Research in Educational Sciences, 2.

16. Aliyeva, S. B., & Achilov, O. Q. (2021). Xorijiy tillarni o'qitishning samarali usullari (nemis va ispan tillari misolida). Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

17. Abdurashitovna, A. S. (2020). The influence of motivation in the foreign language learning process. Наука и образование сегодня, (6-2 (53)), 37-38.

18. Норбоева, Ф. Р. (2020). Процесс преподавания иностранного языка в неязыковом вузе. Интернаука, 20(149 часть 2), 74.

19. Suyunovna, M. S. (2020). Interactive teaching methods in the process of foreign language communicative competence development. Наука и образование сегодня, (6-2 (53)), 35-36.

20. Akhmedovna, A. M., Olimjonovna, A. K., & Khamidovna, D. K. (2020). Enhancing student's writing through pre-writing activities. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 3118-3130.

21. GAZIEV, S. (2020). Improving the speed-strength preparedness of sambo wrestlers at the stage of sports improvement. Фан^портга, (1), 56-60.

22. Tashkenbayevna, S. K., Rozikovich, S. I., Vladimirovna, L. L., Sotivoldiyevich, O. M., Mukhammadjonovich, B. A., Omonboyevich, A. B., & Valikhojayevich, S. Z. (2020). Pedagogical technologies and interactive methods as a factor of increasing special knowledge of students. Journal of Critical Reviews, 7(6), 42-46.

23. Roziqovich, S. I. (2019). Functional training level of runners student-athletes sprinters. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

24. Солиев, И. Р. (2018). К,иска масофаларга югуришда спортчиларни техник тайёргарлик даврида старт реакцияларини такомиллаштиришни тахлил килиш. Фан-Спортга, (2), 56-61.

25. АРСЛАНОВ, Ш. А., АДИЛОВ, С. К., ЛЮЛИНА, Е. С., & ТАШМАТОВ, А. Р. (2021). Эффективность применения педагогической технологии совершенствования координационных способностей дзюдоистов 13-14 лет. Fan - sportga, 51-53.

26. СОЛИЕВ, И. Р. (2021). Токио (япония) шахрида булиб утган xxxii олимпия уйинларида спортнинг енгил атлетика тури буйича утказилган мусобакаларнинг тахлили. Fan - sportga, 13-15.

27. Rabidjanovna, S. S., & Mirabidovna, M. H. (2021). Methods of resolution of conflict in the pedagogical process. Middle European Scientific Bulletin, 11.

28. Rabidjanovna, S. S., & Bakhtiyarovich, T. S. (2021). Technology for the development of cognitive competence of students in the information and educational environment. Middle European Scientific Bulletin, 11.

29. Rabidjanovna, S. S., & Aburakhmatovich, E. K. (2021). Development trends in the subject of pedagogy and the education system. Middle European Scientific Bulletin, 11.

30. Самарова, Ш. Р., & Расулова, Г. А. (2019). Развитие и поддержка интеллектуальных способностей одаренных детей в процессе обучения. Вестник науки и образования, (4-2 (58)).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.