Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA 2017-2020 YILLARDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT SOHASIDA YANGI ME'YORIY-HUQUQIY TIZIMNING YO'LGA QO'YILISHI'

O'ZBEKISTONDA 2017-2020 YILLARDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT SOHASIDA YANGI ME'YORIY-HUQUQIY TIZIMNING YO'LGA QO'YILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

996
172
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"Yangi O‟zbekiston" / "Harakatlar strategiyasi" / jismoniy madaniyat va sport / Sog‟lom avlod / Ommaviy sport / "Umid nihollari" / "Barkamol avlod" / "Universiada" / Olimpiada / sog‟lom turmush tarzi / sport seleksiyasi / 5 ta muhim tashabbus / "New Uzbekistan" / "Action Strategy" / Physical Culture and Sports / Healthy Generation / Mass Sports / "Umid Nihollari" / "Harmonious Generation" / "Universiade" / Olympics / Healthy Living style / sports selection / 5 important initiatives.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Baxtiyor Safarovich Nazirov

O‟zbekiston Respublikasi mustaqillik yillari jismoniy madaniyat va sport sohasi orqali mamlakatni har tamonlama rivojlantirishning hozirgi kundagi ustuvor masalasi bo‟yicha so‟nggi to‟rt yilda yutimizda bu borada qator me‟yoriy huquqiyme‟yoriy normativ hujjatlar qabul qilinishi va undan ko‟zlangan maqsadlar chuqur tahlil etilib ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ESTABLISHMENT OF A NEW LEGAL SYSTEM IN THE FIELD OF PHYSICAL CULTURE AND SPORTS IN UZBEKISTAN IN 2017-2020

During the last four years of independence, the Republic of Uzbekistan has adopted a number of normative legal acts on the current priority of comprehensive development of the country through physical culture and sports. The goals are analyzed in depth and revealed

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA 2017-2020 YILLARDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT SOHASIDA YANGI ME'YORIY-HUQUQIY TIZIMNING YO'LGA QO'YILISHI»

O'ZBEKISTONDA 2017-2020 YILLARDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT SOHASIDA YANGI ME'YORIY-HUQUQIY TIZIMNING YO'LGA

QO'YILISHI

Baxtiyor Safarovich Nazirov

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi baxtnazir-1 @mail .ru

ANNOTATSIYA

O'zbekiston Respublikasi mustaqillik yillari jismoniy madaniyat va sport sohasi orqali mamlakatni har tamonlama rivojlantirishning hozirgi kundagi ustuvor masalasi bo'yicha so'nggi to'rt yilda yutimizda bu borada qator me'yoriy huquqiy-me'yoriy normativ hujjatlar qabul qilinishi va undan ko'zlangan maqsadlar chuqur tahlil etilib ochib berilgan.

Kalit so'zlar: "Yangi O'zbekiston", "Harakatlar strategiyasi", jismoniy madaniyat va sport, Sog'lom avlod, Ommaviy sport, "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada", Olimpiada, sog'lom turmush tarzi, sport seleksiyasi, 5 ta muhim tashabbus.

ESTABLISHMENT OF A NEW LEGAL SYSTEM IN THE FIELD OF PHYSICAL CULTURE AND SPORTS IN UZBEKISTAN IN 2017-2020

ABSTRACT

During the last four years of independence, the Republic of Uzbekistan has adopted a number of normative legal acts on the current priority of comprehensive development of the country through physical culture and sports. The goals are analyzed in depth and revealed.

Keywords: "New Uzbekistan", "Action Strategy", Physical Culture and Sports, Healthy Generation, Mass Sports, "Umid Nihollari", "Harmonious Generation", "Universiade", Olympics, Healthy Living style, sports selection, 5 important initiatives.

KIRISH

Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar bo'yicha jiddiy islohotlarni o'tkazish jismoniy tarbiya va sport sohasida tarixiy ahamiyat kasb etuvchi yangi yo'nalishlar yuzaga keldi. Aholining

salomatligini yaxshilash, o'quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash, iqtidorli sportchilarning mahoratini davr talablari hamda xalqaro andozalar asosida takomillashtirib borish, shuningdek mehnatkash omma, ziyolilarning ish qobiliyatlarini va mehnat unumdorligini oshirish, eng muhimi esa, sog'lom turmush tarzi orqali umrni uzaytirishga, sog'lom avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor kuchaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bu yo'lda Respublika birinchi Prezidenti I. Karimovning hissasi g'oyat yuksakdir. "O'zining salomatligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog'liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko'magida singdirish kerak"[2], - degan o'ta chuqur mazmunli mantiqiy da'vati e'tiborga molikdir.

Respublika sport tashkilotlari va uyushmalarining tashabbusi bilan sobiq Ittifoq respublikalar orasida birinchilardan bo'lib "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida" 1992 yil yanvarda qonun qabul qilinib, 2000 yil mayda qayta ishlab chiqildi va Oliy Majlisda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.[6] Mazkur qonun jismoniy madaniyat va sport harakati maqomini kafolatlash bilan bir qatorda, davlat va nodavlat idoralar, jamoatchi tashkilotlar, ayniqsa sport tashkilotlari, uyushmalari, o'quv yurtlariga ega bo'lgan vazirliklar oldiga ulkan vazifalar, mas'uliyatlarni yukladi.

Jismoniy tarbiya, sport, sayoxat (turizm) va xalq milliy o'yinlarining ijtimoiy -tarbiyaviy, madaniy va tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda ularni ommalashtirish, yangidan sport inshoatlarini qurish, zarur shart -sharoitlar yaratishga jiddiy ravishda kirishildi. Aholining barcha qatlamlari va toifalarida jismoniy tarbiya va sportni keng yoyish, futbol, kurash, tennis va boshqa sport turlarini rivojlantirishda milliy o'yinlarga ham alohida diqqat jalb etildi. Bu yo'lda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining futbolni rivojlantirish, kurash va boshqa sport turlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator qarorlari muhim ahamiyat kasb etadi[7].

Respublika hukumatining «O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori jismoniy madaniyat va sport harakatining tayanch dasturi sifatida tarixiy jihatdan o'ziga xos o'ringa ega bo'ldi.[8]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Takidlash lozimki, barcha turdagi o'quv yurtlarida davlat ta'limi tizimi asosida jismoniy tarbiya dars sifatida o'tkazilmoqda. Darsdan tashqari, sport to'garaklari

mashg'ulotlari, xilma-xil sport musobaqalari o'tkazilib, ularning negizida kasb -hunarga tayyorlanishda jismoniy barkamollikning mazmun va mohiyat jihatdan ustuvor ekanligi aniqdir. Shu sababdan ta'limning uzluksizligi bilan bevosita bog'liq bo'lgan «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» kabi nufuzli ko'p bosqichli sport musobaqalari an'anaga aylandi. Eng muhim tomonlardan biri shuki, bolalar sportini rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari o'quvchi yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirish, iqtidorli bolalarni tanlash, sinov-tajribalardan o'tkazish, ularni yetuk sportchi qilib tarbiyalashga jiddiy e'tibor kuchaymoqda. Ularning kelajakda Xalqaro sport musobaqalarida mamlakatimiz sharafini himoya qilish, uni yanada yuksak cho'qqilarga olib chiqishlari aniq maqsadlar qilib qo'yilmoqda.[5]

Hozirda dunyo davlatlari o'rtasidagi o'zaro raqobat, kuch-kudratini namoyon etish sport va intelektual imkoniyatlarni namoyish etishda ifodalanmoqda. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: "Sport - tinchlik elchisidir. Bizning maqsadimiz ham tinchlik, osoyishtalik va shu asosda jahon ahli bilan hamkorlik qilish.

Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi"[3]. Darhaqiqat, mamlakatimiz sportchilari Markaziy Osiyo va Osiyo o'yinlari, turli xalqaro turnirlar, jahon birinchiligi va Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyat bilan ishtirok etib, egallagan sovrinli o'rinlari uchun O'zbekistonning xalqaro nufuzi oshmoqda. Sportdagi bu yutuqlar xalqimizning o'zligini anglash, birdamlik va vatanparvarlik hissiyotlarini o'sishiga sabab bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasida keyingi to'rt yil mamlakatimiz va xalqimiz uchun hech bir mubolag'asiz sifat jihatidan tub o'zgarishlar va jadal taraqqiyot davri bormoqda. Yurtimizning barcha hududlari misli ko'rilmagan qurilish maydoniga aylangan - eng yangi texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar, ko'rkam, barcha qulayliklar muhayyo qilingan turar joylar, keng va ravon ko'chalar barpo etilmoqda.

Xalqimiz hayoti tubdan yaxshilanib, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolat qaror topmoqda.Jahonga bu o'zgarish va yangilanishlar natijasida mamlakatimiz ijobiy tomonga jiddiy o'zgarayotganining e'tirofi sifatida "Yangi O'zbekiston" ifodasini muomalaga kiritdi. Ushbu o'tgan to'rt yil davomida jismoniy madaniyat va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni ta'minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun

qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish, mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo'lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog'lom avlodni shakllantirish maqsadida so'nggi to'rt yil davomida jismoniy madaniyat va sport sohasiga doir quyidagi yangi me'yoriy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, jumladan:

■ O'zbekiston Respublikasida 2017 yil 7 fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947 sonli Farmoni,

■ 2017 yil 3 iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3031 sonli qarori,

■ 2017 yil 10 avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3197 sonli Qarori,

■ 2018 yil 5 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5368 sonli Farmoni,

■ 2018 yil 5 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" gi PQ-3583 sonli qarori,

■ 2018 yil 25 oktabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'quvchi va talaba yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 864-sonli qarori,

■ 2019 yil 13 fevralda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2019-2023 yillar davrida O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi 118-sonli qarori,

■ 2020 yil 24 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5924 sonli Farmoni,

■ "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish" KONSEPSIYASI qabul qilindi.

Yuqorida qabul qilingan jismoniy tarbiya va sport sohasiga doir yangi me'yoriy normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi va ularning ijrosi bilan bog'liq mamlakat aholisining barcha qatlamlari, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-

sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga ega bo'lgan ishonchini mustahkamlash, mardlik, vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, yurtimiz vakillarining Olimpiada o'yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o'yinlari va chempionatlari va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani jahonda O'zbekistonning obro'sini yanada yuksaltirishga, jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlarning amalga oshirilayotganligi yurtimizning har bir fuqarosi uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, bugun "Yangi O'zbekistonda" jismoniy madaniyat va sportga berilayotgan e'tibor, yoshlarimizni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, bularning barchasi yoshlarimizning ma'naviy yetuk, jismonan sog'lom bo'lib voyaga etishlari, har-xil yot g'oyalarga berilmasliklari, qolaversa dunyoda o'zbek bayrog'ini yuqoriga ko'tarilishiga xizmat qilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida xalqimizning ulug'vor qudrati jo'sh urgan hozirgi zamonda O'zbekistonda yangi bir uyg'onish - Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotganini ta'kidladi. O'zbekistondagi Uchinchi Renessans jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishga ham yo'naltirilganligi ushbu "hayotiy qobiliyat" ni oshirish maqsadi ko'zlanganligi bilan izohlanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham "Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat beramiz" deb alohida ta'kidlagani bejiz emas.[1]

2019 yil 19 mart sanasida O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi ikkinchisi yoshlarni jismoniy chinqitirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilganligi buning amaliy isbotidir. Bu jamiyatda sog'lom turmush tarzini - jismoniy faollik, badantarbiya mashqlari, sport bilan muntazam shug'ullanish qaror topishining asosidir.

"Yangi O'zbekiston" sportchilari mamlakatimizda Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratishga o'zlarining munosib hissalarini qo'shishlari

shubhasizdir.Yuqoridagilar ayni paytda "Yangi O'zbekistonda" jismoniy madaniyat va sport sohasida davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biriga aylangani va bu sohada yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Хайдаров, М., Алламуратов, М., & Хайруллаева, Н. (2021). Сравнительная оценка физического состояния подростков 11-16 лет с нарушением интеллекта. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

2. Сафарова, Д. Д., Пулатова, М. Д., & Султанова, Ю. А. (2017). Взаимоотношения показателей гемодинамики с проявлением физической работоспособности у спортсменок-дзюдоисток. Наука и спорт: современные тенденции, 14(1).

3. Пулатова, М. Д. (2020). Применение восстановительных комплексов после травматических повреждений квалифицированных борцов. Интернаука, (8-1), 22-23.

4. Шукурова, С. С., Пулатова, М. Д., & Серебряков, В. В. (2021). Изменения показателей макроэлементов в крови у футболистов после физической нагрузки. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

5. Шукурова, С. С., Сейдалиева, Л. Д., & Шарипова, С. Н. (2021). Анализ гемодинамики игроков во время тренировочного процесса. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

6. Кутлимуратов, И. Х. (2021). Футболчиларнинг турли йуналишлардаги тупни ошириб бериш хдракатларини урганиш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

7. Nazirov, B. S. (2020). Master who devoted his life to sports. Theoretical & Applied Science, (6), 78-82.

8. Алиев, И. Б. (2020). Курашчиларнинг мусобака олди тайёргарлик боскичларидаги толикиш белгиларини турли х, ажмдаги таъсирига караб юкламаларни таксимлаш. Фан-спортга,(2), 42-45.

9. GAZIEV, S. (2020). Improving the speed-strength preparedness of sambo wrestlers at the stage of sports improvement. Фан^портга, (1), 56-60.

10. Bakhtiyorovich, O. B. Improvement of methodology of development of technical and tactical methods with rapid power of belbog wrestlers.

11. Madraimov, H. K., & Aliyev, I. B. (2020). Distribution of training loads, taking into account the pre-competition training of freestyle wrestlers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(9), 348-351.

12. Назаров, Н. Н., & Юсупов, Н. М. (2012). Философские особенности и развитие футбола в республике узбекистан. Педагогические науки, (3), 93-96.

13. НАЗАРОВ, Н. (2020). Мутафаккирлар илмий меросларидан фойдаланган хрлда спортчи ёшларнинг ахлокий ва эстетик карашларини шакллантириш. Фан^портга, (3), 38-41.

14. Egamberdiyev, I. O. (2021). Unconventional development of balance on land in young kayakers. Academic research in educational sciences, 2(2).

15. Geyger, A. I. (2021). Immunity of swimmers in the conditions of modern training. Academic research in educational sciences, 2(2).

15. Собирова, Ш. У. (2019). Использование рекламных текстов в обучении иностранному языку. Молодой ученый, (18), 48-50.

17. Норбоева, Ф. Р. (2020). Перевод маркетинговых терминов в сфере спорта с английского языка на русский. Интернаука, (26-2), 27-28.

18. Норбоева, Ф. Р. (2020). Процесс преподавания иностранного языка в неязыковом вузе. Интернаука, 20(149 часть 2), 74.

19. Rakhmatullayevna, N. F. (2020). The role of modern pedagogical technologies in the education system. Наука и образование сегодня, (6-2 (53)).

20. Avlaev, O., & Maripov, E. (2020). The problem of emotional situations like childhood, anxiety and fear. SAARJ Journal on Banking & Insurance Research (SJBIR), 9(3), 24-28.

21. Xolisov, B. A. (2017). Yangi iqtisodiy siyosatning turkiston xalq xo'jaligiga ta'siri. УзМУ хабарлари, 129-132.

22. Jurayev, I. B. (2021). Futzal hakamlarining jismoniy tayyorgarlilarini yaxshilash hamda mavsumiy topshiriladigan fifa fitness testiga tayyorlash. Internauka, 4(180), 75-77.

23. Mengliboyev, A. X. (2020). Tarixiy shaxslarning milliy manfaatlar uchun kurashi tarixidan. Утмишга назар, 215-219.

24. Xojiyev, S. S. (2021). Yosh xokkey darvozabonlarining shaybani to'sish harakatlari samaradorligini oshirish. Internauka, 5(181), 99-101.

25. Шукуров, М. Н. (2021). Курашшиларнинг организмига кластерланган махсус тайерлов техник машкларининг таъсири. Наманган Давлат Илмий Ахборотномаси, 366-369.

26. Ёкубова, Д. Т. (2020). Сурхондарё вилоятида ингичка толали пахтадан юкори хрсил олиш агротехникасининг ривожланишида м.с. истоминнинг фаолияти. Хоразм маъмун академияси ахборотномаси, 120-123.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.