Научная статья на тему 'QADRINI YO‘QOTAYOTGAN QADRIYATLAR!'

QADRINI YO‘QOTAYOTGAN QADRIYATLAR! Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
766
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bolalar folklori / xalq o‘yinlari / bolalar qo‘shiqlari / xalq og‘zaki ijodi. / Children’s folklore / folk dances / children’s songs / folklore.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Ismonova, Yorqinoy Abdumutalib Qizi

Maqolada bolalar folklori xalq og‘zaki ijodining muhim tarkibiy qismi sifatida ekanligi, uning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bir qator turlari, xususan, bolalar o‘yinlari va qo‘shiqlarining bolalar hayotidagi o‘rni va bugungi kundagi ahamiyati haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LOSING VALUES!

The article discusses the fact that children's folklore is an important part of folklore, its peculiarities, as well as a number of types, in particular, the role of children's games and songs in children's lives and their importance today

Текст научной работы на тему «QADRINI YO‘QOTAYOTGAN QADRIYATLAR!»

Scientific Journal Impact Factor

QADRINI YO'QOTAYOTGAN QADRIYATLAR!

Ismonova Yorqinoy Abdumutalib qizi

[email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada bolalar folklori xalq og 'zaki ijodining muhim tarkibiy qismi sifatida ekanligi, uning o 'ziga xos jihatlari, shuningdek, bir qator turlari, xususan, bolalar o 'yinlari va qo 'shiqlarining bolalar hayotidagi o 'rni va bugungi kundagi ahamiyati haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: Bolalar folklori, xalq o'yinlari,bolalar qo'shiqlari, xalq og'zaki

ijodi.

The article discusses the fact that children's folklore is an important part of folklore, its peculiarities, as well as a number of types, in particular, the role of children's games and songs in children's lives and their importance today Key words: Children's folklorefolk dances children's songs, folklore.

O'zbek xalqining jahon xalqlari orasida tutgan o'rni, insoniyat tamaddunlariga qo'shgan munosib hissasi, avvalo, xalq og'zaki ijodi namunalari misolida yaqqol ko'rinadi. Xalq ijodi, xususan, og'zaki ijod namunalari yurtboshimiz aytganlaridek, ajdodlarimiz tafakkuri va dahosini namoyon etuvchi ma'naviy xazina hisoblanadi. Bu xazina boyliklarini yosh avlodning ma'nan kamolot topishi yo'lida xizmat qildirish soha xodimlarining asosiy vazifalaridan biridir. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqaro baxshichilik festivali ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta'kidlaganidek, ''Tengsiz ma'naviy boyligimiz bo'lmish mumtoz san'atni, xalq og'zaki ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg'or fikrli olimlar va san'atkorlarning, davlat va jamiyat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir,,.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Biron bir kasb egasi yo'qki, u ustoz ko'rib kamolga yetmagan bo'lsa. Inson zoti borki, oddiy ustadan tortib, taniqli olimgacha, kimnidir o'ziga ustoz deb biladi. O'zbek xalqining o'tkan ajdodlari tomonidan yaratilib meros bo'lib qolgan madaniy boyliklari xazinasiga xalq orasidagi ustoz-shogird an'analarini ham kiritish mumkin. Bu nodir an'ana mamlakatni yuksaltirishda beqiyos o'rin tutadi. Xalqimizda ustoz va

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

shogirdlik odobi, qadriyati, muloqot shartlari o'ziga xos yozilmagan qonunlar shaklida million yillardan buyon yashab, kamolga yetib, rivojlanib kelmoqda. Mustaqillik sharofati tufayli ustoz-shogird an'analarini yana-da rivojlantirishning asosiy vazifalardan biri mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishga asos bo'ladigan yangi ta'lim tizimining tashkil etilishidir. 1997-yil 29-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi uni amalga oshirish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.

O'zbek folklorini yozib olish, nashr qilish, tadqiq etish ishlari o'tgan asr avvallaridan boshlangan bo'lsa-da, xalq og'zaki ijodini chinakam, har tomonlama o'rganish, mukammal nashrlarini amalga oshirish, ularning tariximiz va bugungi kunimizdagi ahamiyatini ko'rsatish, anglab yetish bevosita mustaqillik sharofati bilan ro'y berdi. Foklor turli davrlarda turlicha o'rganilgan, turlicha yondoshuvlar bo'lgan, biroq mustqillikdan keyin u tom ma'noda yangicha mazmun va mohiyat kasb etdi.

Xalq og'zaki ijodi namunalarini kelgusi avlodga yetkazishdek buyuk vazifa ham albatta, ustoz-shogird an'analari orqali amalga oshiriladi. Buning uchun esa mamlakatimizda ko'plab dostonchilik maktablari tashkil etilgan bo'lib, ularning eng yiriklari Bulung'ur, Narpay, Qo'rg'on, Xorazm, Shaxrizabz, Sherobod kabi baxshichilik san'ati markazlaridir. Ushbu maktablar ko'plab istedodli baxshilarni birlashtirgan va xalqqa namoyon qilgan. Jumladan, Abdukarim Juyruq, Mulla Xolnazar o'g'li, Bozor Sherqul o'g'li, Hazratqul baxshi Xudoyberdiyev kabilar.

Bola dunyoga kelganidan to ulg'aygunga qadar uning yoshi, jismoniy quvvati, qiziqishiga qarab turli xil mashg'ulotlar bilan band bo'ladi. Bular, asosan, bolalar o'yinlari hisoblanadi. Bolalar kichik yosh paytidanoq turli o'yinlarga ko'nikma hosil qiladilar va bundan o'zlariga estetik zavq oladilar, natijada ham ma'naviy, ham jismoniy kamolotga erishadilar. Bu masalada, ayniqsa, xalq og'zaki badiiy ijodining ahamiyati salmoqli. Ular orasida bevosita farzandlar ma'naviyatiga daxldori hisoblangan bir janr borki, u jismoniy tarbiyaga uyg'unligi bilan ham doimo e'tiborli bo'lib kelgan. Bu - bolalar folklori. Xo'sh, uning ma'naviy va jismoniy bo'linishlarini qay yo'nalishlar farqlab turadi. Masalan, allayu ertaklar bolalarning ma'naviy dunyosini boyitsa, bekinmachoq, chillak, varrak uchirish kabi o'yinlar ularning jismonan chiniqishlariga sabab bo'lgan. Chunki milliy xalq o'yinlarini bajarish chog'ida bolalar harakatida ijobiy va ma'naviy fazilatlar: hamjihatlik, intizomlik, mehribonlik, kamtarinlik, halollik, hamkorlik, odillik, do'stlik tuyg'usi, zamon bilan hamnafas bo'lib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni mas'uliyat bilan bajarish shuningdek, qat'iylik, o'z kuchiga ishonch va qiyinchiliklarni sobitlik bilan

Scientific Journal Impact Factor

yengish kabilar shakllana boshlaydi. Qolaversa, ular yosh avlodning xalq rasm-rusumlari va og'zaki ijodi og'ushida ulg'ayishlariga ham munosib hissa qo'shgan. Buni juda yaxshi tushungan ota-bobolarimiz esa ularni hatto zamon pedagogikasi talablari asosida asarlar shakliga keltirib nashr etishgan. Xususan, bolalar uchun yaratilgan bunday asarlarning tili sodda, mazmuni esa esda qolarli bo'lishiga alohida e'tibor qaratishgan. Shuningdek, mazkur kitoblar, albatta, tarbiyaga ahamiyat qaratgani holda, bolalarda xalqiga, vatani, qadriyati va ajdodlariga nisbatan hurmat ruhini shakllantirish uchun ham xizmat qilgan.

O'yinlar xalq bilim va tajribasining bitmas-tuganmas xazinasidir. Bu xazinaning saqlovchilari esa bolalarning o'zlari. Chunki o'yinlarga qiziquvchilar va uni sevib o'ynovchilar asosan bolalar hisoblanadi. Biz kattalar esa bolajonlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash, ota-bobolarimizdan qolgan an'analarimizni kelgusi avlodga ham bus butun yetkazishdek muhim vazifaga ma'suliyat bilan yondoshmog'imiz darkor.

Qadim-qadimdan bolalar tomonidan sevib o'ynab kelingan milliy o'yinlarimiz talaygina. Shular jumlasiga quyidagilarni ham kiritishimiz mumkin: "Quvlashmachoq", "Bekinmachoq", "Kun va tun", "Yong'oq o'yini", "Eshak mindi", "Xo'rozlar jangi", "Arqon sakrash", "Kim oladi", "Oq terakmi, ko'k terak", "Paxmoq kuchuk", "G'ozlar, g'ozlar", "Oq quyonim", "Besh tosh", "Lanka", "Qirq tosh", "Soqqa", "Varrak", "Yomg'ir yog'aloq", "Chillak", "Topishmachoq top", "Tez ayt", "Xola-xola", "Quloq cho'zma", "Durra", "Chori-chambar" kabilar. Lekin, afsuski, bugungi kunda ushbu o'yinlar o'z ahamiyatini yo'qotib, asta-sekin unutilib bormoqda. Buning asosiy sababi esa hozirgi zamon bolalarining qiziqishlarini ko'proq telefon, internet va kompyuter o'yinlari egallaganligidir.

Bolalar o'yinlari ijod etilibdiki, uning ajralmas detallaridan biri sifatida e'tirof etish mumkin bo'lgan sanamalar ham paydo bo'lgan. O'yinlarning deyarli barchasida bolalar ijodida alohida janr sifatida o'z takomiliga erishgan sanamalar ijrosi kuzatiladi. Sanamalar - keng tarqalgan o'yin boshi badihalari bo'lib, o'yin boshlanishi oldidan navbatda turuvchini hamda galda qoluvchini belgilash vazifasini bajaradi. "Sariq chumchuq", "Misha ko'chaga chiqdi", "Devor tagida tipratikon",

"Yuzga kirgan oppoq qiz", "Lagan-lagan", "Adinam-badinam", "Bir qop, ikki qop...", "Itti-bitti...", "Nemis chiqdi o'rmondan...", "Osmondan pichoq tushdi...", "Harbiy to'n" kabi sanamalardan bolalar turli o'yinlarda foydalanganlar. Sanama ko'pincha "Quvlashmachoq" va "Bekinmachoq" kabi o'yinlar uchun aytiladi. Negaki, bu o'yinlarda bir bola navbatchi bo'lishi talab etiladi. "Quvlashmachoq"da navbatchi bola qochgan bolalarning ketidan quvib, birortasini

Scientific Journal Impact Factor

ushlamagunga qadar, "Bekinmachoq"da esa bolalar to pana-pastqamga yashirinib ulgurguncha ko'zini berkitib poyloqchi bo'lib turadi, so'ngra ularni izlab, qaysi birinidir topmaguncha o'yin davom etadi. Ma'lum muddat bo'lsa-da, o'yinda navbatchilik qilish barchaga birdek ma'qul kelavermaydi. Shu sababli bunday o'yinlar jarayonida sanama aytish an'anasi kelib chiqqan.

Bolalarning so'z bilan bog'liq ma'naviy o'yinlari qatorida ko'pincha uxlashdan yoki dars qilishni boshlashdan oldin shovqinni to'xtatish, jimjitlik va osudalikni ta'minlash maqsadida tashkil qilinadigan "Guldur-gup" o'yinining o'z o'rni bor. Bu o'yin matni yo o'yin onaboshisi tomonidan, yo barcha bolalarning jo'rligida baravariga baland ovozda aytiladi. Uning bir variantida shunday deyiladi:

Shu gap aytilgach, bolalar og'izlarini berkitib oladilar va gapirmay o'tiradilar. Agar kim birinchi bo'lib og'zini ochib yoki gapirib yuborsa, o'yinda yutqazgan hisoblanadi va qolgan ishtirokchilar tomonidan qo'yilgan talablarni bajarishi kerak bo'ladi. "Guldur-gup"larning barchasida uchraydigan asosiy shart - gapirmay turish. Uning Namangan viloyati variantida ko'pincha "G'uldur-g'ulup" tarzida talaffuz etilgani kuzatildi. Folklorshunos H. Ro'zmetov Xorazmda "Jildir-jip" deya nomlanishini ta'kidlaydi. Mazkur o'yin turi ayrim hududlarda "Og'iz berkitar" deb nomlanadi. G'. Jahongirov uning nomini "Dim-dim" hamda "Og'iz boylash" tarzida ham ko'rsatib o'tgan va o'yinda cheklashmachoq vazifasini bajaruvchi o'yin sifatida tavsiflagan.

"Chandishlar" - bolalar ma'naviy o'yinlaridan biri. U ikki bolaning dialogi ko'rinishidagi aytishuv aytimlari bo'lganligidan bolalar orasida "aytishmalar" yoki "aytishuvlar" deb ham yuritiladi. O'zbek folklorshunosligida ularni alohida janr sifatida tan olib, ilmiy izohlagan O. Safarov bo'lsa-da, "chandish" atamasini ilk marta qo'llab, uni iste'molga kiritgan H. Razzoqovdir.

"Chandishlar" bir bolaning boshqa bir bolani o'yin obyektiga aylantirib, uni ermak qilish hisobiga o'zini xursand qilishga qaratilgan beozor hazilli so'z o'yinidir. O. Safarov ham chandishlarda so'z harakatni boshqarishini aytib, "Sutmi, qaymoq?", "Bobongni ko'rsataymi?", "Kulchangni tayloqcha qilib beraymi?" o'yinlarini bu jihatdan tahlilga tortgan.

Bolalarning eng sevimli va taassurotlarga boy bo'lgan fasllari bu - bahor fasli hisoblanadi. Har qanday kishi o'z bolaligini yodga olar ekan, eng avvalo, bolalik

G 'uldur-g'ulup, Og 'zim qulup"

Scientific Journal Impact Factor

davrining aynan mana shu fasllari ko'z oldida namoyon bo'ladi, chunki sovuq qishda uydan chiqmay diqqinafas bo'lgan bolalar go'yo o'zlarini ozodlikka chiqqanday his etadilar. Shu sabab bo'lsa kerak, ko'klam bolalar hayotida alohida ahamiyat kasb etuvchi mavsum sanaladi. Bolalar og'zaki ijodini kuzatar ekanmiz, ularning bahor mavsumining o'zida iste'molda bo'ladigan "Boychechak xabari", "Bo'ka-bo'kaboy", "Varrak uchirish", "Xon va jon", "Kamaldak (kamalak, kamon) otish", "Chuchvara qaynaydi", "Chittigul", "Lola-lola" kabi ko'pgina o'yinlari va o'yin qo'shiqlari mavjud.

Halinchak uchish ham bolalarning bahorgi o'yin-qo'shiqlaridan biridir. Xalqimizda "Halinchak uchgan kishining gunohlari to'kiladi" degan qarash mavjud. Bu ma'lumot O. Safarov tomonidan yozilgan "O'zbek bolalar folklori" kitobida ham qayd etilgan. Shu tufayli ba'zan katta yoshli kishilarning ham halinchakka o'tirib tebranishayotganining guvohi bo'lish mumkin.

Axborot asri rivojlanib borgani sari, yosh avlod zamon bilan hamnafas qadam tashlamoqda. Bu albatta, yaxshi lekin afsuski milliy qadriyatlarimiz, ota-bobolarimizdan qolgan xalq og'zaki ijodi, ayniqsa, bolalar folklori namunalari, turli qo'shiq va aytimlar, o'yinlar, marosimlar asta-sekin unutilib bormoqda. Bunga esa asosiy sabab xalq qo'shiqlari, o'yinlar-u aytimlarning e'tibordan chetda qolib ketayotganligi, hozirgi zamon bolalarining ko'p vaqti internet klublari yoki kompyuter o'yinlariga sarflanayotgani, shuningdek, ota-onalar ham bunga befarq qarayotganligidir. Tan olish kerakki, hozirgi ota-onalar farzandlari bilan ko'p vaqt o'tkazmaydi. Aksincha, qo'liga telefon tutqazib, bolani undagi o'yinlar, turli hil videolar bilan ovutishga urinadi. Bola esa go'daklik chog'idan virtual olam "asiri"ga aylanib boradi. Vaholanki, virtual olamga tez-tez cho'mish bolaning tengdoshlari bilan muloqotni cheklaydi, uning haqiqiy hayotda, bolalikda yashashiga to'sqinlik qiladi va sekin asta asabiy va tajovuzkor bo'lib qolishiga olib keladi. Milliy o'yinlar bilan shug'ullanish jarayonida esa mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur bo'lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Xalqimiz merosi bo'lgan milliy o'yinlarimizni o'ynab, qadryatlar ruhida ulg'aygan bola ham ruhan ham jismonan sog'lom bo'lib ulg'ayadi. Zero, sog'lom bola - sog'lom kelajak poydevoridir.

REFERENCES

1. Sultanova, U. M. (2020). YOSH AVLOD TARBIYASIDA MILLIY QADRYATLARNING O 'RNI. Science and Education, 1(7).

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

2. Шайзаков, Г. (2021). Children's folklore as a basis of teaching to read and analysis text. Общество и инновации, 2(3/S), 393-401.

3. Чориева, Ф. А. (2016). УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ИГРЫ В ВОСПИТАНИИ ПАТРИОТИЗМА. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (6), 64-65.

4. Jahongirov, G. (1975). Ozbek bolalar folklori. Toshkent: O 'qituvchi, 64-88.

5. KARKINLI, R. (2017). OZBEKLERDE QOCUK OYUN-OYUNCAK KULTURU VE QOCUK OYUNLARI UZERiNE BiR TASNiF DENEMESi. Electronic Turkish Studies, 12(22).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.