Научная статья на тему 'Maktabgacha yosh davridagi bolalarda milliy xususiyatlarni shakllantirish yo’llari'

Maktabgacha yosh davridagi bolalarda milliy xususiyatlarni shakllantirish yo’llari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2297
219
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
bola / milliy xususiyat / oyin / maktabgacha yosh davri / psixokorreksiya / milliy o’z-o’zini anglash / Child / national characteristics / game / preschool age / psychocorrection / national self-consciousness.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nishanova Zamira Taskarayevna

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy xususiyatlarni shakllantirishda tarbiyachilar, psixologlar, ota-onalar foydalanishi mumkin bo’lgan o’yinlar keltirilgan. Har bir o’yinning maqsadi aniq ifodalangan hamda bolaning yoshiga mos ravishda tanlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS FOR FORMING NATIONAL FEATURES IN PRESCHOOL CHILDREN

The article presents the games that can be used by educators, parents and psychologists for forming national characteristics in preschool-aged children.The purpose of each game is clearly expressed and selected according to the age of a child.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha yosh davridagi bolalarda milliy xususiyatlarni shakllantirish yo’llari»

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARDA MILLIY XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI1

Nishanova Zamira Taskarayevna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy xususiyatlarni shakUantirisMa tarbiyachilar, psixologlar, ota-onalar foydalanishi mumkin bo 'lgan o'yinlar keltirilgan. Har bir o'yinning maqsadi aniq ifodalangan hamda bolaning yoshiga mos ravishda tanlangan.

Kalit so'zlar: bola, milliy xususiyat, oyin, maktabgacha yosh davri, psixokorreksiya, milliy o'z-o 'zini anglash.

СПОСОБЫ ФОРМИРОВАНИЯ НАЦИОНАЛЬНЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ У

ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Нишанова Замира Таскараевна Ташкентский государственный педагогический университет

Аннотация: В статье приведены игры которыми может пользоваться воспитатели, родители и психологи для формирования национальных особенностей у детей дошкольного возраста. Цель каждой игры ярко выражена и подобрана адекватно для этого возраста.

Ключевые слова: ребенок, национальная особенность, игра, дошкольный возраст, психокоррекция, национальное самосознание.

METHODS FOR FORMING NATIONAL FEATURES IN PRESCHOOL

CHILDREN

Nishanova Zamira Taskarayevna Tashkent state pedagogical university

Annotation: The article presents the games that can be used by educators, parents and psychologists for forming national characteristics in preschool-aged children.The purpose of each game is clearly expressed and selected according to the age of a child.

1 Maqola ПЗ - 20170923121 raqamli "Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish" nomli amaliy loyiha doirasida tayorlangan.

Keywords: Child, national characteristics, game, preschool age, psychocorrection, national self-consciousness.

Insonning psixik rivojlanishida, uning ijtimoiylashuvida maktabgacha yosh davri muhim o'rin tutadi. Sababi bola nutqining rivojlanishi, ijtimoiy normalarning egallanishi, rolli o'yinlarda aks etgan kattalarga taqliq shu davlarga xos xususiyatlar hisoblanib, bu orqali bola jamiyatga ijtimoiylashib boradi. Qator olimlarning ta'kidlashicha, bolalarning milliy an'analar, marosimlar, rasm-rusumlar, bayramlarda bevosita ishtirok etishi ularda ma'naviy-axloqiy sifatlar, milliy xarakterning shakllanishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shu nuqtai nazardan ularda milliy xususiyatlarni rivojlantirishda milliy an'analar aks etgan vaziyatlarni imitatsiya (ko'rsatib berish) qildirish samarali natija berishi mumkin [2 ], [ 4], [ 5].

Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy xususiyatlarni rivojlantirish maqsadida olib boriladigan korreksion ishlarda quyidagi holatlarni inobatga olish maqsadga muvofiq sanaladi [1]:

- korreksion ishlar mobaynida boladan o'z-o'zini yuqori darajada ixtiyoriy boshqarish talab etilmasligi kerak;

- maktabgacha yosh davrida ixtiyoriy diqqatning yetarli rivojlanmaganligini inobatga olib, shuningdek bolalardagi irodaviy va hissiy zo'riqishni oldini olish maqsadida korreksion tadbirlar ularda o'yin tariqasida o'tkazilishi maqsadga muvofiq.

Quyida maktabgacha yosh davrida milliy xususiyatlarni rivojlanishga yordam beruvchi o'yinlarni keltirib o'tamiz [3 ].

1-mashg'ulot.

"Syyujetli rasm " o 'yini

O'yin maqsadi: Bolalarda ijtimoiy xulq-atvor ko'nikmalarini shakllantirish, ularda axloqiy me'yorlar haqida tushuncha hosil qilish asosida milliy xususiyatlar bilan tanishtirish.

Bolalarga ijobiy va salbiy holatlar tasvirlangan bir necha kartochkalar ko'rsatiladi. Masalan, avtobusda mo'ysafidga joy berayotgan bola, kattalarga salom bermay, bepisand o'tib ketayotgan qiz, onasiga ko'maklashib, hovli supurayotgan farzand, ko'chada qo'lidagi qog'ozni yerga uloqtirib ketayotgan bola va hokazo. Bu kabi rasmlar bola bilan tahlil qilinib, qaysi xatti-harakat qanday baholanishi so'raladi.

"O 'rdak, o 'rdak, g 'oz " o'yini

O'yin maqsadi: Bolalarda shaxslararo munosabatlar jarayonidagi salomlashish odobi, so'rashish ko'nikmalarini shakllantirish.

O'yin ishtirokchilari doira bo'lib turadilar. Boshlovchi doira ichida turadi va doira bo'ylab aylanib, qoli bilan ko'rsatib "O'rdak, o'rdak, o'rdak, ... g'oz" deb to'xtaydi. "G'oz" deganda kimni ko'rsatgan bo'lsa, o'sha ishtirokchi aylanadan

chiqib, boshlovchiga qarama-qarshi tomonga yugurishi kerak. Ularning vazifalari -bo'sh joyni birinchi bo'lib egallashdan iborat. Ammo ahamiyatli tomoni shundaki, boshlovchi va "g'oz" ishtirokchi bir-biri bilan to'qnash kelganlarida, bir-birlariga tabassum qilgan holda qo'l berishlari va "Hayrli tong, hayrli kun, hayrli kech" deb ko'rishishlari, shundan so'nggina yana bo'sh o'rin uchun harakat qilishlari lozim bo'ladi. Boshlovchi barcha qatnashchilarning "g'oz" vazifasini bajarishlarini va ko'rishish jarayonida so'zlarni aniq hamda baland ovozda aytishlarini nazorat qilishi lozim.

"So 'zlarni tasvirla " mashqi

O'yin maqsadi: Ushbu o'yin bolalarda tafakkur, hayol jarayonlarini rivojlanishiga yordam berish bilan birga ularni milliy narsa-buyumlar bilan tanishtirishga yordam beradi.

Bolalarga do'ppi, chopon, childirma, karnay, beshik kabi milliy narsa-buyumlar tasviri ko'rsatiladi hamda ovoz chiqarmasdan imo-ishoralar orqali uni boshqa ishtirokchilarga tasvirlab berish aytiladi. Qolgan ishtirokchilar esa uni qanday predmet ekanligini topishlari talab etiladi. O'yin yakunida har bir predmet qanday vazifani bajarishi bolalar bilan tahlil qilinadi.

2-mashg 'ulot

Milliylik tilda aks etar ekan, yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash uchun eng avvalo uni o'z ona tilida erkin, tiniq va ravon so'zlashga o'rgatish lozim. Bolani dastavval o'z ona tilining go'zal va boy imkoniyatlari bilan tanishtirish, uni o'z ona tilida fikrini erkin, go'zal va ravon bayon eta oladigan darajaga yetkazish, shundan so'nggina xorijiy tillarni o'rgatishga kirishish kerak.

Quyida biz maktabgacha yosh davrida bolalarning nutq xususiyatlarini, so'z boyligini oshirishga yordam beruvchi mashqlarni keltirib o'tamiz.

"Ertak aytamiz " mashqi

Mashq maqsadi: o'zbek xalq ertagini birgalikda tahlil qilish orqali bolalarda nutq ko'nikmalarini shakllantirish.

Mashqning borishi: Bolaga tanish bo'lgan ertak, masalan, "Zumrad va qimmat" ertagi voqealari tasvirlangan syujetli rasmlar ko'rsatiladi. Bolalardan rasm aso sida ertakni so'zlab berish so'raladi. Ertakdagi ijobiy va salbiy qahramonlar bolalar bilan tahlil qilinadi.

"Rasmlardan kasblarni top " mashqi

Mashq maqsadi: Bolalarning nutq xususiyatlarini o'stirish, so'z boyliklarini oshirish, milliy tilda so'zlashish ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Mashg'ulot avvalida turli kasblar tasvirlangan kartochkalar ilib qo'yiladi. Ko'rsatma: bolajonlar, sizlarga hozir kasblar nomini aytib o'taman. Sizlar esa menga o'sha kasb tasvirlangan rasmni ko'rsatasiz. Muallim, farrosh, qandolatchi, tarbiyachi va hokazo.

Har bir kasb egalari nima ish bilan shug'ullanishi birgalikda tahlil qilinadi.

Odatda sozlashuv jarayonida kam qo'llaniladigan muallim, qandolatchi kabi so'zlarning mashg'ulot mobaynida ishlatilishi bolalarga nutqda so'zlarning sinonimlaridan ham erkin foydalana olishlariga, so'z boyligining oshishiga imkon beradi. "Muallim" so'zini tilga olganda, bu so'z "o'qituvchi" so'ziga ma'nodosh ekanligini bolalarga tushuntirib o'tish lozim.

"Rasmga qarab hikoya tuzing" mashqi

Mashq maqsadi. Bu metodikaning maqsadi bolalarning so'z boyligini o'rganishdan iborat. Ammo ushbu metodikani nafaqat psixodiagnostik, balki, psixokerreksion maqsadlarda ham qo'llash mumkin.

3-4 yoshli bolalarga shu yoshga xos rasmlar ko'rsatiladi. 4-5 yoshli bolalarga esa undan biroz murakkabroq rasm ko'rsatiladi. Agar bola tushunmasa yoki diqqati chalg'ib ketsa, psixolog yoki tarbiyachi unga alohida tushuntirish berib, diqqatini jalb

Bolalar rasmni tomosha qilishni tugatganlaridan so'ng ko'rgan rasmlari haqida gapirib beradilar. Har bir rasm haqida o'rtacha 2 minut davomida hikoya tuzadilar. Bunda bolaning nutqida qayd etilgan ot, fe'l, sifatniing oddiy shakli, sifatning qiyosiy darajasi, sifatning orttirma darajasi, ravish, olmosh, bog'lovchilar, old qo'shimchalar, qo'shma gap va uning tuzilishiga e'tibor qaratiladi. Bolaning har bir hikoyasidan so'ng psixolog yoki tarbiyachi adabiy so'zlardan foydalangan holda hikoyaga qo'shimchalar kiritib o'tishi lozim.

3-mashg 'ulot

Marosim va an'analarning eng muhim xususiyatlaridan biri bu ularda xalq nazokati, ruhiyatining aks etishidir. Bolalarda milliy xususiyatlarni rivojlantirishda milliy an'analar aks etgan vaziyatlarni sahnalashtirish ham samarali natija berishi mumkin.

Bolalarga milliy qadriyatlarimizga mos xatti-harakatlarni rivojlantirishda quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin:

"Erta tong " mashqi

Mashqning maqsadi: Ma'lum xatti-harakatlarni imitatsiya qildirish orqali bolalarni urf-odat va an'analar bilan tanishtirish, shuningdek ularda milliy his-tuyg'ularni rivojlantirish.

Mashqni boshlashdan avval boshlovchi bolalarga xalqimizga xos bo'lgan tozalik, ozodalik, bag'rikenglik xususiyatlari haqida bayon etadi. Ota-bobolarimiz erta tongdanoq xo'roz qichqirishi bilan uyg'onganliklarini, barvaqt uyg'onish ish unumini oshirishi va baraka kelishining sababi deb qarashganini so'zlab beradi. Kelin va qizlarning birinchi ishni ko'cha va xovli supurishdan boshlashlari faqat bizning xalqimizga xos bo'lgan odatlardan biri ekanligini, bu odat zamirida tozalik va ozodalikka intilish, boshqalarga hurmat va ehtirom ko'rsatish, bu orqali insonlarning bahru dili ochilishiga sabab bo'lishiga intilish g'oyasi yotishi bolalarga tushuntiriladi.

So'ng bolalarning biri xo'roz, qolganlari uyqudagi bolalar rolini ko'rsatadilar. Tarbiyachi yoki psixolog ko'rsatmasiga binoan barcha bolalar qo'llarini boshlari tagiga qo'yib, uxlayotgandek o'tiradilar. Xo'roz rolini o'ynayotgan bola xo'rozdek qichqirishi bilan ko'zlarini ochib uyg'onishadi. Yuz-qo'llarini yuvish xatti-harakatlarini bajarishadi. Bir-birlari bilan salomlashib, qizlar hovliga suv sepib supurayotganlarini imitatsiya qiladilar. Qiz bolalar vazifani bajarib bo'lgach, o'g'il bolalarga ketmon chopish holatini ko'rsatib berish vazifasi beriladi. Bolalar bu vazifalarni bajarishga qiynalishsa, boshlovchi avval o'zi ko'rsatib berishi mumkin.

Mashq yakunida ota-bobolarimiz tomonidan erta tongdanoq yumushlarni bajarishga kirishish odati ham jismoniy quvvatni oshirsa, ham ko'tarinki kayfiyat baxsh etganini bolalarga so'zlab beriladi.

"Dasturxon atrofi " mashqi

Mashqning maqsadi: bolalarni milliy qadriyatlarimizdan bo'lgan kattalarga hurmat va dasturxon odobiga tegishli an'analar bilan tanishtirish.

Mashq jarayonida har 8-10 ta bola bir oila rolini o'ynaydilar. Bunda bolalar gilamga o'tkazilib, o'rtaga dasturxon yoziladi. Qizchalardan biri qo'lida lagan ushlab, yegulik olib kelayotgandek xatti-harakatni ko'rsatib beradi. Yana bir bola oila boshlig'i - keksa buva rolini o'ynaydi. Dasturxon atrofida o'tirgan oila a'zolari ovqat kelishi bilan oila boshlig'i birinchi bo'lib boshlashini kutishadi. Oila boshlig'i ovqat yeyishni boshlab bergach, so'ng boshqalar taom yeyishga kirishishadi. Ovqat yeb bo'lingach, kattalar tomonidan qo'l ochib duo qilinadi. Shundan so'nggina oila a'zolari o'rnilaridan turib o'z ishlarida davom etadilar. Bu xatti-harakatlarning barchasi bolalar tomonidan imitatsiya yo'li bilan amalga oshiriladi. Birinchi bolalar guruhi bu xatti-harakatlarni bajarib bo'lgach, rollarni ijro etish navbati keyingi bolalar guruhiga beriladi. Shu tariqa barcha bolalar bu jarayonlarni ijro etadilar.

Mashq jarayonida predmetlardan (supurgi, ketmon, ovqat) foydalanmay, ularni hayolan tasavvur etgan holda xatti-harakat bajarish bolada hayol obrazlarini rivojlanishiga ham yordam beradi.

"Keksalarga ehtirom " mashqi

Bolalar mahalladagi keksa, betob insonlarning holidan xabar olishga borish holatini ko'rsatib beradilar. Bunda bir bola keksa, betob inson rolini o'ynaydi, qolgan bolalar uning ahvolidan xabar olishga boradilar. Bunda bolalar keksa insonning oldiga biron yeguliklar olib borib, salom berib kirib, so'ng hol-ahvol so'rashlari lozimligi boshlovchi tomonidan tushuntiriladi. Salom berish chog'ida o'zbek millati vakillari doimo qo'llarini ko'ksilariga qo'yganliklari eslatiladi. Ketish chog'ida keksa odamdan turishga izn so'rab, duoi fotihasidan so'ng ketish lozimligi uqtiriladi. Bolalar bu xatti-harakatlarni imitatsiya qilishlari lozim.

4-mashg 'ulot

"Milliy buyumlar" mashqi

Mashqning maqsadi: bolalarda ob'yektlarda diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantirish bilan birga ularni milliy buyumlar bilan tanishtirish.

Stolga turli narsa buyumlar qo'yib chiqiladi. Masalan, shlyapa, kitob, krujka, do'ppi, qog'oz, piyola, dutor va gitara (o'yinchoq variantlari). Bolalarga ular orasidan o'zbek millatiga tegishli bo'lgan buyumlarni topish so'raladi. Har bir bola galma-gal ushbu topshiriqni bajaradilar. Eng kam xato qilgan bolalar g'olib deb topiladilar.

"Voqea " mashqi

Mashqning maqsadi: Bolalarning nutqiy malakalarini o'stirish, milliy tilda so'zlashish ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Bolalarga birorta syujetli rasm ko'rsatilib, voqeya ular bilan tahlil qilinadi. So'ng rasmlar tartibi chalkashtirib yuboriladi. Bolalardan hikoya ketma-ketligiga muvofiq ravishda rasmlarni to'g'ri ketma-ketlikda joylashtirish talab etiladi.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarni keltirib o'tish mumkin:

1) maktabgacha yosh davrida o'yin faoliyati o'z mavzusining haddan tashqari sermazmunligi va boyligi bilan ajralib turadi;

2) o'rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlari, o'yinchoqlari, yasagan buyumlari milliy urf-odatlar, an'analarga asoslanganligi ularda milliy tuyg'uning aks etishiga xizmat qiladi;

3) o'yin jarayonida bolada vatanparvarlik tuyg'ulari namoyon bo'ladi;

4) bolalar o'yinlari ularning bilish faoliyati (diqqat konsentratsiyasi, xayol jarayonlari, xotira tasavvurlari) , individual psixologik sifatlari(irodaviy sifatlar, dunyoqarash, qiziqish va boshqalar), ijtimoiy psixologik (hamkorlikdagi faoliyatga qodirlik, tashkilotchilik va muloqotchanlik, ijtimoiy rol talabiga bo'ysunish kabi)

xususiyatlari rivojlanishiga yordam berish bilan birga ularda milliy qadriyatlarning o'zlashtirilishiga sabab bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Inomova M. Oilada bolalarning ma'naviy ahloqiy tarbiyasi.-T.: TDPU.1999.

2. Mamatov M.M. Etnopsixologiya. -T. 2019.

3. Nishanova Z.T., Alimbayeva Sh., Atabayeva N.B., Baykunusova G.Yu. Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni rivojlantirishning uslubiy jihatlari. T. 2019. -64 b.

4. Nishanova Z.T., Alimbayeva Sh., Atabayeva N.B., Baykunusova G.Yu. O'quvchilarda milliy xususiyatlarni tadqiq etishning ilmiy-uslubiy asoslari. - T.: Adabiyot uchqunlari. 2018. -125 b.

5. Xasanboyva O.U. Barkamol ablod madaniyati. T.: TDPU. 2010.-52 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.