Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARI ONGIDA MILLIY MUSIQIY OHANGLARGA MOYILLIKNI SHAKLLANTIRISHDA MILLY CHOLG‘ULARNING O’RNI'

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARI ONGIDA MILLIY MUSIQIY OHANGLARGA MOYILLIKNI SHAKLLANTIRISHDA MILLY CHOLG‘ULARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
79
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
desibell / sintez / milliy cholg‘u / shaxsiy faollik / maqomlar / milliy san'at / millatsevar / faxr / iftixor / milliy ohanglar. / decibel / synthesis / national instrument / personal activism / makom / national art / pride / national tones.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdusalom Soliyev, Ma’Rifatxon Jabborova

Mazkur maqolada boy ma’naviy tarixga ega o’zbek xalqining musiqiy merosi vositasida o’sib kelayotgan yosh avlod murg’ak qaibida faxriftixor xissini shakllantirishga doir usul va uslublar atroflicha muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF NATIONAL INSTRUMENTS IN FORMING A HARMONIOUS GENERATION IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

This article discusses in detail the methods and techniques of forming a sense of pride among the younger generation, growing up under the influence of the national musical heritage of the Uzbek people with a rich spiritual history

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARI ONGIDA MILLIY MUSIQIY OHANGLARGA MOYILLIKNI SHAKLLANTIRISHDA MILLY CHOLG‘ULARNING O’RNI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARI ONGIDA MILLIY MUSIQIY OHANGLARGA MOYILLIKNI SHAKLLANTIRISHDA MILLY CHOLG'ULARNING

O'RNI

Abdusalom Soliyev, Ma'rifatxon Jabborova

Farg'ona davlat universiteti Sirtqi bo'lim Ijtimoiy-gumanitar fanlar

o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.6529155 Annotatsiya. Mazkur maqolada boy ma 'naviy tarixga ega o 'zbek xalqining musiqiy merosi vositasida o'sib kelayotgan yosh avlod murg'ak qaibida faxr-iftixor xissini shakllantirishga doir usul va uslublar atroflicha muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: desibell, sintez, milliy cholg'u, shaxsiy faollik, maqomlar, milliy san'at, millatsevar, faxr, iftixor, milliy ohanglar.

РОЛЬ НАЦИОНАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В ФОРМИРОВАНИИ

ГАРМОНИЧНОГО ПОКОЛЕНИЯ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ Аннотация. В данной статье подробно рассматриваются методы и приемы формирования чувства гордости у молодого поколения, подрастающего под влиянием национального музыкального наследие узбекского народа с богатой духовной историей.

Ключевые слова: децибел, синтез, народный инструмент, личная активность, маком, национальное искусство, гордость, национальные тона.

THE ROLE OF NATIONAL INSTRUMENTS IN FORMING A HARMONIOUS GENERATION IN PRESCHOOL EDUCATIONAL

INSTITUTIONS

Annotation. This article discusses in detail the methods and techniques of forming a sense of pride among the younger generation, growing up under the influence of the national musical heritage of the Uzbek people with a rich spiritual history.

Keywords: decibel, synthesis, national instrument, personal activism, makom, national art, pride, national tones.

Introduction

Inson tarbiyasi insonning o'zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. SHu sababli, insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat va madaniyatni yosh avlodga o'rgatish, ularni komillikka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini izlaganlar.

Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo'lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bo'ladi.

Maktabgacha davr-bu bolada motivasiya, o'z-o'zini namoyon etish, barpo qilsh, o'z-o'zini tadbiq eta olish, nimanidir bajarish xoxish-istagi, intilishi rivojlanadigan ajoyib davrdir. Ushbu davrda bola shaxs sifatida rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi.

Ta'lim strategiyasi maktabgacha ta'lim tarbiyaning yuqori sifatini kafolatlashi kerak. Aynan maktabgacha davrda bolaning kelajakdagi barcha faoliyat turlarida va umuman hayotda muvaffaqiyatli bo'lishiga yordam beruvchi umuminsoniy xislatlari shakllanadi. Bularning barchasi bolaning shaxsiy faolligi orqali ta'limiy faoliyatlarda: rasm chizish, qurish-yasash, musiqa, turli sahnalashtirilgan o'yinlar va boshqa faoliyat turlarida rivojlanadi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek: "Biz uchun o'z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydigan yana bir masala, bu - farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarini egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasidir"[1].

Yurtimizda o'sib kelayotgan yosh avlodga yaratilayotgan shart-sharoitlar so'ngi yillarda rivojlanib bormoqda. Tashkilotlarda oliy ma'lumotli, tajribali

tarbiyachilarning sohaga jalb etilishi, yoki ta'lim sifatini oshirish maqsadida qilinayotgan sayi-harakatlardan juda ko'plab misollar keltirsak bo'ladi.

Farzandlarimizni millatparvar, vatanga sodiq haqiqiy inson etib tarbiyalashimiz uchun maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limiy faoliyatlar bilan bir qatorda, yuqori did bilan saralangan, milliy musiqiy cholg'ularda ijro etilgan kuylarni eshittirishimiz kerak.

Hozirgi zamon tarbiyachi pedagogning asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi, o'z kasbini sevishi, bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqat tarbiyachi-pedagogni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Chunki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim- tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat pedagog va uning kasbiy tayyorgarligiga bog'liq.

Materials and Methods

Tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o'zi ta'lim berayotgan fanlarini chuqur bilishi, ta'limiy faoliyat o'tkazish metodikasini puxta o'zlashtirib olgan bo'lishi zarur. Tarbiyachi pedagog o'tkazayotgan xar bir ta'limiy faoliyatini qiziqarli tarzda bolalarga yetkaza olishi, bolalarni o'rganayotgan ta'limiy faoliyatga nisbatan diqatini oshiradi, bilimini charxlaydi. Ta'limiy faoliyat davomida erishilgan yutuq pedagog obro'sini ko'taradi.

Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida tub sifat o'zgarishlar amalgaoshirilayotgani bilan belgilanmoqda. Bu ulkan vazifani hal etish fuqarolarimiz aqliy salohiyatini oshirib borish bilan bog'liqholda amalga oshirilishi inkor qilib bo'lmaydigan haqiqatdir.Bu esa, ta'lim va tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yish bilan chambarchas bog'liq. Buning uchun, birinchi navbatda, ta'lim-tarbiyaning nazariy asoslarini tartibga tushirib olish talab qilinadi.

Pedagogning yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi (ayniqsa, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng halqimizni o'z tarixini, madaniyatini, urf-odatini o'rganishga, bilishga bo'lgan qiziqishi ortirib borayotgan davrda)ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. Hozirgi zamon

tarbiyachisi faqatgina milliy qadriyatimizni bilibgina qolmay, uni keng ota-onalar jamoatchiligi ichida, otashin targ'ibotchisi ham bo'lishi kerak.

Pedagog kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlardan, talablardan biri- bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir bola shaxsni hurmat qilishdan iboratdir. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk Vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy pedagog bo'la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, peagoglik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog bo'la olmaydi. Xar bir tarbiyachi o'z ustida doimiy ishlash bilan bir qatorda

-bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiya qila olishi;

-nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli va tasvir vositalarini adabiy til uslubi va me'yorini to'la egallagan bo'lishi zarur.

Maktabgachata'lim tashkilotlarida bolalarga foydali bo'lgan ko'plab mashg'ulotlar qatorida musiqiy tarbiya ham juda katta ahamiyatga ega. Chunki, musiqa orqali avvalo Vatanga, ota-onaga bo'lgan mehr muhabbat shakllanishi bilan bir qatorda jismoniy va ruhiy baquvvat, ma'naviy boy bo'lgan barkamol insonni shakllantiradi va bola shu ruhda tarbiya topadi. Bu borada albatta milliy cholg'ularimizning o'rni beqiyosdir.

Ma'lumki, farzand hali dunyoga kelmasdanoq musiqiy ohangga e'tiborli bo'lishini, tug'ilgandan keyin esa ona allasini tinglab orom olishini barchamiz yaxshi bilamiz. Farzandlarimizni milliy ruhda tarbiyalanishi uchun maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar o'yinchoq o'ynab, turli o'yinlar bilan band bo'lgan vaqtlarda ham milliy kuylardan (maqomlar, milliy mumtoz asarlar) iborat mp3 diskini 30-40 desibell balandlikda eshittirishning o'zi kifoya. Buning uchun avvalo maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarini milliy asarlarga muhabbatini uyg'otish kerak.

Hozirgi kunda hukumatimizning maktabgacha ta'lim tizimiga bir qator farmon va qarorlari ta 'sis etilgan. Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan

shart- sharoitlar, bilim berish mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko'rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o'zgartirishlarni kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tarbiyachilarining malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo'ldi. Hozirgi kunda har bir tarbiyachi pedagog O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh Mirziyoyevning 2016 yil 29 dekabrdagi "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ 2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF 5198- sonli farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 3261- sonli qarori, shuningdek Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishig qo'yiladigan davlat talablari, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son Maktabgacha ta'lim va tarbiyaningDAVLAT STANDARTI hamda "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasalarining davlat o'quv dasturini amalda joriy etishni nazarda tutadi.

Yoshi ulug' san'atsevar insonlardan so'zga, milliy musiqaga qanday mehr uyg'onganligini so'raganimizda, ular televizor, internet yo'q paytlarda har bir xonadonda radio bo'lganligi va undan taralgan milliy ashulalar, maqomlar milliy san'atga oshufta qilib qo'yganini ta'kidlashadi. Anashu ohanglar og'ushidatarbiyalangan farzand kelajakda vatanparvar, milliy qadriyatlarini qadriga etuvchi millatsevar inson bo'lib etishadi. Agar yoshi katta odamlarning bolalik davrida har xil rok, pop va turli oqimdagi bemaza musiqalar eshittirilganda hozir mamlakatimiz qanday ahvolga tushib qolishini tasavvur ham qilib bo'lmaydi.

Discussion

Demak, hozirgi kunda farzandlarimizni millatparvar, vatanga sodiq haqiqiy inson etib tarbiyalashimiz uchun maktabgacha ta'lim tashkilotida yuqori did bilan saralangan, milliy musiqiy cholg'ularda ijro etilgan kuylarni eshittirishimiz kerak

ekan. Iloji boricha milliy cholg'u asboblari ( dutor, tanbur va h.k.z) sozlarida ijro etilgan asarlardan tuzilgan musiqalar bo'lsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Misol uchun: yakka tanburda va satoda (Turg'un Alimatov), yakka dutorda (Abdurah im Hamidov, Malika Ziyoeva), yakka changda va qonun sozida (Fahriddin Sodiqov, Abdurahmon Xoltojiev), yakka g'ijjakda (O'lmas Rasulov, Abduhoshim Ismoilov, Ahmadjon Dadaev), nayda (Abduqodir Ismoilov, Abdulahad Abdurashidov), qo'shnayda (Ahmadjon Umirzoqov,Yo'ldosh Tojiev, Matrasul Matyakubov), rubobda (Ali Boboxonov, Shavkat Mirzaev, Toxir Rajabiy) ud sozida (Rifatilla Qosimov)lar tomonidan ijro etigan kuylar ayni muddaodir. Bundan tashqari milliy sozlarni basgitara, sintezatorlar bilan omuhtalashtirib ijro etayotgan guruhlarning ijrolarini eshittirmagan ma'qul. Chunki ularda sun'iy tovushlar ko'p. Biz farzandlarimizga asl navolar, toza milliy ohanglardan bahramand qildirmoqchi bo'lsak, dastlab, aynan yakka sozlardagi ijrolarni eshittirib, keyinchalik maktablarda o'qiydigan o'quvchi bolalarimizga sintez milliy musiqalarni eshittirsak bo'ladi. Ammo maktabgacha ta'lim tashkilotida yakka sozlardagi ijrolarni eshittirish barobarida bu qaysi musiqiy cholg'u asbobi ekanligini tushuntirib borish shart. Bu orqali milliy musiqiy asboblarimizni tovushi, nomlanishi va ko'rinishini tushintirgan bo'lamiz. Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi o'yinchoqlarni ko'rib chiqadigan bo'lsak plastikdan xitoyda ishlab chiqarilgan gitara, baraban, truba kabi Yevropa cholg'ulariga ko'zimiz tushadi. Shu cholg'u asboblari qatorida tanbur, dutor, chang, rubob, nay kabi milliy cholg'ularni o'yinchoq ko'rinishini ishlab chiqarsak, mamlakatimiz iqtisodiga va farzandlarimizning ma'naviy kamolotining yuksalishiga katta hissa qo'shgan bo'lar edik. Maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarga o'zbek milliy cholg'u asboblarini ko'rsatib bu qaysi cholg'u asbobi deb surasangiz bilmaydi, ammo gitara, baraban yoki biron Evropa cholg'u asbobini ko'rsatsangiz yaxshi biladi. Chunki ularning o'yinchoqlari orasida shu kabilari bor.

Millati o'zbek bo'lgani bilan bolalar ko'z ochib ko'rgani gitara bo'lsa, u bola tanburni, dutorni,udni,nayni qaerdan bilsin! Maktabgacha ta'lim tashkilotida faqat

o'zbek bolalari emas balki boshqa millat vakillari ham bor, ular ham bizni milliy musiqamizni yaxshi bilishlari uchun nisbatan kamroq bo'lsada mumtoz kuylarni eshittirib, tushuntirib borish kerak. Bu borada maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari uchun disklar bilan birgalikda o'quv-qo'llanma, darsliklar chiqarilsa, video-darsliklar ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Bolalarga milliy cholg'ularni tanishtirish asosini maktabgacha ta'lim yoshidanoq boshlash maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Bulardan ustozimiz O'zbekiston xalq hofizi Mahmud Tojiboevning maktabgacha ta'lim muassasalari uchun "Maqom alifbosi" kitobini, O'zbekiston Davlat konservatoriyasi professori Anvar Levievning "O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik" nomli qo'llanmasini bir misol qilsak bo'ladi. Results

Hozirgi kunda juda dolzarb bo'lgan bu masala kelajak avlodning ma'nan va jismonan shakllanishida judakatta rol o'ynaydi. Teran ma'no, chuqur idrok, yetuk bir mazmunga ega bo'lgan milliy san'atimiz bo'la turib,boshqa xalq ohanglari, kuy qo'shiqlari ta'siri ostida, tarbiya topayotgan bolalarning saviyasi ham madaniyatiham o'sha ohanglarga hamohang tarzda shakllanadi. Misol uchun:

Bolaga milliy asarlarimizdan ayrimlari doimiy eshittirib turilsa, bu narsa bolaning o'zi bilmaganholda ongiga ta'sir o'tkazadi. Bu esa bolaning harakterini shakllanishida, kelgusida milliy ohanglar ungabegona bo'lmasdan, o'zinikini begonadan ajratib olishiga xizmat qiladi.

Masalaning ikkinchi tomoni, tibbiyot olimlarining ta'kidlashicha agar biz maktabgacha yoshdagibolalarimizga milliy damli cholg'ularni o'rgatishni yo'lga qo'ysak keyinchalik bola nafas organi bilanbog'liq kasalliklarga uchramaydi, uchrasa ham yengil shaklda o'tkazib yuborilar ekan. Sababi bola damli

cholg'uda puflash orqali to'g'ri nafas olishni o'zlashtiradi. Bu esa hozirgi kunda juda zarur bo'lganfaktorlardan biridir. To'g'ri aynan damli cholg'ulardan bolalarning foydalanishida gigiyena qoidalariga amalqilgan xolda har bir bolaga alohida cholg'u asbobi bo'lishi shart. Qolaversa, bolaning tibbiy holatiga

hamahamiyat berish lozim. Aynan maktabgacha yoshdagi bolalarda tishlar tushishi va yangilari o'sib chiqishijarayonlari kuzatiladi. Aynan old qatordagi tishlari tushgan bolalarga damli cholg'ularda ijro qilish birozmushkulliklarga olib keladi.Bunda to tishlari chiqib olguncha vaqtincha boshqa bir cholg'uda shug'ullanibturishi ham mumkin.

Uchinchidan, bolalarimizning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, musiqacholg'ularga bo'lgan qiziqishini oshiradi va milliy cholg'ular bilan oshno bo'ilishiga olib keladi.

Conclusions

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak bolalarga o'yinchoq shaklida yasalgan musiqiy cholg'ular qadimdanmavjud. Bunga misol qilib O'zbekiston Davlat amaliy san'at muzeyida qadimda otalar o'z farzandlari uchunbayram vaqtlarida loydan yasab bergan bulbul-nay, sopol-nay, loy-xushtak kabi bolalar o'yinchoq musiqiy cholg'ularning prototiplari saqlanib kelinmoqda. Bunday cholg'ulani bolalar o'rganishi uchun har doim ham,har joyda ham topib bo'lmaydi.Bundan tashqari bolalarga qimmat cholg'u asboblarini berib bo'lmasligi aniq.Bu masalani ham o'ylagan holda sibizg'a, qo'shnay, kabi cholg'ularni aslidek qamishdan emas balki oddiyplastik trubochkalardan yasashni yo'lga qo'yish mimkin. Buyangilikni nafaqat maktabgacha ta'lim, balki musiqa maktablarida ham boshlang'ich sinflar uchun joriy qilishniyatimiz bor. Bunga sabab plastikdan yasalgan cholg'ular yasalishi ham arzon va bolani qo'liga qo'rqmasdanberib qo'ysa ham bo'laveradi. Shu kabi musiqiy cholg'ularni yasab ularga musiqa mashg'ulotlarida o'rgatilsa,damli cholg'ularda ijrochilik ko'nikmalarini shakllanishiga yordamchi vosita sifatida xizmat qilgan bo'lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. ffl. M. Mnp3HeeB. "EyroK Kena«:arHMH3HH Mapg Ba onHH^aHo6 x,anKUMH3 6nnaH 6npra KypaMH3". TomKeHT" Y36eKHCTOH "-2017 yil, 103-bet.

2. y. PaxMOHOB " MaKTa6ga Mycn^a ycnySneTH,, OaproHa-2009.

3. C. MaHHonoB "CyHMac HaBonap" OaproHa-2003.

4. Д. Каримова "Мусика дарслик"Тошкент-2001

5. С. Бегматов. 5-синф "Мусика дарслиги,. Тошкент-2001

6. Е.Н..Шаинсеая "Детская музыкальная литература". Тошкент-2001.

7. О. Иброхимов. 4-синф "Мусика дарслик". Тошкент-2001.

8. А. Мансуров, Д. Каримова 5-синф"Мусика дарслиги". Тошкент-2015.

9. Н. Норхужаев. 2-синф "Мусика дарслиги,,. Тошкент-2014.

10. 1аЬЬогоуа, M. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY. Экономикаисоциум, (6-1), 129-132.

11. Madina Nasretdinova, Ulug'Bek Isakov, & Rustam Orziboyev (2022). XALQ IJODIYOTINI RIVO JLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Scientific progress, 3 (2), 851-856.

12. Kambarav, A. A. (2020). ATTITUDE ТО SCIENTIFIC AND RELIGIOUS VALUES IN THE POSTMODERN WORLD AND ITS DIALECTICAL FOUNDATIONS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(9), 158165.

13. Toshaliev, D. (2021). A BRIEF PHILOSOPHICAL-SCIENTIFIC ANALYSIS OF MAKOMS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 91-95.

14. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

15. Камбаров, А. А., & Нажметдинова, М. М. (2019). НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ РЕЛИГИОЗНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ФОРМИРОВАНИИ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ МОЛОДЕЖИ. In Условия социально-экономического развития общества: история и современность (pp. 148151).

16. Ahadjonovich, K. A. (2021, January). SCIENTIFIC AND SPIRITUAL IN THE RISE OF SCIENCE THE IMPORTANCE OF HERITAGE. In Euro-Asia Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 369-372).

17. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

18. Nasritdinova, M. (2021). PEDAGOGICAL COMPONENTS AND STAGES OF HEALTH OF DEVELOP CHILDREN THROUGH MUSIC EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 251-258.

19. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

20. Курбонова, Б. (2017). РОЛЬ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В РАЗВИТИИ ДУХОВНОГО МИРОВОЗРЕНИЯ ЛИЧНОСТИ. Ученый XXI века, 48.

21. Курбонова, Б. М. (2016). Роль перспективы в создании образца изобразительного искусства. Учёный XXI века, (7 (20)), 29-31.

22. Akhadjonovich, K. A. THE CLASSIFICATION, CONTENT, ESSENCE AND FUNCTION OF VALUES.

23. Madina Nasritdinova, Mansurova Nigora, & Durdona Murodova. (2022). UZBEK FOLK ART AND ITS PLACE IN PUBLIC LIFE. Archive of Conferences, 44-48. Retrieved from https://www.conferencepublication.com/index.php/aoc/article/view/1888

24. Madina Nasretdinova, Ismoil Rustamov, & Oybek Karimov (2022). MUSIQA SAN'ATINING HOZIRGI KUNDAGI O'RNI. Scientific progress, 3 (2), 841845.

25. Qurbonova, B. (2017). FINE ARTS ROLE IN DEVELOPMENT SPIRITUAL МИРОВОЗРЕНИЯ PERSONS. УЧЕНЫЙXXIВЕКА, (2-3), 50.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.