Научная статья на тему 'BOLALARDA CHOLG'U MUSIQA IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH'

BOLALARDA CHOLG'U MUSIQA IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

5153
296
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
cholg`u ijrochiligi / milliy cholg`ular / rekonstruktsiya qilingan / musiqiy meros / sozanda / instrumental performance / folk instruments / reconstruction / musical heritage / musician instrumentalist

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sabina Ziyadxon Qizi Miskinova

Maqola umumta`lim maktab ta`limiga cholg`u ijrochiligi fanini kiritilishi va o`quvchilarda ijrochilik malakalarini shakllantirishning ahamiyati haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article deals with the importance of introducing the subject of instrumental performance into secondary school education and the formation of students` performing skills.

Текст научной работы на тему «BOLALARDA CHOLG'U MUSIQA IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH»

BOLALARDA CHOLG'U MUSIQA IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH

Sabina Ziyadxon qizi Miskinova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Maqola umumtalim maktab talimiga cholg'u ijrochiligi fanini kiritilishi va oquvchilarda ijrochilik malakalarini shakllantirishning ahamiyati haqida.

Kalit so'zlar: cholg'u ijrochiligi, milliy cholg'ular, rekonstruktsiya qilingan, musiqiy meros, sozanda.

The article deals with the importance of introducing the subject of instrumental performance into secondary school education and the formation of students' performing skills.

Keywords: instrumental performance, folk instruments, reconstruction, musical heritage, musician instrumentalist.

D. B. Kabalevskiy bolalar cholg'u musiqa ijrochiligi faoliyatiga katta ahamiyat bergan. Xususan, u takidlaganki: "Agar sinfda fortepiano bo'lsa, darslarga to'rt qo'lda ijro qilishni (o'qituvchi bilan ansamblda chlish) kiritish tavsiya etiladi ... Ehtimol, hayotlarida hech qachon fortepiano klavishlariga tegmagan bolalar, ikki barmog'i bilan faqat o'qituvchi tomonidan berilgan ikkita notani bosib ozmi-kopmi to'laqonli musiqa asarini ijro etishda ishtirok etadi. Bu bolalarda katta qiziqish uyg'otadi, musiqaga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytiradi va, albatta, ularning musiqiy rivojlanishiga ijobiy tasir qiladi"

Ammo sinfda fortepiano bo'lmasa-chi? Va agar u mavjud boTsa ham, sinfdagi bolalarni ushbu faoliyatga jalb qilishda qiyinchiliklar mavjud - axir, o'qituvchi hammani bir vaqtning ozida bitta cholg'uga otkaza olmaydi. Va maktab darsi sharoitida bu faoliyatga murojaat qilishning shubhasiz afzalliklari bilan, bolalar shunchaki klavishlarga "teginib ko'rish" imkoniyatiga ega boTishardi halos.[4]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Boshlang'ich elementar cholg'u asboblarida ham cholg'u

March, 2022

ijrosini o'rganib ko'rish mumkin. Agar maktabda bolalar cholg'u asboblari bolsa, ulardan darslarda o'qituvchi bilan ansamblda (shu jumladan to'rt qolda ijro sifatida) foydalanishinmiz mumkin - qo'shiqni jo'rlikda kuylash, musiqa ostida harakat qilishimiz uchun bu juda maqul, chunki bu asboblarni chalish bolalarning musiqiy rivojlanishiga ham hissa qo'shadi, ularning musiqiy va ijrochilik tajribasini boyitadi va darsga o'yin elementini kiritadi. Ammo bolalar asboblarida ijroni bu turi bolalarning e'tiborini uzoq vaqt ushlab turishga qodirmi? Hatto K. Orff tomonidan yaratilgan mashhur elementar musiqa cholg'ularida ijro qilish faqat maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan moljallangan. Bugungi kunda kichik maktab yoshdagi o quvchilarini ham doirachalar, shiqildoqlar, uchburchaklar va barabanlarning shovqini bilan qiziqtirish allaqachon qiyin bolib qolgan. Badiiy sifat jihatidan juda shartli bo'lgan natijaga Orff cholg'u asboblarini chalishning juda qiyin texnikasi asosida erishish mumkin. Shu bilan birga ularni arzon deb atay olmaysiz. Bu ularni mahalliy maktabda tarqatish imkoniyatini kamaytiradi. [4]

Ko'p qiyinchiliklarni musiqa o'qituvchisining zukkoligi bilan bartaraf etish mumkin. Ammo baribir, barcha maktab o'quvchilarini improvizatsiyalangan usullar asosida cholg'u musiqa ijrochiligi bilan tanishtirish masalasini hal etishda o'qituvchining zukkoligi yetarli emas. Yoki, bu asboblardan tashqari, musiqa darsida boshqalarga murojaat qilish mumkin bo'lgandir? Axir, D. B. Kabalevskiy umumtalim maktablari uchun musiqa faning dasturini yaratilganiga ham 50 yildan ortiq vaqt o'tdi.

Darhaqiqat, musiqiy cholg'ular insoniyat manaviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, yani xalq ijodiyoti mahsuli bolib, azal -azaldan omma orasida shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy asboblardir. Cholg'ularda har bir xalqning milliy g'ururi, ananasi, qadriyatlari oz ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham shunga moslashgan. Zamonaviy jarayonda o'tmish ananalariga yangicha qarash, ilg'or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, yani insonlarni ruhiy hamda manaviy tarbiyasiga asos bo'la oladigan omil sifatida qaraladi. Oquv-talim jarayonining barcha bosqichlarida bunga e'tibor berilishining sababi ham shunda ekanligi shubhasizdir. [2]

2022/2023 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta talim muassasalarida milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o'rgatiladi hamda bu haqda ularning talim to'g'risidagi hujjatiga

(shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi.

March, 2022

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori imzolandi.

Qarorga ko'ra, 2022/2023 o'quv yilidan musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o'quv soati hamda unga qo'shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish amaliy to'garaklari va fakultativ darslari o'tkaziladi.

Shuningdek, milliy cholg'ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o'quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo'lish musiqa fani o'qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi.

Musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi.

O'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko'ra milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish mahorati, tasviriy va amaliy san'at, hunarmandchilik yo'nalishlarida amaliy to'garaklar (keyingi o'rinlarda - amaliy to'garaklar) tashkil etiladi.

Musiqa san'ati bo'yicha professional ta'lim hamda oliy ta'lim to'g'risidagi hujjatga ega bo'lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg'ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo'sh vaqtida u yerdagi mehnatga haq to'lash shartlarini saqlab qolgan holda o'rindoshlik asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalari musiqa fani o'qituvchisi va musiqa yo'nalishidagi to'garak rahbari lavozimiga to'liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;

Bundan tashqari musiqa fani o'qituvchilarini kamida uchta milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etishga o'rgatish xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida amalga oshiriladi, bunda qayta tayyorlash (malaka oshirish) kurslarida mashg'ulot olib borish uchun madaniyat va san'at sohasi vakillari shartnoma asosida jalb etiladi.[1]

O'qituvchi faqatgina cholg'uchilk san'atini o'rganayotgan o'quvchi bilan emas, balki tom ma'noda tarbiyalanuvchi bilan ishlayotganini his etishi lozim. Ishga xuddi mana shunday yondashish kerak, zamonaviy fan ta'lim va rivojlanishni ilmiy nuqtai nazardan chuqur va har taraflama o'rganmoqda. Ta'lim va rivojlanish jarayoni bir - biri bilan uzviy bog'langan. Rivojlanish ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. O'quvchilarning muayyan bilim, ko'nikmalarni o'zlashtirishlarining individual xususiyatlari, ongning qanchalik rivojlanganligi ta'lim jarayoniga ta'sirini o'tkazadi. Kimning ong va intellekt darajasi rivojlangan bo'lsa, u turli bilim va ko'nikmalarni oson va tez o'zlashtira oladi. Ta'lim va

rivojlanishning o'zaro bogliqligini e'tirof etish ta'lim jarayonida

March, 2022

rivojlanish o'z - o'zidan amalga oshadi, degani emas. Fan talimining rivojlanganishiga ijobiy ta'sirini inkor etmaydi. Shunga qaramasdan, talim ta'siridagi rivojlanish natijasi hamma vaqt ham bir xil bo'lavermaydi. Bunday natijalar keskin farq qilishi mumkin. Bu erda savol tug'iladi: talim davomida rivojlanishga qanday manbalar o'z ta'sirini ko'proq o'tkazadi? Bu savolga G.M. Sipinning «Fortepianoda ijroni o'rganish», («Obucheniye igre na fortepiano») kitobidan javob topishimiz mumkin: «Bu erda talim jarayonining mazmuni, shakli va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega». Yuqorida aytib o4ilgan fikr bevosita cholg'u ijrochiligi ta'limiga ham tegishli. Hamma gap o'quvchining ijro etish ko'nikmalarini o'zlashtirishi bilan uning umumiy musiqiy rivojlanishi masalalarining bog liqligi cholg'u ijrochiligi fani milliy cholg'ularning kelib chiqish tarixi, milliy soz yasovchi ustalar haqidagi ma'lumotlar va milliy cholg'ularimizni zamonaviy estrada ijrochiligidagi o'rni haqidagi nazariy va amaliy bilimlarni talabalarga zamonaviy talim standardlari talablariga muvofiq o'rgatishdan iborat.[2]

O'zbek mumtoz musiqiy merosi turli cholg'ularga boy va ularning har biri uzoq o'tmish, tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish jarayonidan o'tganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ijro mezonlariga ko'ra o'zbek xalq cholg'ulari ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga barcha an'anaviy xalq cholg'ulari kiradi. Ikkinchi guruh XX asr madaniy rivoji bilan bog'liq bo'lib takomillashga, ya'ni qayta ishlangan (rekonstruktsiya qilingan) cholg'ular kiradi.

An'anaviy xalq cholg'ulari tarkibidan joy olgan cholg'u sozlar: tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qo'shnay, karnay, g'ijjak, chang, qonun, doyra, nog'ora. Xalq ijodiyotida qo'llaniladigan sozlarga changqo'biz, sibizg'i, safoil kiradi.

Qayta ishlangan cholg'ular asboblariga - rubob, g'ijjak, dutor va chang sozlarinig musiqaning saprano, alt, tenor, bas ovozlar mezonlariga ko'ra qayta ishlangan namunalari kiradi.

Karnay, surnay, nog'ora va doyra tarkibidagi damli va urma cholg'ular guruhi qadimdan ijro amaliyotida shakllanib, xalqimizning barcha ommaviy tadbirlarining faol ishtirokchisiga aylangan. An'anaviy cholg'u sozlar ansambllari esa o'z xususiyatlaridan kelib chiqib qo'llanilgan. Ijroda keng ko'lamli va katta ovoz imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida barcha cholg'ular yig'indisidan katta cholg'ular ansambli tashkil etilgan. Cholg'u musiqasi ijrochiligi va maqom ijrochilik amaliyoida esa kichik-kichik guruhlar bo'lib ijro etish ham an'anaga aylangan. Jumladan: har bir cholg'u doyra jo'rligi bilan ijro etish; tanbur dutor bilan; tanbur, dutor doyra jo'rligi bilan; tanbur, dutor, g'ijjak doyra jo'rligida ud, qonun doyra bilan birga va h.k. [3]

March, 2022

1069

Hozirgi davrga kelib o'zbek musiqa ijrochiligini uchta yirik yo'nalishga ajratish mumkin. Xalq folklor musiqa yo'nalishi, xalq mumtoz musiqa yo'nalishi va kompozitorlik musiqa ijodiyoti yo'nalishi. Xalq folklor yo'nalishida ommaviylik xususiyatga ega bo'lgan, ovoz va texnik jihatlari mos bo'lgan cholg'ulardan ko'proq foydalaniladi. Masalan: rubob, nay, g'ijjak, chang va doyra cholg'u asboblari. Qayd etish joizki xalq folklor musiqa ijrochiligida ijro sharoiti, joyi ham o'ziga xos bo'ladi. Shuning uchun cholg'ular ham tez moslasha oladigan va har qanday sharoitda ijro eta oladiganlik xususiyat kasb etishlari taqozo etiladi. [5]

XULOSA

Har bir xalq o'zining milliy musiqiy merosini sevsa, ajdodlar an'anasini ardoqlasa, uni munosib tarzda o'zlashtirsa va qadriga yetsa, o'zga xalqlar san'atini ham baholay oladi. [7] Zero, bizgacha yetib kelgan musiqiy an'analar avlodlar zanjirining mustahkamligidan dalolatdir. Bu borada xalqimizning ma'naviy boyligi bo'lgan maqomlar, maqom yo'llariga mansub mumtoz musiqa asarlari hozirgacha o'zining badiiy va estetik imkoniyatlarini yuqori darajada saqlab kelayotganligini alohida ta'kidlab o'tish joiz. Ularni o'rganish, tadqiq etish va kelajak avlodlarga yetkazish zamonamizning talab va eshtiyojida bilgan dolzarb masalalardan biridir.

Ma'lumki, o'zbek xalqining musiqiy madaniyati milliy cholg'ularga boy bo'lib, tanbur, dutor, g'ijjak, nay, qo'shnay, surnay, chang, qonun, ud, rubob, doira va nog'ora kabi cholg'ular o'zining mukammalligi bilan mohir ijrochilar amaliyotida munosib o'rin topgan. Chunki har bir cholg'u o'zining shakllanish tarixi, ijro imkoniyatlari, betakror, jozibali sadolanishi va muxlislariga ega. Ularning barcha siru—sinoatlarini ilmiy-nazariy tadqiq etish va yosh avlodga yetkazish har bir murabbiyning muqaddas burchidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Prezidenti qarori, Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida, 02 02 2022 yil, PQ-112 son.

2. SH.Rahimov, A. Lutfullayev- "Cholg'ushunoslik", «Musiqa» nashriyoti, T., 2010

3. R.Nosirov- "Cholg'u ijrochiligi", O'zDSI, 2008

4. И. М. Красильников- «И. М. Красильников Как развивать детское инструментальное музицирование?», Материалы XIII международной научно-практической конференции, Санкт -Петербург, 2014.

March, 2022

1070

5. Маловат Саиджабборовна Мухитдинова -"Педагогика олий мусика таълимида бакалаврларни тайёрлашда учраб турадиган муаммолар ва уларнинг ечиш йуллари"- "Science and Education" Scientific Journal December 2020 / Volume 1 Special Issue 4.

6. М.С. Мухитдинова - "Ижрочилик санъатида замонавий талкин масалалари"-Гармонично развитое поколение-условие стабильного развития Республики Узбекистан. Сборник научно-методических статей, 2019 г., №9, УзНИИПН им. К.Ниязи.

7. Muxitdinova Malohat Saidjabborovna -"BoTajak musiqa o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda klasterli yondashuv masalalari"- Talim fidoyilari-Respublika ilmiy-metodik jurnal, 9-сон, ILMIY NASHRLAR MARKAZI, 2021y.

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.