Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQINING FOLKLOR SAN’ATI HAMDA FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALARNING MUSIQA SAN’ATI RIVOJIDA TUTGAN O’RNI'

O‘ZBEK XALQINING FOLKLOR SAN’ATI HAMDA FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALARNING MUSIQA SAN’ATI RIVOJIDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6168
389
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Folklor / nomoddiy madaniy meros / arxeologiya / ashula / cholg’u / xalq qo’shiqlari / xalq og‘zaki ijodi. / Folklore / intangible cultural heritage / archeology / songs / instruments / folk songs / folk creativity.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Malaxat Obidovna Raxmatova

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining folklor san’ati, folklor-etnografik jamoalar va ularning rivojlanish tarixi haqida fikr yuritilgan. Musiqiy folklor tarixi hamda musiqiy folklorda ta’lim va tarbiya jarayoni keng yoritilgan. Folklor qo‘shiq ijrochiligidan namunalar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FOLK ART OF THE UZBEK PEOPLE MUSIC ART OF FOLKLORE-ETHNOGRAPHIC COMMUNITIES THE ROLE OF DEVELOPMENT

This article discusses the folk art of the Uzbek people, folklore and ethnographic communities and the history of their development. The history of musical folklore and the process of education and upbringing in musical folklore are widely covered. Examples of folk songs are given.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQINING FOLKLOR SAN’ATI HAMDA FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALARNING MUSIQA SAN’ATI RIVOJIDA TUTGAN O’RNI»

O'ZBEK XALQINING FOLKLOR SAN'ATI HAMDA FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALARNING MUSIQA SAN'ATI RIVOJIDA TUTGAN

O'RNI

Malaxat Obidovna Raxmatova

Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi

o'qituvchisi m.o.raxmatova@buxdu. uz

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek xalqining folklor san'ati, folklor-etnografik jamoalar va ularning rivojlanish tarixi haqida fikr yuritilgan. Musiqiy folklor tarixi hamda musiqiy folklorda ta'lim va tarbiya jarayoni keng yoritilgan. Folklor qo'shiq ijrochiligidan namunalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Folklor, nomoddiy madaniy meros, arxeologiya, ashula, cholg'u, xalq qo'shiqlari, xalq og'zaki ijodi.

THE FOLK ART OF THE UZBEK PEOPLE MUSIC ART OF FOLKLORE-

ETHNOGRAPHIC COMMUNITIES THE ROLE OF DEVELOPMENT

Malakhat Obidovna Rakhmatova Bukhara State University, Faculty of Art History Lecturer at the Department of Music

Education m.o.raxmatova@buxdu. uz

ABSTRACT

This article discusses the folk art of the Uzbek people, folklore and ethnographic communities and the history of their development. The history of musical folklore and the process of education and upbringing in musical folklore are widely covered. Examples of folk songs are given.

Keywords: Folklore, intangible cultural heritage, archeology, songs, instruments, folk songs, folk creativity.

KIRISH

O'zbek xalqining folklore san'ati - milliy musiqa merosining ajralmas qismi, shu bilan birgalikda eng dastlabki namunalaridir. O'zbek musiqa folklori mehnatkash xalqimizning orzu-umidlari, turmush-tarzi, madaniy hayoti, ijtimoiy va milliy ozodlik uchun kurashining ifodasi sifatida gavdalanadi. O'zbek xalq musiqasining mavzu

jihatidan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o'rni ham ana shu bilan bog'liqdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Folklor qo'shiqlar har bir kasbning o'ziga xos faoliyati natijasidan kelib chiqadi. Xalqning turmush tarzi bilan bog'lanadi. Mehnat qo'shiqlari: qo'sh qo'shiqlar, o'rim qo'shiqlar, yorg'inchoq qo'shiqlar bo'lsa, chovachilik bilan bog'liq mehnat qo'shiqlari: «Xo'sh-xo'sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi nomlar bilan yuritiladi. Hunarmandchilik bilan bog'liq mehnat qo'shiqlari charx qo'shiqlari va hokazo. Marosim qo'shiqlari folklorshunoslikning eng muhim omillaridan hisoblanadi. O'zbek xalqi barcha xalqlar kabi juda qadimiy boy va xilma-xil an'analarga ega.

O'zbek xalqinig folklor janrlari juda xilma - xildir. Har bir vohaning etnik joylashishiga, urf-odatiga qarab folklor janrlari va uslublari turlichadir. Farg'ona vodiysida lapar ko'proq ijro etilsa, alla, yor-yor ijrolari turlicha ijro etiladi. Terma, o'lan ijrolari ham har-xil uslubda ijro etiladi. Alla ijrosi xalq orasida juda keng tarqalgan ijrodir. Allaning har bir bandidan keyin «Alla bolam alla, jonim, bolam, alla» misralar takrorlanadi. «Yor-yor» o'zbek nikoh to'ylari folklorining musiqiy janrlari hisoblanadi. «Yor-yor» nafaqat o'zbeklarda, balki qirg'iz, qozoq, qoraqalpoq kabi turkiy xalqlarda ham keng tarqlgan. Masalan:

Qat-qatgina qatlamalar qatlanadi, yor-yor, Qizni olib yangalari otlanadi, yor-yor, Qizni olib yangalari tura tursin, yor-yor, Oq sut bergan onalari rozi bo'lsin, yor-yor.

Mustaqillik yillarida folklor-etnografik ijodiy jamoalarning ijodiy faoliyati yangi bosqichga ko'tarildi. Mustaqillik va Navro'z bayramlarida folklor-etnografik ansambllarining katta sahnalarga chiqishi an'ana tusini oldi. Jumladan, bugunga kelib folklor-etnografik ansambllarining umumiy soni 300dan ortib ketganligi qayd qilinmoqda. «Boysun», "Shalola", "Besh qarsak", "Gulyor", "Omonyor", "Gulchehralar", "Doston", "Besperde", "Orzu", "Yor-yor", «Chavgi», "Mohi sitora" va boshqa ko'plab ansambllar milliy-badiiy merosni, an'analarni o'rganib, yangidan xalqimizga yetkazmoqdaldar. Ayni paytda, musiqiy folklorning xalq ma'naviy hayoti va turmush tarzidagi tabiiy ko'rinishi ham davom etmoqda.

Asrlar mobaynida xalqimizga juda katta ruhiy va ma'naviy quvvat berib kelayotgan milliy qadriyatlarimizni, folklor an'analarimizni yoshlar ongiga chuqur singdirish har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Yurtimiz mustaqillikka erishgach bunga keng imkoniyatlar yaratildi. Chunki mamlakatimizda kechayotgan milliy o'zlikni anglash va ma'naviy hurlikni his etish ehtiyoji ajdodlarimiz qalb qo'ri, aql zakovati, turmush tajribasi asosida

yaratilgan madaniy merosimizni bilishni va shu asosda turli bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlarini amalga oshirishni taqazo etmoqda. Ijodkor xalqimiz tomonidan yaratilgan nodir mahnaviy boylik hisoblangan folklor asarlari asrlar osha turli axloqiy tushunchalarni betakror badiiy shaklda kishilar qalbiga singdirishda bebaxo sarchashma sifatida xizmat qilib kelmoqda. O'zbek xalqi etnografiyasi va folklorini o'rganish orqali ajdodlarimizning boy madaniy va marifiy o'tmishini yanada teran anglash mumkin.

Xar bir xalq yoki elat, avvalo tarixi, madaniy birligi bilan ajralib turadi. O'zbek xalqi ham uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib, juda ko'p ilmiy-madaniy xususiyatlarga ega bo'ldi. O'tmish ajdodlarimiz an'analari qadriyatlari asrdan-asrga, avloddan-avlodga saqlanib, taraqqiy topib keldi. Xususan, milliy-madaniy xususiyatlarimizni saqlanib qolishida xalq ogzaki badiiy ijodining roli beqiyos bo'ldi. Jumladan, xalqimizni o'ziga xos urf-odat va marosimlari bola tarbiyasi, mehmonnavozlik tabiati , axloq-odob qoidalari, pazandachilik malakasi, mehnat va turmush tarzi tartiblari folklor asarlari orqali bizgacha yetib keldi. Uzoq o'tmishda guruh-guruh bo'lib xalq sayillarida, ommaviy bayramalarda turli tuman tomoshalar ko'rsatgan xalq qiziqchilari, qo'girchoqbozlar, dorbozlar, raqqos va xonandalarni ijodiy uyushmalarini folklor ansambilini o'ziga xos na'munalari deyish mumkin. Chunki folklor asarlarini ommaviy ravishda ijro etuvchilarning aksariyati professional bo'lmay, balki havaskor ijrochilar bo'lib ularni repertuari ham sof xalq og'zaki ijodidandir. Xalq ijodiyotini asrash va rivojlantirishda folklor-etnografik ansambli rahbarlarining bu sohadagi ijodiy iqtidori muhim ahamiyatga ega. Ammo bu yo'lda tinmay izlanish lozim bo'ladi. Xalqning eng sara qo'shiqlarini ansamblga jalb qilingan ijrochilarning o'zidan yozib olish mumkin.

Folklor ansambli repertuarida ayniqsa ijro uslubining muayyan tomonlari shakllangan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Ansambl repertuariga an'anaviy xalq og'zaki ijodi namunalari bilan birga (qayta ishlangan yoki mustaqil yaratilgan), mualliflar asarlarining kiritilishi zamonaviy ohanglarni kuchaytirish, shuningdek, milliy qadriyatlar ustuvorligini taminlashga xizmat qiladi. Bunday yangi qo'shiqlar va mualliflar asarlari vatanparvarlik, Vatan tuyg'usi bilan to'lib-toshgan hozirgi kunimiz qahramonlarining qalb istaklarini aks ettiruvchi asarlar bo'lib, yoshlar tarbiyasiga alohida ta'sir ko'rsatadi. Unutmaslik kerakki, ko'pincha xalq qo'shiqlarining qayta ishlangan va badiiy sayqal berilgan namunalari aholining estetik didi va badiiy so'zni his qilish ko'nikmasiga, ko'hna musiqa folkloriga nisbatan ko'proq ma'qul va mos boladi. Shuning uchun folklor etnografik ansambllari repertuari shakllanishining dastlabki bosqichlarida qayta ishlangan qo'shiqlarga shuningdek, qo'shiq mualliflarining folklor uslubida xalq ruxiyatiga mos yaratgan qo'shiqlariga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Bunda folklor ansambl repertuariga mualliflar asarlarini puxta o'ylab, asarga tanqidiy yondashib saralash nihoyatda muoim. Ayniqsa, tanlab olingan

materiallar ansambl ijodiy faoliyatining o'ziga xos xususiyatlariga muvofiq bo'lishi, ijro etiladigan asar ansamblda shakllangan ijro uslubiga mos kelishi lozim.

MUHOKAMA

Folklor an'analari xalqning turmush tarzi, hayoti, dunyoqarashi, ruhiy-estetik olami va ichki kechinmalarini yuksak badiiy ifoda ettirgan qadriyatdir. O'zbekistonda sobiq tuzum yillarida xalq ijodiyoti o'zining qadimiy ijrochilik anoanalarini va badiiy merosini muayyan darajada saqlab qolgan bo'lsada, o'sha davrning siyosiy qatag'onlari va mafkuraviy tazyiqlari bunday an'anaviy qadriyatlar tizimining ko'pgina poetik tabiatiga salbiy tasir ko'rsatgan edi. Oqibatda, o'zbek xalq og'zaki badiiy ijodiyotining ko'pgina qadimiy janrlari, etiqodiy qarashlari, tasavvurlari, marosim folklori namunalari, xalq an'analari, sayl va bayramlari bilan aloqador udum va qo'shiqlar, afsona, rivoyat, naqllar unutilayozdi. XX asrgacha yaratilgan o'zbek marosim folklori janrlari o'zining qadimiy an'analari xamda poetik tabiatini mukammal holda saqlab qolgan edi. So'z sehriga asoslangan badiha, kina, olqish kabi janrlari, yil fasllariga aloqador Navro'z, qizil gul sayli, boychechak, "gul sux", birinchi qo'sh chiqarish bilan bogliq "shox moylar", shuningdek, "yo ramazon", "barot keldi", yomgir chaqirish, shamol chaqirish va uni to'xtatish maqsadida ijro etilgan qadimiy aytim va qo'shiqlarning matnlari xalq og'zaki ijodi namunalaridir.

O'zbek xalqi folklor qo'shiqchilik san'ati tarixi ko'hna bo'lib, uning shakllanish jarayoni esa xalqimiz tarixi bilan chambarchas bog'liq. O'zbek xalqimizning tarixi esa miloddan oldingi bir necha mingyillikka borib taqaladi. Agar yana chuqurroq mulohaza yuritilsa, olimlarning ilmiy tadqiqotlariga suyanilsa, u ibtidoiy jamoa davridan boshlanganligiga ishonch hosil qilamiz. Milliy-an'anaviy folklor qo'shiqchilik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hali dunyoning ayrim burchaklarida yarim kishilar istiqomat qilgan davrlarda bizning xududda folklor san'ati kurtaklari rivojlanganligining guvohi bo'lamiz.

NATIJA

O'tgan asrning 50-70 yillarida O'zbekiston hududida qator arxeologik izlanishlar olib borilgan. Bundan sal avvalroq rus olimi professor, Ovchinnikov rahbarligidagi ekspeditsiya Boysun tumaniga qarashli Machay qishlog'ida joylashgan tog'li hududda "Teshiktosh" g'orini topadi. Keyinchalik mashhur arxeologlar S.Tolstov, YA. G'ulomovlar qadimiy madaniyat o'choqlaridan biri Qo'yqirilgan qal'a (shaxar xarobalari)ni topdilar. Taniqli o'zbek olimi A. Kabirov xozirgi Navoiy viloyati xududida joylashgan Sarmishsoy qoyatoshlarini kashf etdi. Teshiktosh g'orining devorlariga ishlangan rasmlar orasida milliy folklor san'atiga oid namunalar topildi. 80-yillarga kelib folklor-etnografik ansambllari faoliyatining qayta tiklanishi madaniy

hayotimizdagi tahsinga sazovor ijtimoiy hodisa bo'ldi. Ansambllar o'z ishlarini yana qayta boshlashlari an'anaviy folklor taraqqiyotida alohida bosqich sifatida muhimdir. Oradan sal vaqt o'tmay, respublikamizda bunday ansambllarning soni 200 taga etdi. Ammo bu madaniy hodisa ilmiy asosda o'rganilmay qolaverdi. Ularning tashkil etilish tarixi yoritilmay qolaverdi. Shu bilan bog'liq holda ansambllar uchun zaruriy amaliy qo'llanma va uslubiy tavsiyalar ham kam yaratilgandi. Binobarin, bunday ansambllar repertuarining badiiyati va janr jihatdan rang-barang bo'lishi uchun, shuningdek, borlarini qayta tiklash va yangi folklor-etnografik ansambllarini tashkil qilishga bel bog'lagan madaniyatimiz jonkuyarlari uchun maslahat, tavsiyalar beradigan qo'llanmalar bo'lishi zarurligini hayotning o'zi talab etmoqda.

Folklor barcha san'at turlari ko'rinishlarini o'ziga mujassamlashtirgan. Folklorning bir talay namunalari so'z va kuy uyg'unligida ijro etiladi. Doston va termalarni do'mbira jo'rligida kuylash an'anaviy bo'lsa, qo'shiqlar dutor va doira jo'rligida, chog'uchilar ansambli jo'rligida kuylangan. Boshqa bir folklor asarlarida so'z yetakchi o'rinni egallaydi. Ertak, afsona, rivoyat, lof, naql, latifa, topishmoq va maqol janrlari shunday xarakterga ega.

Folklor urug', qabila, elat yoki xalqning milliy og'zaki badiiy ijodiyoti bo'lib, o'sha qabila, urug', elat, xalq yoki millatning mafkurasi va psixologiyasini aks ettiradi. Unda voqelikni ifodalashning doston, ertak, maqol, qo'shiq, topishmoq singari xilma-xil janrlari shakllangan. Xalq og'zaki ijodi namunalari uzoq muddatli ijodiy jarayonda, og'izdan-og'izga, avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o'tib yuzaga keladi va yashaydi, ularning aniq bir muallifi noma'lumdir. Shuni aytish o'rinliki folklor musiqa san'ati qadim zamonlarda jamoaning ommaviy ijodi sifatida yuzaga kelib, uning ilk namunalari jamoa ijrosiga mo'ljallangan. O'sha davrlarda yakka ijrochilar jamoa ijrochilaridan ajralib chiqmagan edi. Biroq, davr o'tishi bilan, ijrochilik mahoratlari oshishi bilan jamoalar orasidan yakka ijrochilar ajralib chiqa boshladilar.

XULOSA

Xalq og'zaki ijodi xalq san'atining boshqa turlaridan: musiqa, teatr, raqs, tasviriy va amaliy san'at hamda boshqalardan og'zaki so'z san'ati ekanligi bilan ajralib turadi. U og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga, davrdan-davrga o'tib, xalqning iste'dodli vakillari ijrosida sayqal topadi. Folklor asarlari dastlab qanday yaratilgan bo'lsa, o'sha holicha yangi ma'lumotlar bilan boyitilib, tarixiy sharoitga moslashib, shu bilan birga yozma adabiyotga ijobiy ta'sir etadi.

Inson ongining musaffoligi, jamiyatning yetukligi, shaxs ma'naviyat dunyosining boyligini ta'minlashda folklor musiqasining ahamiyati juda kattadir. Shuning uchun ham folklor musiqa san'atini o'rganish o'quvchilarda ming yillik tarixga ega bo'lgan urf-odatlar, udumlar, marosimlarimizga nisbatan mehr-muhabbat va hurmat uyg'otadi.

Folklor musiqa san'ati, folklor etnagrafik ansambllari, xalq udumlari, urf-odatlar, mavsumiy marosimlar an'anaviyligi, turli-tuman hodisalarni tabiat hodisalariga ta'sir ko'rsatishiga intilishi bilan ijtimoiy hayotda katta o'rin tutadi. Marosimlarni o'tkazish paytida ijro etiladigan qo'shiq va aytimlar marosimlar folklorini tashkil etadi.

REFERENCES

1. SH. M. Mirziyoev, Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent "O'zbekiston" - 2017 y.

2. I. A. Akbarov, Musiqa lug'ati. Toshkent G'. G'ulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti - 1987 y.

3. F. M. Karamatov, "O'zbek xalq musiqa merosi". Toshkent G'. G'ulom nomidagi nashriyot - 1978 y.

4. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114.

5. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

6. Yoshiyevna, U. M. R., & O'G'Li, R. A. R. (2021). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA "VENA KLASSIK MAKTABI" NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN TANISHTIRISH USLUBLARI. Scientific progress, 1(3).

7. Yoshiyena, U. M. (2020). THE IMPORTANCE OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN SPECIAL EDUCATIONAL SCHOOLS. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).

8. Yorievna, U. M. R., & Karimovna, N. N. (2020). Innovative approach to the development of musical abilities in children with disabilities health opportunities. Проблемы педагогики, (2 (47)).

9. Rahmatova, M. O., & Tosheva, D. (2020). THEORY AND METHODS OF MUSICAL EDUCATION OF CHILDREN. Проблемы педагогики, (2), 52-53.

10. Rahmatova, M. O., & Tosheva, D. (2020). THEORY AND METHODS OF MUSICAL EDUCATION OF CHILDREN. Проблемы педагогики, (2), 52-53.

11. Рахматова, М. О. (2021). МУЗЫКАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ ПО МЕТОДИКЕ УОРДА (WARD) Рахматова МО, Шодиева ГА 2. Проблемы науки, 52.

12. Kholmurodovna, U. R. (2021). FORMATION OF PUBLICISTIC PERFORMING SKILLS IN SINGING. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 36-40.

13. Рамазонова, У. Х., & Сайфуллаева, О. М. (2021). РАЗВИТИЕ ЧУВСТВА РИТМА У ДЕТЕЙ. Проблемы науки, 49.

14. Kholmuradovna, R. U., & Obidovna, R. M. (2020). Social norms, sanctions and personality. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

15. Мухамедов, Т. Д. (2020). Способы направления студентов на информационные технологии. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

16. Мухамедов, Т. Д. (2021). СПОСОБЫ И СРЕДСТВА РАЗВИТИЯ МУЗЫКАЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ МУЗЫКИ. Проблемы науки, 43.

17. Гулов, С. Н. (2018). РОЛЬ ЛИДЕРА НАЦИИ В РАЗВИТИИ ЭЛЕКТРОННЫХ СРЕДСТВ МАССОВОЙ ИНФОРМАЦИИ. Вестник Таджикского национального университета. Серия филологических наук, (2), 256-259.

18. Гулов, С. Н. (2020). СОВРЕМЕННОЕ ПРЕПОДАВАНИЕ МУЗЫКИ. ПОДХОДЫ И ИННОВАЦИИ. Проблемы педагогики, (3 (48)).

19. Гулов, С. Н. (2020). МУЗЫКА И ЕЁ ВОЗДЕЙСТВИЕ НА ПСИХИЧЕСКУЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ЧЕЛОВЕКА. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

20. Миршаев, У. М., & Миршаева, Д. А. (2020). Роль народных песен в нравственном воспитании учащихся. Проблемы педагогики, (3 (48)).

21. Миршаев, У. М. (2020). Музыкально-эстетическое воспитание и современные требования к учителю музыки. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

22. Mirshayev, U., Sh, S., Cherniavskyi, V., Asadova, S., & Aslanova, N. (2019). The important tendencies in the development of creative and creative potentials in youth. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(3-3), 497-500.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.