www.scientificprogress.uz
UZLUKSIZ TALIMDA FOLKLOR QO'SHIQLARINI IJRO ETISHHIHG
O'ZIGA XOS USLUBLARI
To'xtasin Ibodovich Rajabov
Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti musiqa ta'limi kafedrasi
o'qituvchisi, p.f.f.d (PhD) t.i.raj [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada uzluksiz ta'limda xalq qo'shiqlari va ularni ijro uslublaridan foydalanish, milliy musiqa, bolalalar folklor qo'shiqlari, umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'tiladigan musiqa madaniyati darslarida va bu qo'shiqlar orqali yoshlarni ona vatani, unig qo'shiqlariga bo'lgan mexrini ortirish va uning taxlili. Dars jarayoniga bolalar folklor qo'shiqlari, musikiy asarlardan namunalar.
Kalit so'zlar: Ta'lim-tarbiya kuy, qo'shiq, ijro xalq ijodi, bolalar folklor qo'shiqlari, ijrosi, maxalliy uslub, taxlil, xalq musiqa merosi, milliy musiqa.
UNIQUE METHODS OF PERFORMING FOLKLORE SONGS IN
CONTINUOUS EDUCATION
Tukhtasin Ibodovich Rajabov
Lecturer, Department of Music Education, Faculty of Art History, Bukhara State
University, PhD
t.i.raj [email protected] ABSTRACT
The article deals with the use of folk songs and their performance in continuing education, national music, children's folk songs, music culture classes in secondary schools, and through these songs to help young people to learn about their homeland. Increasing his affection for his poems and his analysis. Children's folk songs, samples of musical works for the lesson.
Keywords: Educational melodies, songs, performances of folk art, children's folk songs, performance, local style, analysis, folk music heritage, national music.
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
KIRISH
Mamlakatimiz mustakillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab ijtimoiy xayotning barcha soxalarida bolgani kabi madaniy soxada xam ijobiy ozgarishlar sodir bulib, shaxs madaniyatini shallantirish, turmush darajasini yuksaltirish kishilarda ma'naviy tafakkurni shakllantirish davlat siyosati darajasiga kotarildi. Buning boisi boy milliy-madaniy merosni qayta tiklash, jamiyat madaniy xayotini rivojlantirish xamda yoshlarni ma'naviy-axloqiy jixatdan kamolga etkazishda uning axamiyatlaridan samarali foydalanish yolida keng kolamli ishlar amalga oshirildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbek xalq musiqa merosi xazinasida kattalar bilan kichik yoshdagi bolalar ma'naviy dunyosini o'zida uyg'unlashtirgan bollalar folklor musiqa asarlari, bolalar qo'shiqlari ham muhim o'rin tutadi. Bunday qo'shiqlar o'zida bolalar hayoti, ruhiyati, bolalarga xos turli o'yinlar, aytishuvlar, hayvonot va o'simliklar tabiat hodisalari bilan bog'liq holatlami o'ziga xos ifoda etishi bilan ajralib turadi. Bolalar qo'shiqlari ham xalq musiqasining ommaviy turlari singari badiiy va g'oyaviy mazmunga ega bo'lib, matni sodda, nihoyatda ixcham, o'yin- raqsbop xarakterga egaligi bilan o'ziga xoslik kasb etadi. Uzluksiz ta'lim tizimining xamma bosqichlaridagi uquv yurtlarida musiqa ta'limi mazmuni tubdan yangilanib, milliy musiqiy meros turisidagi ma'lumotlar bilan boyitildi. Natijada o'sib kelayotgan yosh avlod milliy musiqa tarixi, uning rivojlanish yuli, o'ziga xos yo'nalishlari va an'analari, shuningdek milliy musiqa san'ati rivojiga ulkan xissa ko'shgan san'atkorlarning ijodiy faoliyati bilan yakindan tanishish imkoniyatiga ega bulindi.
MUHOKAMA
O'zbek milliy musiqa san'ati xam o'zida xalq ruxiyatini to'laqonli aks ettirishi, unga xos bo'lgan turmush tarzi, xayotiy maqsad - intilishlar, o'y- kechinmalar va ruxiy xolatini ifodalay olishi kabi imkoniyatlarga egaligi bilan ijtimoiy tarbiyani tashkil etishning samarali vositalaridan biri sanaladi. Kasb-xunar kolleji o'quvchilar "Ma'naviyat kunlari" da musikiy asarlardan namunalar tinglash jarayonida quyidagi ma'lumot va bilimlarga ega bo'ladilar:
1. Milliy, mumtoz folklor qo' shiqlari musiqiy asarlarining mualliflari, ularning xayoti va ijodlari to'g'risida ma'lumotlarni bilib oladilar.
2. O'zbek milliy musiqiy asarlarning boshqa xalqlar musiqasidan farqli jidatlaridan xabardor bo'ladilar.
3. Ijrochilarning maxoratlaridan baxramand bo'lish bilan birga ijro uslubining o'ziga xos xususiyatlari, ijrochining yutuq va kamchiliklarini baholay oladilar.
4. O zbek mumtoz musiqiy asarlaridan namunalar ijro eta olish va ular to'g'risida
kelajakda shaxsga ma'lumot berish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida asosan bolalar tafakkuriga xos, ko'proq o'yin bilan bog'liq bolalar fol klor milliy xalq qo'shiqlarini, kuy va yengil aytimlarni o'rgatish musiqa ta'limining milliy asosini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Demak, musiqa darslarida xalqimizning milliy musiqa merosi tarkibidagi bolalar folklor qo'shiqlaridan maqsadga muvofiq holda foydalanish, ularni ijro etish uslublarini e'tiborga olgan holda tadbiq etish har bir musiqa o'qituvchisidan o'ziga xos pedagogik yondoshuv, bilim va mahoratni talab qiladi. Ayniqsa ularda musiqa orqali milliy xarakter, milliy ozlikni anglash kabi sifatlarni tarbiyalash imkoniyati kengayadi. Bunda shunga erishish kerakki,xalk musiqasiga ijobiy munosabat shakllanib, tinglangan asar xaqida ozining aniq tasavvurlari shakllanib, unga baxo berishni organadi. Xalq musiqasi yuzasidan ijobiy munosabati shakllangan talaba tinglangan asar xaqida ozining tasavvurlarini keng bayon qiladi va unda ma'lum baxolash mezonlari vujudga kelishi mumkin. CHunki ijobiy munosabat faol idrok motivlari sifatida namoyon buladi.
NATIJA
Biz bilamizki, O'zbekiston Respublikasi beshta maxalliy uslublarga bo'lingan bo'lib bular: Buxoro-Samarqand, Qashqadaryo-Surxondaryo, Farg'ona- Toshkent, Xorazm va Qoraqalpoq uslublaridir. Bu vohalar urf odatlari, an'analari, to'y marosimlari, qo'shiqlari va ijro uslublari bilan bir - biridan farq qiladi. Uluksiz talimda xalq milliy musiqasi va shu o'rinda bolalar folklor namunalari bilan zarur ehtiyojni qondiradigan darajada tanishtirib borish eng birinchi navbatda musiqa o'qituvchilaridan o'z kasbiga fidoiylikini, xalq musiqa ijodiyotiga chuqur muhabbat va yuqori darajadagi kasbiy mahoratni talab qiladi. Dars jarayoniga bolalar folklor qo'shiqlarini samarali tadbiq etish o'z o'rnida bir qator vazifalarni ijobiy hal etishni taqazo etishni ham ta'kidlash o'rinlidir.
XULOSA
Xullas, bolalar folklor qo'shiqlari orqali o'quvchi-yoshlarni musiqiy madaniyatini, ma'naviy va badiiy estetik tarbiyalashning pedagogik va metodik tizimini yaratish, bugungi kungacha to'plangan mavjud tajribalarni o'rganish, turli viloyatlarda faoliyat yuritayotgan folklor-etnografik ansambillar faoliyatini o'rganish, ular repertuaridagi mulliy mumtoz qoshiqlar, xalq ogzaki ijodi, bolalar folkloriga tegishli namunalarni toplash, umumlashtirish va ta'lim jarayoniga tadbiq etish orqali musiqiy ta'limning milliy asoslarini mustahkamlashga erishish mumkin.
REFERENCES
1. T.I.Rajabov O'zbek xalq musiqa ijodi. O'quv qo'llanma. 2020yil Durdona nashriyoti
2. T.I.Rajabov Maktab repertuari. O'quv qo'llanma. 2020yil Durdona nashriyoti
3. T.I.Rajabov O'zbek xalq qo'shiqlari va musiqasi. Monografiya. 2020 yil.
4. Хасанов, Х. Р. (2020). Культура и искусство в эпоху Амира Темура и темуридов. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).
5. Rajabov, T. (2021). EDUCATIONAL IMPORTANCE OF FOLK SONGS IN PRIMARY EDUCATION. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 7(01), 72-79.
6. Ражабов, Т. И. (2020). Педагогические возможности использования детских фольклорных песен в духовно-нравственном воспитании младших школьников. Вестник науки и образования, (5-2 (83)).
7. Раджабов, Т. И. (2019). Описание вековых ценностей в песне" тутовое дерево-балх" и его место в воспитании учащейся молодежи. In Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 70-71).
8. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114.
9. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
10. Рахимов, Р. Н. (2021). РОЛЬ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ. Проблемы науки, 46.
11. Rahmatova, M. O., & Tosheva, D. (2020). THEORY AND METHODS OF MUSICAL EDUCATION OF CHILDREN. Проблемы педагогики, (2), 52-53.
12. Rahmatova, M. O., & Tosheva, D. (2020). THEORY AND METHODS OF MUSICAL EDUCATION OF CHILDREN. Проблемы педагогики, (2), 52-53.
13. Рахматова, М. О. (2021). МУЗЫКАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ ПО МЕТОДИКЕ УОРДА (WARD) Рахматова МО, Шодиева ГА 2. Проблемы науки, 52.
14. Kholmurodovna, U. R. (2021). FORMATION OF PUBLICISTIC PERFORMING SKILLS IN SINGING. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 7(01), 36-40.
15. Рамазонова, У. Х., & Сайфуллаева, О. М. (2021). РАЗВИТИЕ ЧУВСТВА РИТМА У ДЕТЕЙ. Проблемы науки, 49.
16. Kholmuradovna, R. U., & Obidovna, R. M. (2020). Social norms, sanctions and personality. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).
17. Rajabov, A. S., & Subxonov, J. S. O. G. L. (2021). MARKAZIY OSIYO MUSIQA ILMI VA MUSIQA SOZLARI HAQIDAGI BILIMLARNI O'QUVCHI YOSHLARNING MUSIQA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDAGI O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(5).
18. Radjabov, A., & Kenjabonu, T. (2021). CONTENT OF PREPARATION OF STUDENTS FOR DEVELOPMENT IN ACCOUNT PROCESS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 7(01), 54-61.
19. Ражабов, А. Ш. (2020). Дирижирование, хор и управление им. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).
20. Гулов, С. Н. (2018). РОЛЬ ЛИДЕРА НАЦИИ В РАЗВИТИИ ЭЛЕКТРОННЫХ СРЕДСТВ МАССОВОЙ ИНФОРМАЦИИ. Вестник Таджикского национального университета. Серия филологических наук, (2), 256-259.
21. Гулов, С. Н. (2020). СОВРЕМЕННОЕ ПРЕПОДАВАНИЕ МУЗЫКИ. ПОДХОДЫ И ИННОВАЦИИ. Проблемы педагогики, (3 (48)).
22. Гулов, С. Н. (2020). МУЗЫКА И ЕЁ ВОЗДЕЙСТВИЕ НА ПСИХИЧЕСКУЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ЧЕЛОВЕКА. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).