Научная статья на тему 'O’ZBEK AMALIY SAN’ATI VA KULOLCHILIK SAN’ATIGA BIR NAZAR'

O’ZBEK AMALIY SAN’ATI VA KULOLCHILIK SAN’ATIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
464
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bezak / mehnat quroli / amaliy san’at / kulolchilik / decoration / tools / applied arts / pottery

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — F. Ikromova

Ushbu maqola qadimiy o‘zbek amaliy san’ati va kulolchiligining tarixiy rivoji va hozirgi kundagi o‘rni hamda ahamiyati borasida fikrlar bayon etiladi. Amaliy bezak san’ati va kulolchilik san’atiga tegishli masalalar maqolada aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A LOOK AT UZBEK APPLIED ART AND POTTERY

This article discusses the historical development of ancient Uzbek applied arts and pottery, as well as its place and significance today. The article reflects issues related to arts and crafts and the art of ceramics.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK AMALIY SAN’ATI VA KULOLCHILIK SAN’ATIGA BIR NAZAR»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

O'ZBEK AMALIY SAN'ATI VA KULOLCHILIK SAN'ATIGA BIR NAZAR

Farangis Ikromova Yigitali qizi

Farg'ona davlat universiteti "San'atshunoslik" fakulteti "Musiqa ta'limi va madaniyati"

kafedrasi 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6902939

Annotatsiya. Ushbu maqola qadimiy o'zbek amaliy san'ati va kulolchiligining tarixiy rivoji va hozirgi kundagi o'rni hamda ahamiyati borasida fikrlar bayon etiladi. Amaliy bezak san'ati va kulolchilik san'atiga tegishli masalalar maqolada aks etgan.

Kalit so'zlar: bezak, mehnat quroli, amaliy san'at, kulolchilik.

ВЗГЛЯД НА УЗБЕКСКОЕ ПРИКЛАДНОЕ ИСКУССТВО И ГОНЧАРНОЕ

ИСКУССТВО

Аннотация. В данной статье рассматривается историческое развитие древнеузбекского прикладного искусства и гончарства, а также его место и значение в наши дни. В статье отражены вопросы, связанные с декоративно-прикладным искусством и искусством керамики.

Ключевые слова: украшение, орудия труда, прикладное искусство, гончарное дело.

A LOOK AT UZBEK APPLIED ART AND POTTERY

Abstract. This article discusses the historical development of ancient Uzbek applied arts and pottery, as well as its place and significance today. The article reflects issues related to arts and crafts and the art of ceramics.

Keywords: decoration, tools, applied arts, pottery.

KIRISH

Bizning vazifamiz- to'plangan tajriba va ilg'or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o'zimizning taraqqiyot va yangilanish modelini qat'iy amalga oshirishdan iborat.

Sh.Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Barchamizga ma'lumki, amaliy bezak san'ati - bezak san'ati sohasi sifatida ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo'lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, o'yinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bog'liq ijodiy mehnat sohalarini o'z ichiga oladi. Amaliy san'at asarlari ko'z bilan ko'rish, his etish va anglashga mo'ljallangan. Amaliy san'at asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini go'zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o'zining ko'rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta'sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo'lgani uchun ham qadrlanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Shuning uchun xomashyoning go'zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko'pligi Amaliy san'atda estetik ta'sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir. Amaliy san'atda narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi:

SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337

1) shakli oddiy, jo'n buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi;

2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzilishi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol o'ynaydi. Xomashyoning go'zalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining maromi buyumning ta'sirchan umumlashma qiyofasini ifodalovchi yagona vositalardir. Ta'sirchan mazmunli shakllar ko'pincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil bo'layotgan bezak uning obraz tuzilishiga ham sezilarli ta'sir etadi. Bezagi tufayli buyum Amaliy san'at asariga aylanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

To'rsimon hoshiya naqshlar orasiga an'anaviy ko'zchalar qo'yilgan. Rishton buyumlari qatori G'ijduvon, Kattaqo'rg'on, Shahrisabz, Toshkent kulollarining buyumlari o'ziga xos shakli, bezak mujassamotlari, naqshlari bilan ajralib turgan. XX-asr boshlarida O'zbekiston amaliy bezak san'ati qadimgi an'analarga asoslangan holda, yangi zamonaviy mavzular bilan boyitib rivojlantirildi. Aksariyat badiiy qunarmandlik sohalari tiklandi. Farg'ona an'anaviy to'qimachilik san'ati o'rganilib, abr gulli kiyimli ipak matolar (A.Axmedov), Buxoro yirik gulli matolaridan bino ichini bezaydigan badiiy buyumlar: deraza-eshik pardalar, choyshablar, dasturxonlar ishlab chiqarildi.

An'anaviy chitgarlik (A.Abdug'afurov, K.Qo'ziyev, G'.Qo'ziyev), gilamchilik va palos to'qish (G.Abdullayev)da mavzuli tasvirlar berishga, kishilar siymosini yaratishga harakat kuchaydi. Kandakori buyumlarga ham tasviriy bezaklar berish rasm bo'ldi. XX-asr an'analarini kashtachi K.Musajonov, opa singil Rajabovalar (Chust "tus" do'ppilari, Shahrisabz "iroqi" larini yaratishgan), kulol T.Miraliyev, U.Shermatov, M.Ismoilov va boshqalar davom ettirdi. Zargarlik buyumlari shakl jihatdan ancha soddalashtirilsa ham qadimgi an'anaviy usullarda ishlandi. 30- yillar o'rtalaridan sanoatda badiiy matolar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Toshkent to'qimachilik kombinati satin, chit, urushdan keyingi yillarda Marg'ilon shoyi to'qish kombinati sun'iy va ipak matolari ishlab chiqara boshladi.

60-70-yillarda Marg'ilon "Atlas" birlashmasi, Namangan shoyi to'qish fabrikasi abr gulli ipak matolar chiqardi. Taqsim usulida yirik gulli qilib ishlangan "arabi" xilidagi, sidirg'a va mayda gulli "terma" paloslar (T.Jo'rayev, B.Mirzayeva, O.Xolmatova), zardo'zi do'ppi, nimcha, yirik namoyonlar (A.Aminov, M.Ahmedova, V.P.Stolyarov), so'zana, palak, gulko'rpa va turli qiyiqlar, mayda haykaltaroshlikda an'anaviy sopol ushpulaklar (U.Jo'raqulov, H.Rahimova) qatori beg'ubor hazil ruhi aks etgan haykalchalar (A.Muxtorov) yaratildi. so'nggi 80-90-yillar ichida quyidagi asosiy yo'nalishlarda rivojlandi: 20 dan ortiq xalq hunarmandligini o'z ichiga olgan xalq; yengil (chinni buyumlar, badiiy matolar) va mahalliy (sopol, yog'och buyumlar, gilamchilik, kashtachilik, zardo'zlik va boshqalar) sanoatni o'z ichiga olgan badiiy sanoat; ko'rgazma, interer va manzarali kulollik buyumlari, gobelen, shisha, chinni va zargarlik san'atida an'anaviy bo'lmagan buyumlar yaratuvchi rassomlik ijodi bilan bog'liq malakali yakka tartibdagi mualliflik bezak san'ati.

MUHOKAMA

Xalq rivojlantirish, uning unutilgan turlarini qayta tiklash va taraqqiy ettirishda birlashmasi muhim rol o'ynadi. Kulollik, kandakorlik, tosh, yog'och va ganch o'ymakorligi, naqqoshlik, zargarlik san'ati, zardo'zlik, gilamchilik va kigizchilik, lok miniatyurasi, badiiy to'qimachilik, nosqovoq, to'qima ro'zg'or buyumlari, chinni, shisha buyumlar tayyorlash va boshqa Amaliy san'at turlari rivojlanmoqda. Ganch o'ymakorligini me'moriy bezaklarda qo'llash bu to'rning barcha maktablari an'analarini rivojlantirishga e'tiborni oshirdi. Ustalar turli

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

maktab an'analarini uyg'unlashtirib, o'ta ehtiyotkorlik bilan me'moriy bezaklar mujassamotiga kiritmoqda.

XULOSA

Badiiy hayotda ro'y berayotgan jarayonning ta'siri hamda mahalliy badiiy an'analarning boyligi badiiy tajribada an'anaviy bo'lmagan yakka tartibdagi mualliflik bezak san'atini rivojlantirmoqda. Badiiy to'qimachilik, chinni, shisha, kulollik buyumlari ko'rgazmalarda tez-tez namoyish etilmoqda, ayni paytda shahar maishiy, me'moriy va boshqa muhitini boyitish vositasiga aylanmoqda. Jumladan an'anaviy bo'lmagan kulollik, gobelen tayyorlash rivojlanmoqda, ustalarning ishlari ko'rgazmalarda namoyish etilmoqda. 70-yillardan kulollik asarlari Toshkent va boshqa shaharlardagi jamoat binolarini bezamoqda: Xalqlar do'stligi saroyi, "Chorsu" mehmonxonasi, Toshkent metropoliteni bekatlari va boshqa O'zbekiston respublikasi mustaqilligi Xalq an'anaviy Amaliy san'atning yangidan tiklanishi va rivojlanishi har yili Navro'zda o'tkaziladigan Amaliy san'at asarlari ko'rgazmasida namoyon bo'lmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

2. Abdullayev N. San'at tarixi. (1 tom). Toshkent:. 1989-y.

3. Abdullayev N. San'at tarixi. (2 tom). Toshkent:. 2001-y.

4. Abdirasilov S, Azimov V. Rangtasvir. Toshkent:. 2011-y.

5. Булатов С. Узбек халк амалий безак санъати. Тошкент:.1991 й.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.