Научная статья на тему 'TIKANSIZ – GUL, SADAFSIZ – DUR, MASHAQQATSIZ HUNAR YO’QDUR.'

TIKANSIZ – GUL, SADAFSIZ – DUR, MASHAQQATSIZ HUNAR YO’QDUR. Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
631
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kulolchilik / qishloq / naqsh / sopol / rang / gil / potter / village / pattern. ceramics / clay / color.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kurbonova Mushtariybegim

Ushbu maqolada Farg’ona vodiysi xalq hunarmandlarining kulolchilik buyumlari yuz yillar davomida mashhur bo’lib kelgan kulolarning hayoti, ijod namunalari aks etgan va tahlil etilgan. Farg’onavodiysidagi barcha kulolchilik markazlari azaldan Rishton kulolchilik ta’siri ostida bo’lgan. Ushbu tumanda har qanday turdagi buyumlarni yasash uchun yaroqli bo’lgan, alohida navli kulolchilik gilining mavjudligi bunga asos bo’la oladi. Qizgish-sarg’ish rangli ajoyib gil Rishtonning deyarli butun hududida 1–1,5 m chuqurlikda qatlam bo’lib joylashgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A FLOWER WITHOUT A THORN, PEARLS WITHOUT A SHELL, THERE IS NO CRAFT WITHOUT LABOR

The article presents and analyzes the life and work of the Fergana Valley potters, who have become famous for decades. All pottery centers in the Fergana Valley have long been under the influence of Rishtan pottery. This is due to the fact that the district has a special type of pottery clay, which is suitable for making all kinds of items. The magnificent reddish-yellow clay is found in layers 1–1.5 m deep in almost the entire area of Rishtan

Текст научной работы на тему «TIKANSIZ – GUL, SADAFSIZ – DUR, MASHAQQATSIZ HUNAR YO’QDUR.»

TIKANSIZ - GUL, SADAFSIZ - DUR, MASHAQQATSIZ HUNAR

YO'QDUR.

Kurbonova Mushtariybegim

Namangan davlat universiteti magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg'ona vodiysi xalq hunarmandlarining kulolchilik buyumlari yuz yillar davomida mashhur bo 'lib kelgan kulolarning hayoti, ijod namunalari aks etgan va tahlil etilgan. Farg'onavodiysidagi barcha kulolchilik markazlari azaldan Rishton kulolchilik ta 'siri ostida bo 'lgan. Ushbu tumanda har qanday turdagi buyumlarni yasash uchun yaroqli bo 'lgan, alohida navli kulolchilik gilining mavjudligi bunga asos bo'la oladi. Qizgish-sarg'ish rangli ajoyib gil Rishtonning deyarli butun hududida 1—1,5 m chuqurlikda qatlam bo 'lib joylashgan.

Kalit so'zlar: kulolchilik, qishloq, naqsh, sopol, rang, gil,

ЦВЕТКА БЕЗ ШИПА, ЖЕМЧУГА БЕЗ РАКОВИНЫ, РЕМЕСЛА БЕЗ

ТРУДА НЕ БЫВАЕТ.

Курбонова Муштарийбегим

Магистрант Наманганского государственного университета

Аннотация: В этой статье приведены примеры гончарные изделия народных мастеров Ферганской долины отражают и анализируют жизнь и творчество гончаров, прославившихся на протяжении сотен лет. Все гончарные центры Ферганской долины издавна находились под влиянием риштанской керамики. Это связано с тем, что в районе есть особый вид гончарной глины, из которой изготавливают всевозможные изделия. Великолепная красновато-желтая глина находится слоями глубиной 1—1,5 м почти на всей территории Риштана.

Ключевые слова:гончарство, село, узор, керамика, глина, цвет.

A FLOWER WITHOUT A THORN, PEARLS WITHOUT A SHELL, THERE

IS NO CRAFT WITHOUT LABOR.

Kurbonova Mushtariybegim

Master of Namangan State University.

Annotation: The article presents and analyzes the life and work of the Fergana Valley potters, who have become famous for decades. All pottery centers in the Fergana Valley have long been under the influence of Rishtan pottery. This is due to

Scientific Journal Impact Factor

the fact that the district has a special type of pottery clay, which is suitable for making all kinds of items. The magnificent reddish-yellow clay is found in layers 1— 1.5 m deep in almost the entire area of Rishtan. Key words: potter, village, pattern. ceramics, clay, color.

Farg'ona vodiysi xalq hunarmandlarining kulolchilik buyumlari yuz yillar davomida mashhur bo'lib kelgan. Rishton va Quva kulolchilik san'ati maktabi qatorida G'urumsaroy kosiblarining ishlari ham shuhrat qozongan. Hozirgi paytda bu qishloq Namangan viloyati Pop tumanidagi kulolchilik ishi markazlaridan bin hisoblanadi. O'tgan asrning o'rtalarida deyarli unutilgan kulolchilik kasbi keyingi o'n yilda qayta tiklandi.

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Shu yerlik o'z kasbining mohir ustalari M.Rahimov, M.Tursunov, X.Hakimov, H.Sotimov zamonaviy G'urumsaroy kulolchilik san'ati maktabiga asos soldi.1 Ota-bobolari hunarini davom ettirayotgan yosh kosiblar orasida Vahobjon Buvayev o'z iqtidori bilan alohida e'tiborga sazovor. Uning milliy uslubda yasalgan va qadimgi ustalar usullaridan foydalangan holda bezatilgan sopol buyumlari o'z sifati hamda yorqin ranglari bilan ajralib turadi. V.Buvayevning ishlari Respublika amaliy san'at muzeyi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi,zamonaviy san'at markazida tashkil etilgan ko'rgazmalarda namoyish etildi. Poytaxtimizda o'tkazilgan uchta shaxsiy ko'rgazmasi, "Tashabbus" ko'rik-tanlovi, Mustaqillik kuni va Navro'z bayramiga bag'ishlangan ko'rgazmalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki Vahobjon ustaning haqiqiy istedod sohibi ekani, qadimgi kulollarning boy an'analarini o'zlashtirganidan darak beradi. Bundan tashqari G'urumsaroylik bu usta o'quv ustaxonasi tashkil etib, yosh avlodga hunarmandchilik sirasrorlarini o'rgatmoqda. G'urumsaroy va unga yaqin qishloqlardan ellik nafarga yaqin o'g'il-qiz bu yerda kulolchilik ishini o'rganmoqda. Ular yasagan milliy oshxona buyumlari ko'pgina ko'rgazmalarda namoyish etildi, ayrimlari esa sovg'a sifatida xorijiy shaharlarga jo'natildi.

Usta Muhammadtoir Rizomuhammad o'g'li (1898-1980) Toshkent shaxrining eski shahar mavzesidagi Chig'atoy mahallasida usta kulol oilasida dunyoga keldi. Otalari Rizomuhammad usta kulol edi. Onalari Xayri ona uy bekasi edi. Etti yoshida

1 Isaboeva G. XIX asrda Qo'qon xonligida madaniy hayot. Tarix fan. nom. diss.. - Toshkent: O'zMU, 2008. - B.14

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

mahalladagi eski maktabga o'qishga keldilar.Uch yil eski maktabda savod chiqarib, mulla Toir nomini oladi. So'ng otasiga yordam berib yurib kulolchilikning hamma sir-asrorlarini o'rganganlar. 1917 yil ustaning otasi olamdan o'tadi. Kulolchilik kasbi bilan oilani tebratish Toir otaning zimmasiga tushadi. Uch singil va bir uka ustaning qaramog'ida voyaga yetdi. 1914 yilda16 yoshlarida oila qurganlar. Ayollari Mirsulton qizi Paraxat ona bilan 5 o'g'il va 4 qizning otasi bo'lganlar. Bolalarini hammasini kulolchilik kasbi orqali voyaga yetkazib, uy-joyli qilganlar. Kulolchilik kasbi bilan umrlarining oxirigachashug'ullanganlar.Asosan xalq ehtiyoji uchun zarur bo'lgan oshxonabuyumlari yasaganlar.Usta bu idishlarni oddiy usulda charx deb atalgan qurilma yordamida yasaganlar. Usta tuproqni Qora Qamish jariyaqinidan qoramtir rangdagisini olib kelganlar va sopol buyumlaryasaganlar. Xumdonga o'tin va qipiq yoqilgan. Pishirilgan sopol buyumlar eski shahar rastalarida xalq iste'moli uchun sotilgan.Savdorastasida o'tirgan ustani ko'rgan kino rejissyori Alisher Navoiy filmida ishtirok etishga bir necha bor taklif qilishgan. Ustadan rad javobini olishgach, ular ustani qiyofasini fotoga tushirib ketishadi.1980 yil usta 82 yoshida olamdan o'tdi. Kulolchilik Sharqning eng qadimiy va navqiron san'atidir. Buqora loy saxovat va xalollik ehtiyojini o'z zimmasiga olgan farovonlik,to'kinlik, rizq-ro'z, go'zallikni eng oliy ko'rinishi san'atining zaminidir.Kulolchilik bilan dunyodagi barcha xalqlar shug'ullanadi.Ularo'ziga xos tomonlari bilan bir-biridan farq qiladi. O'zbek kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an'analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon vao'ziga xos uslubga ega. Sopol buyumlar sodda bo'lsada, uningko'rinishi qismlarining aniqligi, mutanosibligi, saqlanishi,naqshlarning badiiy joylashishi, shakl va mazmunning birligi,uyg'unligi o'zbek kulollarini jahonga tanitib kelmoqda. Kulolchilik hunari loydan piyola, kosa, tovoq, ko'za kabilarni tayyorlaydigan soha bo'lib, u uzoq tarixga ega.Maxsus tuproqni o'ta qizdirganda toshsimon bo'lib pishishini, undan har xil idishlar tayyorlashni odamlar juda qadimdan bilganlar. Ular avval loydan idishlar yasab gulxanda qizdirib pishirganlar.Tuproq jahonning hamma yerlarida bo'lgani uchun kulolchilik keng tarqalgan bo'lib, dastlab bu xunar bilan ayollar shug'ullanganlar.Kulolchilik charxi miloddan avvalgi 3 ming yillikning boshlarida ixtiro qilingandan keyin kulolchilik bilan erkaklar shug'ullanabo'shlaganlar. Keyinchalik loydan yasalgan idish-tovoqlarni maxsuso'choq hamda xumdonlarda pishirganlar.Neolit davrida idishlarning tagi uchlik qilib yasalib yerga sanchib qo'yilgan. Eneolit davrida esa Sharq mamlakatlarida xamda Qadimgi Gretsiyada nafis kulolchilik idishlari rivoj etgan va me'morchilikda sopoldan foydalana boshlashgan. VIII-XII asrlarda kulolchilik O'rtaOsiyoda yaxshi rivojlangan. Buni Afrosiyob va O'rta Osiyo mamlakatlaridan topilgan kulolchilik buyumlari isbotlab berdi. O'shadavrda O'rta Osiyo madaniyati

tez sur'atda rivojlandi.2 Yangi ko'tarilish davri bo'ldi. Ko'pgina olim, yozuvchi va mutafakkirlar yetishib chiqdi. XIX asrda O'rta Osiyoda tojik va o'zbek xalqlari o'rtasidakulolchilik juda keng rivojlanib, G'ijduvon, Panjikent, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent, Rishtonda kulolchilik markazlari paydo bo'ldi.Ular sopol idishlarni sirlab bezatishning o'ziga xos uslublarinivujudga keltirdilar. 1930 yilda Toshkentda eksperimental keramika vaSamarqandda keramika ustaxonalari ochildi. 1932 yilda Toshkentdao'quv ishlab-chiqarish ustaxonasi tashkil etilib, u mahalliy xalqamaliy san'at ustalari, shu qatori kulollar tayyorlaydigan kurslartashkil etildi. 1943 yili Shahrisabzda o'quv ishlab -chiqarish badiiykorxonasi ishga tushirildi.Kulolchilik sir-asrorlarini mashhur kulollar yoshlarga sidqidildano'rgatdilar. Hozirgi kunda kulolchilik faniga yanada e'tiborkuchaymoqda. Rishton O'zbekistondagi sirlangan sopol buyumlari ishlanadiganeng mashhur va qadimiy markazlardan biri. XIX asr oxiri XX asrboshlarida aholisining deyarli hammasi kulollardan iborat edi. Farg'onavodiysidagi barcha kulolchilik markazlari azaldan Rishton kulolchilikta'siri ostida bo'lgan. Ushbu tumanda har qanday turdagi buyumlarniyasash uchun yaroqli bo'lgan, alohida navli kulolchilik giliningmavjudligi bunga asos bo'la oladi.Qizgish-sarg'ish rangli ajoyib gil Rishtonning deyarli butunxududida 1-1,5 m chuqurlikda qatlam bo'lib joylashgan. Gilningyaxshi sifatliligi mahalliy ustalarning uni O'zbekistonning boshqa tumanlaridagi kulollardan farqli ravishda oldindan tozalab boshqa turdagi tuproqlarga aralashmagan xolda ishlab chiqarishga jalb qilishimkonini beradi. Kulollar Rishton yaqinidagi tog'lardan har xil bo'yoqlar, kvartsli qum va olovbardosh gillarni qazib olishgan. 1960yillarda yuqorida eslatib o'tilgan moviy sopol buyumlari ishlabchiqariladigan an'anaviy markazlar barxam topa boshladi. Anashunday sharoitda san'atshunoslarning Butunittifoq konferentsiyasi (Farg'ona 1974 yil) qabul qilingan moviy ishqorli sopol idishlari ishlabchiqarish an'analarini saqlab qolish haqidagi qarori amaliy ahamiyat kasb etdi. Ushbu qaror ustalarga ma'qul tushdi. Ular oldingi ishlab chiqarishga qaytib buyumlarni bezashning an'anaviy shakllari va usullarini qayta tiklay boshladilar. Keyingi 20 yil ichida Rishton sopoli an'anaviy badiiy va texnologik usullar asosida yana qayta tiklandi. Ishqorli sir tayyorlash ham yo'lga qo'yildi. Rishtonsopolchiligining mahalliy badiiy xususiyatlari ko'p jihatdanbuyumlarga naqsh berilishida ko'zga tashlanadi.1970-1990 yillardagi grix bezaklar orasida tursimon naqsh,rombsimon naqsh, uchburchakli shakllarning bir maromdajoylashtirilishi doirasimon shakllarning zanjir shaklida bir tekisberilishi nuqtali naqsh qora va oq kvadratchalarning navbat bilan o'rinalmashishi shaklidagi naqsh egri va to'g'ri chiziqlar shaklidagidoiracha va to'pbarggul shaklidagi mavhumiy geometrik bezaklar

2 Qosimov Q.Q. Naqqoshlik — T.; «O'qituvchi» 1990

ko'ptarqaldi. O'simliksimon naqshlar ayniqsa turli-tuman vasermazmundir. O'simlik dunyosiga oid mavzularni talqin qilishdaayniqsa an'anaviy belgilar bilan bu mavzularning yangicha talqinlarinisbatan yaqqol ko'zga tashlanadi. Hayvonlarga oid va antropomorfik mavzular Rishton kulolchiligida «parchasi yaxliti uchun» tamoyiliga ko'ra taqdimetilgan. Unda inson, hayvonlar va parrandalarning gavdasini ayrim unsurlari yordamida yaxlitlik g'oyasi aks ettiriladi. 1970-1990 yillarRishton kulolchiligining rivojiga quyidagi tamoyilni qayd qilishmumkin. Rishtonlik ustalar an'anaviy merosni astoydil e'zozlash bilanbirga ancha dadillik va keskinlik bilan buyumlar shakllari talqini xamda naqshli bezaklar harakteriga o'zgarishlar kiritishyapti.

An'anaviy shakllarni vanaqshlarni izchillik bilan to'laqonli qilib qayta tiklash an'analarga so'zsiz rioya qilish o'rnini yakka tartibdagi ijodiy tashabbuskorlik, yangicha usul va naqshin bezaklar turlarini kengaytirish egallab bormoqda. Har bir ijodkorning ruhiy holati, o'zi bajarayotgan buyumida o'z aksini topmasdan qolmaydi. Kishi ruhiyatini ko'tarishda esa xonaning ozodaligi, jihozlarning qulayligi muhim rol o'ynaydi. Kulolchilikxonasini jihozlashda haykaltaroshlik xonalarini jihozlashning umumiy qoidalaridan kelib chiqqan xolda jihozlash qisman bo'lsada foydalanish maqsadga muvofiqdir3. Har bir asbob-uskunalar, xom-ashyolar, ko'rgazmali qurollar, talabalarning tayyor ishlari, dastgohlar, elektropechlar tartibi bilan o'z joyiga qo'yilmog'i lozim.

Kulolchilik ustaxonasida bevosita talabaning foydalanadigan maydoni 50-55 m2 bo'lsa, har bir talabaning ish o'rni bir-biridan 60sm, qatorlar orasida 1 m dan uzoqlikda bo'lsa, harakatlanish qulay bo'ladi. Ustaxonaga tabiiy yoro'g'lik tushishini ta'minlash, buning iloji bo'lmasa, kunduzgi yorug'lik lampalari bilan ta'minlash kerak. Kulolchilik asarini yasash uchun talabadan mohir musavvirlikni, naqqoshlikni, haykaltaroshlikni talab etadi. Har bir asbob-uskunani yoki dastgohni, elektropechni, xumdonlarni ishlatishning qonun-qoidalari mavjud. Talabaning bu texnologiya bilan tanishmagani turli baxtsiz hodisalarni kelibchiqishiga sabab bo'ladi. Ishlashdan oldin albatta maxsus ish kiyimini kiyib olish zarur. Xumdonda sopol buyumlar pishirishdan oldinxumdon atrofidagi buyumlar ko'zdan kechiriladi. Yong'indan saqlash choralari ko'rib chiqiladi. Elektro isitgichlarda ishlaganda uniisitishdan oldin barcha simlar, uzellarning butunligi ko'zdan kechiriladi. Agar ba'zi simlar izolyatsiyasi ochilib qolgan bo'lsa, elektropechlarni ishlatishga ruxsat etilmaydi.Topilgan kamchiliklar tuzatilgandan so'ng ishlashga ruxsat beriladi.

Elektropech ishlatilib, unga buyumlar qo'yilib, eshiklari yopilgach uning issiqligi asta-sekinlikbilan ko'tarilib boradi. Bu vaqtda pechning eshigini hohlagan

3 Bulatov S.S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. - T.; «Mehnat», 1991

257

Scientific Journal Impact Factor

vaqtda qayta-qayta ochish ta'qiqlanadi. Pech va buyumlar ma'lum muddatda sovigandan keyin olinishi mumkin. Agar sopol buyum to'g'ri texnologiya asosida yasalgan bo'lsa, u xech qachon yorilmay chiqadi. Dastgohda va xumdonda ishlash uchun mavjud qoidalarni o'zlashtirgan va ularga to'liq rioya qiladigan talabalarnigina maxsus daftarga imzo chekkandan keyin ruxsat etiladi.1970-1990 yillar Rishton kulolchiligining rivojiga quyidagi tamoyilni qayd qilish mumkin. Rishtonlik ustalar an'anaviy merosni astoydil e'zozlash bilan birga ancha dadillik va kesqinlik bilan buyumlar shakllari talqini hamda naqshli bezaklar harakteriga o'zgarishlar kiritishgan. An'anaviy shakllarni va naqshlarni izchillikbilan to'laqonli qilib qayta tiklash an'analarga so'zsiz rioya qilish o'rnini yakka tartibdagi ijodiy tashabbuskorlik, yangicha usul vanaqshin bezaklar turlarini kengaytirish egallab bormoqda.

Amaliy sanat ustalarining ish faoliyatlarida erishgan eng muhim, bizningcha barcha voqealar uchun ibratli tomonlari inshootlarni bezashda arxitektor, naqqosh, ganchkor, yog'och o'ymakor, kulol va tasviriy sanat ustalarini hamkorlikda ish yuritishlaridir. Bugun Farg'ona vodiysida bir necha yetuk amaliy sanat vakillari yashab ijod qilmoqda. Yuzlab yillar davom etib kelgan Gurumsaroy kulolchilik maktabida bugunga kelib mashhur ustalar Hokim buva Sotimov, Maxmud Rahimov, Maqsudulla Tropovlar olamdan o'tganlariga qaramay ular bajargan ishlari davomini kulol Boboxon Buvayev davom ettirib kelmoqda. Hozirga kelib badiiy bezatish uslubi turli vohalarda o'ziga xosligi bilan jilovlanadi. Kulolchilik sanatida alohida yaratilgan Farg'ona kulolchilik maktabi Xorazm maktabini tashkil etadi.

Ganchkorlik rivojlanishida o'ziga xos bir davr boladi. Rishton kulolchilik maktabida ham mingdan ortiq kulollar ijod qilmoqdalar. Toshkent, Moskva, Sank Peterburg shahrida qator korgazmalarda qatnashdilar. Badiiy buyumlar ishlash, kashtachilik, popopchilik, gilamchilik sohalarida ko'plab gerb, oy, xumo qushi, mashina, samolyot, har xil sanalar bitilgan kirilcha yoki lotincha yozuvlar, beo'xshov portretlar, tabiiy ko'rinishdagi gullar kabi ko'plab amaliy sanatga begona ko'rinishlar kirib qoldi. Qadimda mashhur bo'lgan maktablarning bugungi vakillari milliy an anani buzib yuborganliklarini ham guvohi bolmoqdamiz. Bir paytlar mashhur bolgan Chust pichoqchiligini olib ko'raylik, bugungi Chustda ishlab chiqarilayotgan, ayrimlar tomonidan korgazmalarda rag'batlantirilayotgan pichoqlarning mashhur Chust pichog'iga hech qanday dahli yo'q. Faqat sanoqli ustalargina bobomeros pichoqlarni topib, ananani tiklashga harakat qilmoqdalar. Yoki Namangan kulolchiligini olib ko'raylik, mashhur maktab bugun ham o'sha avlod vakillari tomonidan davom ettirilmoqda, lekin hozirgilar chiqarayotgan mahsulot bobolarnikidan butunlay farq qiladi. 1930 yillarda artelga aylantirilib yakka

Scientific Journal Impact Factor

xo'jalik asosida ishlayotgan ustalar keng iste'mol mollari ishlab chiqarishga majbur bo'lib qolganligi, ularning farzandlari otalaridan ota kasbi sir-asrorlarini o'rgangan bo'lsalar xam, bir umr iste'mol mahsuloti ishlashga majbur bo'lganligi, ular oilasida tug'ilgan xozirgi 3-avlod vakillari faqat keng iste'mol mollari ishlashnigina ko'rib katta bo'ldilar. Ular o'sha mashhur kulolchilik maktabi vakillari bo'lgani bilan, umuman bobolari hunaridan bexabar ustalardir. Natijada mashhur maktab vakillari ishlab turgan bo'lishlariga qaramay hali eski maktab an'analari tiklanganicha yo'q.

San'atshunoslar ijodkorlarga yo'l ko'rsatib berishi emas ularning qilgan ishlarini ilmiy o'rganishi kerak. Lekin yuqoridagiday holatlarda eski Chust pichog'i namunalaridan, eski Namangan kulollari ishlari namunalaridan muzeylar yordamida topib ustalarni to'g'ri yo'lga yani bobolari san'atini davom ettirishga va takomillashtirish yo'liga solib qo'yishi muhimdir. Bugun Farg'ona vodiysida bir necha yetuk amaliy sanat vakillari yashab ijod qilishmoqda. Biroq ularga shogirdlar biriktirish masalasi hal qilinmagan. Agar qaysi bir yetuk san'atkorni olib ko'rsak, hoh tasviriy sanat, yoki amaliy sanat sohasida bo'lmasin albatda mukammal bir ijodkorga shogird bo'lganligiga guvoh boTamiz. Farg'ona naqqoshlik maktabining uslubi tojik namunalariga o'xshab ketadi. Naqsh kompozitsaiyalarida ortiqcha shakl yasovchilarisiz zamin bo'shliqlari islimiy gul, vaq, novda shakllari bilan mohirona to'ldiriladi. Farg'ona naqshlariga to'qroq, qarama-qarshi ranglar jilvasi ulug'vorlik bag'ishlaydi. Farg'ona naqqoshlik maktabi haqida gap ketganda Qo'qonlik naqqosh ustazodalar nomlarini faxr bilan tilga olish mumkin. Ular Norqo'zi Nurmatov, Saidmahmud Norqo'ziyev, Saidahmad Mahmudovlardir. Mustaqilligimizning ilk yillarida o'zining 80-yoshlik to'ylarini nishonlab, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi unvonini olgan Saidahmad Mahmudovning ko'plab shogirdlari bor. Shuningdek Farg'ona naqqoshlik maktabi nomi bilan tilga olinadigan Xo'jand, Marg'ilon, Qo'qon, Farg'ona, Andijon, Namangan, Chust, Quva, Oltiariq, va Rishton shaharlarida vujudga kelgan uslublarda ijod qilgan ustazoda Saidahmad Norqo'ziyevni ham alohida ta'kidlash lozimdir.Bugungi kun yoshlar ularning ishlarini sadoqat, ixlos, mehr- muhabbat bilan organmoqdalar. Bu yo'lda ularga bajonidil ustozlik qilib kelayotgan Namangan naqqoshlik maktabini asoschilaridan biri xalq ustasi, yetuk mutaxassis rassom va naqqosh Asqarbek Akparov shular jumlasidandir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

l.Isaboeva G. XIX asrda Qo'qon xonligida madaniy hayot. Tarix fan. nom. diss.. - Toshkent: O'zMU, 2008. - B.14 2.Mirzaaxmedov M. Materiallarga badiiy ishlov berish. - T

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

«O'kituvchi» 1986.

3. Azimov I. O'zbekiston naqshu nigorlari. - T.; G'.Gulom nomidagi «Adabiyot va san'at» nashriyoti, 1987

4. Qosimov Q.Q. Naqqoshlik — T.; «O'qituvchi» 1990

5. ManakovaV.N. O'zbek xonadonining badiiy bezash madaniyati. - T.; o'. Gulom nomidagi «Adabiyot va san'at» nashriyoti, 1989

6. Bulatov S.S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. - T.; «Mehnat», 1991

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.