Научная статья на тему 'Kashtaсhilik sirlarini o’quvchilarga o’rgatishning nazariy asoslari'

Kashtaсhilik sirlarini o’quvchilarga o’rgatishning nazariy asoslari Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1464
199
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Kashtachilik / naqshlar / vositalar / ta’lim / o’quvchilar / gulli bezaklar. / Embroidery / patterns / tools / education / students / flower decorations

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xo’jamurodova Gulnoz Toshmahmadovna

Maqolada kashtachilik san'ati haqida tushuncha, kashta tikishning o’ziga xosligi, vositalari, gul va naqshlardan foydalanish, rang tanlash haqida nazariy ma’lumotlar keltirgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL FRAMEWORK FOR TEACHING STUDENTS THE SECRETS OF RELATIONSHIP

The article provides insight into the concept of embroidery, the specifics of embroidery, the use of tools, flowers and patterns, and theoretical knowledge about color.

Текст научной работы на тему «Kashtaсhilik sirlarini o’quvchilarga o’rgatishning nazariy asoslari»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

KASHTACHILIK SIRLARINI O’QUVCHILARGA O’RGATISHNING

NAZARIY ASOSLARI

Xo’jamurodova Gulnoz Toshmahmadovna

Annotatsiya: Maqolada kashtachilik san'ati haqida tushuncha, kashta tikishning o’ziga xosligi, vositalari, gul va naqshlardan foydalanish, rang tanlash haqida nazariy ma’lumotlar keltirgan.

Kalit so’zlar: Kashtachilik, naqshlar, vositalar, ta’lim, o’quvchilar, gulli bezaklar.

THEORETICAL FRAMEWORK FOR TEACHING STUDENTS THE

SECRETS OF RELATIONSHIP

Khojamurodova Gulnoz Toshmahmadovna

Abstract: The article provides insight into the concept of embroidery, the specifics of embroidery, the use of tools, flowers and patterns, and theoretical knowledge about color.

Keywords: Embroidery, patterns, tools, education, students, flower decorations.

Mustaqil o’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini izloh qilinishi yangi ta’lim standartlari asosida ta’lim tarbiya jarayonida qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o’qituvchi faoliyatiga uning pedagogik san’atiga alohida e’tibor berilmoqda.

Respublikamizda kelajagimiz bunyodkorlari bo’lmish yosh avlod tarbiyasiga, ayniqsa, ularni umummadaniy, g’oyaviy - siyosiy, ma’naviy va intelektual salohiyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama yetuk shaxs yetishtirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida “Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan masala hisoblanadi”1 deb ta’kidlaydi prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev. [1] Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoiyligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga munosabatiga bog’liqdir. O’qituvchi jamiyatning itimoiy topshirig’ini bajaradi, jamiyatda yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o’qituvchi muayyan ijtimoy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim.

Buning uchun o’qituvchi har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiy ma’lumoti, o’z kasbini chuqur bilimdoni, pedagogik muloqat ustasi, pedagogik-

ГМ

86

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

psixolagik va uslubiy bilim malakalarini egallagan bo’lishi, pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Demak maktab va muorif muassasalarida yetakchi kuch, jamiyatning ishonchli kishi o’qituvchidir. O’qituvchi so’zining keng ma’noda yosh-avlodda ta’lim oluvchilarda ma’laka va ko’nikmalarni tarkib toptirayatgan, hayotda___________

1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O’zbekiston 2017 yil, - 489b.

murabbiylik qilayotgan ya’ni pedagogik faoliyat bilan shug’ullanayotgan kishilarni xalq o’qituvchi deb tanlaydi.

Pedagogik kasb boshqa kasblardan ko’pgina belgilari bilan farq qiladi. Pedagogning mehnat predmeti odam, pedagogning mehnat quroli- uning nutqi, taffakkuri, irodasi, odobi, mahorati va hokazolar.

O’quvchi-yoshlarni mustaqil Vatanimiz ravnaqi uchun qo’shadigan hissalari chuqur bilimli bo’lishlari va kerakni kasb-hunarni egallab, bu borada sezilarli hatijalarga, samaralarga erishlaridir. Ularni biz madaniy va ma’haviy qadriyatlarimiz zamirida tabiyalab, kamol toptirishimiz kun tartibidagi dolzarb muammolardandir. Umumiy ta’lim sohasida ro’y berayotgan o’zgarishlar, xalq ta’limini yanada rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qonun - qoidalar fikrimizning yaqqol dalilidir.

Umumta’lim maktablarida amaliy san’at turlarining to’garaklarda o’rgatilishiga kata e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa “Mohir qo’llar” to’garaklarida o’zbek milliy kashtalarimizning qizlarimizga o’rgatilishi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus” ning birinchi tashabbusi bo’lgan “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi”. Maktablardagi “Mohir qo’llar to’garagi”ni tashkil etishda va unda milliy qadriyatlarimizning namunalarini va kashtachilik sizrlarini o’quvchi-qizlarga o’rgatishda yuqorida ta’rif berib o’tilgani kabi o’z kasbining fidoyi insonlari bo’lgan pedagog o’qituvchilarimizning kashtachilik bo’yicha egallagan bilim ko’nikma malakarining ahamiyati katta. Bunday to’garaklar o’zining ishlab chiqilgan rejasiga asoslanib, uning ma’lum hajmi hunarmandchilikning boshqa turlariga ajratiladi. Biz maqolamizda aynan kashtachilikni o’rganish bilan bog’liq masalalarini yoritishga harakat qilamiz.

To’garak mashg’ulotlarining asosiy maqsadi o’quvchilarni xalq amaliy san’at namunalari, uning qisqacha tarixi hamda sir-sinoatlari bilan nazariy va amaliy jihatdan tanishtirishdir.

Ozbek kashtachiligi qo’shni xalqlar kashtachiligi ta'sirida boyidi va rivojlandi. Ozbek kashtalariga e'tibor bersak, unda hind, xitoy, rus, qozoq, qirg’iz va tojik kashtachiliklarining usullarini uchratamiz. Kashtachilik san'atida har bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan naqshlari bo’ladi. Ish jarayonida ular o’z

г<м

87

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

mahoratlarini oshirishgan, bir-biridan va kattalardan avlodlar tajribasini o’rganishgan. Xalq badiiy hunarmandchilik mahsulotlari faqat bizning mamlakatimizda emas, balki chet mamlakatlarda ham cheksiz talab qilinadi. Pliniyning aytishicha, Vavilon kashtachiligi qadimdan mashhur bo’lib, matoga turli rangdagi iplar bilan kashta tikishni o’sha yerda kashf etishgan. Keyinchalik Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga kirgach ipak, zar yoki jun ip qo’shib tikilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuhrat qozongan. Kashtachilik san'atining an'analari Vizantiyada ham rivoj topgan. XIII va XV asrlarda Kichik Osiyo doirasida paydo bo’lgan hamda Vizantiya imperiyasini barbod qilgan usmoniy turklar ham ushbu san'atga o’zlarining munosib ulushlarini qo’shganlar. Qrim va Kavkazning qayeridaki Vizantiya madaniyati uzoq vaqt kuchli ta'sir o’tkazgan bo’lsa, o’sha yerda kashtachilik rivojlanavergan. Qadimgi Rus ham Vizantiyaga taqlid qilib kashtachilik san'atini o’rgangan. Rus kashtasi gullarining xarakteriga va tikilish usullariga ko’ra juda turli-tumandir. Popok (yo’rma) chokli kashta tikish Olonets, Vologda oblastlari va Arxangelsk oblastining g’arbiy qismida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda Rossiyada ellikdan ortiq baxyasimon kashtado’zlik korxonalari bor. Ivanovo, Ryazan, Kalinin, Smolensk va boshqa oblastlarda kashtado’zlik markazlari bo’lib, u yerdagi korxonalarda turli kiyimlar va uy ro’zg’orni bezaydigan turli buyumlar ishlab chiqariladi. XIX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga asos soldi. [3.56]

O’zbekistonda xalq amaliy san’ati namunalari asosan qo’l mehnati orqali tayyorlanishi bilan ahamiyatlidir. Kashta tikish asboblari va moslamalariga ma’lumot berib o’tamiz. Qo’lda kashta tikish uchun o’ziga xos asboblar bo’ladi. Kashtachilikda ignalar, angishvona, qaychi, santimetr lenta, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar hamda chambarak ishlatiladi. Kashtachilikda oq, kul rang, och sariq, och malla rangli surp, bo’z, karbos, shoyi, baxmal, chit yoki satin kabi matolar ishlatiladi. Bunday matolarda naqshlar chizilganda yaxshi ko’rinadi, rangli iplarning aksariyati unga mos tushadi. Gul, rasm, naqshlar chizish uchun chizg’ichlar, yumshoq va qattiq qalamlar, daftar, albom, o’chirg’ich, millimetrlangan qog’oz, nusxa ko’chiradigan qog’oz va shaffof qog’ozlar kerak bo’ladi. Chambarak gazlamani tarang tortib turish uchun ishlatiladi. 20-40 sm li ikkita gardishdan iborat bo’lib, bir- birini ichiga tushib turadi. Agar kichik gardish katta gardish ichiga qiyin tushadigan bo’lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan tozalash kerak. U juda kichik bo’lib, katta gardishdan tushib ketadigan bo’lsa atrofiga yupqa gazlama o’rab qo’yish mumkin. Kashta tikishda muhim hisoblangan vositalardan yana biri chambarakdir.

Kashta tikiladigan gazlamani chambarakka tortishda uning kichik gardishi qo’yilib, iplarini qiyshaytirmasdan to’g’rilanadi. Katta gardishni uning ustiga qo’yib, bosib gazlama tarang tortib qo’yiladi. Chambarak tortilayotgan yupqa gazlama yirtilmasligi, shuningdek, kashta tikiladigan gazlama ish paytida kir bo’lmasligi

г<м

88

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

uchun, uning ustiga o’rtasi chambarakning diametridan kichikroq doira qilib qo’yilgan boshqa gazlama qo’yiladi. Chambaraklar stolga mahkamlab qo’yish uchun vintli bo’lishi ham mumkin. Kashtalarning ko’p xillarida umuman chambarak ishlatilmaydi. Kashta tikish uchun cho’ziqroq ko’zli kalta (1 va 2 tartibli) ignalar tanlanadi. Ignaning ko’zi katta bo’lsa, bir necha qavat ipni o’tkazish oson bo’ladi. Bunday ignalar sanama va oddiy choklarni tikishda, hamda ipni sanash va ajratib olish uchun qulay. Jun ipni ignaga o’tkazish qiyin. Bu ipni o’tkazish uchun ignalar komplektidagi ip o’tkazgichdan foydalanish mumkin. Uning bir qatim ipak yoki ingichka g’altak ip bilan o’tkazsa ham bo’ladi. Ipakni ikki qavat qilib, hosil bo’lgan petlya ichiga jun ipi uchun kiritiladi, ipakning ikkala uchini igna ko’zidan o’tkazib, jun ip bilan birga tortib olinadi. Zich va yupqa (markizet, shoyi, batis, shifon) gazlamaga kashta tikishda, ko’zi kichik, ingichka igna kerak bo’ladi. Yo’g’on igna sanchilgan joylarda teshik qoladi. Katta ko’zda esa ingichka ipni yaxshi tutib bo’lmaydi. Buyumlarni biriktirib ko’klash uchun 1 va 3 tartibli ignalar ishlatish qulayroq. Kashtani chambaraksiz tikishda, bir necha qavat gazlamaga igna sanchishda, buyumlar chetini buklab tikishda ignani gazlamadan o’tkazish uchun angishvona kerak bo’ladi. Ang- forscha angusht, ya'ni barmoq, vona, bona saqlovchi degan ma'noni bildiradi. Qo’lga igna kirib ketmasligi uchun barmoqqa qo’yiladigan metall g’ilof. Angishvonaning usti va yoni ignani qadashda toyib ketmasligi uchun chuqurchalar qilib tayyorlanadi. Angishvona o’ng qo’lning o’rta barmog’iga taqiladi, uni barmoqning yo’g’onligiga qarab tanlanadi, lekin u barmoqni siqib yoki undan tushib qoladigan bo’lmasligi kerak. Naqshlar uchun o’tkir uchi 10-12 sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Ishlash uchun uch xil uchi ingichka kichkina qaychi gazlamadagi ipni qirqish va tortib olib tashlash uchun; uchi qayrilgan o’rtacha kattalikdagi qaychi-kashta tikayotganda ip uchini qirqish uchun; katta qaychi gazlama kalava iplarini qirqish uchun. Qaychilar yaxshi charxlangan, tig’larining uchi to’la yopiladigan bo’lishi kerak. Santimetrli lenta tikish ishlarida buyum o’lchamlarini aniqlash, gazlamaga bezakni rejalash, tikish ishlarini bajarishda foydalaniladi. Kashtachilikda yog’och dastali ikki xil, ya'ni ilmoqli- ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Kashta tikishda ilmoqli bigiz ayrim materiallarga masalan charm, kartonga ninani qiynalmay o’tkazish uchun, oldin ilmoqsiz bigiz bilan teshib olinadi, so’ngra kashta tikiladi. Millimetrli qog’oz-naqshlar, ayniqsa geometrik, sanama naqshlar tuzish kerak bo’ladi. Kashta gulni gazlamaga ko’chirishga tayyorlashda shaffof qog’oz ishlatiladi. Naqsh avval shaffof qog’ozga ko’chiriladi, keyin qog’ozdan gazlamaga ko’chiriladi.

Kashta tikishda unga gul va naqshlar tanlash ham muhim hisoblanadi. Kashta tikish uchun kashta gul, rasm bo’lishi zarur. Naqsh- arabcha tasvir gul degan ma'noni anglatadi. Kashtado’zlik san'atida har bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan naqshlari bo’ladi. Ozbek kashtalarida o’simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari

г<м

89

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

ko’p bo’lsa, rus kashtachiligida geometrik, o’simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko’p tasvirlanadi, qozoq va qirg’iz kashtachiligida esa ko’proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi. Rang-tasvir vositalar yordamida ishlangan, nur va soyalar hajmni keltirib chiqaradigan, shu bilan birga o’ylamay-netmay tabiatdan aynan ko’chirishga intilmagan rasmchini naturadan yaqinroq bo’lishi mumkin. Kashta gulini yaratishda naturaga qarab rasmni chizib oladi, keyin uni naqshga va turli naqshdor kompozitsiyaga aylantiriladi. Naqsh bilan amaliy san'at buyumlari bezatiladi, shuning uchun u buyumning ajralmas qismi bo’lib, o’sha buyumning shakliga, vazifasiga va qanday materialdan tikilishiga butunlay bog’liq bo’ladi. Rasmni naqshga aylantirishda uning (guli va hokazo) xarakterli belgilari tanlanadi. O’simlik, qush motivlarini aniq ko’rsatishga intilmay, faqat asosiy chiziqlarigina bo’rttirib kontur qilib chiziladi.

Biror buyumni tikishdan oldin uning badiiy yechimini o’ylab ko’rish, bezakning undagi ayrim bo’laklarining buyum yuzasiga qanday joylashtirishni, elementlarning nisbatlarini, qanday rangda tikishni, ya'ni kompozitsiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani aniqlab olish kerak. Kompozitsiya xarakteri ko’proq ritmga-naqshdagi alohida elementlarga bog’liq bo’lib, bu kompozitsiyaning ifodali bo’lishiga aniq idrok etilishiga yordam beradi.

Kashtada gul ko’pincha yopiq yuzada, ya'ni qandaydir geometrik shakl bilan chegaralangan yuzada tuziladi. Bu kvadrat yoki to’g’ri to’rtburchak shaklidagi dasturxon, so’zana, palak, zardevor, kirpich, choyshab, belbog’, yostiq ustiga yopiladigan jildi, dastro’mol va hokazolar bo’lishi mumkin. Buyum shakliga va kashtado’zning mo’ljaliga qarab kashta gulning shakli va joy o’zgarishi, masalan, dasturxon, dastro’mollarning burchaklariga yoki o’rtasiga kashta tikilishi mumkin. Burchakdagi kashta gullarining tuzilishi har xil bo’ladi. Bezakda bargli va gulli novdalar burchakdan chap va o’ng tomonga yo’nalgan. Hamma bezaklarda aytilgan o’simliklarga o’xshashlik saqlanib, gul va barglari yangi shaklga kiradi.

Ularda tabiatda uchraydigan kamchiliklar: burishgan yoki singan barglar, buralgan gulbarglar, singan yoki zichlashgan shoxchalar yo’q. Bunday novdani ko’rish uchun barglarni surib tekislash, ulardan bir qismini uzib tashlash kerak. Rassom ham kashta bezagini yaratishda xuddi shunday qiladi. Gul va barglarning aniq shakllari rassom o’ylaganicha itoat etib, yangicha yo’l yoki yuzani to’ldiradi. Bunday bezaklarda gullar, barglar va mevalar bir-biriga halaqit bermaydi, bir-birini ustiga o’tmaydi. Buyumni bezak elementlari shunday joylashtiriladiki, ular orasidagi bo’sh joylari bir tekisda taqsimlanib, bezakning bir qismi bo’lib qoladi. Kashta uchun xalq orasida tarqalgan bezaklar va rassomlar yaratgan rasmlardan foydalanish tavsiya etiladi. Rasmlarning ba'zi qismlarini ixtiyoriy ravishda kompozitsiyalash ham mumkin, lekin tabiatni kuzatib, bezaklarni buyum yuzasiga joylashtirishni ham o’ylab topish yanada qiziqarliroqdir. [4.34]

г<м

90

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Kashta tikishda badiiy mazmunni bilan bog’liq yana bir o’ziga xoslik unga to’gri rang tanlashdir. Kashta tikish rang bilan chambarchas bog’liq. Iplarni tanlashda ranglarning yo’g’onlashuvini, ular bir-biriga qanday ta'sir etishini bilish zarur. Ozaro mos ranglarni tanlashda berk spektr qatori ranglaridan iborat ranglar doirasi asos qilib olinadi. Agar uch qirrali shisha prizmadan nur tarami o’tkazilsa, u tarkibiy qismlarga bo’linib ko’rinadi, rangli yo’l-spektr hosil bo’ladi. Tabiatda ranglarning bunday qo’shilishini ko’pincha kamalakda, quyosh nuri shudring zarralaridan o’tishida ko’rish mumkin. Ko’zga ko’rinadigan spektr uzluksiz o’zgara boradigan qizil, to’q sariq, sariq, yashil, zangori, ko’k, binafsha ranglar qatoridan iborat. Bu ranglar bir-biridan oraliq tuslar gammasi bilan ajralgan bo’ladi. Agar spektr ranglarini o’sha tartibda doiraga joylashtirilsa, ko’k- binafsha va qizil ranglar orasida to’q qizil rang bo’ladi. Ranglar doirasini diametri bo’yicha bir tomonda qizil to’q sariq va sarg’ish-yashil, ikkinchi tomonida zangori-yashil, ko’k, ko’kish-binafsha ranglar qoladigan qilib ikkiga bo’lish mumkin. Doiraning qizg’ish-sariq bo’lagidagi ranglari iliq va ularga qarama-qarshi hamma ranglar turlarini sovuq ranglar deyiladi. Ular ko’kimtir ufq, suv, muz ranglarni eslatadi. Har qanday rang o’zining tusi, och va to’qligi bilan xarakterlanadi. Rang tusi-qizil, ko’k, sariq va hokazo- rangdorlik.

Xulosa qilib aytganda kashtachilik sirlarini o’rgatishdan avval to’garak a’zolari kashtachilik tarixi, kashtachilikda avval qaysi matolarga tikilganligi hozirgi kunda qanday gazlamalarga tikilayotganligi haqida ma’lumot beriladi. Talabalarga o’quvchilarga hozirgi zamonaviy moda yo’nalishida ham aynan kashtachilik usulining keng qo’llanilayotganligi haqida ma’lumot beriladi. Bu ma’lumotni berishda kashtachilik usulida tikilgan buyumlar, kiyimlar, uy-jihozlarining oldingi ko’rinishi va hozirgi moda jurnallaridagi zamonaviy liboslarning eskizlarini ko’rsatish mumkin. Shundan keyingina kashtachilikda ishlatilgan va ishlatilayotgan gazlamalarning, iplarning ranglari, chok va naqsh turlarini tafovutini ko’rsatish lozim. Bu ma’lumotga ega bo’lgan o’quvchilarda kashtachilik san’atiga bo’lgan qiziqishlari yanada ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O’zbekiston 2017 yil, - 489b.

2. Sh. Mirziyoyev, “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo’llab-quvvatllash chora tadbirlari to’g’risida”gi PF-5242-son, 2017-yil 17-noyabr. 2-10 betlar

3. K.M.G’ulomov Amaliy san’at. -T: Iqtisod-moliya, 2008. 90 bet.

4. S.S.Bulatov va M.Ashirov Amaliy san’at atamalar lug’ati. -Toshkent: Enseklopediya bosh red., 1991. 86 bet.

5. www.ziyonet.uz kutubxonasi.

91

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.