Научная статья на тему 'Boshlang’ich sinflarda fazoviy figuralar tushunchasi'

Boshlang’ich sinflarda fazoviy figuralar tushunchasi Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
23316
957
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
geometrik figura / uchburchak / to’rtburchak / kvadrat / fikrlash / matematik ta’lim. / geometric figure / triangule / rectangule square / thinking / mathimatical education

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Axmedova Shahlo Olimdjonovna

ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan geometrik materiallar ustida ishlashning samarali usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek bu borada amalga oshiriladigan bir qancha amaliy ishlar ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPTION OF SPACE OBJECTS IN PRIMARY SCHOOLS

In this article, it is given about useful ways of utilizing geometric materials with primary school pupils. In addition, practical works in this field are indicated.

Текст научной работы на тему «Boshlang’ich sinflarda fazoviy figuralar tushunchasi»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

BOSHLANG’ICH SINFLARDA FAZOVIY FIGURALAR TUSHUNCHASI

Axmedova Shahlo Olimdjonovna 10-umumiy o'rta talim maktabi Buxoro viloyat Kogon shahar

Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan geometrik materiallar ustida ishlashning samarali usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek bu borada amalga oshiriladigan bir qancha amaliy ishlar ko’rsatib o’tilgan.

Kalit so’zlar: geometrik figura, uchburchak, to’rtburchak, kvadrat, fikrlash, matematik ta’lim.

THE CONCEPTION OF SPACE OBJECTS IN PRIMARY SCHOOLS

Akhmedova Shahlo Olimjonovna School №10, Bukhara region, Kogon city

Abstract: In this article, it is given about useful ways of utilizing geometric materials with primary school pupils. In addition, practical works in this field are indicated.

Key words: geometric figure, triangule, rectangule square, thinking,

mathimatical education.

Maktablarning boshlang’ach sinflarida gеomеtrk figuralar haqidagi tushunchalar sistеmasi va uni o’rganish mеtodlarga doir masalalarni yechish uchun izlanishga to’g’ri keladi. So’nggi vaqtlarda maktablarda matеmatik ta'lim darajasini ko’tarish, o’qitishni turmush bilan bog’lash hozirgi kun talablaridan biridir. Ana shu talablarga ko’ra gеomеtriyaning boshlang’ich sinflarda o’qitishning hozirgi holati ko’proq izlanishga olib keladi.

“Boshlang’ich sinflarda geometrik material ustidan ishlashdan asosiy maqsad bolalarda to’g’ri chiziq, kesma, burchaklar, to’g’rito’rtburchak, kvadrat kub, parallelepipedning esda qoladigan aniq obrazlarini hosil qilish, ba’zi bir figuralarning xossalarini ko’rib chiqib, bu bilimlardan uzunliklar, yuzalar va hajmlarni, o’lchash sohasida o’quvchilarni amaliy malakalar bilan qurollantirish kerak”.

Matematika o’qitishning umumiy maqsadlarini ifodalashda ham, o’quvchilarda fazoviy tassavurini hosil qilish ham , metodika asoslarini ko’rib chiqishda geometrik material ustida ishlashning amaliy yo’nalganligi uqtirib o’tiladi.

г<м

226

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Demak, maktab boshlang’ich sinflarida geometrik materialni o’rganishda hozirgi vaqtda asosan amaliy maqsadlar ko’zda tutiladi, chunki figuralarning xossalarini o’rganish, kerakli tassavurlarni barpo etish, o’quvchilarni yuzalar yoki hajmlarni hisoblashga doir amaliy masalalarni yechish uchun zarur bo’lgan amaliy o’quv va malakalar bilan qurollantirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Shuning uchun geometriya bo’yicha materiallarning tanlanishi ko’pchilik hollarda tasodifiy xarakterga ega bo’lsa kerak.

Boshlang’ich sinflarda geometrik figuralar bilan tanishtirishning muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda fazoviy tasavvurlarni hosil qilish deb bilsak, bu o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini ,tasavvurini va dunyoqarashini o’stiradi..

O’quvchilar uchburchak va to’rtburchaklar bilan tanishar ekan, ularni sun'iy ravishda boshqa ko’pburchaklar bilan tanishtirishdan saqlab qolinadi degan fikr kelib chiqmasligi kerak. O’quvchilarga o’rganilayotgan figuraning nima uchun uchburchak (uchta burchagi bor), boshqasi to’rtburchak (to’rtta burchak) ekanligini aytib, 5,6,7burchakni ko’rsatib, ularning nomini so’rasak dasturni kengaytirgan bo’lmaymiz. Bu yerda gap yangi figuralarni o’rganish ustida bormay, faqat ularning nomini o’rganish ustida boradi.Shuning bilan birga bu mashq ko’rilgan figuralar qandaydir figuralarning xususiy holi ekanligini, bulardan boshqa yanada juda ko’p ko’pburchaklarning borligiga tushunish imkoniyatini beradi. Bu hol bolalarning fazoviy tasavvurlarini va ularning matematik bilim darajasini kengaytirish uchun muhim ahamiyatga egadir.

Birinchi sinf darsligida beriladigan figuralarga qo’shimcha sifatida turli o’lchov va rangli kartondan qirqilgan kvadratlar va doiralarga ega bo’lishi lozim. Bunda o’qituvchi figuralarning bir - biridan alomatlari, rangi, o’lchovlari va hokazo bilan farq qilishlariga o’quvchilarning diqqatini ko’p marta jalb qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

“To’g’ri to’rtburchak” bilan tanishtirish”.

Doskaga rangli qog’ozlardan yasalgan to’rtburchaklar osib qo’yiladi, 3-4 dona to’g’ri to’rtburchak qolganlari esa, ikkita to’rtburchak, to’g’riburchagi yo’q to’rtburchakdan iboratdir. Ularni har xil rangda bo’lishi bilan bir qatorda, bir xil rangda bo’lishlari ham katta ahamiyatga egadir.

Birinchi guruhdagi tortburchaklardan to'gri burchaklarni toping?. Oquvchilar burchaklar yordamida yoki togri burchak modeli yordamida 3tortburchakda bitta togri burchak, 4-tortburchakda ikkita togri burchak, 1 va 2 tortburchaklarda mutlaqo yo' qligini aniqlaydilar.

Ikkinchi guruh to'rtburchaklaridan togri burchaklarini toping?. Oquvchilar 5,6,7,8-to'rtburchaklarning hamma burchaklari to'gri ekanligini topadilar.

Hamma burchaki to'gri bo'lgan to'rtburchakni qanday nomlash mumkin?

227

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Oquvchilar to'gri tortburchak deb atash mumkinligini aytadilar, sababi maktabgacha tarbiya uylarida ular to’gri to’rtburchak so’zini ko’p eshitganlar?

To'gri tortburchaklarni farqi nimada?. Oquvchilar rangidan, shaklidan, joylashishidan, katta-kichikligidan kuzatganlarini aytadilar.

Ular nimasi bilan bir xil?.Ularning hammasi tortburchaklardir.

Ko’rsatiladigan figuralarning o’lchovlari va ranginigina emas, balki ularning tekislikdagi holati ham turlicha bo’lishi kerak. Shuning uchun figuralarni ko’rsatish palotnosiga yoki magnit yordamida doskaga o’rnatilganda ularning tekislikdagi holati hamma vaqt ham bir - xil bo’lmasligiga e'tibor berish lozim.

O’lchashlar bilan bog’liq bo’lgan mashqlar bolalarda o’lchash malakalarni hosil qilish bilan bir qatorda, ularda ma'lum sharoitlarda farqlash tasavvurining hosil bo’lishiga yordam berishi mumkin. Masalan, bolalarga berilgan kvadrat va berilgan to’g’rito’rtburchak tomonini o’lchang deyishdan oldin, chizilgan rasmlarning qaysi biri kvadrat, qaysisi esa to’g’rito’rtburchak deb so’rash mumkin. Bolalar figuralar nomini aytib, tomonlarini o’lchaganlaridan keyin ularning diqqatinio’lchash natijalariga jalb etish muhimdir. Agar o’qituvchi bolalar diqqatini to’g’rito’rtburchak tomonlarini o’lchaganda esa to’rtta bir xil kelib chiqqaniga qayta- qayta jalb etsa, so’nggi sinflarda to’g’rito’rtburchak va kvadrat xossalarini o’rganish va bu figuralarni bir - biridan ajrata bilishga yaxshi zamin bo’lib xizmat qiladi.

Shunday qilib, figuralarning xossalari bilan tanishish, “kvadrat”, “to’g’ri to’rtburchak” tushunchalarini egallash geometrik figuralarga ularning tashqi o’xshashligi va farqiga qarab baho berish natijasida o’quvchilarning bilimida hosil bo’ladigan cheklanganlikni bartaraf qilishga imkon beradi. Demak, bolalarda geometrik tushunchaning shakklanishi bilan ularning shakllari haqidagi bilimi yangi pog’onaga ko’tarilib, umumlashganroq va diferentsiyalanganroq bo’ladi.

Berilgan to’g’ri to’rtburchak tomonlarini o’lchash, tomoni shuncha santimetr bo’lgan kvadrat peremetrini topish, tomonlari ma'lum bo’lgan to’g’ri to’rtburchakni chizish talab etiladigan mashqlarda o’quvchilar berilgan va nomi aytilgan figura bilan ish ko’radilar. Shakllar haqidagi tasavvur va tushunchalarni hosil uchun qilishsa qanday figura ekanligini, boshqa figuradan nima bilan farq qilishini, nima uchun uni to’g’ri to’rtburchak deb atash mumkinligini va hokazoni aniqlashni talab etuvchi mashqlar katta ahamiyatga egadirlar. Darslikda bu kabi mashqlar juda kam.Ammo, o’qituvchi didaktik material bilan bolalarning mustaqil ishini tashkil qilib darslikni osongina to’ldirishi mumkin. Masalan, har bir o’quvchiga kvadrat va tomonlarning nisbati kvadratga yaqin bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chizilgan kartochka beriladi. Topshiriq quyidagicha tariflanadi: “qog’ozdagi tasvirlangan figuralar tomonlarini o’lchab, ulardan qaysi biri kvadrat ekanligini aniqlang”.

Yuqorida aytib o’tilgan topshiriqlarni bajarishda, ko’pincha quyidagi muhim belgining biridan (tomonlarining tengligi: barcha tomonlari-kvadratda, qarama qarshi

г<м

228

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

tomonlari- to’g’ri to’rtburchakda) foydalanishga extiyoj hosil bo’ladi. Biroq bolalarga boshqa alomat - to’g’ri burchaklar- alomatidan foydalanishni talab etuvchi mashqlarni ham bеrish lozim.

Ikkinchi alomatning rolini kvadrat hamda to’g’ri to’rtburchakni taqqoslash bilan bir qatorda to’g’ri burchakli bo’lmagan figuralar orasida to’g’ri burchakli figuralarni topib olishga doir mashqlarni ham o’tkazgan taqdirdagina o’quvchilarga yaqin tushuntirish mumkin bu sohada ayniqsa romblar orasidan kvadratlarni topib olish, parallelogramlar orasidan to’g’ri to’rtburchaklarni topib olishdek topshiriqlar diqqatga sozovordir. Romblar, parallelogram,kub,konus ,shar ,piramida bilan tanishtirish boshlang’ich sinflar ko’zda tutilgan.

1-sinfda “Sodda yassiva fazoviy figuralar” mavzusida o’qituvchimavzuni bir biriga bogliq holda tushuntiradi.

Geometrik jismlarda yassi shakklarni topadilar va tasssavur qiladilar.

Masalan: Doirani qaysi geometrik jismda ko'rdingiz, kvadrat, to'g'ri

to' rtburchaknichi?

M

Quyidagi berilgan geometrik jismlarni hayotiy tasvir bilan moslashtiradilar.

Bolalarda predmetlarning formasi, fazoviy holati, o’lchovi haqida aniq tasavvurlarning shakllanishi va taraqqiy etilishini ta'minlashga yo’naltirilgan sistematik mashqlar, birinchi geometrik tushunchalar va xulosalarning shakllanishi uchun zarur bo’lgan mashqlarni qo’yilishi bobida tajribalarning to’planishi

229

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

boshlang’ich matematika o’qitish metodikasini bundan so’ng tarqqiy etishi hususida shubhasiz katta yordam ko’rsata olishi mumkin.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini fazoviy tasavvurlarini shakllantirishning nazariy metodik asoslaribilan tanishtiriladi.

Boshlang’ich sinflarda geometrik material bilan tanishtirishning muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda fazoviy tasavvurlarni taraqqiy ettirish deb hisoblasak, nima uchun kichik yoshdagi o’quvchilar bilan ishlashda ulardan tanish shakllarni ajratilgan hollardagina tanishni emas, balki ancha murakkab hollarda ham ajrata bilib, tanib olish imkonini beruvchi mashqlarni (aytaylik tanish figura murakkabroq konfiguratsiyaning elementi) kiritish mumkin emas. Bu narsa har holda olingan bilimlarni amaliy masalalar yechish uchun qo’llashda ham va o’quvchilarni geometriyani yuqori sinflarda o’rganish ishiga tayyorlashda ham juda muhimdir.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini fazoviy tasavvurlarini shakllantirish boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki fazoviy tasavvurni bilmagan o’quvchi kelajak hayotda o’z o’rnini egallashda ancha qiyin ahvolda qoladi. Buni bartaraf etish uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilarni fazoviy tasavvurlarini shakllantirishni tarkib toptirish ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish har bir boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan yuksak mahorat va izlanish talab qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdullaeva Q.A., Ochilova M.O. va boshqalar. Boshlang'ich ta'lim kontseptsiyasi. Boshlang'ich ta'lim. - T.: «Sharq», 1998. 6-son., 12-22 b.

2. Abdullajonova M. Qobilova J. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar aqliy faoliyati. Xalq ta'limi. 3-son. 2003. 52-53 betlar.

3. Abduraxmonova N. Matematika 1-sinf. 2019

4. Axmadjonov G'. I. 3-sinfda maslalar yechish. - T.: 1983.

5. Babanskiy N. Q. Hozirgi zamon umumiy ta'lim maktablarida o'qitish metodlari. - T.: 1990.

6. Bikboeva N. U. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. - T.: O'qituvchi, 1996.

7. Bikboeva N. U. Matematika 3-sinf. - T.: 2015

8. Bikboeva N.U. Matematika 4-sinf. - T.: 2015

9. Burxonov S. Matematika 3 -sinf. - T.: 2014

10. Burxonov S. Matematika 4 -sinf. - T.: 2014

11. Jumaniyozov Q. Geometrik tasavvur tafakkurni rivojlantirish omili. Xalq ta'limi. 3-son. 2001.

12. Jumayev. M. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. - T.: 2005.

230

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.