Amonova Z. U. Navoiy davlat pedagogika instituti "Tasviriy san 'at va muhandislik grafikasi" kafedrasi
o'qituvchisi Quziboyeva R.A. Navoiy davlat pedagogika instituti "Tasviriy san 'at va amaliy bezak san 'atiyo'nalishi" magistranti
BADIIY HUNARMANDCHILIK SOHASIDA KASHTACHILIK TARIXI VA ZAMONAVIY TA'LIMDAGI ETNO O'ZARO TA'SIRI
Annotatsiya. Mamlakatimizning ta'lim maskani madaniy, tarixiy qadriyatlar xilma-xilligi bilan farq qiladi. Ko'pgina etnik guruhlar o'z xususiyatlariga ega. Shuning uchun ta'lim bunday xususiyatlarni hisobga oladi. Barcha guruhlardagi urf-odatlar bir xil emas. Lekin har bir madaniyatning qalbida bir xil asosiy tushunchalar va maqsadlar yotadi.
Kalit so'zlar: Kashtachilik san'ati, estetik qadriyat, hunarmandchilik, amaliy san'at, etno, rang, etno uslub.
Amonova Z.U. teacher
department of fine arts and engineering graphics Navoi State Pedagogical Institute Quziboyeva R.A. master's degree fine arts and applied decorative arts Navoi State Pedagogical Institute
ETHNO INTERACTION IN THE FIELD OF ART CRISIS AND MODERN EDUCATION IN THE FIELD OF ART CRAFTS
Annotation. The educational environment of our country differs by the diversity of cultural and historical values. Many ethnic groups have their own characteristics. That is why education takes such features into account. Traditions in all groups are not the same. But at the heart of every culture lie the same basic concepts and goals.
Keywords: Embroidery, aesthetic value, handicrafts, applied arts, ethno, color, ethno style.
Sh.M.Mirziyoyev "Keyingi yillarda mamlakatimizda qadimiy va boy tariximiz, milliy ozligimiz, betakror qadriyat va ananalarimiz timsoli bolgan xalq amaliy san atini rivojlantirish, hunarmandlarni har tomonlama qo llab-quvvatlash, ushbu yonalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va shu asosda
Ozbekistonning bu sohadagi ulkan salohiyat va imkoniyatlarini dunyoga namoyon etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda"2.
Chunki o'tmish buyuk allomalarning qoldirgan boy ma'naviy meroslarini tiklash, ularning ta'limotlarini o'rganish va hayotga tadbiq etishdek ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Zeroki, xalqimizning kuchi, avvalo uning boy va ma'naviy merosga ega ekanligidandir. Shuning uchun ma'naviy meros sifatida ota-bobolarimizdan bizga etib kelgan hunarmandchilik, estetik qadriyatlar, qarashlar va ta'limotlarni o'rganish, bilish va hayotga tadbiq etish bizning burchimizdir.
Badiiy hunarmandchilik teatr, kino, musiqa, tasviriy san'at turlari qatori mustaqil ahamiyat kasb etadi. Badiiy hunarmandchilik san'ati turli xil buyumlar, ko'chalar, maydonlar, o'quv-tabiyaviy muassasalar, moddiy inshootlarni bezatish bilan bog'liq. Shuningdek, u kiyim-kechaklar, zargarlik buyumlari bezagini ham o'z ichiga oladi. Hunarmandchilik kishilar turmushida shunchalik keng qo'llaniladiki, usiz turmushni tasavvur etish qiyin.
Badiiy hunarmandchilik idish-tovoqlar, kiyim kechaklar, gazmollar bezagi va boshqa turli bezaklarda qo'llanilib, u kishilarning mehnat faoliyatlari va ehtiyojlari bilan bog'liq holda paydo bo'lgan deb taxmin qilinadi.
Hunarmandchilik Uyg'onish davrigacha uy hunari shaklida, keyin xalq-badiiy hunarmandchiligi tariqasida shakllandi. Asta sekin xalq hunarmandchiligi xalq amaliy bezak san'ati buyumlari orasida yuksak badiiy saviyada ishlanib katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Turmushda foydalanish uchun tayyorlanadigan buyumlar hammasini amaliy san'atga kiradi deb bo'lmaydi. Turmush uchun mo'ljallangan kiyim-kechak, idish-tovoq amaliy san'at buyumiga aylanishi uchun ularga ma'lum talablar qo'yiladi. Ya'ni ular badiiy saviyada bajarilishi lozim. Bunda ularning tuzilishi, shakli, kampozitsiyasi, ranglari, materiali nazarda tutiladi. Bu talablarga javob bermagan taqdirda, ular hunarmandchilik buyumi qatoridan o'rin oladi. Tikuv mashinalari yordamida tayyorlanadigan buyumlar, amaliy sa'nat na'munalari bo'la olmaydi. Chunki ular yuqoridagi talabga javob bera olmaydi.
Badiiy hunarmandchilikning asosiy maqsadi kishilar yashaydigan muhitni va o'zini o'rab olgan buyumlarni chiroyli qilishdan iborat. Nimaga insoniyat chiroyli yashashga intiladi? Chiroyli uy quray, chiroyli jihoz olay, chiroyli keyinay va hokozo. Bularsiz inson yashay olmaydimi yoki ehtiyojlari qonmaydimi. Azal-azaldan bu insonlarni o'ylantiradigan savollarga javob topish qiyinday tuyiladi. Ammo bezaklarsiz ham yashay olamiz, tong otadi kun o'tadi.
Mana hayotimizni bir tasavvur qilaylik atrofimiz quruq cho'l biyobon. Hatto bir tup daraxt va o'simlik yo'q. Bizni o'rab turgan olam tanamizni jizg'anak qilib quritmoqda, tashnalik, suvsizlik bizni ko'p yashattirmaydi. Shunday ekan hayot bu yashnab turgan tabiat, qushlar ovozi suvlarni shildirab
2 Mirziyoyev Sh.M Xalqaro hunarmandchilikfestivalini o'tkazib borishga oid chora-tadbirlarto'g'risida. T. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. //Toshkent shahri, 2019 y, 3-oktabr.
oqishi bilan zavqli va jo'shqin ekan. Biz ham atrofimizga ya'ni ichki olamimizga mana shu jo'shqinlikni olib kirishga harakat qilamiz. Xalq amaliy bezak san'ati bu avloddan avlodga o'tib kelayotgan, ichki olamimizni poklikka, yashashga maqsad va orzu berishga undaydigan qadriyatdir.
O'zbekiston hudududi o'zining xilma-xil milliy tarkibga ega. Ya'ni har bir tuman o'zining shevasi milliy hunarmandchiligi, raqslari, urf-odatlari bilan bir - biri bilan ajralib turadi. Hunarmandchilikda ularning naqsh kompozitsiyasi, ranglari, naqsh elementlari va ishlatilish o'rni bilan farqlidir. Ammo bir biri bilan yaqin bo'lgan viloyatlar tumanlar orasida lokal aloqa mavjud bo'lib, bir qancha maktablarni tashkil etadi. Masalan: Toshkent maktabi, Samarqand maktabi, Buxoro maktabi va Surxondaryo maktablari bo'lib, qolgan hududlar shu maktablarga yaqin bo'lganligi uchun shu maktablar bilan jamlashadi.
"Folklor" atamasi "xalq ijodiyoti", "xalq donoligi" degan ma'noni anglatishi maktab yoshidan boshlab ma'lum bo'lgan. Shunday qilib, bu ta'rif folklor kiyim uslubining aniq xarakteristikasi ekanligi ajablanarli emas. Xalq haqiqattan ham turli Millatlar va xalqlarning tasvirlari va uslublari, urf-odatlari orasida topilishi mumkin bo'lgan eng qulay, yoqimli, ko'p qirrali va qulay narsalarni o'zlashtirdi.3
Oddiy-rang va mato jihatidan ham viloyatlar yoki mamlakatlarning madaniy va moda xususiyatlari jihatidan bir-birini to'ldiradigan narsalarni birlashtirish mumkin.
Etno uslubdagi kiyimlar tabiiy matolardan tikilgan. Bundan tashqari, ma'lum bir millatga tegishli matolardan foydalaniladi. Vodiyliklar atlas adras matolaridan foydalansa, Samarqand Buxoro a'lo bahmal matolarini ishlatishadi, Surxondaryo Qashqadaryoda esa shoyi matosidan ko'proq foydalaniladi. Bu uslubda asosan milliylik va zamonaviylik uyg'unlashgan bo'lib milliy matolarimizni zamonaviy liboslarning bir qismida qo'llash ham mumkin.
Nurota kashtalari boshqa maktablar kashtalaridan badiiy jihatdan farq qiladi. Kashtachilikning yirik markazlaridan biri sanalgan Nurota asrlar mobaynida kashtalarning tasvir aniqligi, o'simlik naqshlarining serjilvaligi bilan mashhur. 19 asrda Nurota kashtalari asosan oq kosibiy karbos va och yashil ip gazlama mato ustiga "bosma" va "yo'rma" uslubida guldastalar bilan bezatilib, matoning oq foni tig'iz to'ldirilmagan. Nurota kashtachiligi o'zining gulli motivlarining boyligi va rang-barangligi bilan O'zbekiston kashtalari orasida birinchi o'rinda turadi. Gul naqshlarining go'zalligi va boyligi jihatidan Buxoro kashtalariga yaqin tursada, o'ziga xos ijro uslubi bilan alohida ajralib turadi. Nurota kashtalarida ba'zan gul naqshlari, o'simliklar, qushlar, turli jismlar va hatto hayvonlar tasviri, ayrim hollarda yashirin tarzda odamlar tasviri bilan ham boyitiladi. Kashtalar ochiq rangli ipak va jun iplardan igna bilan sidirg'a -bosma uslubida tikilgan gul va naqshlar atrofi bigiz bilan "daravsh" chokida chegaralangan. Nurotada kashta asosan bo'z, chit, satin, shoyi, baxmal, movutga
3 https://textiletrend.ru/stili-odezhdyi/stil-etno.html
tikiladi. Iplari ipakdan yigirilib, bo'yoqlari tabiiy o'simliklardan olinadi. Nurota so'zanalarida ochiq ranglar: qumrang, tilloyi rang, kulrang, pushti rang, havorang, och yashil rang, qizil rang ishlatilgan. Ranglar Buxoro kashtalari rangiga yaqin, ular bosiqlik va salobatni kasb etgan.
Kundalik uslubingizni etno uslubiga diversifikatsiya qilish uchun siz etnik elementlardan osongina foydalanishingiz mumkin. Asosiy e'tibor kiyimdagi aksessuarlar va kashta bezaklariga qaratilishi kerak. Bezaklarda etno uslubidagi bir yo'nalishga e'tibor qaratib, sumkalar, zargarlik buyumlari, ipak kashta choklardan foydalanish lozim. Agar siz etno uslubidagi kiyimlarda kashtani asos sifatida tanlasangiz, unda sumkalarda va poyafzallarda ham kashta elementlaridan foydalanish yaxshiroqdir. Yoki eng kichik tafsilotlarga qadar o'ylangan to'liq etno-tasvirni to'plash, ayniqsa, etno uslubi yozda dolzarbdir. Yilning shu davrida siz tabiiy matolardan yasalgan, ammo ayni paytda yorqin va rang-barang narsalarni kiyishni xohlaysiz.
Etno uslubi ko'p qirrali va noyobdir. Dunyoda noyob va yorqin milliy kiyimlarga ega etnik guruhlar juda ko'p-ilhom olish uchun ulkan maydon! Har bir insonda bunday uslub o'zini qiziqarli va g'ayrioddiy tarzda namoyon qiladi. Etno uslubiga mos kelmaydigan ayol yo'q, asosiysi sizning didingizga qo'shmoqchi bo'lgan madaniyatni batafsil o'rganish va o'ziga xos ranglar, aksessuarlar va matolarning ansamblini yaratishdir. Ilhom oling, tajriba qilishdan qo'rqmang va yangi uslubingiz natijasidan zavqlaning.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O'zbekiston 2017 yil, - 489b.
2. Sh. Mirziyoyev, "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarnihar tomonlama qo'llab-quvvatllash chora tadbirlari to'g'risida"gi PF-5242-son, 2017yil 17-noyabr. 2-10 betlar
3. Mirziyoyev Sh.M Xalqaro hunarmandchilik festivalini otkazib borishga oid chora-tadbirlarto g risida. T. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. //Toshkent shahri, 2019 y, 3-oktabr.
4. K.M.G'ulomov Amaliy san'at. -T: Iqtisod-moliya, 2008. 90 bet.
5. S.S.Bulatov va M.Ashirov Amaliy san'at atamalar lug'ati. -Toshkent: Enseklopediya bosh red., 1991. 86 bet.