Научная статья на тему 'URF-ODAT VA MAROSIMLAR MILLIY LIBOSLARNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY VOSITA'

URF-ODAT VA MAROSIMLAR MILLIY LIBOSLARNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY VOSITA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
768
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mato / uyg’unlik / uslub / sаn’аt / naqsh / ramz. / Fabric / harmony / style / art / pattern / symbol

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yuldashev, I.

Maqolada urf-odatlar ta’sirida milliy liboslarning kelib chiqishining o’ziga hos usullari hamda fasillar ta’siririda o’zgarishlari bayon etilgan. Libos turlari va undagi rang munosabatlari turli kursatmalar asosida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CUSTOMS AND CEREMONIES ARE THE MAIN TOOL FOR FORMING NATIONAL DRESSES

The article describes the unique ways of the origin of national costumes under the influence of traditions and changes under the influence of periods. The types of clothes and their color relationships were analyzed based on various guidelines.

Текст научной работы на тему «URF-ODAT VA MAROSIMLAR MILLIY LIBOSLARNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY VOSITA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

URF-ODAT VA MAROSIMLAR MILLIY LIBOSLARNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY VOSITA

I.Yuldashev

Far.DU Tasviriy san'at kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada urf-odatlar ta'sirida milliy liboslarning kelib chiqishining o'ziga hos usullari hamda fasillar ta 'siririda o'zgarishlari bayon etilgan. Libos turlari va undagi rang munosabatlari turli kursatmalar asosida tahlil qilingan.

Tayanch s'o'z va iboralar: Mato, uyg'unlik, uslub, sаn'аt, naqsh, ramz.

АННОТАЦИЯ

В статье описаны уникальные пути возникновения национального костюма под влиянием традиций и изменения под влиянием эпох. Типы одежды и их цветовые соотношения анализировались на основе различных рекомендаций.

Ключевые слова и выражение: Материал, стиль, гармония, искусство, орнамент, символ.

ABSTRACT

The article describes the unique ways of the origin of national costumes under the influence of traditions and changes under the influence of periods. The types of clothes and their color relationships were analyzed based on various guidelines.

Key words and expressions: Fabric, harmony, style, art, pattern, symbol.

KIRISH

XIX asrda o'zbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolar sirasiga ip-gazlama, ipak nimshoyi va jun gazlamalar kiradi. Xom ashyoning mo'lligi va arzonligi Movarounnaxr shaharlarida ipak to'quvchilik, bo'z to'quvchilik, jun to'quvchilik va boshqa xil matolarni to'quvchilik kasb xunarlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni vujudga keltirdi.

To'quvchilikning, asosan, ichki turi: hammabop ip gazlama to'quvchiligi va nisbatan qimmatroq ipak to'quvchiligi ko'proq taraqqiy etgan. Ip gazlama matolarni to'qish bilan, asosan ayollar, ipak va nimshoyi gazlamalarni to'qish bilan erkaklar shug'ullanishgan.

Ip-gazlama matolarning turlari va navlari juda xilma xil bo'lgan. Ayniqsa, oq, jigarrang, sariq tusli bo'zlar keng tarqalgan bo'lib, ulardan barcha yoshdagi kishilar uchun choponlar, shuningdek, ichki kiyimlar, sallalar tikilgan. Ayollarning ro'mollari, dakana va lachaklarini tikish uchun shasha doka

78

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ishlatilgan. Erkaklarni ko'ylaklari xom surup, sidirg'a chit, sodda to'qilgan, qalami deb nomlangan ip gazlamadan tikilgan. Yo'l-yo'l ip gazlama mato -olachalar ko'proq qishloq to'quvchilari tomonidan to'qilib, chopon tikishda ishlatilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'tmishda o'lkamizdagi butun-butun shaharlar faqat ma'lum bir nav va ranglardagi gazlamani to'qishga ixtisoslashgan edi. Badiiy to'quvchilikning mahalliy maktablari ham mavjud.

Bularning bari matolarni bo'yash sanoatining yuksakligi, mahalliy gazlama to'qish usullari ular qo'lidan chiqadigan matolar rangi bo'yog'i va gullarining bir-biriga o'xshashligi nafisligi bilan ajralib turadi.

Toshkent kosiblari bo'z yoki korbo'z (oddiy bo'yalmagan ip gazlama), bosma (ko'proq qizil tusdagi gulli bo'z), olacha (bo'yalgan ipdan to'qilgan yo'l -yo'l ip gazlama), chopon tikishda qo'llaniladigan yo'l -yo'l nim shoi matolar to'qishga mohir edilar.

Buxoro, Samarqand, Qo'qon, Marg'ilon, Namangan va boshqa shaharlarda an'anaviy o'zbek ipak (kanovuz shoyi, xonatlas), nim shoyi (beqasam, banoras, adras) gazlamalar to'qilib, ulardan tikilgan turfa kiyimlar o'ziga to'qroq boy -badavlat kishilar orasida rasm bo'lgan.

Quyidagi mana shu matolarni ayrimlariga bir-ikki og'iz ta'rif berib o'tamiz.

Beqasam - yo'l-yo'l gazmol bo'lib, o'ndan erkak, ayol va bolalar uchun kundalik kiyiladigan to'nlar, ko'rpa-ko'rpachalar tikishda foydalanilgan.

Banoras - beqasamdan rang turlari bilan farqlanib, undan ayollarni ustki kiyimi bo'lmish par anji tikilgan.

Pariyposhsha - beqasamdan qalinroq matodirki, u paranji, shuningdek, chopon tikishda ishlatilgan.

Adras - abr iplari bilan gul solingan nim shoyi gazmoldir. SHuningdek, kanovuz, shoyi, xonatlas, guldor kimxop, duxoba kabilar ham keng qo'llan ilgan.

Shoyi va nim shoyi matolar - beqasam, adras, yakro'yo, katak-shoyi, tovlanma shoyi, abr shoyi va hokazolarga turli-tuman gullar solingan.

XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyoga Russiyadan keltirilayotgan ip gazlama va boshqa matolarni miqdori tobora orta bordi. Bu matolar O'rta Osiyo va Qoshqar o'lkasida to'qiladigan gazlamalar bilan raqobat qila boshladi. Russiya fabrikalari egalari O'rta Osiyo o'lkalari bilan savdo-sotiq qiluvchi savdogarlar bilan til biriktirib mahalliy aholi didiga mos gazmollar ishlab chiqarishga astoydil harakat qilib, bu yerdagi bozorlarda ustunlikka erishish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchun kurashni avj oldirdilar. Russiya mollari, jumladan, gazmollarining o'lkaga keltirilishi natijasida ular mahalliy hunarmandchilik mollarini bozordan siqib chiqara boshladilar. Fabrikada ishlangan matolar kosiblari qo'lidan chiqqan matolarning bozorini kosod qilib boraverdiki, bu hol o'lka xo'jaligining bozor ehtiyojlari uchun mol ishlab chiqarish sohasining umumiy taraqqiyoti jarayoni va natural xo'jalikning inqir ozi bilan bog'liq edi.

XIX asr oxiri va XX asr boshida o'zbeklar orasida ham asosan fabrikada tayyorlangan ip gazlamalar: chit, bo'z, kolenkor, xom surupdan tikilgan kiyim kechaklarni kiyish rasm bo'ldi. Boy-badavlat kishilar esa kimxob, ipak, atlas, duxoba, rango-rang movudlardan kiyim tiktirib kich boshladilar. SHunga qaramay, kosiblar dastgohdan chiqqan mahalliy gazlama: mato, bo'z, nim shoyi gazmol, adras, beqasam, podshoi, kimxob, xonatlas, katakshoyi kabilarning turlari xillariga ham ehtiyoj katta edi.

O'rta Osiyo gazmollarini ishlash va ularga gul solish texnikasi xila murakkab ish edi. Gul naqsh solishda ikki xil uslub qo'llanilganki, bu esa yo'l -yo'l va abr uslubida to'qilar edi. XIX asrga kelib yo'l-yo'l gul solingan matolar xillari keng rasm bo'lib ketdi. Ip gazlama shoyi, nim shoyi gazmollariga shu uslubda gul solish boshlandi. Mazkur turdagi gazlamalarni chiqaradigan to'quvchilik markazlari Samarqand, Urgut, Nurota, Buxoro, G'ijduvon, Farg'ona vodiysida Namangan, Beshariq tumanlarida mavjud edi. Xorazm ustalari tayyorlagan gazlamalar ham o'ziga xos gullari bilan ko'zga tashlanib turar edi.

Matolarga gul bosishning usullaridan Abrli iplar bilan gul solingan, bo'yoqlari yoyiq qimmatbaho ipak gazmollarni ishlab chiqarishda qo'llanilgan. Abrband usuli bilan iplarni o'rab bog'lab qo'yishdan iborat. Mazkur murakkab va sermehnat jarayon asosan Farg'ona vodiysi shaharlari va Samarqand, Buxoroda xonatlas to'qishda qo'llanilgan. Bularni hammasi XIX-XX asrlarda mahalliy gazlamalarni badiiy bezash san'ati xilma-xilligi va o'ziga xos ekanligidan, O'rta Osiyo xalq hunarmandlarining nozik dididan dalolat beradi. SHu boisdan ham to'quvchi ustalarning nafis va pishiq mahsulotlari, mahalliy bozorlar chegarasidan chiqib, butun O'rta Osiyo va undan tashqari mamlakatlarga harid qilinib, olib ketilgan va u yerlarda juda mashhur bo'lgan.

Marosimlar kiyimi to'y, motam kiyimlaridan iborat. Odatda o'zbeklarda qizning sepi to'ydan ancha ilgari taxt qilib hozirlab qo'yiladi. "Qizingni beshikka sol, sepini sandiqqa" deydi do no xalqimiz.

Xilma-xil buyumlar, uy-ro'zg'or jihozlari bilan bir qatorda turfa gazlama va kiyim-kechaklar kelin sepini eng muhim zaruriy qismini tashkil etadi. To'y

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kiyimlari albatta, oq, yorqin ranglarda bo'lishi kerak, bu ranglar baxt-saodat timsoli hisoblangan. Shu sababli ip gazlamalardan maxsus oppoq libos tikilgan, uning bichimi uzun olinib, etaklari to'piqqacha tushib turgan, yoqalari zamonaviy uslubda yenglari esa kengva barmoqlarni yoyib turadigan darajada uzun bo'lgan. Bu kabi oppoq kelin libosi hozirgacha rasm bo'lib kelayotir. Kelinning ro'moli ham shunday tusda, ba'zan kashtalar bilan bezatilgan, ip gazlamalardan tikilgan yap-yangi poyafzallar esa an'anaviy mahsi va tufli hamda kovushdan iborat bo'lgan.

Kelin-kuyovning uyiga uzatilayotgan paytda boshiga paranji yoki chopon yopib, yuzini harir ro'mol bilan berkitishgan. (mazkur odat Samarqand va Buxoroda keng tarqalgan). To'yning ertasi kuni "kelin salom" paytida kelin gul -naqshlar bilan bezalgan ro'molni o'ng qo'lida ushlab turgan. Samarqandda kelin sarposi 15-20 chiroyli ko'ylaklardan tashkil topib, hammasi odatda mahalliy va chetdan keltirilgan gazmollardan maxsus bichilgan. Etaklari uzun bo'lib, ustidan mursak, kamzul, nimcha kabilar kiyib yurilgan.

Erkaklar to'y sarposi odmiroq va xillari kamroq bo'lib, oq ko'ylak va ishton, oq salla, do'ppidan iborat. Ko'ylak ustidan kiyish uchun mahalliy kosiblar dastgohda tayyorlangan gazlamadan qavma to'n, belbog', chorim poyafzal, asosan etik kabilar ham to'y kiyimlari sirasiga kirgan.

To'y kiyimlari kelin-kuyovlarning qaysi ijtimoiy tabaqaga mansubligiga qarab yig'ilgan. Kambag'alroq oilalar sarpolarni ko'proq qo'lda to'qilgan ip gazlamadan, boyroq xonadonlar esa nimshoyi, ipak, boshqa mamlakatlardan keltirilgan farangiy matolardan tiktirishgan.

O'zbeklarning motam ma'rakalarida kiyadigan ustboshlari, asosan, ayollarga mo'ljallangan, erkaklarda maxsus ta'ziya kiyimi bo'lmasa-da, beliga belbog' bog'lab, boshiga do'ppi kiyib turishgan.

Agar oilada biron bir yaqin qarindosh vafot etsa, ayollar uch kun ichida o'zlari ko'k yoki qora tusdagi matolardan ko'ylak tikib olishgan. Azaning to'rtinchi kuni mana shu motam kiyimini kiyish marosimi o'tkazilib, suyuq taom tarqatilgan. Mazkur kun "ko'k kiydi" deb nomlangan. Irimiga ko'ra, motam liboslarining yeng va etak uchlari choklanmagan bo'ladi. Oradan bir yil o'tib, ko'k ko'ylaklar yechilib, oq ko'ylaklar kiyish marosimi "oq kiydi" uyushtirilgan.

Toshkent va Farg'ona vodiylarida ta'ziya kunlari ayollar mursak kiyib, belbog' bog'lashgan. Hozirgi paytda mursak va fot qilgan ayol kishining tobuti

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ustiga yopib qo'yiladi. Samarqand, Buxoro viloyatilarida motam marosimlarida ayollarga oq ko'ylak kiyish va oq ro'mol o'rash rasm bo'lgan.

REFERENCES

1. Oila. - ilmiy-ma'rifiy, ijtimoiy psixologik jurnal. - 2005.

2. O'zbekiston san'ati. T., "SHarq", 2001.

3. S.Bulatov. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. Toshkent, 1991.

4. M.A.Bikjanova. odejda uzbechek Tashkenta. "Kostyum narodov sredney Azii" M., 1979.

5. M.Mirzaahmedov. Materiallarga badiiy ishlov berish. Toshkent, "O'qituvchi", 1986.

6. N.Oydinov. Ajdodlarimiz san'ati va e'tiqodi. T., 1992.

7. B.Ahmedov. O'zbekiston xalqaro tarixi manbalari. "O'qituvchi", 1991.

8. X.Komilova. liboslar dizayni: yoshlar izlanishlari san'at. 1999. 2-son, 30-bet.

9. K.Oqilova. Marg'ilonning zamonaviy gazlamalari. San'a t, 1999.

10. Ye.Shinovskaya. Yuksak modalar yo'lida. San'at, 1999.

11. M.A.Hamidova. Madaniyatshunoslik istiqboli. Guliston, 1998, 5-son, 23-24 betlar.

12. O.Egamov. O'zbekistonda dizayn san'ati. San'at, 1999.

13. A.Egamberdiyev. Milliy o'ziga xoslik yo'lida izlanishlar. San'at, 1999.

14. E.Gul.Hunarmandchilik an'analarini saqlab. Usta zargar Fashiddin Dadamuhammedov. San'at, 1999.

15. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

16. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

17. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

18. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

19. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

20. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

21. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

22. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

23. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

24. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

25. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.