Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSI TOJIKLARI AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIGINING ETNOLOGIK TAHLILI (KASHTACHILIK, KIYIM-KECHAK TAYYORLASH, DO‘PPIDO‘ZLIK VA PICHOQCHILIK MISOLIDA)'

FARG‘ONA VODIYSI TOJIKLARI AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIGINING ETNOLOGIK TAHLILI (KASHTACHILIK, KIYIM-KECHAK TAYYORLASH, DO‘PPIDO‘ZLIK VA PICHOQCHILIK MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
262
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Farg‘ona vodiysi / tojiklar / hunarmandchilik / etnografiya / liboslar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Parviz Akbarjonovich Nabiyev

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi tojiklarining an’anaviy hunarmandchiligi turlaridan kashtachilik, kiyim-kechak tayyorlash, do‘ppido‘zlik va pichoqchilik turlari tarixiy-etnologik jihatdan atroflicha tahlil qilingan. Maqolada Farg‘ona vodiysi tojiklarining an’anaviy hunarmandchiligi mavzusi atrofida olib borilgan tadqiqotlar haqida ham ma’lumot berilgan. Shuningdek, Farg‘ona vodiysi tojiklarining an’anaviy hunarmandchiligidagi o‘ziga xos xususiyatlar hamda vodiy o‘zbeklari bilan o‘zaro madaniy uyg‘unlik masalalariga doir qisqa xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSI TOJIKLARI AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIGINING ETNOLOGIK TAHLILI (KASHTACHILIK, KIYIM-KECHAK TAYYORLASH, DO‘PPIDO‘ZLIK VA PICHOQCHILIK MISOLIDA)»

*

>

HUNARMANDCHILIGINING ETNOLOGIK TAHLILI (KASHTACHILIK, KIYIM-KECHAK TAYYORLASH, DO'PPIDO'ZLIK VA PICHOQCHILIK

MISOLIDA)

Parviz Akbarjonovich Nabiyev

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6783522

Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg'ona vodiysi tojiklarining an'anaviy hunarmandchiligi turlaridan kashtachilik, kiyim-kechak tayyorlash, do'ppido'zlik va pichoqchilik turlari tarixiy-etnologik jihatdan atroflicha tahlil qilingan. Maqolada Farg'ona vodiysi tojiklarining an'anaviy hunarmandchiligi mavzusi atrofida olib

Krvi*i1 rrnti Innm nrv+l or nom/in nnm mn'1nmA+ Kanl rrnti Cniim n irr\ al/ Cnrrv'Ann Trrvnnrfit

borilgan tadqiqotlar haqida ham ma'lumot berilgan. Shuningdek, Farg'ona vodiysi

>

tojiklarining an'anaviy hunarmandchiligidagi o'ziga xos xususiyatlar hamda vodiy o'zbeklari bilan o'zaro madaniy uyg'unlik masalalariga doir qisqa xulosalar berilgan. Kalit so'zlar: Farg'ona vodiysi, tojiklar, hunarmandchilik, etnografiya, liboslar.

»

m?

Annotation: In this article some types of handicrafts like embroidery, making clothes and knife-making of tadjiks of the Fergana Valley have been analyzed in detail from a historical and ethnological point of view. The article also provides information on research on the traditional handicrafts of the tadjiks of the Fergana Valley. There are also briefs conclusions about the peculiarities of the traditional

handicrafts of the tadjiks of the Fergana Valley and the issues of cultural harmony

with the Uzbeks of the valley.

Keywords: Fergana valley, tadjiks, handcraft, etnography, clothes.

Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan yagona madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va

m

ge°grafik muhitda hayot kechirib kelishgan. Shuningdek, tojik xalqi ham

mintaqaning deyarli barcha davlatlari hududida qadimdan istiqomat qilib kelishadi. Tojiklarning salmog'i ayniqsa, Farg'ona vodiysida anchayin yuqori hisoblanadi.

J-jt

Tojiklar - Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlardan biri bo'lib, Tojikiston Respublikasining asosiy aholisi (7,8 milliondan ortiq, 2020) hisoblanadi. O'zbekistonda (1 mln. 500 ming nafardan ortiq, asosan, Buxoro va Samarqand shaharlari hamda Urgut atroflari, Surxondaryo, Sheroboddaryo, Katta va Kichik O'radaryo bo'ylari, Qashqadaryoning yuqori oqimi, Qarshi vohasi, Nurota tog'lari, Jizzax vohasi, Farg'ona vodiysining So'x daryosi bo'ylari, Farg'ona va Qo'qon shaharlarining janubiy qismlari, Namangan viloyatining shimoliy va qisman g'arbiy

__________i______J--!- -j» u™ .

hududlari), Qirg'izistonning Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida ham tojik

: * ^ * n>

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

qishloqlarini uchratish mumkin. Afg'onistonda (13.5 mln. nafar), Xitoyning g'arbiy

qismi, Eron Xurosoni, Rossiya, Qozog'iston va Turkmanistonda, shuningdek, Pokistonda yashashadi. Tojiklarning umumiy soni 35 mln. dan ortiq1.

Tojiklar nafaqat keng va obod vodiylarda, shu bilan birga tog'larda va tog' etaklarida ham yashashadi2. Xususan, Farg'ona vodiysida istiqomat qiluvchi xaqlar ichida ham tojiklar nufusi jihatdan o'zbeklardan keyingi o'rinda turadi. Shunday ekan, ushbu hududda yashovchi tojiklarning urf-odatlari, madaniyati, turmush tarzi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini o'rganish antropologiya va etnologiya fan sohalarining

-IM.-?, '

•> ■> i ■> ■> D г о J oj о

muhim tadqiqot obyektlaridan biri hisoblanadi.

Har bir xalqning o'zligini namoyon qiluvchi asosiy omillardan biri uning milliy qadriyatlaridir. Ushbu milliy qadriyatlar ichida an'anaviy milliy hunarmandchlikning o'z o'rni bor. Bu borada esa, tojik xalqining kundalik turmush tarzida o'ziga xos mavqega ega bo'lgan hunarlarning tarixiy asoslarini etnologik jihatdan tadqiq qilish

dolzarb hisoblanadi. Muayyan xalqning etnik, madaniy xususiyatlari uning an'anaviy

win^ rvo™,«™ vnin _________

milliy hunarmandchiligida namoyon bo'ladi. Qolaversa, xalq hunarmandchiligi

>

mahsulotlarida ular yaratilgan davrning ruhi o'ziga xos bezaklar va naqshlarda aks etadi. Bu esa, o'z navbatida ma'lum bir xalqning milliy ruhiyatini an'anaviy milliy hunarmandchilikdagi muayyan ramzlarda aks etgan moddiy ko'rinishidir.

Tojik milliy hunarmandchiligini tarixiy-etnologik jihatdan o'rgangan

tadqiqotchilar ichida O. A. Suxareva3, Z. A. Shirokova4, R.Y. Rassudova5, E. M.

6

Pisherova larning tadqiqotlari mavzuni etnologik jihatdan tahlil qilishda alohida

♦ ~ ' 1 : ' Ж ]-

Doniyorov A.X., Bo'riyev O.B., Ashirov A.A. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi / Darslik. - Toshkent:

----.... ....... "" - —----- —• ——.....i— ------ь-.— ■ ——■■-----

"NIFMSH", 2020. - B. 103.

2 Ashirov A.A. Etnologiya. - Toshkent: "Yangi nashr", 2014. - B. 290.

3 Сухарева О.А. Пoзднефеoдальный гoрoд Бухара ганца XIX - начала ХХ в. Ремесленная прoмышленнoсть. -Ташкент: АН УзССР, 1962; Сухарева О.А. Опыт анализа пoкрoев традициoннoй «туникooбразнoй» среднеазиатскoй oдежды в плане их истории и эвoлюции // Koctom нарoдoв Средней Азии. - М.: Наука, 1979. -С. 77-103; Сухарева О.А. Bo^ocbi изучения тостюма нарoдoв Средней Азии // Koctom нарoдoв Средней Азии. - М., 1979. - С. 3-13;

4 Ширoкoва З.А. Таджикский кoстюм ганца XIX - XX вв. - Душанбе, 1993; Ширoкoва З.А. Традициoнная и сoвременная oдежда женщин Гoрнoгo Таджикистана. - Душанбе, 1976; Ширoкoва З.А. Традициoнные женские гoлoвные убoры таджикoв (юг и север Таджикистана) // Традицдонная oдежда нарoдoв Средней Азии и Казахстана. - М., 1989. - С. 182-203; Ширoкoва З.А. Традициoнный кoстюм жениха у горных таджитов // Кoстюм нарoдoв Средней Азии. - М., 1979. - С. 123-126; Ширoкoва З.А. Детская oдежда таджикoв и связанные с ней oбряды // Этшграфичестое oбoзрение. - М., 2002. - № 4. - С. 83-88. Ершoв Н. Н., Ширoкoва З. А. Альбoм oдежды таджикoв. - Душанбе, 1969; Ершoв Н.Н. Дoмашние прoмыслы и ремесла //Таджики Каратегина и Дарваза. - Вып. 1. - Душанбе, 1966.

5 Рассудoва Р.Я. Материалы no oдежде таджитов верхoвьев Зеравшана (no кoллекциям и записям А.Л. Трoицкoй и Г.Г. Гульбина, 1926-1927 гг.) //Сбoрник музея антрoпoлoгии и этнoграфии. - Ленинград, 1970. - Т.

26. - С. 16-51; Рассудова Р.Я. К истории одежды оседлого населения Ферганского, Ташкентского и Зерафшанского регионов //Сборник музея антропологии и этнографии. - Ленинград, 1978. - Т. 34. Материальная культура и хозяйство народов Кавказа, Средней Азии и Казахстана. - С. 154-174; Рассудова Р.Я. К истории женской одежды Ферганы и Ташкента (XIX - начале XX в.) //Полевые исследования Ин-та этнографии, 1979. - М., 1983. - С. 164-178; Рассудова Р.Я. Женские головные платки населения Ферганской долины и Ташкентского оазиса (конец XIX - XX в.) //Полевые исследования Ин-та этнографии, 1980-1981. - М., 1984. - С. 196-206; Рассудова Р.Я. К истории одежды среднеазиатского духовенства //Сборник музея антропологии и этнографии. 1989. - Ленинград, 1970. - Т. 43. Памятники традиционно-бытовой культуры народов Средней Азии. - С. 16-51.

6 Пещерева Е.М. Ягнобские этнографические материалы. - Душанбе: Дониш, 1976.

•И--га^ГД-К с--И- «гйэ, ;>

i^äi^a - в Л>Ж

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, Farg'ona vodiysi tojiklarining an'anaviy

hunarmandchiligi masalalarida R.Y. Rassudova tadqiqotlari e'tiborga molikdir.

Farg'ona vodiysi tojiklari hunarmandchiligi chuqur tarixiy ildizlarga ega b o'lib,

vodiy tojiklari qadimdan duradgorlik, rixtagarlik (metallarga ishlov beruvchilar),

mi

to'qimachilik, tunukachilik, sandiqchilik, qadoqchilik (mix tayyorlash), taqachilik, juvozkashlik, chopondo'zlik, chilangarlik, suvoqchilik, degrezlik, sovunchilik, sirchilik yoki bo'yoqchilik, aravasozlik, sarrojlik (egar-jabduq yasash), holvapazlik,

! Ш-

shirapazlik, bo'zchilik, zargarlik, tandirchilik, kulolchilik, chitgarlik, shoxiboflchilik (ipak mato ishlab chiqaruvchilar), kosibchilik, beshiksozlik, yog'ochsozlik, pichoqchilik, qurolsozlik, zardo'zlik, naqqoshlik, ko'nchilik (teri oshlash), gilamdo'zlik, kigizchilik, do'ppido'zlik, po'stindo'zlik, kovushdo'zlik, maxsido'zlik, arqon to'quvchilik (ular odatda qo'y juniga ot dumi tolasini qo'shib arqon to'qishgan) kabi hunarmandchilik turlari bilan shug'ullanib kelishgan.

Hunarmandchilikning tarkibiy tuzilmasida usta, xalfa va shogird kabi kasbiy toifalar mavjud bo'lgan. Hunarmandchilikning ichki tartib va qoidalarini uning o'ziga

xos nizomi bo'lgan "Risola"lar belgilab bergan. Aynan mana shu "Risola"larda ko'plab etnopsixologik elementlarni uchratish mumkin. Masalan, usta-shogird orasidagi an'anaviy munosabatlar, hunar pirlari, payg'ambarlar va avliyolar haqqiga

duolar shular jumlasidandir. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, har bir kasbning o'z

rahnamosi - piri hamda "Risola"si bo'lgan. Masalan, Dovud payg'ambar temirchilik

piri hisoblangan bo'lsa, Idris payg'ambar tikuvchilik piri edi. Hunarmandlar orasida

avloddan - avlodga o'tuvchi odatlar va udumlarga rioya etilgan. Misol uchun, ish

boshlashdan oldin usta o'z pirini yodga olib undan madad so'rash ("mening qo'lim

..... . . ., . , , .......

emas pir-u ustozlarning qo'li" tariqasida), bundan tashqari shogirdiga u ish

пп1л1г1п1л mixml i în+rw гмл 1л1тл г\гл irvfi I-»о Kan ol-» o+1 nrn-n omni ml ил rron7

boshlashidan avval ustoz tomonidan oq fotiha berish kabi odatlarga amal qilingan .

Hunarmandchilik turlari ichida ma'lum xalqning etnopsixologik ko'rinishi aks etgan va uning muayyan ramzlarini asrlar davomida bir davrdan boshqa davrga o'ziga xos "tashuvchisi" vazifasini bajarib kelgan, o'zining sirli bezaklari hamda naqshlari bilan ko'plab soha mutaxassislari qatorida etnolog va antropologlarning e'tiborini tortib kelayotgan hunarmandchilik turi bu - kashtachilikdir.

Kashtado'zlik yoki kashtachilik amaliy bezak hunarmandchiligining qadimiy

J-jt

KMfl V\1fir»l>1 П+ЛПГ11 ' I V>/-|/41/4 +1 n f п1лп1л1 1т"/л '-»«rin-fnrlilr-i lrn P 1"4 i

sohalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kashtachilikning paydo

ш

bo'lishi teridan tayyorlangan kiyimlarda bog'lam va choklarning yuzaga kelishi bilan bog'liqdir. "Kashta" so'zinig lug'aviy ma'nosi fors-tojikcha "chizilgan", "tortilgan"

A1 > ^^ I 1 >

degan ma'nolarni anglatadi. Bugungi kunda ham kashta, gul tikib bezatilgan

1 >C>: __: j>

7 "

Узбекистан Миллий Энциклспедияси. Т. 11.-Т.: "Узбекистан Миллий Энциклспедияси" Давлат илмий нашриёти, 2005. Б. 392.

J^ ' J "

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

buyumlarning turi ko'p: shohi so'zana, darpech, falak va boshqalar8 shular

jumlasidandir.

O'z navbatida tojik xalqi madaniyati hamda urf-odatlarini tahlil qilar ekanmiz, milliy-an'anaviy hunarmandchilik tarmoqlari ichida kashtachilik va uning ramziy bezaklariga yashiringan xalq merosini tadqiq qilish o'rinlidir. "Kashta" so'zning aynan fors-tojikcha o'zakdan kelib chiqqanligi ham, kashtachilik va tojik xalqi orasidagi ko'p asrlik bog'liqlikni ma'lum ma'noda o'zida aks ettiradi.

An'anaviy tojik kashtalarida o'simliksimon tasvirlar, shoxlar, gulbandlar, iM.'

guldastalar ko'p uchraydi. Naqshlarning umumiy ko'rinishida asosiy bezak matoning o'rtasida bo'lib, hoshiyalar qo'shimcha bezak hisoblanadi. Ko'pchilik kashtalar markazida quyosh tasvirini anglatuvchi maxsus bezaklarni uchratish mumkin. Umuman, quyosh va gullar tasviri hosildorlik, porloq kelajak va farovon hayotni anglatuvchi rituallar hisoblangan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tojik kashtalaridagi naqshlar va bezaklarni o'zbek kashtachiligi ramzlarida ham uchratish mumkin. Bu esa Farg'ona vodiysi o'zbeklari va tojiklarining ko'p asrlik madaniy

aloqalari yuqori darajada rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan yagona madaniyatning amaliy ko'rinishlaridandir.

Tojik kashtachiligi tarixiy naqsh usullarini tadqiq qilish shuni ko'rsatadiki,

kashta tikish turli usullarda matoga avvaldan axta (andoza) yordamida tushirilgan gul, tasvir, naqsh asosida bajarilgan. Kashta tikishda asosan igna, ilmoqli igna, ilmoqli bigiz, angishvona, chambarak va boshqa ish qurollaridan foydalanilgan. Keng tarqalgan chok turlari kandaxayol, chindaxayol, xomdo'zi, iroqi, popur, ilmoq, baxya

kabilar hisoblangan. Kashtachilik markazlari nafaqat naqshlar va ramzlarning turfa

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

............ ........

xilligi balki, kashta choklari bilan ham farqlangan.

Л1лаЬ г\'rfnnrln rr Inrnni rtnn Ьпппri оrrl оn anrr л nrli mnn rlnn Kin ri тгпт тгЛг\лЛл \r

Aholi o'rtasida keng tarqalgan hunarlardan eng qadimiylaridan biri yigiruvchilik va to'quvchilik hisoblangan. Ma'lumotlarga ko'ra, to'quvchilik neolit davrida kashf etilgan. Bu esa tikuvchilik insoniyat kashf etgan eng qadimiy hunarmandchilik turlaridan biri (yana biri kulolchilik edi) ekanligini anglatadi. Har bir xalqning tikuvchilik an'analarida juda qadimiy ramzlar va aynan ma'lum bir xalqqagina mansublik hodisasi yaqqol ko'zga tashlanadi. Xalq tikuvchiligi tarixini chuqur o'rganish zarurligi haqida tojik an'anaviy kiyim-kechaklarining taniqli tadqiqotchisi J-jt

(~\ A О -1 И/П V/ЛТ ТГ\ П 11 I 111 Г>Т Г т Т/Ч Г7П /Il • "Л/ /лл1л 1 МП 1л -I 1 Г/Л-m 1 7~~ /Л ' 1 /ГП 11 /Л 11 /"t *V»1 ill -I m т ГГ> Г-Ж-1 ir> 1 r> П1Л

O.A. Suxareva shunday yozadi: "Yechilishi kerak bo'lgan eng muhim vazifalardan

ш

biri an'anaviy xalq kiyimlarining tarixiy nuqtai nazardan o'rganish masalasidir.

Tikuvchilik va mahsulotning tayyorlanish jarayonini o'rganish yagona mintaqada

j "1 > ^^ 1 >

yashovchi har bir xalq yoki bir necha xalqlarning madaniy an'analarini o'ziga

ЬЦу- Ы> _

8 Ashirov A .A . Etnologi y a . - Toshkent: "Yangi nashr", 2014. - B. 275.

J ^ ' J "

a M

xosligini ochib beradi hamda ular o'rtasidagi madaniy aloqalarni aniq-ravshan aks

ettiïadr9.

Tojik an'anaviy tikuvchiligida bir-biridan betakror, yorqin rangli gazlamalar muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, paxta tolasi va qo'y junidan ip yigirib, gazlama to'qilgan. To'qish uchun urchuq va charx ishlatilgan. Bo'z gazlamani asosan, erkaklar to'qigan. To'quvchilik hunarining eng asosiy sohalaridan biri kiyim-kechak tayyorlash hisoblanadi. Kiyim-kechak esa yuqorida aytilganidek, har bir xalqning o'ziga xosligini yorqin namoyon qiluvchi rituallar ichida eng asosiylaridan biridir.

О О J 1 J 1 О J

Ushbu qonuniyat tojik xalqini ham chetlab o'tmagan. Tojik erkaklarining yozgi kiyimi ko'ylak, cholvar, chopon, belbog' va do'ppidan iborat. Erkaklarning ko'ylagi "kurtayi kiftak" deyiladi va u asosan paxta gazlamadan keng qilib tikilgan. Ko'ylakning kengligi va aynan paxtadan tikilishi issiq yoz iqlimida ham qulaylikni ta'minlagan. Erkaklar ko'ylagi ayollar ko'ylagiga qaraganda, yenglari torroq va kaltaroq bo'ladi. Ko'krak oldi yumaloq kesiladi. "Kurtayi yaxtagi", deb ataladigan

\/i11 Uo-m Каг ToV»+rvti1m-i птгл11 nrimln rmn^nfi Krvfr'i/>K1i nt1innrli T Inrnfi 1/anrr r\ o-f-i -f/-vt*

xili ham bor. Ishtonlari ayollariniki singari bog'ichli qilinadi. Ust tarafi keng, osti tor,

>

ayollarnikiga nisbatan kaltaroq qilib tikiladi. Koylakni ishtonning ustidan tushirib yurishadi. Ustidan belbog' yoki chorsu bog'lanadi. Yozgi chopon uzun, tizzadan tushib turadigan, yenglari qo'llarini yopadigan qilib, "satranji" deb ataladigan,

m?

ko'pincha yo'l-yo'l matodan tikiladi. Tojik ayollarining kiyim-kechagi turli xil bichimda bo'lib, yashash joyiga qarab har xil matodan turli ko'rinishda tikiladi. Ayollar ham ko'ylak, cholvar, qovilgan chopon kiyib, boshlariga ro'mol o'rashadi.

Ayollar cholvorini "ozor" yoki "poyjamo", deb ham atashadi. Ko'ylak ustidan

10

kamzul kiyish odat tusiga kirgan . Har bir xonadonning ayoli o'z oila a'zolari uchun zarur kiyim-kechaklar va do'ppini o'zi tikkan11. Tarixchi sharqshunos O. A. Suxarevaning etnografik tadqiqotlarida O'rta Osiyo xalqlarining (xususan, tojiklarning) an'anaviy kiyimlarini tikilishining o'ziga xos xususiyatlarini ochib

berdi. U o'z nashrlarida kiyim-kechaklarni tikilishi va chok turlarining

12

rivojlanishining mahalliy xususiyatlari bilan bog'liq masalalarni chuqur o'rgangan .

*

_

9 Сухарева О.А. Опыт анализа noKpoeB традициoннoй «туникooбpазнoй» среднеазиатскoй oдeжды в плане их истории и эвoлюции // Koctom наpoдoв Средней Азии. - М.: Наука, 1979. - С. 77-103.

10 Ashirov A.A. Etnologiya. - Toshkent: "Yangi nashr", 2014. - B. 291-292.

11 Doniyorov A.X., Bo'riyev O.B., Ashirov A.A. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi / Darslik. - Toshkent:

"NIFMSH", 2020. - B. 107.

11 _ _ . _ . . . _ _____ ____ _

12 Сухарева О.А. Позднефеодальный город Бухара конца XIX - начала ХХ в. Ремесленная промышленность. -Ташкент: АН УзССР, 1962; Сухарева О.А. Опыт анализа покроев традиционной «туникообразной» среднеазиатской одежды в плане их истории и эволюции // Костюм народов Средней Азии. - М.: Наука, 1979. -С. 77-103; Сухарева О.А. Вопросы изучения костюма народов Средней Азии // Костюм народов Средней Азии. - М., 1979. - С. 3-13; Сухарева О.А. Участие женщин в товарном производстве тканей и одежды у равнинных таджиков в конце XIX - начале XX в. // Ближний и Средний Восток. - М., 1980. - С. 203-212; Сухарева О.А. Мать и ребенок у таджиков // Иран. - Т.3. -М., 1929. -С. 107-134; Сухарева О.А. К вопросу о генезисе профессиональных культов у таджиков и узбеков // Труды Академии наук Таджикской ССР.- Сталинабад, 1960. - Т. 120. - С. 195-207; Сухарева О.А. История среднеазиатского костюма. Самарканд (вторая половина XIX — начало XX в.). - М.: Наука, 1982. "^ч J ^ ' ^ ^Трч "

-гГ^ГсГа о—-К- >

ит>

ÖRfftl

i Js * iJ

Farg'ona vodiysida tojiklar yashaydigan hunarmandchilik markazlaridan biri

Chust shahri hisoblanadi. Ushbu shahar azaldan tojik milliy hunarmandchiligi markazlaridan biri bo'lib kelgan. Xususan, 1897-yilgi aholi ro'yxatiga ko'ra, katta

shaharlar aholisining ko'pchilik qismini hunarmandlar tashkil etgan. Masalan,

аи j

Chustning - 54 % aholisi mustaqil kasb-hunar egasi hisoblangan xo'jaliklardan iborat bo'lgan13. Bunday kasb-hunarlar orasida hamma davrlarda ham do'ppido'zlik, pichoqchilik va temirchilik Chust hunarmandchiligining ajralmas qismi bo'lib kelgan.

! Ш-

Bugungi kunda do'ppi haqida so'z ketganda hayolimizga beixtiyor Chust do'ppisi keladi. Bu bejiz emas, chunki, aynan "Chust do'ppi"si butun Farg'ona vodiysi erkaklarining asosiy bosh kiyimlaridan biri hisoblanadi. Hozirda qanday marosim va tantana bo'lmasin u yerda "Chust do'ppi"sini uchratish mumkin. Shu o'rinda, Chust do'ppido'zligi boshqa hududlardagi do'ppido'zlikdan asosan o'ziga xos tikilish uslublari bilan farqlanadi. Masalan, Marg'ilon do'ppisi hajmi jihatidan Chust do'ppisiga nisbatan pastroq shaklda tikilsa, Andijon do'ppilari aksincha, balandroq shaklda tikiladi. Bu o'rinda Chust do'ppilari shakl tuzulishi jihatidan "oltin

o'rtalikni" topa olgan deyishimiz mumkin. Bundan tashqari, do'ppilarning bezaklarida ham farqlar ko'zga tashlanadi. Xususan, Marg'ilon do'ppilarining bezaklarini tayyorlashda rangdor iplardan ko'proq foydalanilganligi bilan birgalikda,

ïw -

do'ppi ustidagi ramzlarning Chust do'ppisi ramzlariga nisbatan uzunligi ko'zga tashlanadi. Rivoyatlarga ko'ra, erkaklar do'ppisining yuqori qismidagi to'rtta gul odamning sog'ligini to'rt tomondan himoya qiladi yoki to'rt muchasi sog'ligini ta'minlaydi. Do'ppi chetidagi o'n oltita gul esa katta va ahil oila bo'lish (o'n oltita

farzand ko'rish) tilagini bildiradi14.

, . ... ....................

Pichoq insoniyatning eng qadimiy kundalik anjomlaridan biri bo'lib, so'nggi

no 1 1 + s\ от m r\ о iv+im mlitirrn-n 01л1лг\лг1пп rlnr+InK лтг тго m ab nnf mimllnfi о 1 infi r\ о

I :

paleolit davrida ixtiro qilingan. Pichoqdan dastlab ov va mehnat qurollari sifatida foydalanilgan. Azaldan temirchilikning mustaqil tarmog'i bo'lgan pichoqchilik Farg'ona vodiysida taraqqiy etib, Chust, Shahrixon, Qo'qon kabi markazlari vujudga keldi15. Vodiydagi ko'hna hunarlar qatorida pichoqchilik ham muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Qadimdan pichoqchilik qurolsozlikning eng keng tarqalgan turi bo'lganligi uchun deyarli har bir shaharda faoliyat ko'rsatib kelgan. Ba'zi joylarda esa bu kasb san'at darajasiga ko'tarilib, o'ziga xos maktablari shakllangan. Farg'ona

I \rv л(/лг> t ипп-f v 1-х n 14 л 7 n ( 1/м*лппт7 m n + п 1л I n 1Ч m n n Ii Ii i i -v кл n-nn

vodiysida Qo'qon, Chust, Shahrixon, Qorasuv maktablari mashhur bo'lgan. Pichoqlar

xom ashyosi, ko'rinishi, tayyorlash uslublari bilan bir-biridan farq qiladi. Pichoqlarning asosiy qismi "Damashqi", "Isfahoniy", "Farangiy", "O'rusiy", "Turkona" singari po'lat xom ashyolaridan tayyorlanib, shakli va tig'iga ko'ra ajralib

turgan. Ya'ni, yasalish shakliga ko'ra, bir tomoni tig'li "Yakqadam", ikki tomoni tig' --

Давлатова С. Мустамлакачилик даврида Туркистонда хунармандчилик : анъана ва ривожланиш муаммолари\\ Узбекистон тарихи. 2013- йил 1- сон 17- бет.

14 https://uzbekistan.travel/uz/o/o'zbek-doppisi-sirlari/

15 Холмуратов Б. Пичок рамзи // Мозийдан садо, 2013. 4-сон. - Б. 42.

^ J^ ' J"

bo'lgan "Dudama", buklamali "Qo'shpichoq", o'roq kabi qayrilib tig'i ichki tomonda

bo'lgan "O'roqi" turlariga, ishlatilishiga ko'ra "Ro'zg'ori", "Oshpichoq", "Chopqipichoq", "Sallohi" - qassoblar pichog'i, "Mardona" (erkaklar beliga osib

yuradigan, qilichdan kichikroq yasalgan), tirnoq oladigan "Do'kot", qamish

mi

qalamlarni uchini chiqaradigan "Qalamtarosh", qovun so'yadigan "Harbuzi", suyak tozalashga chiqarilgan "Chol pichoq" singari turlarga bo'lingan bo'lib, har bir pichoq o'zining vazifasi va qulaylik jihatlari bilan e'tibor qozongan16.

! Ш-

Chust O'rta Osiyoning eng qadimgi metallga ishlov beruvchi shaharlaridan biridir. Shaharning qoq markazida pichoq yasovchi temirchilar mavzesi bor. Chust ustalari yasagan pichoqlar boshqa pichoqlardan keskin farq qiladi. Pichoqning dasta hamda tig'i uzunroq, tig'ining uchi tashqariga, dastasining uchi ichkariga tomon qayrilgan bo'ladi. Chust shahrida hali ham pichoqchilik o'z an'analarini davom ettirib kelmoqda. Farg'ona vodiysida Chust asosiy pichoq tayyorlash markazi bo'lib, ular boshqa pichoqchilik maktablaridan farq qiladi. Chust pichoqlari pishiqligi,

n nn 1т"11П1ПГГ о An/inl 1 m Ii о m ri o nni лит mlnn m nr nniir I опт л rvf л Ii 1 \ I / r\ntrirvTmir»rr

shaklining soddaligi hamda siqiqligi bilan mashhur. Tadqiqotchi N.Zohidovning

ma'lumot berishicha, 1932-yilda Chustda sobiq "Qizil kuch" nomli artel tuzildi. Ba'zi og'ir qo'l mehnatlari stanoklarda bajariladigan bo'lindi. Oldin ustalar pichoq tig'larini yasash uchun eski arracha hamda podshipniklardan foydalanganlar. Pichoq

ïw -

dastalari esa hayvon shoxlaridan va yog'ochlardan yasalgan17. Bugungi kunda esa ushbu uskunalar ancha zamonaviylashgan bo'lsa ham, ammo pichoqchilikning aynan Chust shahriga xos bo'lgan an'analariga hamda ichki kasb sirlariga amal qilib kelinmoqda. Chust pichoqlari sifatining yuqoriligi aynan qadimiy an'analar hamda

zamonaviylik uyg'unlashishi mahsulidir.

_ , ................... „ , .... .......

Xulosa qilib shuni ta'kidlash o'rinliki, Farg'ona vodiysi hunarmandchiligida

Ia 11I7- voln 1i 1111 о пи о n /~í /i 1i 111 гтл 11111 л m i « 1i 1 m a ' t*n 1 Каг ID 11111 Kit 1 тл a i~i r\ o f n 1i 111 Ail rro-n

tojik xalq hunarmandchiligining muhim o'rni bor. Buni biz yuqorida tahlil qilgan kashtachilik, tikuvchilik, do'ppido'zlik, pichoqchilik hunarlari misolida ham ko'rishimiz mumkin. Farg'ona vodiysi tojiklari milliy hunarmandchiligini tahlil qilish davomida o'zbek-tojik madaniyatining o'zaro uyg'unligi masalasi hunarmandchilikda ham yaqqol aks etishini ko'rishimiz mumkin. Bu madaniy uyg'unlik O'zbekistonning boshqa hududlarida yashovchi tojiklarga nisbatan Farg'ona vodiysida yashovchi tojiklarda aniqroq namoyon bo'ladi. Lekin, shunga J-jt

qaramay, tojik milliy hunarmandchiligining ayrim o'ziga xosliklari naqshlar,

gazlamalar, tayyor mahsulotlar nomlarida, mahsulotlarning tayyorlash usullarida, usta-shogird munosabatlarida va boshqa ayrim urf-odatlarda saqlanib qolgan. So'nggi so'z o'rnida shuni ta'kidlamoqchimizki, tojik milliy hunarmandchiligida vodiy

iw-

! И*

tojiklarining etnopsixologiyasi, xalq xarakteri, mentaliteti, urf-odatlari kabi etnologik

elementlar mavjuddir. Bu an'ana va o'ziga xosliklarni saqlagan holda, keyingi ular

_ ,:>

-

Hосировa З. ФaрFOнa водийси бадиий xyнaрмaндчилиги // Мозийдaн садо. 6-сон. - Б. 13. 17 Зо^идов Н. Ёгочсозлик вэ метaлл 6илэн ишлэш. - Т.: "Ворис", 2007. - Б. 24.

: * ^ * п>

haqidagi malumotlarni kelajak avlodlarga yetkazish tarixchilar oldida turgan dolzarb vazifalaridan biridir.

*<b> >*

-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—

28

*4>

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

q Ж*:

Ы >

q j>>¡>

q > >

slH >

Ы:>

q

Ы >

^й >

q

>

^й >

q>3*:

■ i »

) j ж

q rè*

Ш

5*M >

q > Ы >

q ж**

йи >

q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.