Научная статья на тему 'TEXNOLOGIYA FANI O`QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA NAQQOSHLIKGA O‘RGATISH'

TEXNOLOGIYA FANI O`QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA NAQQOSHLIKGA O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
78
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hunarmandchilik / naqqoshlik / san’at / xalq / milliy / asbob / asar / zargarlik. / craft / painting / art / folk / national / tool / work / jewelry.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — J. Tojiyev, Z. Ruzmetova

Zamonaviy O‘zbekiston hududida xalq hunarmandchiligi va amaliy san’at qadim zamonlardan rivojlanib, xalq o‘rtasida keng ommalashgan. Hunarmandchilik mahsulotlari kiyim-bosh va uy-ro‘zg‘or asboblaridan tortib, turar-joylar va jamoat binolari interyeri va eksteryerini bezashda keng qo‘llanilgan. Hunarmandlar tomonidan milliy uslubda, mohirlik bilan tayyorlangan mahsulotlar san’at asari darajasiga ko‘tarilgan. Bularga zargarlik mahsulotlari, turar-joy va jamoat binolarining naqshlar bilan bezatilishi, sopol va metaldan tayyorlangan nafis uy-ro‘zg‘or buyumlaridagi islimi va girih naqsh bezaklar kabi ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlardagi me’moriy yodgorliklardagi milliy uslubda bajarilgan bezaklar o‘zining nafisligi va mukammalligi bilan sayyohlar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ART TEACHER TRAINING IN TECHNOLOGY

On the territory of modern Uzbekistan, folk crafts and applied arts have been developed since ancient times and are widely popular among the people. Handicrafts are widely used in interior and exterior decoration of residential and public buildings, clothing and household appliances. Products made by craftsmen in the national style have risen to the level of works of art. There are many examples of this: jewelry, decoration of residential and public buildings with patterns, elegant household items made of ceramics and metal, intricate patterns. Decorations made in the national style in the architectural monuments of such cities as Samarkand, Bukhara, Khiva are highly valued by tourists and connoisseurs for their elegance and perfection.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIYA FANI O`QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA NAQQOSHLIKGA O‘RGATISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TEXNOLOGIYA FANI O QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA NAQQOSHLIKGA

O'RGATISH Tojiyev Javlon Karimboyevich

Urganch davlat universiteti katta o'qituvchisi Ruzmetova Zuxra Shavkatovna

Urganch davlat universiteti stajyor-o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7450507 Annotatsiya. Zamonaviy O'zbekiston hududida xalq hunarmandchiligi va amaliy san'at qadim zamonlardan rivojlanib, xalq o'rtasida keng ommalashgan. Hunarmandchilik mahsulotlari kiyim-bosh va uy-ro'zg'or asboblaridan tortib, turar-joylar va jamoat binolari interyeri va eksteryerini bezashda keng qo'llanilgan. Hunarmandlar tomonidan milliy uslubda, mohirlik bilan tayyorlangan mahsulotlar san'at asari darajasiga ko'tarilgan. Bularga zargarlik mahsulotlari, turar-joy va jamoat binolarining naqshlar bilan bezatilishi, sopol va metaldan tayyorlangan nafis uy-ro'zg'or buyumlaridagi islimi va girih naqsh bezaklar kabi ko'plab misollarni keltirish mumkin. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlardagi me 'moriy yodgorliklardagi milliy uslubda bajarilgan bezaklar o'zining nafisligi va mukammalligi bilan sayyohlar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholanadi.

Kalit so'zlar: hunarmandchilik, naqqoshlik, san'at, xalq, milliy, asbob, asar, zargarlik.

ОБУЧЕНИЕ ИСКУССТВУ В ПОДГОТОВКЕ ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ ТЕХНОЛОГИИ Аннотация. На территории современного Узбекистана народные промыслы и прикладное искусство развиты с древних времен и пользуются широкой популярностью у народа. Изделия кустарного промысла широко используются в отделке интерьера и экстерьера жилых и общественных зданий, из одежды и бытовой техники. Изделия, выполненные мастерами в национальном стиле, поднялись до уровня произведений искусства. Примеров тому множество: ювелирные изделия, украшение жилых и общественных зданий узорами, изящные предметы быта из керамики и металла, затейливые узоры. Украшения, выполненные в национальном стиле в архитектурных памятниках таких городов, как Самарканд, Бухара, Хива, высоко ценятся туристами и знатоками за свое изящество и совершенство.

Ключевые слова: ремесло, живопись, искусство, народный, национальный, инструмент, работа, украшения.

ART TEACHER TRAINING IN TECHNOLOGY Abstract. On the territory of modern Uzbekistan, folk crafts and applied arts have been developed since ancient times and are widely popular among the people. Handicrafts are widely used in interior and exterior decoration of residential and public buildings, clothing and household appliances. Products made by craftsmen in the national style have risen to the level of works of art. There are many examples of this: jewelry, decoration of residential and public buildings with patterns, elegant household items made of ceramics and metal, intricate patterns. Decorations made in the national style in the architectural monuments of such cities as Samarkand, Bukhara, Khiva are highly valued by tourists and connoisseurs for their elegance and perfection.

Keywords: craft, painting, art, folk, national, tool, work, jewelry.

2286

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi "Texnologiya" darslarida o'quvchilarni xalq hunarmandchiligi va amaliy san'ati asoslari bilan tanishtirish, ularda naqsh bajarish, murakkab bo'lmagan hunarmandchilik yoki amaliy san'at mahsulotlarini tayyorlash va ularni milliy uslubda bezash ko'nikmalarini shakllantirish ko'zda tutilgan. Milliy hunarmandchilik va amaliy san'at turlari juda ko'p va ular respublikamizdagi faqat shu hududga xos bo'lgan turlari (masalan, Xorazmda cho'girma tikish, Qoraqalpog'istonda milliy zargarlik buyumlari kabilar) ham mavjud.

Milliy hunarmandchilik va amaliy san'at mahsulotlarini bezashda asosan naqshlar qo'llaniladi. Shuning uchun ham hunarmandchilik asoslaridan biri sifatida o'quvchilarda naqsh bajarish ko'nikmalarini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Umumta'lim maktablariga texnologiya o'qituvchilari tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun hozirgacha amaliy san'at yoki uning yo'nalishi bo'lgan naqqoshlik bo'yicha o'quv adabiyotlari nashr qilinmagan. Shu o'rinda prof. S.S.Bulatovning kasb-hunar kollejlari uchun "Naqqoshlik "o'quv qo'llanmasida [1] keltirilgan materiallarga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Qo'llanmadagi 3-bob "Naqqoshlik san'ati", 4-bob "Naqqoshlik maktablari", 5-bob "Ramziy naqshlarning alifbosi" va 8-bob "Dunyo xalqlarining naqshlari va ularning o'ziga xosligi"ga bag'ishlangan. Qo'llanmada milliy naqshlar asosan ikki tur - girixlar va islimi naqshlarga bo'lib o'rganilgan. Naqqoshlik amaliyotida turar-joy binolarining interyerlarini bezashda, kashtachilik va so'zanalarda va zardo'zlik kabi ko'plagan yo'nalishlarda o'simlik va hayvonlarning stillashtirilgan ramziy belgilari bilan bir qatorda o'simliklar, mevalar, gullar, qushlar va hayvonlarning stillashtirilgan, ba'zan realistikka yaqin tasvirlari ham qo'llaniladi. Bu tasvirlar hozirgi davrda qabul qilingan ikkita guruhlarga aloqador emas. Shuning uchun o'zbek naqqoshligi yo'nalishlari klasifikasiyasini tahlil qilib bir tizimga keltirish zarur. Qo'llanmadagi dunyo xalqlarining naqshlariga bag'ishlangan bobda asosan Markaziy Osiy va Yevropa xalqlarining naqshlari umumiy tarzda ko'rib chiqilgan. Juda qadimiy an'analarga ega Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Lotin Amerikasi kabi davlatlarda yashovchi xalqlarning o'ziga xos amaliy san'at turlariga kam ahamiyat berilgan.

L.V.Fokina dunyo xalqlari naqshlarini quyidagi turlarga ajratib, klassifikasiyalaydi:

1. Texnik naqsh. Insonning mehnat faoliyati natijasida shakllangan.

2. Ramziy naqsh. O'simliklar va hayvonot olami vakillari, shuningdek afsonaviy obrazlarni ramziy ma'noda naqqoshlikda qo'llashidan yuzaga kelgan.

3. Geometrik naqsh. Dastlab texnik va ramziy naqshlarni birgalikda qo'llab, birmuncha murakkabroq naqshlarni yaratishga intilishdan vujudga kelgan.

4. O'simliksimon naqsh. Geometrik naqshlardan keyingi eng ko'p tarqalgan o'simliksimon shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan asosiy naqsh turi. Naqsh asosini tanob, band, barg, butalar tashkil etadigan naqsh. Kompozisiya variantlari cheksiz, bajarilish usullari turlicha bo'ladi.

5. Husnixatli (epigrafik) naqshlar. Biror ibratli matn yoki harflar qo'shib ishlangan

naqsh.

6. Fantastik naqsh. Ramziy mazmundagi shakllar qo'shib bajarilgan naqsh. Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Misrda keng tarqalgan.

2287

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

7. Astral (yulduz) naqsh. Osmonga sig'inish bilan bog'liq naqqoshlikni anglatadi. Asosiy elementlari osmon, quyosh, bulutlar va yulduzlardan iborat. Yaponiya va Xitoyda keng tarqalgan.

8. Manzarali naqsh. Asosiy elementlari - tog'lar, daraxtlar, daryolar, sharsharalarning ko'rinishlarida arxitektura motivlari va hayvonot dunyosi elementlari.

9. Hayvonlar tasvirlangan naqshlar. Qushlar va hayvonlarning turli darajadagi stillashtirilgan tasvirlaridan tuziladi.

10. Narsali yoki mol-mulk ifodalangan naqshlar. Antik Rimda dunyoga kelib, keyingi davrlarda Yevropada keng ommalashgan.

Dunyo xalqlarining amaliy-bezak san'atini o'rganishda bo'lg'usi texnologiya o'qituvchilariga naqshlarning turlari va ularning hududda yashovchi xalqlarning etnik, milliy va diniy e'tiqodlariga mos ravishda shakllanib, rivojlanganligini illyustrativ materiallar yordamida tushuntirib o'tish zarur..

Talabalarni xalq hunarmandchiligi va amaliy san'atining barcha yo'nalishlardan "universal" texnologiya o'qituvchilari qilib tayyorlashning ilojt ham yo'q va bunga harakat ham qilinmaydi. Ammo ularning asoslari bo'yicha kengroq darajada nazariy ma'lumotlar berilishi zarur. Shu maqsada milliy naqshlarning yangi klassifikasiyasini taklif qilamiz (2-rasm).

Klassifikasiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

1. Tasvirning buyum sirtiga turli vositalar bilan tushirish usuli bo'yicha;

2. Tasvirlash usuli bo'yicha;

3. Tasvirlash mavzusi bo'yicha;

4. Kompozisiya qurish usuli bo'yicha;

5. Milliy, etnik yoki tarixiy stilga tegishliligi bo'yicha.

2288

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2-rasm. O'zbek milliy naqshlarining belgilari bo'yicha klassifikasiyasi Texnologiya yo'nalishi talabalarini dunyo xalqlari xalq hunarmandchiligi va amaliy

san'ati asoslari bilan tanishtirish, ayniqsa ularning negizini tashkil etadigan naqsh turlari -

naqqoshlik san'atining o'ziga xos jihatlarini farqlashga o'rgatish kelgusi kasbiy faoliyatlarida

milliy an'analarning saqlanishi va zamonaviy talablarga mos rivojlanishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Bulatov S.S. va b. Naqqoshlik. KHKlari uchun o quv qo llanma, T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2010, -368 b.

2. Ro'ziyev E.I., Tojiyev J.K. Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash ("Xalq hunarmandchiligi va amaliy san'at" bo'yicha amaliy mashg'ulotlar), T.: 2019. - 92 b

3. Абдумавлонова Ф. Х., Сейтов А. Ж. СХЕМЫ ГОРНЕРА НА МАТЕМАТИЧЕСКОМ ПАКЕТЕ MathCAD //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 811-816.

4. Сейтов А. Ж., Абдумавлонова Ф. Х. Решение геометрических задач с помощью математического пакета MAPLE //Academic research in educational sciences. - 2021. -Т. 2. - №. 6. - С. 933-941.

5. Abdumavlonova F. THE CONCEPT OF THREE-DIMENSIONAL SPACE AND CONSTRUCTION OF VOLUMETRIC BODIES ON THE MATHEMATICAL PACKAGE GEOGEBRA //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 8. - С. 938-950.

6. Salaeva М. N. et al. PISA TADQIQOTIDA KREATIV FIKRLASHNI BAHOLASH MAQSADI VA ASOSIY E'TIBORI //Academic research in educational sciences. - 2021. -Т. 2. - №. 5. - С. 1358-1364.

7. Сейтов А. Ж., Абдумавлонова Ф. Х. ПРИМЕНЕНИЕ МАТЕМАТИЧЕСКОГО ПАКЕТА MATHCAD ДЛЯ ПРОВЕДЕНИЯ УРОКА НА ТЕМУ «ДИФФЕРЕНЦИАЛЬНЫЕ МОДЕЛИ» В 11-КЛАССЕ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 8. - С. 153-160.

2289

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.