>q )> d )> :>
"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7
XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI BO'LIMINI O'QITISHNI
TASHKIL QILISH
I )>*
Gulmira Dilmurodovna Farmonova
J > I > ;
Navoiy viloyati Navbahor tumani
27-umumiy o'гta ta'lim maktabining texnologiya fani oqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6954497
Ч3 P ^
> > Ы >
Annotatsiya: Xalq hunarmandchiligining metodologik va tarixiy asoslari. O'zbek xalqining ko'p asrlik tarixidan ma'lumki, xalq amaliy bezak san'ati va hunarmandchilikka boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi.
Kalit so'zlar: Estetik did, amaliy bezak san'ati, ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, hattotlik, toshtaroshlik, metodologik va tarixiy asoslari.
« Í4M >
O'zbek diyorida vujudga kelib, gullab-yashnagan amaliy san'at bemisol va betakrorligi bilan dunyoga mashhur bo'lib kelmoqda. Bunday kamolot va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritadigan bo'lsak, o'zbek amaliy san'ati turiarirnng shox
ildizlari insoniyatning bolaligi, ya'ni ibtidoiy jamiyatga borib tarqalishining guvohi bo'lamiz. Badiiy idrok qobiliyati kishilarda, o'quvchilarda olamni, undagi mavjudodlar, narsalar va voqea-hodisalarni, atrof-muhitdagi shakllar va ranglarning turfa shakl-shamoilida aks ettirishga havas uyg'otadi. Shakl va ranglarning real ham dastillashtirilgan tasvirlarini yaratish shu tariqa kelib chiqdi va o'z navbatida odamlarning kundalik turmushidan o'rin ola boshladi. Natijada badiiy bezaklarning turli-tuman shakllari va turlari paydo bo'ldi. Boshqa san'atlarga nisbatan, bunday naqshli bezaklar ko'pligining va takomil topganligining muayyan tarixiy sabablari bor. Ma'lumki, islom mamlakatlarida mavjudodlar tasviri ishlanmagan, balki, tasviriy san'atga chuqur falsafiy yondashish natijasida shartlilik, stillashtirish, rasmiylikka
hhj
*
asoslangan badiiy bezak asarlarini yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy haqiqat o'zbek milliy bezak san'atining gurkirab rivojlanishiga turtki bo'lganki, hozirda jahonda mashhur me'morchilik yodgorliklarimiz va ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik,
naqqoshlik, hattotlik, toshtaroshlik va boshqa turlardagi san'atlarning ajoyib darajada uyg'unlashganligida ko'rinadi. Uning negizida murakkab, izlanuvchan, ijodkorlik mehnati mavjud. Misol uchun: Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo'qon va boshqa shaharlardagi me'morchilik va xalq amaliy san'ati yodgoriiklari o'tm ish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho san'at asarlarining nam unalari bo 'lib, xalqimizning va shu bilan jahon madaniyatining durdonalaridan bo'lgan badiiy va madaniy merosini tashkil
\ > * Щ4 >
>q ] i )> >
-rá~ZiITo*fá .,»., о--И- >
L> * jJ ■
>q )> d )> :>
"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7
etilganidan xabardor bo'lamiz. Xalq amaliy san'ati kishilarning ma'naviy olamini
boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun o'zbek xalqining amaliy san'ati kishilarni badiiy axloqiy, umuminsoniy ruhda tarbiyalaydi. O'zbek xalq san'ati qadimiyligi hamda boy madaniyati bilan butun dunyoga mashhur. Uning yer yuzasi va tuproq osti qismi ulkan bir tarixiy muzey. Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Farg'ona va boshqa shaharlardagi har bir tarixiy obida, har bir xalq amaliy san'ati namunasi bobokalonlarimiz yaratgan ba rkamol, takroi-^^^ teran mazmunli va tarixan bebaho san'at asarlari jahon madaniyatining
J °
durdonalaridan bo'lgan badiiy va ma 'naviy merosini tashkil etadi. Asrlar davomida orttirilgan va madaniy boyligimiz, xususan, sho'ro tuzumi davrida o'zbek milliy xalq amaliy bezak san'atining eng ko'p rivojlangan turlaridan ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och o'ymakorligi, toshtaroshlik, suyak o'ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamchilik kabi turlarning o'ziga xos tomonlari, bajarish texnologiyasi, haqiqiy asl nomlari, o'ziga xos maktablari, uslublarini
\ rnrnlrvnn iip+n1 nrninrv tirvmlort nn+n nc»1/in t/~\'/irvl m vmrh ar+i/in n a! Dnmmm
yaratgan ustalarning nomlari asta-sekin yo'qolib ketish xavfi ostida qoldi. Bugungi
kunda mustaqil mamlakatimizda xalqimizning asrlar bo'yi yaratgan mehnati natijasida yaratilgan amaliy bezak san'atini ko'z qorachig'idek saqlash, qadrlash, ulardan amaliy foydalanish, yoshlarga o'rgatish orqali ularning estetik didini o'stirish
ïw -
hamda yuksak madaniyatli kishilar qilib tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochildi. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Nosir Xisrav, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Bobur kabi jahonga mashhur olim, shoir va musavvirlar xalqimizni go'zallikka intilishga chaqirgan. Bobomiz Amir Temur hunar va ilm egalari, yirik mutaxassis olimlar yordamiga tayanib matematika, geometriya, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tilshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san'at va hattotlik kabi san'at asarlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. Shaharlarni har tomonlama chiroyli va ulug'vor qilishga intildi. Jumladan, tosh ham da g'isht yo'llar, keng va katta ravon ko'chalar qurdirgan. Bir-biridan mahobatli binolar soldirgan. Samarqandning Registon maydonidagi Ulug'bek, Sherdor va Tilla Qori madrasalari, Shoxi Zinda va Go'ri Amir ansambl maqbaralari, Bibixonim masjidi, Buxoroda Ismoil Samoniy maqbarasi, Toshkentdagi Ko'kaldosh madrasasi, Shahrisabzdagi Oq Saroy va boshqalar bugungi kunda dunyoga mashhurdir. Amir
J-jt
Temur va temuriylar davrida xalq san'ati hunarmandchiligi qolaversa madaniyati yuksak darajada rivoj topdi. Temurning amri bilan turli mamlakatlardan ustalar, me'morchilar olib kelinib ajoyib takrorlanmas binolar qurilgan va bog'u-rog'lar barpo etilgan. Ayniqsa Temur o'z onasiga bag'ishlab qurdirgan Oqsaroy tarixning bir bo'lagi bo'lib qoladi. Uni 1379-yilda Temurning amri bilan qurdirilgan. Ma'lumki, o'zbek xalq amaliy bezak san'atining eng rivojlangan turlaridan biri naqqoshlikdir.
O'zbekiston territoriyasidagi arxeologik qazilmalardan Xorazm, So'g'd, Baqtriya va
, _____, • -,_______• ____,, „ o____J___
boshqa naqsh san'atining rivojlanganligi ma'lum. Olimlarimiz Surxandaryo
: * ^ * n>
WiW к/
>q )> q )> :>
"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7
viloyatidagi Fayoztepa (1—11 asr), Dalvarzintepa (1 asr) qazilmalaridan topilgan,
#
rasm, naqsh qoldiqlari orqali buni isbotlab berganlar, Xorazmdagi Tuproqqal'a zallari monumental naqshlar bilan bezatilganligi bizga ma'lum. VI—VII asrlarda qasrlar va boylarning uylari naqshlar hamda tasvirlar bilan bezatilgan. IX—X asrlarda O'rta Osiyoda naqqoshlik san'ati avj olib rivojlandi. Arxitekturada g'isht qolipli naqsh solish yuksak rivojlandi, binolarning ichki tomonlariga ganch, yog'och o'ymakorligini qo'llash yuksak rivoj topdi. Ayniqsa, maktablarning peshtoqlari devor
! Ш-
va ravoqlar ganch naqshlar bilan nafis bezatilgan. X VIII asrning oxiri XIX asrda Qo'qonda, Farg'ona, Buxoro kabi shaharlarda yetuk ustalar yetishib chiqdi. Misgarlik, naqqoshlik, ganchkorlik, chilangarlik va boshqa san'at turlari rivojlandi. Qadimda hunar o'rganish muqaddas sanalgan. Har bir xalq kelajak avlodlarga o'zidan qoldirgan takrorlanm as hunarlari bilan qadrlangan. O'zbekiston qadimda hunarmandlar markazi bo'lgan desak, xato qilmagan bo'lamiz. Masalan, Andijon viloyatining Shahrixonida, Samarqand viloyatining Urgutida, Farg'ona viloyatining
Qo'qon va Marg'ilonida, Namangan viloyatining Chustida xalq hunarmandchiligi
gullab yashnagan. Hunarmandlar ma'lum bir davrlarda mahallalarga bo'lib shug'ullanganlar, chunonchi zargarlik mahallasi, pichoqchilik mahallasi deb yuritilgan. O'sha davrlarda yana misgarlik, zargarlik, buyrachilik, sandiqchilik,
»
pichoqchilik, aravasozlik, kulolchilik mahallalari ham mavjud bo'lgan. Masalan, X IX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoroda buyrachi mahallasi bo'lib, u yerda umuman Buxorodagi buyra to'qiydigan ustalar yashagan. Buyrachi mahallasida 120 ta oila yashagan. Har bir kasbkorlik mahallasida qo'ni-qo'shnilar o'rtasida raqobat bo'lgan. Chunki kimning mahsuloti sifatli bo'lsa, xalq o'shaning ishlab chiqargan mahsulotini sotib olgan. Shuning uchun har bir usta sifatli mahsulot tayyorlashga intilgan. Har bir ustaning o'z rastasi bo'lgan. Bozorda, odatda, bozor begi bo'lgan. U barcha rastalarga keltirilgan mollarni kuzatib, ularga narx belgilab chiqqandan keyin savdo-sotiq boshlanar edi. Sifatsiz mahsulot ishlagan ustaning bozori kasodga uchragan.
! ; • Я * I >
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O.I. Avazboyev, R.G. Isyanov, X. Odilboyev. Mehnat ta'limi uslubiyotidan amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari. — Toshkent, 1993.
2. K. Davlatov. M ehnat va kasb ta'lim tarbiyasidan amaliy mashg'ulotlar. — Toshkent: O'qituvchi, 1995
3. www.ziyouz.com
-y--Ы У-
>q j> q )> :>
:>q> q> >
>q ] i )> >