Научная статья на тему 'TALABALARNING KREATIVLIGINI OSHIRISHDA QUROQCHILIK HUNARMANDCHILIGINING O‘RNI'

TALABALARNING KREATIVLIGINI OSHIRISHDA QUROQCHILIK HUNARMANDCHILIGINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
497
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
quroqchilik / hunarmandchilik / mato / dizayn / qo’l mehnati / tadbirkorlik / bezak.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Nozima Mukimovna Hamdamova, Aziza Abdulazizbek Qizi Abdurahmonova

Ushbu maqola milliy hunarmandchiligimiz bo’lgan quroqchilikning tub mohiyatini o’rganish va o’rgatish, yoshlarni bu hanarga bo’lgan qiziqishini orttirish va zamon bilan yanada uyg’unlashtirishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING KREATIVLIGINI OSHIRISHDA QUROQCHILIK HUNARMANDCHILIGINING O‘RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TALABALARNING KREATIVLIGINI OSHIRISHDA QUROQCHILIK HUNARMANDCHILIGINING O'RNI

Nozima Mukimovna Hamdamova Aziza Abdulazizbek qizi Abdurahmonova

Falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent Buxoro pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola milliy hunarmandchiligimiz bo'lgan quroqchilikning tub mohiyatini o'rganish va o'rgatish, yoshlarni bu hanarga bo'lgan qiziqishini orttirish va zamon bilan yanada uyg'unlashtirishga qaratilgan.

Kalit so'zi:quroqchilik, hunarmandchilik, mato, dizayn, qo'l mehnati, tadbirkorlik, bezak.

Kirish qismi: Mustaqil O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimini izloh qilinishi yangi ta'lim standartlari asosida ta'lim tarbiya jarayonida qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o'qituvchi faoliyatiga uning pedagogik san'atiga alohida e'tibor berilmoqda. Respublikamizda kelajagimiz bunyodkorlari bo'lmish yosh avlodtarbiyasiga, ayniqsa, ularni umummadaniy, g'oyaviy -siyosiy, ma'naviy va intelektual salohiyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama yetuk shaxs yetishtirishga juda katta e'tibor berilmoqda. Ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida "Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan masala hisoblanadi"1 deb ta'kidlaydi prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev.

Jamiyatimizda yoshlarni mehnatga tayyorlash muammosi eng asosiy masala hisoblanadi, vaholanki, uning ravnaqi yoshlar bilan, yoshlarning hayotga, mehnatga, ertangi kunga tayyorgarlik darajasi bilan o'lchanadi. Bir so'z bilan aytganda yangi O'zbekistonning kelajagi uchun o'z mutaxasisligini mukammal o'rganib olgan yoshlar nihoyatda zarur. Bu biz yoshlarning zimmamizga ulkan vazifalar yuklaydi.

Bilim malakasi yuqori kadrlarimiz, yoshlarimiz respublikamiz kelajagini yaratadi. Shuning uchun har bir o'qituvchi, har bir mutaxasis o'z kasbini sevsa, o'z ustida muntazam ravishda ishlasa, har daqiqa izlanishda bo'lsa oldimizdagi maqsadga erishishimiz mumkin. Hozirgi kunda respublikamizda o'qitilayotgan, bizning million yillik merosimiz bo'lgan xalq amaliy san'atiga e'tibor yanada kuchayib bormoqda. Biz ota-bobolarimizdan meros bo'lgan xalq amaliy san'atini to'liq egallab olsak, boshqa respublikalardan olib kelinadigan xomashyo mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj muammosi o'z-o'zidan yechiladi.Shu bilan bir qatorda o'zimizni xomashyo bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lamiz.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Quroq so'zi qora-oq so'zidan kelib chiqqan. Chunki quroq tikishda asosan qora-oq matolardan keng foydalaniladi. Quroq- bu bitta buyumga rang va fakturasi har xil bo'lgan gazlama qoldiqlarini, bo'laklarini birlashtirish, mayda bo'laklarni ushlab, to'plab, bezak yaratish va hokazolardir. Quroq tikish birinchi XI asrda Angliyada yaratilgan bo'lib, o'tgan asrlar davomida bizning ajdodlarimizga yetib kelgan va milliy hunarmandchiligimizga aylantirilib hozirgi kungacha saqlanib qolingan. Quroqchilik usuli bilan yostiq jildlari, so'zanilar, ko'rpalar, yelpig'ichlar, choyshablar, dasturxonlar ,divan va stol uchun g'iloflar, gilamchalar , zamon va kun nafasini o'zida jamlagan kiyimlar shuningdek kiyimlar uchun bezak va to'ldiruvchi detallar tayyorlash mumkin. Momolarmiz juda qadimdan uy-ro'zg'or buyumlardan: ko'rpacha, yostiq, ko'rpa, chimildiq, kiyimlardan: nimcha, do' ppi va hokazolarni tikib kelishgan.

Hozirgi kunda quroq usulidan foydalanib,turli istemol tovarlari,eksportbop xomashyolar, aksesuarlar, ko'rgazmalar yaratilmoqda. Ularni turli ko'rgazmalarda namoyish etilmoqda.Masalan: kuni kecha poytaxtimizda o'tkazilgan "Bazar-Art" ko'rgazmalar namoyishida milliy hunarmandlarimiz quroqchilikdan foydalanib bezaksifatida zamonaviy buyumlarga joziba kiritishgan. Ayollar sumkalari, do'ppilari , turli kattalikdagi choyshablar, hattoki oyoq kiyimlarda ham bu namunalarni ko'rishimiz mumkin. Bunday usulda buyumlar tayyorlash asosan tejamkorlik orqali amalga oshiriladi. Dono xalqimiz azaldan isrofgarchilikni qoralab unga yo'l qo'ymagan holda, keraksiz gazlama bo'laklarigan foydali buyumlar tayyorlab olgan. Quroqlarning barchasi shakli va bezaklariga ko'ra o'ziga xos ma'lum ma'no, mazmunga ega bo'lsa-da, aslida ular barchasining tub negizida xalqimizga xos bo'lgan bir ezgu maqsad yotadi, bu ham bo'lsa momolarimiz ta'biri bilan aytganda, —yurtimiz insonlari ulashib, qurashib, farzandlari esa bir-birini quvlashib, hamisha ahil-inoq bo'lib yursinl. Demak, quroq usulida yaratilgan amaliy san'at namunalari shunchaki buyum bo'lib qolmay, balki xalqimiz ezgu maqsad va tilaklarining ramziy belgisibo Jib ham xizmat qiladi. Hozirda quroq tikish san'atini umumbashariy san'at turi desak , mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, ushbu san'at turi yordamida yaratilgan buyumlar ko'plab millatlar maishiy hayotining ajralmas qismi hisoblanadi va bu san'at turi har bir millat quroqchilarining ijodkorligini, iqtidorini namoyon etadi.

Quroq tikish san'atini o'rganish o'zbek xalq hunarmandchiligi maktablarining o'ziga xosligi, hududlar an'analari va kasanachi ustalar didini yaxshi bilishga, uni alohida badiiy jarayon sifatida zamonaviy xalq amaliy san'ati taraqqiyotida tutgan o'rni va rivojlanishiga qo'shgan hissasini aniqlashga xizmat qiladi.

O'zbek xalq amaliy san'at tarixidan quroq tikish san'ati xalqimizning nafaqat estetik did sohibi, balki isrofgarchilikka yo'l qo'ymaydigan, tejamkor va san'atga oshno qalb egasi ekanligidan ham dalolat beradi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023

ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

joizki, xalqimiz yaratgan har bir quroqchilik san'ati asari namunalarida belgilar, bezaklar, naqshlar va ramzlardan so'zlaydi. Chunki, san'at namunalarining hech bir qismi shunchaki emas, ulardagi har bir detal va ko'rinish xalqimizning turmush tarzi, orzu umidlari va an'analarini o'zida aks ettiradi. Gazlama bilan ishlaydigan har qanday usta tikuvchi, san'at shaydosida qolgan qoldiqlarni tashlamasdan, kerakli narsa uchun foydalanish ishtiyoqi tug'ilishi tabiiy hol. Bu bir tomondan, ayollarga xos tejamkorlik, sarishtalikdan dalolat bersa, ikkinchi tomondan, yaratuvchanlik , ijodkorlik qobiliyatini namoyon etadi. Bu o'zbek xalq amaliy san'ati talablarda yanada qiziqishini ortirib,estetik didning shakilanishiga,qo'l matorikasining rivojlanishiga olib keladi.

Bugunki kunda zamonaviy quroqchilik bilan moda uyg'unlashgan bir davr yetib keldik. Hattoki, zamonaviy , bugunki kun nafasi ufurib turgan kiyimlarga nazar soladigan bo'lsak ham ,ularda quroqchilik namunalariga, bezaklariga ko'zimiz tushadi.Ko'rpa-ko'rpacha, yostiq, so'zanalar tikish texnologiyasi ham quroqchilikning o'ziga xos yangi namunalarini o'zida jamlab o'zgacha ko'rinishga ega bo'lgan.Bu ham bugunki kunda milliy hunarmandchiligimizga e'tibor yuqorilining yana bir yorqin misolidir.

1. Tegirmon usuli- buning uchun avvalo 2 ta uchburchakdan dioganali bo'yicha birlashtirilgan 4 ta kvadrat tayyorlab olinadi. So'ngra bu kvadratlarni 2 tadan, keyin hammasi birlashtiriladi. Bunda ranglar kontrasligiga e'tibor berish zarur.

2. Yulduzcha usuli- Avval markaz uchun kvadrat tayyorlab olinadi. Bu kvadrat xohishga ko'ra yaxlit yoki uchburchaklardan yig'ilgan bo'lishi mumkin. So'ngra birinchi va ikkinchi ko'rinishlar bajariladi va markazga birlashtiriladi. So'nra uchinchi va to'rtinchi ko'rinishlar bajariladi va birlashmalarning barchasi to'g'ri to'rtburchakka yoki kvadratga birlashtiriladi.

3. Amerikancha kvadrat- Bu kvadratlarni bajarishda shablon sifatida oddiy chizg'ichdan foydalanish mumkin. Uning uzunligi kvadratlarning hamma tomonlariga mos bo'ladi. Tasmalar uzunligini avvaldan kesib olish tavsiya qilinmaydi. Ularning uzunligini tikib olgandan so'ng aniqlash kerak.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

4. Kvadrat ichida kvadrat- Avva asos kvasrat tikib olinadi. So'ngra uning to'rt yoniga 4 ta uchburcha burchaklar bo'ylab tikib chiqiladi. Ish shu tariqa uchburchaklarni burcha bo'ylab joylashtirib kvadratlar hosil qilguncha davom etadi.

5. Yo'l-yo'l usuli- eng ko'p tarqalgan ulash usullaridan hisoblanib, bu usulda tikkanda qiyqimlar deyarli isrof bo'lmaydi va oson tikilishi bilan boshqa usullardan ajralib turadi. Yo'l-yo'l usulda kiyim tikishning turli xillari mavjud bo'lib, yo'l-yo'l qirqimlarni dastavval kvadrat yoki uchburchak bloklarga yig'ib keyin buyum holiga keltirish yoki uzun lentalar shaklida ulab so'ngra buyumga mag'iz shaklida ulash mumkin.

6. Rus kvadrati- turli xildagi kompazitsiyalar yaratish uchun qulay usul hisoblanadi. Bu usulda rang tasvirdan keng foydalanish mumkin. Chunki yorqin rangdagi gazlamalarni blokning markaz qismida va chetki burchak qismlarida ko'rsatish qulay. Bir vaqtning o'zida oddiy rangdagi gazlamalarni ham muvaffaqiyat bilan ishlatish mumkin. Hatto eng oddiy rangli gazlama ham bu yerda boshqa ranglar bilan uyg'unlashib ketadi.

7. Uycha yoki quduq usuli- quroqchilikda yo'l-yo'l lentalar va shakllardan yig'ilgan blok hisoblanadi. AQSH da esa bu usul 'yog'och uy deb nomlanadi. Bunday usukda tikilgan quroqning ramziy ma'nosi o'rtada olov yonib turgab yog'och uyni anglatadi. Olov uyni yoritib burchaklarda soya hosil qiladi. Shuning uchun qirqimning bir tomoni yorqin rangdagi qirqimlardan, ikkinchi tomoni esa to'q rangli qirqimlardan tikiladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinmi, hunarmandchiligimiz bizning eng katta boyligimiz, faxrimiz.Uni asrab avaylash, sayqallash, kelajak avlodga nuqsonlarsiz yetkazish esa bizning burchimiz.Buning uchun yangi texnika va texnologiyalarni ishga slogan holda innovatsion g'oyalar asnosida bor kuch g'ayratimiz bilan harakat qilamiz.Azaldan bejiz aytilmaganki, "Hunardan kelsa boylik, turmush bo'lar chiroylik.". Yangi O'zbekistonni mehnatsevar xalqimiz, hunarmand ustalarimiz bilan barpo qilamiz.Men ham bu nyo'lda o'z hissasini qo'shayotgan yoshlardan biriman va bu yo'lda jon jahtim bilan xizmat qilaman.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O'zbekiston 2017 yil, -489b.

2. Sh. Mirziyoyev, "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatllash chora tadbirlari to'g'risida"gi PF-5242-son, 2017-yil 17-noyabr. 2-10 betlar

3. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSWSRJournal.comVolume -8_ Issue-2_Iyul_2022163 Abdusattorova. Sh 64-67 bet.

4. Latipova Zarina Oybek qizi; Shoyimova Mahbuba Radjabovna. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "TOPICAL ISSUES OF SCIENSE" https://doi.org/10.5281/zenodo.7236434

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

5. Шойимова М.Р.ИСТОРИЯ БИСЕРА И БИСЕРНЫХ УКРАШЕНИЙ. "LXXV INTERNATIONAL CORRESPONDENCE SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY" 16.03.2022 yil. С-106-108. https://internationalconference.ru/images/PDF/2022/75/history-of-beads.pdf

6. Muqimovna K. N. DEVELOPMENT OF TECHNICAL CREATIVITY OF STUDENTS WITH THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2022. - Т. - С. 44-49.

7.M.Shoyimova ■ 2022 — CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES, 1(4), 67-69. https://doi.org/10.5281/zenodo.7229240

8. Хамдамова Н. М. РАЗВИТИЕ СПОСОБНОСТЕЙ ТЕХНИЧЕСКОГО ТВОРЧЕСТВА ОБУЧАЕМЫХ НА УРОКАХ ФИЗИКИ //The 2nd International scientific and practical conference "Results of modern scientific research and development"(May 2-4, 2021) Barca Academy Publishing, Madrid, Spain. 2021. 640 p.

- 2021. - С. 361.

9. Хамдамова Н. М. РАЗВИТИЕ СПОСОБНОСТЕЙ ТЕХНИЧЕСКОГО ТВОРЧЕСТВА УЧЕНИКОВ //The 2nd International scientific and practical conference "Results of modern scientific research and development"(May 2-4, 2021) Barca Academy Publishing, Madrid, Spain. 640 p. - 2021. - С. 357.

10.Хамдамова Н. М. РАЗВИТИЕ СПОСОБНОСТЕЙ ТЕХНИЧЕСКОГО ТВОРЧЕСТВА ОБУЧАЕМЫХ НА УРОКАХ ФИЗИКИ //The 2nd International scientific and practical conference "Results of modern scientific research and development"(May 2-4, 2021) Barca Academy Publishing, Madrid, Spain. 2021. 640 p.

- 2021. - С. 361.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.