Научная статья на тему 'YOSHLAR SHAXSIY KAMOLOTIDA MUSIQANING O’RNI'

YOSHLAR SHAXSIY KAMOLOTIDA MUSIQANING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
131
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
shaxs / jamiyat / tafakkur / faoliyat / muloqot / shaxs / qobiliyat / bilim / malaka / tasavvur / musiqa / tovush / obraz / g’oya / san’at.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Davron G’Ayratovich Azimov, Sevara Rahmatilla Qizi Asadova

Ushbu maqolada shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish bu insonning jismonan, aqlan mamaviy tomondan kamolga yetish jarayonidir. Bu jarayonning o’ziga xos obektiv va sub’ektiv tomonlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari shaxsiy kamolotida musiqiy ta’lim-tarbiyaning o‘rni yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR SHAXSIY KAMOLOTIDA MUSIQANING O’RNI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

YOSHLAR SHAXSIY KAMOLOTIDA MUSIQANING O'RNI

Davron G'ayratovich Azimov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi

Sevara Rahmatilla qizi Asadova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi yo'nalishi 20/2-guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish - bu insonning jismonan, aqlan mamaviy tomondan kamolga yetish jarayonidir. Bu jarayonning o'ziga xos obektiv va sub'ektiv tomonlari hamda umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchi yoshlari shaxsiy kamolotida musiqiy ta'lim-tarbiyaning o'rni yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: shaxs, jamiyat, tafakkur, faoliyat, muloqot, shaxs, qobiliyat, bilim, malaka, tasavvur, musiqa, tovush, obraz, g'oya, san'at.

Shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish - bu insonning jismonan, aqlan mamaviy tomondan kamolga yetish jarayonidir. Bu jarayonning o'ziga xos obektiv va sub'ektiv tomonlari mavjud. Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan va inson shaxsiyatining shakllanishida muhim rol o'ynaydigan san'at turidir.. Eramizdan oldingi IV asrdanoq grek faylasufi Platon shunday degan edi: «Eng katta tarbiyaviy omil musiqiy san'atda emasmikan, zeroki, ritm va garmoniya hammadan ko'proq shu vaqtda qalbga chuqur yo'l topadi va salobat baxsh etib, uni ko'rkam qiladiki, agar tarbiya to'gri yo'lga qo'yilgan bo'lsa, aks xolda uning teskarisi bo'lib chiqadi. Uning shogirdi Aristotel (Aflotun) komil ishonch bilan mazkur fikrni quvvatlaydi. «Musiqa kishi ruxining ahloqiy tomoniga ma'lum darajada ta'sir etadi, bas shunday ekan, u yoshlarning tarbiyasiga, ta'sir etadi.» Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nasr Al-Forobiy esa musiqaning shaxs shakllanishiga aniq ta'sirini quyidagicha bayon etadi: «Bu fan (ya'ni musiqa D.O) shu ma'noda foydaliki, kimning fe'l atv ori muvozanatni yo'qotgan bo'lsa, tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolotga yetkazadi va muvozanatda bo'lganlarning muvozanatini saqlaydi. Bu fan tanning sog'ligi uchun ham foydalidir.»

Musiqa inson ruhi va aqliy rivojiga bebaho ta'sir o'tkazadi. Ch.Darvin umrining oxirlarida quvvai xofizasi (xotirasi) va fikrlash qobiliyatining pasayishidan shikoyat qilib yozadi: «Agar menga ikkinchi bor dunyoga kelish nasib bo'lganda edi, endigi hayotimda loaqal haftada bir marta bo'lsa ham, bir necha she'r o'qishni o'zimga qoida

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

qilib olardim.» Shu bois o'quvchilarda inson ma'naviy madaniyatining tarkibiy qismi bo'lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo'lib turadi. Aqliy va jismoniy rivojlanishning garmonik qo'shilishiga ahloqiy soflik, san'atga va hayotga estetik munosabat - shaxsning to'laqonli kamolga yetishida muhim shartlardir. Bu olijanob maqsadga erishishda to'g'ri yo'lga qo'yilgan bolalar musiqa tarbiyasi katta ahamiyatga egadir. Bolalar qobiliyati aktiv musiqa faoliyati davomida rivojlanib boradi. Qobiliyatlar deganda insonning kerakli ko'nikma, malaka, ilmlarni olishi va uni amaliyotda muvaffaqiyatli qo'llay olishga qaratilgan psixologik xususiyatlari tushuniladi.

Ma'lum bir faoliyat turiga bo'lgan qobiliyat. Nerv sistemasining (tizim)analizatorlari sezgirligi, kuchi, nerv jarayonlarining harakatlanganligi, muvozanatlashganligi kabi omillar asosida rivojlanadi. Masalan: bir sinfda o'qiyotgan ikkita o'quvchiga o'qituvchi bir xil asar sh'erni etyudini beradi. Lekin o'quvchilardan biri etyudni bir xaftadan keyinroq, yana biri darhol chaqqon, tez o'zlashtira boshlaydi. Boshqa o'quvchi esa bu ishni bir oy o'tganda ham bajara olmaydi va ko'p xatolar qiladi. Muvaffaqiyatga erishishdagi bu farqni xoxlagan bir pedagog ana shunday holatlarda o'quvchilardagi qobiliyatlar darajasiga bog'laydi.

Tug'ma qobiliyatlarning irsiy berilishi,tibbiyot ilmida va unga muvofiq pedagogikada ham alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, ichkilikbozlikka berilgan ayrim oilalardagi bolalarda ba'zi bir irsiy ko'chib o'tadigan ruhiy kasalliklarga chalinish hollari uchraydi. Sog'lom kishilar farzandlarida aqliy faoliyat darajasi va sifati yuqori bo'lishi kuzatiladi. Jismoniy va ruhiy sog'lom bo'lgan kishilarda ma'lumotlilik hamda bilish jarayonlarining rivojlanishi ko'p jihatdan ular qanday sharoitda o'qitilayotganligi yoki qanday sharoitga qo'yilganligi bilan belgilanadi.Bizning ta'lim-tarbiya tizimimiz hamma o'quvchilar uchun bir xil imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga har bir kishida mavjud bo'lgan iqtidor, qobiliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratiladi, o'quvchilarga ularning individual o'ziga xosliklarini hisobga olgan xolda tabaqalashtirilgan holda yondashuvni inkor etmaydi. Qobiliyatlar namoyon b'lishi uchun esa uning egasi ko'p mehnat qilishiga to'g'ri keladi .

Xalqimizda «Qush uyasida ko'rganini qiladi» degan maqol bor. Har bir bola birinchi tarbiyani o'z ota-onasidan, oila a'zolaridan, o'z atrofidagi yaqin kishilardan oladi. Oiladagi ijobiy muhit, oila a'zolarining o'zaro munosabatlari, bir-biriga bo'lgan hurmat va e'tibor, mehribonlik, o'zaro yordam va ularning musiqaga bo'lgan munosabatlarini bolalarda dastlabki tushuncha va ko'nikmalarining rivojlanib borishida asosiy o'rin tutadi. Bolalar shaxsi uning faoliyati jarayonida tarkib topdi. Zotan, o'quvchining faoliyati juda maroqli, o'ziga xos go'zal va shakl jihatidan rang-barangdir. Bu xil

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

fazilatlar bolalarga xos bo'lgan doimiy extiyojga aylangandagina ulardagi faollik yanada ortadi.

Musiqaviy rivojlanishning muhim xususiyatlari quyidagilardir: -eshitish sezgisi, musiqaviy eshitish qobiliyati;

-har xil xarakterdagi musiqalarga emotsional munosabatning sifati va darajasi; Qo'shiq kuylashda, musiqaviy ritmik harakatlar bajarishda oddiy ko'nikmalar hosil qilish.

Bolalar hayotining 1-yili: Ruxshunoslar (psixologlar) bolalarda eshitish- sezish erta uyg'onishini ta'kidlaydilar. A.A.Lyublinskaya ma'lumotlariga ko'ra bola hayotining 1012 kunida tovushlarga munosabat seziladi. 2 oylik bola ovozga, skripka tovushlariga quloq solib tinchib qoladi. 4-5 oyiik bolalar ovoz kelayotgan manbani izlaydilar.Qo'shiq kuylayotgan ovozga quloq tutadilar. To'g'ri rivojlanayotgan bola birinchi oylardan boshlab musiqa xarakteriga kompleks jonlanish munosabatida bo'ladilar, ya'ni ular quvonadilar yoki tinchib qoladilar. Bola hayotining birinchi yili oxiriga borib kattalar qo'shig'iga g'uvillash bilan jo'r bo'lishga harakat qiladilar.

Bola hayotining 2-yili: Bolalar musiqa tinglashda yorqin emotsional munosabat quvnoq jonlanish yoki muloyim kayfiyat bildiradilar. Bola baland va past tovushlarni, qattiq va sekin yangrash, xatto tembr tovushlarni ham ajratadi. Birinchi marta ongli ravishda qo'shiqchilik intonatsiyalari hosil bo'ladi. U kattalar qo'shig'iga jo'r bo'lib qo'shiqning oxirgi jumlalarini takrorlaydi, u oddiy harakatlar chapak, oyoq taqillatishi, musiqa ostida aylanishlarini bajarishi mumkin. Bola hayotining 3 va 4 yili: Bolalarda sezgirlik, jismlarning har xil xususiyatlarini ajratish, shu jumladan musiqaviy xususiyatlar ham rivojlanadi. Shuningdek, musiqaviy sezgirlikning individual rivojlanishi kuzatiladi. Misol uchun bolalar oddiy qo'shiqlarni aniq kuylashlari mumkin. Bu davr yana bolalarning mustaqil harakat qilishga intilishi bilan xarakterlanadi. Bolalarda aktiv harakat qilishga intilish, musiqa bilan shug'ullanishga qiziqishi ortadi. 4 yoshli bolalar kattalarning ozroq yordami bilan kichik ashulalarni mustaqil kuylashlari mumkin, ular har xil harakatlarni biladilar va uni ma'lum darajada mustaqil ishlata oladilar.

Bola hayotining 5 yili: Bu davr ularning aktiv qiziqqonligi bilan xarakterlanadi. Bu davr nimaga? Nima uchun? - degan savollar davridir. Ular kuzatuvchan bo'lib musiqaning quvnoq, shodiyona, tinch xarakterini, tovushlar baland-pastligini, p'essalarning birinchi qismi tez ikkinchi qismi sekin ekanligini, kuy qaysi asbobda ijro qilinayotganligini (royal, skripka, bayan) aniqlay oladi. Bola oldiga qo'yilayotgan talablarni to'g'ri tushunish. Tovush bu davrda jarangdor, harakatchan xususiyatga ega bo'ladi. Ovoz intonatsiyasi ancha turg'unlashadi, lekin doimo kattalar yordamiga muxtoj bo'ladi. Harakatning asosiy turlari - yurish, chopish, sakrashlarni egallash bolalarga bu harakat

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

turlarini o'yin, raqslarda qo'llash imkonini beradi. Bola hayotining 6-7 yillari: Bu davr bolalarni maktabga tayyorlash davridir. Bog'chada olingan musiqaviy ta'assurotlar, bilimlar ta'sirida bolalar musiqa asarlariga xarakteristika berish uning ifoda vositalarini tahlil qilishlari musiqada ifodalangan har xil kayfiyatlarni sezishlari mumkin. Bola musiqaviy obrazlarni butunligicha qabul qilish qobiliyatiga ega b'ladi. Bu esa tevarak -atrofga estetik munosabatni tarbiyalashga katta yordam beradi. 6-7 yoshli bolalarda ovoz apparati yanada rivojlanadi. Ovozda kuychanlik, jarangdorlik paydo bo'ladi. Qo'shiq, raqs va o'yinlar mustaqil ravishda ijro qilinadi. Musiqaviy qiziqish va qobiliyatlar yorqinroq namoyon bo'ladi.

O'tgan asrlarda musiqa amaliyotimizda nota yozuvi deyarli qo'llanmaganligi sababli xalq musiqasi og'zaki tarzda avloddan avlodga o'tib keladi. Musiqa madaniyatimizni rivojlantirishda va uni avloddan-avlodga meros qoldirishda xalq musiqa san'ati ustalarining xizmatlari benihoya kattadir. Xalq musiqasini mukammal bo' lgan, ularni yuksak mahorat bilan ijro etgan va yangi kuy, qo'shiqlar yaratib musiqamizni yanada boyitgan har bir bastakor, mashshoq va honanda xalqimizning katta hurmatiga sazovor bo'lgan. Ularni xalq «Usta», «Xofiz», «Mehtar» kabi yuksak unvonlar bilan ardoqlagan. Respublikamizda xalq hurmatiga sazovor bo'lgan ashulachilarga «O'zbekiston xalq hofizi» degan faxriy unvon berilishi ham shu boisdandir. Xalqimiz orasida mashxur bo'lgan atoqli san'atkorlarimiz juda ko'p. Ota G'iyos Abdugani, Ota Jalol Nosirov, Domla Xalim Ibodov, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Yunus Rajabiy, Shoraxim Shoumarov, Leyi Bobojanov, Usta Shodi Azizov, Matpano Xudoyberganov, Madraxim Yoqubov (Sheroziy), Matyoqub Harratov shular jumlasidandir. Mustaqil o'zbekistonda yangi jamiyat qurish ishi keng avj olgan hozirgi davrda yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish, ularning Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatini oshirish, ma'naviy kamol toptirish, ma'naviy-siyosiy onggini o'stirish va estetik-axloqiy tarbiya borasida san'at, xususan musiqa san'ati o'zining ta'sir kuchi bilan nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero u eng qadimiy, ayni chog'da zamonaviy va xalqning sevimli san'ati hisoblanadi.

REFERENCES

1. I.Y.Tursunov.U.N.Nishonaliyev. «Pedagogika kursi»

2. D.Omonullayev, X.Nurmatov, Mamirov K. va boshq. «Umumiy o'rta ta'limining davlat ta'lim slandarti va o'quv dasturi»

3. O.Fayziyev. «Maktabda musiqaviy tarbiya». T.1991

4. N.V.Savin «Pedagogika»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

5. D.Omonullayev. Y. Botirov. Davlat ta'lim standartiga Sharq «Musiqa madaniyati» Ta'limning maqsad va vazifalari.

6. Dmitriyeva G., Chernoivanova «Metodika muzikalnogo vospitaniya v shkole»

7. Musiqa o'qitish metodikasi (ma'ruzalar matni) T-2000.

8. Mahkamova Sh.R. Insoniyat ivolyutsiyasida musiqa san'atining tutgan o'rni.

9. Qayumov J.S. Shashmaqomga baxshida umr.

10. Yunusov O.G'. Bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kasbiy kompitentligini rivojlantirishda vocal fanining ahamiyati.

11. Umarova A.I. ФОРМИРОВАНИЕ ПОЗНАВАТЕЛЬНО-ТВОРЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ У УЧАЩИХСЯ СТАРШИХ КЛАССОВ В ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ ТВОРЧЕСТВА УЗБЕКСКИХ КОМПОЗИТОРОВ.

12. Azimov D.G'. O'rta asr sharq allomalarining musiqiy qarashlari.

13. WWW.ziyo.net

14. kitoblar dunyosi.uz

15. ilmiy maqolalar sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.