Научная статья на тему 'TA’LIM OLGANLIKNI TASHXIS ETISH'

TA’LIM OLGANLIKNI TASHXIS ETISH Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
3920
235
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
ta’lim / nazorat / tashxis / ta’lim nazorat testlari va rag’batlantirish masalalari.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Fotima Dilmurodova

Ushbun maqolada ta’lim olganlikni tashxis etish va nazorat, sifatini tekshirish kabi masalalar yoritib o’tilgan. Ta’limni tashxis etish bosqichlari ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM OLGANLIKNI TASHXIS ETISH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TA'LIM OLGANLIKNI TASHXIS ETISH

Fotima Dilmurodova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima

nazariyasi va amaliyoti fakulteti

ANNOTATSIYA

Ushbun maqolada ta'lim olganlikni tashxis etish va nazorat, sifatini tekshirish kabi masalalar yoritib o'tilgan. Ta'limni tashxis etish bosqichlari ko'rsatib o'tilgan.

Tayanch so'zlar: ta'lim, nazorat, tashxis, ta'lim nazorat testlari va rag'batlantirish masalalari.

Yoshlarni mustaqil bilim olishga o'rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida so'zlagan nutqida "Faqatgina chinakam ma'rifatli odam inson qadrini, millat qadrini, bir suz bilan aytganda o'zligini angalash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil jamiyatimizning jahon hamjamiyatida o'ziga munosib, obro'li o'rin egallash uchun fidokorlik bilan kurashishi mumkin"[1] degan edi. Shu o'rinda ta'kidlamoq lozimki bugungi kunda yoshlarni ma'naviy - intellektual rag'batlantirishning ahamiyati kattadir.

O'quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o'quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi.

Bilimlarni nazorat qilishda qo'yilgan ball va baholar o'quvchi va talabada qanday taassurotlar qoldirganini, ular o'rtoqlarining o'qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo'lishlarini doim kuzatib borish lozim

Bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday ahamiyati bor, u qanday vazifa bajaradi? degan savol sizni qiziqtirsa kerak

1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko'nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.

2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqni o'stirish funksiyasi. Nazorat natijasida talabalarda o'z bilim, iqtidor va ko'nikmalarini yanada takomillashtirish ishtiyoqi uyg'onadi.

3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish faol o'quv orqali, shu jumladan nutq faoliyati orqali amalga oshiriladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

4. Tahsil funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalar o'z bilimlarini mustahkamlaydilar. O'quv materiali yanada chuqur o'zlashtiriladi.

5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik ijobiy xislatlari shakllanib boradi.

6.Nazoratni xususan baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat o'zgarishlarining me'yori aniqlanadi.

Nazorat jarayonida uning yozma, og'zaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda og'zaki so'rash orqali o'zlashtirishni nazorat qilish keng tarqalgan. Bu asosan savol - javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka so'rash, frontal surash kabi turlari qo'llaniladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "O'zbekiston kelajagi buyuk davlat" va "O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li", "Istiqlol va ma'naviyat" kabi asarlarida mustaqil O'zbekistonning ma'naviy hayotining kelajagi haqida asosiy yo'nalishlar belgilab berilgan. Jumladan, mutaxassislar tayyorlashda ularni intellektual rivojlantirish zarurligini alohida qayd qilingandi.

Yoshlarni tarbiyalash jarayoni ma'naviy - intellektual rivojlanish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan.

Boshlang'ich sinfdan boshlab o'quvchidagi bor imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish ustida muntazam ishlansa, bolaning intellektual imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga asos solinadi. O'quvchilar tafakkurini rivojlantirishning eng samarali yo'li o'quvchilarda ongli bilim, mustahkam ko'nikma va malakalarni shakllanish jarayonini ularning tarbiyasi bilan birga tashkil etishdir. Buning uchun o'qituvchi tinimsiz izlanishi, o'qitishning yangi texnologiyalaridan samarali foydalanishi lozim.

O'quvchilarning intellektual imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish ularning bilim faoliyatining psixologo-pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilishni taqozo etadi.

Nima uchun bilimni nazorat qilishning reyting tizimini joriy etish zarurati tug'ilganligi haqida o'ylab ko'raylik.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ishlab chiqilgan davlat ta'lim standartlarida ta'limning har bir bosqichida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilgan. Lekin bu bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni bolaning intellektual imkoniyatlarini hisobga olib tashkil etilsa, yuqori samaradorlik ta'minlanadi.

Ma'naviy - intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy usullarda aniqlash tarbiya jarayoniga samarali o'zgartirishlar kiritadi. O'quvchi yoshlarning, talabalarning ma'naviy - intellektual shakllanish sifatlardagi yutuq va kamchiliklarni rag'batlantirish, tuzatish tarbiya mazmuni usullari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish lozim bo'ladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Qo'yilayotgan talablar bilan har tomonlama intellektual rivojlantirishning pedagogik sharoitlarining mufassal emasligi orasida tafovut yaratadi. Ayniqsa, mutaxassis tayyorlashda maktabdan boshlab oliy o'quv yurtlarini bitirib chiqqunlarigacha nazorat shaklining to'liq bo'lmaganligi ta'lim - tarbiya jarayonining asosiy muammolarini tashkil etadi. Masalani muhim tomoni shundaki, mutaxassislar ommaviy tusda tayyorlanganda tarbiyachilarning har bir talaba bilan yetarli darajada yakkama - yakka muloqot qilishga vaqti yetmaydi. Muloqot tezkor savol - javob tarzida o'tsa, tabiatan bunday muloqot talabani ham tarbiyachini ham qanoatlantirmaydi. . O'quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o'quv yili davomida har doim muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, u ba'zan o'tkaziladigan tasodifiy tekshirishlarni oldini oladi va tartibli doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.

UO'T Reyting tizimi to'g'risidagi Nizomda «O'quvchilar bilim darajasi sifatini nazorat qilishning reyting tizimini joriy etishning asosiy maqsadi nazoratning har xil turlari va shakllaridan foydalanish yo'li bilan umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartlari talablari bajarilishini ta'minlash, ta'lim samaradorligini oshirish hamda o'quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat»[2], deb ko'rsatiladi.

Reyting deganda - baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo'yicha baholash tushuniladi. Reyting yordamida psixologik ob'ektlarni, ular uchun umumiy bo'lgan xususiyatlarning yorqin darajasiga qarab (ekspert baholash) dastlabki klassifikatsiyalash amalga oshiriladi.

Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtiradi. Ularning turli uslublari, tavsiflari qay bir miqdoriy o'zgaruvchilarga turlicha aylantirish uslublaridan iborat.

Hozirgi kunda uzluksiz ta'limning umumiy o'rta ta'lim, o'rta - maxsus, kasb - hunar ta'limini va oliy ta'lim bosqichlarida o'quvchi talabalar bilimi reyting tizimida baholanadi. Baholashning bunday shakli o'quvchi talabalarni butun o'qish davomida o'z bilimlarini oshirish uchun muntazam ishlashni hamda o'z ijodiy faoliyatini takomillashtirishni rag'batlantirish g'oyasiga asoslanadi.

Bilimlarni baholashda reyting nazorat tizimiga o'tish orqali qator vazifalar hal etiladi. Jumladan:

■ o'quvchi talaba bilimning sifat ko'rsatkichlarini haqqoniy, aniq va adolatli ballar bilan baholash;

■ o'quvchi talabalarning o'zlashtirishini doimiy nazoratga olish bilan ularning o'z ustida butun o'quv yili davomida faol ishlashini jonlantirish;

■ o'quvchi talabalar mustaqil ishlarining samaradorligini oshirish;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

• reyting nazoratida EHMli va EHMsiz testlardan foydalanish;

• ko'plab kamchiliklarga ega bo'lgan mavjud sinov, imtihon sessiyalaridan voz kechish.

Reyting nazorat tizimining asosida o'quv rejasiga kiritilgan har bir fan bo'yicha talaba o'zlashtirishining sifat ko'rsatkichlarini ballar bilan baholash yotadi. Reyting tizimida testning o'rni qanday va uning qanday afzalliklari bor? Reyting nazoratida test ham samarali qo'llaniladi. Test deganda - aniq vazifani takomillashganligi darajasini aniqlashda, sifat va miqdoriy o'lchamlarda belgilash imkonini beradigan, faollikning biron shaklini qiziqtiruvchi biron aniq topshiriq shaklidagi sinov quroli tushuniladi.

Testning afzalligini quyidagicha baholash mumkin: nazorat uchun kam vaqt sarflanadi;

• nazariy va amaliy bilimlar darajasini ob'ektiv sharoitda aniqlash imkoniyatini beradi;

• ko'p sonli talabalar bilan bir vaqtning o'zida nazorat olib borish mumkin;

• bilim natijalari o'qituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi;

• barcha talabalarga bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib bir xil sharoitlar yaratiladi;

Chet el tajribalari va ko'plab tajribalarning natijasi o'laroq reyting uslubi bugungi kunning nazorat mezoni deb qabul qilindi.

Har bir semestrdagi fanlardan to'plangan ballar yig'indisi talabaning semestr davomidagi, o'quv yili davomidagi fanlardan to'plagan ballar yig'indisi esa talabaning kurs reytingini tashkil etadi. Har bir fan bo'yicha o'kuvchi talabaning o'zlashtirishini baholash chorak va semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:

• joriy nazorat;

• oraliq nazorat;

• yakuniy nazorat.

Joriy nazorat - bu o'rganilayotgan mavzularni o'quvchi talabalar tomonidan qanday o'zlashtirayotganini muntazam ravishda dars jarayonida nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o'qituvchi tomonidan o'tkazilib, talabaning bilim darajasini, shu fanning har bir mavzusi bo'yicha aniqlab borish ko'zda tutiladi. Bu esa o'quvchining uzluksiz bilim olishini va natijasini muttasil nazorat qilib borishni nazarda tutadi.

Oraliq nazorat - bu mazkur fan bo'yicha o'tilgan bir necha mavzularni o'z ichiga olgan bo'lim yoki qism bo'yicha talabaning bilimini aniqlash oraliq nazorat darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladi va talabalarga o'zlashtirish ko'rsatkichlarini oshirish imkonini beradi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Yakuniy nazorat - bu nazorat semestrlari uchun belgilangan mavzular to'liq o'qitilib bo'lingan, o'tilgan mavzular bo'yicha yozma, og'zaki, test shaklida o'tkaziladi.

REFERENCES

1. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqi^ining poydevori. -T.,1998.

2. Karimov I. A. Ma'naviy yuksalish yo'lida. -T.: «O'zbekiston», 1998.

3. Umumiy o'rta ta'lim muassasa(maktab)larida o'quvchilar bilimini nazorat qilishning reyting tizimi to'g'risida muvaqqat Nizom. // «Xalq ta'limi», 2000 , 4-son. 10-24-betlar.

4. Farberman B., Musina R., Jumaboyeva F. Oliy o'quv yurtlarida o'qitishing zamonaviy usullari. -T., 2002.

5. Roziqov O. va boshq. Didaktika. Darslik. -T.: «Fan»,1997 .

6. Tursunov I. Y., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.T.: «O'qituvchi», 1997.

7. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

8. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

9. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

10. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

11. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

12. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

13. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

15. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

16. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

17. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

18. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

19. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.