Научная статья на тему 'INSON SHAKLLANISHIDA MEHNAT VA TARBIYANING RO'LI'

INSON SHAKLLANISHIDA MEHNAT VA TARBIYANING RO'LI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3166
174
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
mehnat / tarbiya / jismoniy mehnat / aqliy mehnat / mehnat ta'limi tushunchalari.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Madina Qudratova

Ushbu maqolada mehnat va tarbiyaning ro'li haqida umumiy tushunchalar, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari haqida ma’lumotlar berilgan. Mehnat va tarbiya tushunchalari ma’nosi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON SHAKLLANISHIDA MEHNAT VA TARBIYANING RO'LI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

INSON SHAKLLANISHIDA MEHNAT VA TARBIYANING RO'LI

Madina Qudratova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima

nazariyasi va amaliyoti fakulteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mehnat va tarbiyaning ro'li haqida umumiy tushunchalar, ma'naviy-axloqiy tarbiya metodlari haqida ma'lumotlar berilgan. Mehnat va tarbiya tushunchalari ma'nosi ochib berilgan.

Tayanch tushunchalar: mehnat, tarbiya, jismoniy mehnat, aqliy mehnat, mehnat ta'limi tushunchalari.

Mehnat—insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati, eng avvalo tabiat predmetlarini o'zgartirib, ehtiyojga moslashtirishni bildiradi. Mehnat kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti, chunki u tufayli insoniyatning yashashi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy mehnatlar yaratiladi.

Insonning faoliyati tufayli mehnat predmetlari mahsulotga aylanadi. Mehnat odamni hayvondan farqlantiradigan eng muhim belgidir. Mehnat tufayli inson tabiatdagi narsalarni o'zgartiribgina qolmaydi, balki o'zi ham kamol topadi, uning aqliy va jismoniy qobiliyatlari o'sadi. Mehnat jarayonida inson tabiat kuchlarini o'z maqsadiga bo'ysundiradi.

Insoniyat tomonidan bajarilgan mehnat o'zlarining kunlik ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi bo'lganligi uchun ham bu tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo bo'lgan. Mehnat tarbiyasi haqida ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, betartiblik, ishchanlik ishning ko'zini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qilgan.

Shu bilan birgalikda mehnat tarbiyasi g'oyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya bo'lib, "mehnat ta'limi" , "kasbga yo'naltirish" , " kasb ta'limi" va shu singari tushunchalarni o'z ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi bolib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilohiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda mehnat tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilgan. Bu jarayon aslida bola o'zini anglay boshlashi bilanoq amalga oshiriladi. Shu jumladan, go'daklar o'smirlik chog'iga o'tishi bilan, ularga dastlabki mehnat tarbiyasi beriladi. Shunday qilinmasa, bola faqatgina iste'molchiga aylanib qoladi, natijada esa u noshud va yalqovgina emas, ma'naviyati kemtik inson bo'lib ham shakllanishi mumkin.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Bolalarga mehnat tarbiyasini berishga keladigan bo'lsak, avvalo oiladagi muhit hamda keyinchalik ularga bog'cha, maktab singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta o'rin tutadi. Chunki bu muassasalarda mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tarafidan uyg'unlashtirilib boriladi.

Buyuk tabib Ibn Sino bola o'z mehnati bilan ota - onasiga g'amxo'rlik qilish qurbiga ega bo'lgandan keyingina otaning o'g'liga yo qiziga bergan mehnat tarbiyasi yakunlangan hisoblanadi" degan g'oyani ilgari surgan edi.

Shuningdek, mehnat tarbiyasi tarbiyaning tarkibiy qismini ham tashkil etadi. Haqiqatdan ham, kishining eng asosiy ehtiyoji bu- mehnatdir. "Buning uchun mehnat-zarur, -deb uqtiradi Beruniy, faqat aql-idrok va mehnatning jonlanishiga kishilar hayotini belgilab beradi. Bundan xulosa shuki, insonning asosiy burchi va vazifasi-mehnat qilishdir, chunki istalgan narsaga mehnat orqali erishiladi. Xalqimizda mehnat kishini ulug'laydi degan naql borki, inson nima bilan faxrlansa va nima bilan e'zozlansa, ularning hammasi mehnati natijasidir. U barcha boyliklarning manbai bolish bilan birga, u inson hayotining mazmuni hamdir. Buning ma'nosi shundaki, insonning o'zini inson sifatida shakllantirgan ham, uning qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish qilgan ham mana shu mehnatdir.

Mehnat- butun moddiy va ma'naviy madaniyatning, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyotning negizidir.

Endi mehnat tarbiyasi negiziga keladigan bo'lsak, u ko'p qirralidir. U o'quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy tayyorlashning juda ko'p tomonlarini o'z ichiga oladi.

Uning eng muhim vazifalaridan biri yosh avlodni mehnat qilishi, havasini, intilishini, ko'nikma va mahoratini ularda shakllantirishidan iborat.

Eng muhimi esa mehnat qilayotgan kishi o'zi bajarayotgan ish natijalarini ko'rgan taqdiridagina uning uchun mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Yusuf Xos X,ojib "Qutadg'u-bilik" dostonida "Inson faqat jamiyatdagina, boshqa kishilar bilan muloqotda va o'zaro munosabatda, ijtimoiy va foydali mehnatdagina chinakam kamolatga erishadi", -deb ta'kidlaydi. Abu Ali Ibn Sino "Kitob Ash-SHifo" asarida esa ideal davlat tuzumi ko'rinishini chizib beradi. Uning fikricha, bu davlatning har bir a'zosi jamiyat uchun foyda keltiruvchi biron bir ish bilan shug'ullanishi kerak. Odamni shundagina odam deyish mumkin. Qachonki u o'z manfaati uchun emas, balki xalq va umumjamiyat manfaatlari uchun foydali mehnat qilishi bilandir. Ba'zi insonlar halol mehnati bilan jamiyat uchun foyda keltirsa, boshqalar esa tekinga yashashi -adolatsizlik, deb ta'kidlangan.

O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risidagi qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, o'rta mahsus ta'lim bosqichining majburiy bo'lganligi mehnat

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

tarbiyasi berishida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu bosqich to'liq kasbga yo'naltirgan bo'lib kasb-hunar kollej o'quvchilari bevosita o'zlari tanlagan kasblarga doir ko'nikma va malaka uyg'otsalar, akademik litsey o'quvchilari nazariy asoslarini o'zlashtiradilar. Oliy ta'limning bakalavriat va magistratura bosqichlarida esa mehnat tarbiyasi bevosita kasb ta'limi bilan qo'shib amalga oshiriladi.

Urbanizatsiya jarayonining keskinlashuvi jamiyatning taraqqiy etishi bilan mehnat taqsimoti yuzaga keladi va borgan sari chuqurlashib boradi, aholi sonining ortishi mehnatning yangi turlarini yuzaga keltiradi, ular mustaqil vazifaga ega bo'ladi. Mehnatdagi ixtisoslashuv tufayli tabiat sirlari chuqur o'rganiladi, tabiiy narsalar to'laroq ishlatiladi, hatto, ularning xossalari o'zgartiriladi. Mehnat taqsimotining darajasi jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning qay darajada ekanligini ifodalaydi.

Mehnat turlarining eng murakkab va mas'uliyati juda kattasi aqliy mehnat hisoblanadi — insonning tafakkur mehnat faoliyatiga aqliy mehnatdan hosil bo'lgan mahsulotlar va jarayonlar misol bo'ladi.

Jismoniy mehnat — insonning jismoniy faoliyati evaziga bajariladigan ishlar mehnat turlarining eng oddiysi hisoblanadi. Malakali mehnat maxsus mutaxassislar tomonidan tayyorlanadigan mehnat mahsulidir. Malakasiz mehnat maxsus tayyorgarlikni va qobiliyatni talab etmaydi.

Insoniyat aql idroki paydo bo'la boshlagandan o'zidan keyingi avlodlarni barkamol avlodga aylantirish maqsadida yoshlarni tarbiyalashga harakat qiladi. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon hisoblanadi. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yig'indisi hisoblanadi.

Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiya olmagan shaxs ham, kishilik jamiyatida ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi.

Pedagogik adabiyotlarda «Tarbiya» atamasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, san'at, kino, radio, televidiniya va boshqalarni ham o'z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma'noda esa Tarbiya tushunchasi ta'lim va ma'lumot olishni o'z ichiga oladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Tor ma'noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma'naviy axloqiy qiyofasi, estetik didi o'stirilishiga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oilaviy va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta'lim va ma'lumot olish tor ma'nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo'ladi. Chunki ta'lim va ma'lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko'payibgina qolmay, balki axloqiy ma'naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.

Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanmagan mamlakat turg'unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, o'sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish. To'xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va ma'naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma'naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko'rsatadigan tarbiyaviy tizimga ega bo'lishi lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, mehnat tarbiyasida mehnat ta'limi va kasbga yo'naltirish jarayonlari juda katta o'rin tutadi.

REFERENCES

1. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

2. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

3. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

4. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

5. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

6. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

7. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

8. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

9. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

10. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

12. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

13. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

14. htt's: //qomus .info/encyclo' edia/cat-t/tarbiya-uz.

15. htt'://marifat-ziyo.uz/articles/milliyyuksalish.

16. htt's: //adolatnashr.uz/u'loads/17 .Oila%20%e2%80%93%20monografiya.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.