Научная статья на тему 'ESTETIK TARBIYA. MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYA'

ESTETIK TARBIYA. MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYA Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
24195
717
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Estetik tarbiya / nafosat / estetik tarbiyaning mazmun-mohiyati / badiiy ijod / go'zallik kategoriyasi / san’at asarlari / tasviriy san’at / axloq / shaxs ma’naviyati / ma’naviy-axloqiy tarbiya / ma’naviy-axloqiy madaniyat.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Sug’diyona Mashrabova

Yoshlarda ma’naviy-axloqiy va mehnat tarbiyasi, ularning mohiyati va vazifalari, ma'naviy-axloqiy tarbiya mezonlari haqida ilmiy tushuncha berish.Estetik tarbiya mohiyati, maqsad va vazifalari haqida ilmiy tushunchalar berish orqali yoshlarda estetik go'zallik, jismoniy kamolotga erishishni tarbiyalash.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESTETIK TARBIYA. MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYA»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ESTETIK TARBIYA. MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYA

Sug'diyona Mashrabova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti 3-kurs

talabasi

ANNOTATSIYA

Yoshlarda ma'naviy-axloqiy va mehnat tarbiyasi, ularning mohiyati va vazifalari, ma'naviy-axloqiy tarbiya mezonlari haqida ilmiy tushuncha berish.Estetik tarbiya mohiyati, maqsad va vazifalari haqida ilmiy tushunchalar berish orqali yoshlarda estetik go'zallik, jismoniy kamolotga erishishni tarbiyalash.

Kalit so'zlar: Estetik tarbiya, nafosat, estetik tarbiyaning mazmun-mohiyati, badiiy ijod, go'zallik kategoriyasi, san'at asarlari, tasviriy san'at, axloq, shaxs ma'naviyati, ma'naviy-axloqiy tarbiya, ma'naviy-axloqiy madaniyat.

Har bir ota-onada pedagogik ichki hissiyot mavjud. Ulardan har kim har xil yo'ldan foydalanib farzandlarini tarbiyalaydilar. Bu borada estetik tarbiya eng samarali yo'llardan biridir. Oilada ham, mahallada ham, tanishlar orasida ham estetik tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, el e'zozidagi va xalq e'tiboridagi shaxslarni ibratnamuna qilib ko'rsatish tarbiya samaradorligini oshirishga muhim g'oyaviy asosdir.

Estetik tarbiyaning asosiy tushunchalaridan biri go'zallik kategoriyasidir. Uning m a'nosini talaba-yoshlarga tushuntirish ham mazkur tarbiyaning hayotiyligini ta'minlashga katta yordam beradi. Shu sababli go'zallik tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berishga quyidagicha yondashuvlar qilishni maqsadga muvofiq deb topdik:

• go'zallik - bu kishining qalbi go'zalligi;

• go'zal!ik - bu kishining istarasi issiqligi;

• go'zallik - bu kishining go'zal xulq egasi bo'lishi;

• go'zallik - bu bamisoli daraxt, yaprog'i - axloq, ildizi - ichki dunyo, mevasi-yaxshi fazilat. Xullas, odam bolasidagi go'zallik - tabiat ato qilgan husn-jamolidan tashqari, yana eng yaxshi xulq-atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o'z ichiga olgan odamiylikdan iborat (Mirzakalon Ismoiliy).

Demak, estetik tarbiya nafosat tarbiyasi ham, odamiylik tarbiyasi ham, to'la-to'kis ahamiyatga ega bo'lgan go'zallik tarbiyasidir. Shu sababli talaba-yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash g'oyat murakkab, ko'p qirrali dinamik jarayon bo'lib, uning yordamida barkamol shaxs tarbiyasi jarayonini olib borishning optimal variantlarini qo'lga kiritish mumkin. "Estetik tarbiya - o'quvchilarni voqelikdagi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi turmushdagi go'zallikni idrok qilish hamda to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, go'zallikka muhabbat uyg'otish va hayotiga go'zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir". "Estetik ta'lim-tarbiya — insonda zavq uyg'otuvchi va uni harakat, shijoat va qahramonliklarga undovchi barcha turdagi ko'rinishlar, holatlar, hodisalar va badiiy-estetik tafakkurni shakllantirish".

"Estetik rivojlantirish - bu shaxsning estetik ongi, munosabatlari va estetik faoliyatining vujudga keiishi hamda takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli darajalarga egadir. U shaxsning jamiyat estetik madaniyatini egallab olishga bog'liq bo'lib, turli yo'llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi. U jamiyat estetik madaniyatini turli ma'naviy va moddiy ko'rinishlarda tushunib olishni ta'minlaydi". Talaba-yoshlar estetik tarbiyasining mazmuni asosan:

• estetikaga qiziqish va ehtiyojning mavjudligi;

• estetik jihatdan bilimdonlik;

• estetik ko'nikma va malakalarning shakllanganligi;

• estetik his-tuyg'uning mukammalligi;

• o'z mehnatidan zavq ola bilish va nafijani baholay olish qobiliyatlarining, hissiyot va qobiliyatlarining mavjudligi;

• go'zallikka intilish va didlarni tarbiyalashga erisha olishlik kabi insoniy xislatlar majmualaridan iboratdir.

Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi talaba-yoshlarda ma'naviy jihatdan go'zallikni his qilishni tarbiyalash, yuksak estetik didni va san'at asarlarini sevishni shakllantirish, tarix va me'moriy yodgorliklarga nisbatan hurmatni uyg'otish, jonajon tabiatimizga ongli munosabatda bo'lishga oid tasavvurlarni yuksaltirish, tabiat va jamiyat boyliklarini qadrlay bilish ko'nikma va malakalarini hosil qilish kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalashdan iboratdir.

Estetik tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda shuni qayd etish mumkinki, uning yordamida yosh avlodni Vatanimiz va jahon badiiy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavqlangan holdagi ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga erishish lozim bo'ladi.

Estetik tarbiya yosh avlodning, ya'ni talaba-yoshlarning badiiy ijodiy qobiliyatlarini yuksaltirishga qaratilgan bo'ladi.

Estetik tarbiyaning vazifalari uning asosiy maqsadini amalga oshirishdan iborat bo'ladi. Bunda mustaqil respublikamizdagi ta'lim-tarbiyani isloh qilish borasidagi sa'y-harakatlar ham e'tiborga olinmog'i lozim.

Estetik tarbiyani oliy o'quv yurtlarida quyidagi yo'nalishlarda olib borgan ma'qul va bu har bir yo'nalish estetik tarbiyaning asosiy maqsadini hal qilishdagi vazifalardan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

iboratdir:

• talaba-yoshlardagi estetik tarbiyaga ehtiyojni aniqlash. Bunda ulaming ma'naviy jihatdan go'zallikni his qilishi; estetik ong va did, estetik mulohaza va qiziqishlarning borligi; talaba-yoshlarning estetik didini yuksaltirilishini yoqtirishi; milliy-ma'naviy qadriyatlarga hurmati borligi; jonajon Vataniga, ota-onasiga va o'rtoqlariga hurmat hissi borligi va shu kabilar aniqlanadi;

Estetik ehtiyoj deb, insonning atrofimizdagi olamni estetik jihatdan o'rganib, bilib olishiga, uning badiiy faoliyatini muayyan bir turiga yoki yo'nalishiga undovchi aniq jihatlar majmuyiga aytiladi.

• talaba-yoshlardagi estetik moyillikni aniqlash. Bular talabayoshlardagi estetik hayajon, estetik mulohaza, estetik munosabat, badiiy va estetik did, estetik qiziqish, estetik tuyg'u, estetik idrok va estetik baho kabi ijobiy xislatlar haqidagi bilim, ko'nikma va malakalaming borligi orqali aniqlanadi.

• estetik ongning shakllanganligini aniqlash. Bunda estetik tarbiya ijtimoiy voqelik, tabiat, san'atga nisbatan bevosita muloqot jarayonida shakllangan fikr, g'oya, qarash, nazariya va ta'limotlarning badiiy ta 'lim va tarbiyaning natijasida hosil bo'lishga e 'tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik ongning asosini esa estetik idrok tashkil etadi va u insonning go'zallik bilan uchrashganida paydo boladi hamda uning aniq maqsadga yo'naltiriiganligi bilan ham xarakterlanadi. Estetik ongning shakllantirilishi bilan talaba yoshlarda go'zallik va xunuklik, saxiylik va baxillik, xushfe'llilik va qo'pollik, xursandchilik va xafalik, shodlik va qayg'u, najot va falokat kabi juftliklarning mazmun-mohiyatlarini to'g'ri anglashni tarbiyalashga erishiladi. Bu orqali taiaba-yoshlarda tevarak-atrofga nisbatan to'g'ri ongli munosabat va go'zallikni tushunish shakllanadi;

• talaba-yoshlar ongida estetik tarbiya kategoriyalarining mazmun-mohiyati haqidagi bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish. Bunga talaba-yoshlar ongiga estetik madaniyat, madaniy meros, shaxs estetik madaniyati, estetik ong, estetik idrok, estetik bahs, estetik ideal, estetik qiziqish, estetik bilim, estetik moyillik, estetik did, estetik hissiyot, estetik mulohaza, estetik ehtiyoj, estetik munosabatlar, estetik faoliyat kabi kategoriyalar mazmun-mchiyati haqidagi bilim, ko'nikma va malakalarni singdirish yordamida erishiladi;

• ilmiy dunyoqarashning ma'naviy qiyofasini shakllantirish.

Bunda hayotni bilib olishga, nafosatni tushunishga, insonning butun qiyofasini, y a'ni uning his-tuyg'ularini va estetik irodasini mustahkamlashga e'tibor berish lozim;

• estetik tarbiyani milliy-ma'naviy qadriyatlar asosida tashkil etish. Bunda o'zbek xalqining o'tmishdan bizga qoldirgan ma'naviy meroslariga e'tiborni kuchaytirish kerak. Ayniqsa, qomusiy oiimlar, hadis ilmi sohiblari, shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, davlat

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

arboblari, xalq qahramonlarini hayoti va faoliyatidagi estetikaga oid materiallar estetik tarbiyani asosli ravishda olib borishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, uning mohiyati, shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shu bois, axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o'ziga xos muhim ahamiyatga ega. Muayyan millat qiyofasi, uning kishilik taraqqiyotidagi o'rni belgilanayotgan jarayonda mazkur tushuncha asosiy mezonlardan biri bo'lib xizmat qiladi.

«Axloq» tushunchasi omma fikri asosida tartibga soluvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Qadimdanoq ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyatshunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli ko'kamda ishlatilib kelingan.

Axloq (arabcha xulq-atvor demakdir) - ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy tartib-qoida bo'lib, bu tartib-qoida ijtimoy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq omma faoliyatini tartibga solishning boshqa shakllari (o'quv, ishlab chiqarish, xalq an'analari) da o'z talablarining asoslanishi, amalga oshirilishi va omma fikri asosida tartibga solinishi bilan farq qiladi. Axloq talablari barchaga taalluqli, biroq hech kimning ko'rsatmasi, hech qanday maxsus buyruq asosida bajarilmaydi-gan, ixtiyoriy amalga oshiriladigan burch shakliga kiradi. Axloq talablarining bajarilishi faqat m a'naviy ta'sir ko'rsatish shakllari doirasida yuz beradi.

Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo'lgan ma'naviy komillik asosini, poydevorini tashkil etadi.Bir so'z bilan aytganda axloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma'qullangan xulq-odob normalari majmuyidir. Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffaqiyatini ta'minlovchi eng muhim omil sanaladi. Ma'naviy-axloqiy ta'lim va tarbiya o'zaro bog'liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxs ma'naviy-axloqiy kamolotini shakllantirish asosi hisoblanadi. Ma'naviy-axloqiy ta'lim o'quvchilarga ma'naviy-axloqiy munosabatlar mohiyati to'g'risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda m a'naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bolgan ehtiyojni yuzaga keltirish ma'naviy-axloqiy ongini shakllantirish jarayoni bo'lib, izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.

O'quvchilar ma'naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish aniq maqsadga yo'naltirilgan yaxlit pedagogik jarayon bo'lib, Ushbu jarayonda quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi:

1. O'quvchilarga ma'naviy-axloqiy me'yorlar hamda axloqiy munosabatlar mohiyati va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi ahamiyati to'g'risida ma'lumot beriladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

2. O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma'naviy-axloqiy ongni qaror toptirish.

3. O'quvchilarda ijobiy mazmundagi ma'naviy-axloqiy sifatlar (bilimlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mehr-muhabbat, vatanga, xalqqa muhabbat, ota-ona va kattalarga hurmat, insonparvarlik, saxovat, burchga sadoqat va hokazo)larni qaror toptirish.

4. O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy mazmundagi xulq-atvor, xarakter va irodani shakllantirish.

5. O'quvchilar ma'naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish.

O'quvchilar ma'naviy-axloqiy sifatlarining qaror topishi tarixiy-obyektiv sharoitda shaxs tomonidan jamiyat taraqqiyoti, insonlarning o'zaro hamkorlik, aloqa doiralarining kengayishi takomillashuviga ko'rsatiladigan ta'sirning ijobiy, mo'tadil holatda bo'lishini ta'minlashda ko'rinadi. Ma'naviy-axloqiy sifatlarning qaror topishi quyidagi umumiy mazmun asosida ro'y beradi:

- o'quvchining m a'naviy-axloqiylik darajasi ijtimoiy munosabatiar jarayonida, uning jamiyat, atrof-muhit va tabiatga bo'lgan yondashuvida namoyon bo'ladi; -o'quvchining ma'naviy-axloqiylik darajasi jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy taraqqiyoti darajasiga bog'liq;

- o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy kamoloti obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarning o'zaro uyg'unlashuvi asosida tashkil etiladigan uzluksiz, tizimli ta'lim-tarbiyaning yo'lga qo'yilishi natijasida vujudga keladi;

- o'quvchining ma'naviy-axloqiy kamoloti ijtimoiy munosabatlarning yo'lga qo'yilishida ijobiy natijalarga olib keladi.

REFERENCES

1. M. Qurbonov. Ijtimoiy pedagigika. - Toshkent,2003,41-b.

2. J.Hasanboyev. Pedagogika, -" Noshir" Toshkent,2011, 130-b.

3. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazaryasi va amaliyoti. Toshkent, 2017.

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.