SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G'OYALARI
Ozoda Axror qizi Azizova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti o'zbek
filologiyasi fakulteti 306-guruh talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada pedagogika tushunchasi, olimlarning pedagogikaga oid fikrlari, tasavvufiy olim Ahmad Yassaviyning faoliyati, uning pedagogik qarashlari, fikrlari, izlanishlari haqida fikr yuritiladi. Yassaviyning hikmatlari asosida pedagogik tushunchalar yoritib borilgan.
Tayanch tushunchalar: pedagogika, ta'lim, tarbiya, olimlar, hikmatlar, qonuniyatlar, jamiyat, insonparvarlik, komillik, aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya
Insoniyat o'zini anglashga, dunyoni o'rganishga intilib yashaydi. Bu jarayon uzoq vaqtdan buyon davom etmoqda. Inson shaxs sifatida shakllanishi, o'zini tanishi, tarbiyalanishi, ta'lim olishi, rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada pedagogika yordamga keladi. Pedagogik jarayonlarsiz yuqoridagilarning hech biri amalga oshmaydi.
Pedagogika- (yunoncha paidagogike bo'lib, paida- "bola", gogike-"yetaklayman") ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan soha. Uning vazifasi shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritish, shaxsni shakllantirib, uni insonparvarlik ruhida tarbiyalash. Pedagogika uzoq tarix va uzoq kelajakka ega, ya'ni hech qachon eskirmaydigan, keraksiz bo'lmaydigan soha hisoblanadi.
Pedagogika to'g'risida ko'plab olimlarning qarashlari mavjud. Masalan, Sharqning buyuk allomasi Abu Nasr Farobiy pedagogning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va o'ziga xos xususiyatlari haqida ibratli g'oyalarni ilgari surgan. Uning
fikricha, "o'qituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur...". Abu Ali ibn Sino esa "o'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo'y va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim...", degan fikrni aytib o'tgan.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Nemis pedagogi A.Disterverg ta'limning muvaffaqiyatli bo'lish darajasi darslik mazmuni yoki o'qitish usuliga emas, balki pedagogning o'ziga ham bog'liq, deb hisoblaydi.
Arastu pedagogika tarixida birinchi bo'lib yoshni davrlarga bo'lishga harakat qiladi. Uning fikricha, o'g'il bolalar 7yoshdan boshlab davlat maktabida o'qishi lozim. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyani bir-biri bilan bog'langan, deb qaraydi.
Pedagogika haqida ko'plab Sharq va G'arb olimlari o'zining qimmatli fikrlarini qoldirganlar. Jumladan, Ahmad Yassaviy ham bir qancha g'oyalarni ilgari surgan va bu sohaga ulkan hissa qo'shgan.
Ahmad Yassaviy O'rta Osiyoning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida muhim mavqega ega shaxs edi. U XI asrning ikkinchi yarmida Yassi yaqinidagi Sayram shahrida Shayx Ibrohim oilasida tavallud topgan. Uning vafotini esa 1166-67-yilda degan fikrlar aytilgan. Lekin Yassaviyning tug'ilishi va vafoti haqida aniq bir ma'lumot keltirish qiyin. Tavalludi borasida ham olimlar tomonidan fikr bildirilgan. Shahobiddin Yassaviy Ahmad Yassaviyning tavalludini 1103- yil deb, Qozoq olimasi S.Taqiboyeva 1105-yil deb, X. Nematov esa 1197- yilda deb ko'rsatganlar. Onasi Shayx Ibrohimning xalifasi Muso Shayxning qizi Oysha xotun edi. Ahmad Yassaviyning Gavhar Shahnoz ismli opasi bo'lib, ular ota-onasidan erta ajraladi va Yassaviyni opasi o'z qaramog'iga oladi. Ular Yassi shahriga ko'chib borishadi va u yerdaYassaviy ustozi Arslonbob bilan uchrashadi. Uning yordami bilan ko'plab ilmlarni o'rganadi. Arslonbob ko'rsatmasi bilan Yassaviy Buxoroga borib, Shayx Yusuf Hamadoniyga murid tushadi. U yerda arab, fors tillarini chuqur o'rganadi.
Yassaviy o'zidan bir qancha nasihatomuz hikmatlar qoldirgan. Hikmatlaridagi inson kamoloti, Vatan, nafsga berilmaslik, diyonat, rahm-shafqatlik haqida axloqiy-falsafiy fikrlari hamma vaqt qadrli, qimmatli bo'lib, ular milliy pedagogikada juda katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy merosida uning "Hikmat'' deb nomlangan she'rlar to'plami zalvorli o'rin egallaydi. Mazkur she'rlar to'plami adabiy muhitda "Devoni hikmat" nomi bilan mashhur. Bu asar adabiyotdagi o'rni bilan birga pedagogika sohasida ham o'z ahamiyatiga ega. Shuningdek, Yassaviyning pedagogik qarashlari "Rasoil" ya'ni "Risolalar" asarida ham aks etgan.
Yassaviyning "Hikmat" asarida poklik, halollik, to'g'rilik, mehr-shafqat, o'z kuchi, halol mehnati bilan kun kechirish kabi insonparvarlik ruhidagi qadriyatlar aks ettirilgan. Uning asarlarida ilmga chorlash yetakchilik qiladi, ilmli kishi doim hurmatda bo'lishini ta'kidlaydi:
Ey do'stlarim, oriflar xolis suhbat etorlar,
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
U1 suhbatda ma'rifat nurlarini sochorlar. Yana bir baytini misol keltirish mumkin:
Haq-nohaq(ni) bayonini olim bilur, Halol-harom farqin omi qoydin bilur?!
Olimlardin omilar ko'b foyda olur Bu dunyoda yaxshi otin qo'llar, do'stlar.
"Rasoil" asarida yuqorida ta'kidlanganidek, pedagogik qarashlar o'z aksini topgan. Masalan, "Shunday osiy va xofiy shayxlar chiqadurki, alar shayton alayhil-l-la'naga ustozlik qilurlar, barcha xalq ularga (ipsiz) bog'lanurlar va alar firibgarlik ila muridlarni ovlayurlar. O'shal osiy shayxlar muridlaridan mol-pul undirurlar va alarning ko'ngillari kuf-u zalolatdan qutilolmas. Andoq pirlar kofir va zolimlarga xayrixoh bo'lurlar va sovg'a-salom bermaganlarni pisand etmaslar va alar uchun shariat qonunlarining qadri sariq chaqacha bo'lmas".
Ushbu fikrlar o'z davrining shayxlarigagina xos bo'lmay, kechagi, bugungi va ertangi davr uchun birdek barobar, ya'ni, har qanday davr pedagoglarini tarbiyalash va ustoz shaxsini shakllantirish masalalariga ham taalluqlidir. Bu fikr bugungi kun uchun ham mos keladi, Yassaviy hikmatlarining ommabopligi va davrlar o'tsa ham eskirmasligining asosiy sababi ham shunda ya'ni undagi mazmun hamma davrlar uchun, hamma insonlar uchun xos.
Sharqona ta'limning maqsadi faqat bilim emas, balki axloqan yetuk shaxsni ham tarbiyalashdir. Ahmad Yassaviy hikmatlari aynan shu maqsad uchun xizmat qiladi. U ma'rifatlilik, ilmlilik bilan birga axloq-odobga ham alohida ahamiyat bergan, ikkisini bir-biridan ajratmagan. Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, oqibatsizlik, ota-onaga va ustozlariga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, takabburlik, yozuvlik, kissavurlik, ma'rifat bo'lmagan joy, razolat hukm surgan mamlakat inqirozga yuz tutishi haqida teran fikrlar aytib o'tgan, ma'rifatli insonlarni esa ulug'lagan:
Haqiqatning daryosidin guhar olg'on, Ma'rifatning maydonida javlon qilg'on. Kuyub-pishib ich-bag'rini o'tqa solg'on, Ondog' oshiq alif qaddin duto qilsun.
Ahmad Yassaviy insonni ham jismonan, ham ruhan pok, halol, to'g'ri bo'lishga chaqirgan. Mukammal ruhiy va jismoniy tarbiyaga erishishning eng asosiy yo'li bu nafsni yengishdir. Shundagina haqiqiy inson bo'lish mumkin, nafs yengilmas
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
ekan, uning hayvondan hech qanday farqi qolmaydi, oxir- oqibat butun borlig'idan ayriladi. Nafsiga qul kimsalar shaytonga do'st tutunganlardir:
Nafs yo'lig'a kirgon kishi rasvo bo'lur, Yo'ldin ozib, toyib, to'zib gumroh bo'lur, Yotsa-tursa shayton bila hamroh bo'lur.
Ahmad Yassaviy hikmatlarini ko'zdan kechirar ekanmiz, ular asosida barcha insoniy fazilatlarni shakllantirish, ma'rifatni targ'ib etish, ilmli insonlarni qadrlash, eng asosiysi, komil insonni tarbiyalash g'oyasi ilgari surilganiga ishonch hosil qilamiz. Komil inson tarbiyasi esa har qanday davr pedagogikasining bosh maqsadi bo'lib qoladi.
Yassaviyning har bir hikmatida o'zgacha ma'no, o'zgacha jilo sezilib turadi. Barchasining asosi komillikka intilish, bu hayotning o'tkinchiligiga berilmaslikka borib taqaladi:
Beshak biling, bu dunyo borcha xalqdin o'taro Ishonmag'il molingg'a, bir kun qo'ldan ketaro. Oto-ono, qarindosh qayon ketdi-fikr qil, To'rt oyog'lig' cho'bin ot bir kun sang'a yetaro. Pedagogika insonni to'g'ri yashashga, ilmli, tarbiyali bo'lishga o'rgatadi. Yassaviy hikmatlari pedagogika bajarishi kerak bo'lgan barcha vazifalarni o'zida mujassam etgan. Pedagog ilm oluvchini ziyoga, to'g'rilikka boshlaganidek, Yassaviy hikmatlari ham insonni komillikka yetaklaydi. Uning hikmatlari nafaqat o'zining davri uchun, balki barcha uchun komillik sari eltuvchi nurdir.
REFERENCES
1. B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. "Sano-standart" nashriyoti. Toshkent-2017
2. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva Pedagogika nazariyasi. Toshkent-2008
3. J. Hasanboyev, X.A. To'raqulov, I.Sh.Alqarov, N.O'. Usmanov Pedagogika. "Noshir" nashriyoti. Toshkent-2011
4. Imom al-Buxoriy saboqlari. Ma'naviy- ma'rifiy, ilmiy-adabiy jurnal-2005
5. Ibrohim Haqqul Ahmad Yassaviy. "G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at" nashriyoti. Toshkent-2001
6. Sa'dulla Siyoyev Ahmad Yassaviy. Toshkent- "0'zbekiston"-2012
7. Abdurahmon Go'zal Yassaviy "Faqrnoma"si. "Navro'z" nashriyoti. Toshkent-2014
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
8. Nodirxon Hasan, Ibrahim Haqqul, Sayfiddin Sayfulloh Xoja Ahmad Yassaviy Devoni hikmat. (Yangi topilgan namumlar)."Movarounnahr" nashriyoti. Toshkent-2004.
1. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).
2. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
3. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).
4. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.
5. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.
6. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
7. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).
8. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).
9. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).
10. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).
11. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
12. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
13. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).