Научная статья на тему 'MUHAMMAD SODIQ QOSHG`ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI'

MUHAMMAD SODIQ QOSHG`ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
13524
717
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Qoshg`ariy / ta`lim-tarbiya va uning vazifalari / “Odob as-solihin” asari / ma`rifat / dunyoqarash.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ezoza Tursunova

Ushbu maqolada o`zida shaxs va uning tarbiyasini yo`lga qo`yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarini va pedagogik bilimlarini yarata olgan tarixchi, tilshunos, olim va adib Muhammad Sodiq Qoshq`ariyning ta`lim tarbiyaga oid qarashlari, tasavvuf ta`limoti rivojiga qo`shgan hissasi hamda pedagogik qarashlari haqida mulohaza yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD SODIQ QOSHG`ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MUHAMMAD SODIQ QOSHG ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI

E'zoza Tursunova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Tarjima

nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ozida shaxs va uning tarbiyasini yo'lga qo'yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarini va pedagogik bilimlarini yarata olgan tarixchi, tilshunos, olim va adib Muhammad Sodiq Qoshq'ariyning talim tarbiyaga oid qarashlari, tasavvuf talimoti rivojiga qo'shgan hissasi hamda pedagogik qarashlari haqida mulohaza yuritiladi.

Tayanch so'zlar: Qoshg'ariy, talim-tarbiya va uning vazifalari, "Odob as-solihin" asari, marifat, dunyoqarash.

Asrlar o'tsa hamki bizgacha o'tmishdan qon-qonimizgacha singan ilm va tarbiyaga oid bilimlar va insonni odob-axloqiga oid har xil qarashlar mavjud. Tarixdagi eng buyuk mutafakkir ulamolar tomonidan talim-tarbiyaga oid moddiy meroslar bor bo'lib, bu madaniy va moddiy meroslar pedagogika faniga borib taqaladi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy ham o'zining talim-tarbiyaga oid ilmi orqali sharq pedagogikasi tarixiga opining hissasini qo'shgan ulamolardan biri hisoblanadi. Mahmud Qoshg'ariy Bolasog'un shahrida dunyoga keladi. Uning to'liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammaddir. Mahmud Qoshg'ariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga qomuschi olim va tolmas sayyoh bo'lib tanildi. Mahmud Qoshg'ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ'ibotchisidir. U «arab tili bilan ikki uloqchi ot singari tengpoyga qilib, o'zib borayotgan turk tilini» ko'klarga ko'taradi, uning o'ziga xos xususiyatlarini mahorat bilan ko'rsatib beradi. «Devon» sahifalari orqali tanishish ko'z oldimizda Mahmud Qoshg'ariyni geograf, botanik, zoolog, biolog, etnograf, tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarixchi olim sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun ham uni qomusiy olim deb ataymiz. Muhammad Sodiq haqida bizgacha juda oz malumot yetib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga malum bo'lgan "Odob as-solihin" asarining o'ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi. Bizgacha uning "Zubdat al-masoyil" ("Masalalarning qaymog'i"), ("Dur al-muzoxir") ("Ko'makdoshlarning durdonasi") hamda ("Tazkirai xojagon") ("Xojalar tazkirasi") nomli asarlari yetib kelgan.Ko'plab ilmga va pedagogikaga oid asarlar yaratish mavjud bo'lgan davrda Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan turkiy tilda ("Odob as -solihin") "Yaxshi kishilar odobi "Zubdat as- masoyil" nomli asarlar yaratildi. "Odob as-

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

solihin" 5 marta, 1889 hamda 1901 yillarda Toshkent shahrida va 1892 hamda 1986 yillarda Istanbul shahrida qayta nashr etilgan. Mazkur asar nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g'oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi xulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada malumotlar berishga xizmat qiladi. ("Odob as solihin") asrida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson qat iy amal qilinishi zarur bolgan zohiriy va botiniy odob va axloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasida ijtimoiy hayotni yo'lga qo'yishdagi o'rni va roli borasida batafsil so'z yuritiladi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan yaratilgan Odob as-solihin asari muallifning o'zi takidlab o'tkanidek, muqaddima 7 bobdan iborat bolib har bir bob ozida 4 faslni aks ettiradi. Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko'zda tutilgan maqsad borasida so'z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq -atvorga ega bo'lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g'oya - insonlarning ijobiy xulq atvorga ega bo'lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g'oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob - axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq - atvori bilan muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo'lmasa, nafaqat o'zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi . Birinchi bob salomlashish, ko'rishish, qo'l olishish hamda ruxsat so'rash qoidalari to'g'risida ma'lumotlar berishga yo'naltirilgan bo'lib mazkur bob to'rt fasldan tashkil topgan. Ikkinchi faslda esa salomlashish odobining o'n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi . Mazkur o'rinda salom berish va alik olish masalasida bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan munozaraga nuqta qo'yilgan . Muallifning fikriga ko'ra , salom bermak sunnat, javobi farzu ayyondir . Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning e'tirof etishicha , salom quyidagi holatlarda quyidagi kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiqdir : ulug' kichikka , otliq piyodaga , yuruvchi o'ltirguvchiga , ozchilik ko'pchilikka , xonaga kirib keluvchi , xona ichkarisida o'tirgan kishilarga salom bergay " , deb ta'kidlar ekan , bir kishi ko'pchilik oldiga kirib kelganda , birinchi bo'lib salom berishi , ko'pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan salomga alik olishi joizligiga alohida e'tiborni qaratadi . Allomaning salomlashish odobi xususidagi fikrlari bilan tanishar ekanmiz , ta 'lim muassasalarida muallim sinf xonasi yoki auditoriyaga kirib kelganda , "Kim oldin salom berishi kerak ? ", degan muammoning yechimini topgandek bo'lamiz . Birinchi bobning uchinchi faslida berilgan muloqot ( uchrashuv ) odobiga oid tavsiyalar ham diqqatga sazovor . Bunda uchrashganda qo'l berib ko'rishish lekin qo'l uchi bilan emas , astoydil , biroq qo'lni silamay , ochiq yuz bilan ko'rishish odobi bayon etiladi . Quchoqlashib ko'rishish , safardan qaytgan kishi hamda yosh bolalar bilan ko'rishish , o'pib ko'rishish odoblari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

bayon etiladi . Uchinchi bobda suhbatlashish odobi borasida so'z yuritiladi . Bizga yaxshi ma'lumki , suhbatlashish odobi va uning shartlariga amal qilish ijtimoiy munosabatlarning mo'tadil kechishini ta'minlovchi asosiy va o'ta muhim aksariyat mualliflar tomonidan omillardan bir axloq - odob muammolariga bag'ishlangan hamda asarlar mazmunidan alohida o'rin olgan. "Odob as - solihin" asarida ham muallif suhbatlashish odobi va uning o'ziga xos jihatlari borasida batafsil so'z yuritadi . Mazkur o'rinda quyidagi fikrlar ilgari suriladi : uylanadigan yigit nikohdan oldin o'zi uylanmoqchi bo'lgan qizni ko'rmog'i , uylanadigan qizning bokira bo'lishi , shuningdek , to'rt narsa : umrda , qomatda , molda va nasabda erdan past va uch narsa : husn-u jamolda , xulq ( odob ) da hamda iffatda erdan yuqori bo'lishi zarurligi muallif tomonidan alohida ta'kidlanadi . Yuqorida qayd etilgan fikrlarning ahamiyati amaliy turmushda o'z isbotini topgan bo'lib , ularni bilish hamda mazkur fikrlarga amal qilish oilalarda tinchlik totuvlik , farovonlik va xotirjamlikning barqaror bo'lishini kafolatlovchi omillar bo'lib xizmat qiladi . Sodiq kasal holini so'rash , tashg'ariy " Odob as - solihin " asarida , ta'ziya va musibat odoblari haqida ham fikr yuritadi . Ushbu holatlarda amal qilinadigan qoidalar mohiyatidan xabardor bo'lish ham har bir kishi uchun foydadan holi bo'lmaydi . Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki , Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan yaratilgan " Odob as solihin " asari jamiyat a'zolari , shu jumladan , yoshlarning manaviy axloqiy jihatdan barkamol bo'lishlarida katta ahamiyatga ega . Mazkur asar har bir inson tomonidan o'rganilishi va kundalik turmushda qat'iy amal qilinishi zarur bo'lgan xulq odob qoidalarining majmui sanaladi . Shu bois Sharq pedagogikasi tarixida mazkur asar ham Unsurul-Maoliy Kaykovusning " Qobusnoma " asari kabi o'z o'rni va mavqeiga ega. Pedagogik deganda o'z navbatida manaviyat va ma'rifat tushunchalari ham ko'z o'ngimizda gavdalanadi. Ma'rifat -kishilarning ong -bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim -tarbiya, maorif hamdir. Nemis mumtoz falsafasining asoschilaridan biri Kant mazkur tushunchaning mazmun va mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. U o'zining «Ma'rifat nima? degan savolga javob» nomli maqolasida bayon qilishicha, ma'rifat inson shaxsini tarbiyalash, uning aqli, axloqi imkoniyatlaridan jamiyatning ilgarilama, ya'ni yuksaklik tomon taraqqiyoti manfaatlari yo'lida foydalanishdir. Jamiyat taraqqiyotini ma'rifatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bu so'z qadim zamonlardan tortib, to XX asr boshlarigacha asosan bilim va ilm, uni egallash borasida amalga oshirilgan ta'lim-tarbiya jarayoni ma'nosida qo'llab kelingan. Dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to'g'risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o'zining undagi o'rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash insonning dunyoni va o'zini ma'lum ma'noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo'lishi jihatdan uning har qanday moddiy va ma'naviy faoliyatida o'z ifodasini topadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

REFERENCES

1. Muhammad Sodiq Qoshgariy pedagogik qarashlari referat // O'zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1972. 4-5 sonlar.

2. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent, 1990. 256 bet.

3. Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Toshkent, 1991. 268 bet.

4. Ibrohim Haqqul. Tasavvuf saboqdari. Buxoro, 2000. 78 bet.

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Do'stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

15. Ro'zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муй;алам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.