Научная статья на тему 'AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI'

AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
693
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Pedagogika / tasavvuf / komil inson / nafs / hikmat / tarbiya / ilm / tariqat / faqirlik / g‘oya.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Taxmina Ziyodulla Qizi Bobosiddiqova

Maqolada Ahmad Yassaviyning pedadgogik qarashlari va uning hikmatlaridagi insonni tarbiyalashga qaratilgan, to‘g‘ri yo‘lni topish, komillikka erishish uchun nimalar qilish kerakligi haqidagi nasihatlari yoritilgan. Hikmatlaridagi g‘oyalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G'OYALARI

Taxmina Ziyodulla qizi Bobosiddiqova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Ahmad Yassaviyning pedadgogik qarashlari va uning hikmatlaridagi insonni tarbiyalashga qaratilgan, to'g'ri yo'lni topish, komillikka erishish uchun nimalar qilish kerakligi haqidagi nasihatlari yoritilgan. Hikmatlaridagi g'oyalar tahlil qilingan.

Tayanch so'zlar: Pedagogika, tasavvuf, komil inson, nafs, hikmat, tarbiya, ilm, tariqat, faqirlik, g'oya.

Pedagogika shaxsning tarbiyalash va rivojlantirishga,komil insonni shakllantirishga qaratilgan fan hisoblanadi.Pedagogika tarbiyaning barcha; ijtimoiy, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy yo'nalishlarini qamrab oladi va ularni rivojlantirishga yordam beradi.Bu maqsad insoniyat paydo bo'lganidan buyon mavjud va dolzarbligicha qolmoqda.Tarixga nazar tashlasak o'tgan mutafakkirlarimiz o'z asarlarida insonni tarbiyalash, nafsni yengish, komillikka erishish kabi g'oyalarni ilgari surganlarini va bu yo'lda turli maslahatlar berganligini ko'rishimiz mumkin.

Shunday allomlardan biri Xoja Ahmad Yassaviydir.U 11-asrning 2-yarmida Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tavallud topgan.Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub bo'lgan.Onasi Oysha xotun Yassaviy tug'ilgandan ko'p o'tmay vafot etadi.Otasi ham 7 yoshligida olamdan o'tgan. Yassaviy yetim qolgach uning tarbiyasi bilan opasi shug'ullanadi. Biroz muddat o'tib ular Yassi shahriga ko'chib borishadi. Shundan so'ng Yassaviy Arslon bobga shogird tushib undan botin ilmi sirlarini mukammal o'zlashtirishni boshlaydi.Arslon bobning ko'rsatmasi bilan Buxoroga borib Yusuf Hamadoniyga shogirdlikka tushadi.U yerda arab va fors tillarini o'rganib, forsiy tilde yozilgan tasavvufiy asarlar bilan tanishib chiqadi.Keyinchalik ''Yassaviya'' tariqatiga ( tariqat-yo'l,usul degani. Tasavvufga xos tushuncha) asos soladi.Ahmad Yassaviy hayoti davomida va asarlarida insonni yomon illat, nafs balosida voz kechishga, yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo'lish insonni komillika yetaklashini uqtiradi, bu g'oyalarni ilgari suradi.Bunday tasavvufiy qarashlar bevosita pedagogika bilan bo'liqligini ko'rish mumkin.Chunki ikkisi ham insonni tarbiyalashga qaratilgan.

Alisher Navoiy boshqa tasavvuf olimlari bilan bir qatorda Ahmad Yassaviy haqida ham o'zining qimmatli fikrlarini bildirgan.Shu qatorda Abdurauf Fitrat ham Yassaviyning asarlarini sodda xalq adabiyoti uslubida yozilganligini ta'kidlab o'tgan.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

''Taniqli olim Hamidulla Karamatovning ''Qur 'on va o'zbek adabiyoti'' nomli risolasida Ahmad Yassaviyning hikmatlari tahlil qilinib,Ollohga yetkazuvchi ''muhabbatning jomin ichmay, axli ayol, xonumondin tugal kechmay. Shayton g'olib, jon berarda shoshdim mano'' kabi satrlari sharxlanadi.

Bundan tashqari yangi pedagogik tafakkurda faqirlik maqomi asosiy o'rin tutadi.Buni biz Yassaviyning ''Faqirnoma''asarida bayon etilganini ko'ramiz. ''Faqirnoma''da Qul Xoja Ahmad Yassaviy tasavvufdagi tariqat sulukini bayon qiladi, bu payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning ''Al-faqru-faxri'' ''faqirlik faxrimdir'' degan hadislariga asoslangan.Faqirlikda qanoat, sabr-toqat qilmoq kerak.''1

Ahmad Yassaviyning hikmatlari necha yillar oldin yozilganiga qaramay o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Uning ''Devoni hikmat'' asaridagi hikmatlarida komil inson, muloyim, kamtar, hokisor bo'lish g'oyalari ilgari suriladi. Ta'lim tarbiya olishda g'ayrat qilish, hech qanday qiyinchiliklardan qochmaslik kerakligini aytadi. Bugungi kunda insonlar faqat boylik orttirish, turli hashamatlarga berilib ichki dunyoni ham ilm olish bilan boyitish kerakligi haqida unutib qo'ymoqda. Atrofdagi faqirlar, muhtojlar, yetimlarga yordam qo'lini cho'zish kabi insoniy g'oyalar unitilib borayotgandek.

Qayda ko'rsang ko'ngli sinuq mahram bo'lg'il, Andog' mazlum yo'lda qolsa, hamdam bo'lg'il, Ro'zi mahshar dargohiga mahram bo'lg'il, Movumanlik xaloyiqdin qochdim mano.

Oqil ersang g'ariblarning ko'nglin ovla, Mustafodek elni kezib, yetim kovla, Dunyoparast, nojinslardin bo'yun tovla, Bo'yun tovlab,daryo bo'lub toshtim mano. Ahmad Yassaviy hikmatlarida ana shunday illatlarni muolaja qiladi,inson o'zini o'zi tarbiyalashiga chaqiradi. ''Yassaviy o'zining diniy-axloqiy qarashlarida yomonlik, nodonlik, jaholatlik, molparastlik illatlarini qoralaydi, ''ko'ngli qattiq haloyiqni'' shafqatli bo'lishga, g'arib va yetim mazlumlarga ozor bermaslikka da'vat etadi.U deydi: G'ariblarni ko'rgan yerda og'ritmangiz, G'ariblarga ochig'lanib so'z qotmangiz. Zaif ko'rib g'ariblarga tosh otmangiz, Bu dunyoda g'aribliktek balo bo'lmas! '' Uning so'zlari ko'plab o'quvchilarga ta'sir qilib to'g'ri yo'lni topishlariga yordam berib kelgan. Zamonaviy dunyoqarash bilan birga Yassaviy hikmatlarini

1 Bitiruv malakaviy ish

2 Asqar Zunnunov.Pedagogika tarixi.63-bet.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 683

I

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

o'rganib, undagi nasihatlarga amal qilish insonni yuqori natijalarga erishishiga juda katta hissa qo'shadi.

Bismilloh deb bayon aylab,hikmat aytib Toliblarg'a durru gavhar sochdim mano Riyozatni qattiq tortib qonlar yutib Man daftari soniy so'zin ochdim mano Xulosa qilib aytadigan bo'lsak Ahmad Yassaviy insonlarni mukammallikka erishishlari uchun nimalarga rioya qilib, nimalardan tiyilishlari kerakligi haqida o'zining qimmatli maslahatlarini berib o'tgan. Bugungi kunda ham bu hikmatlarga amal qilib pedagogikaning maqsadi bo'lgan har tomonlama mukammal insonni tarbiyalash mumkin.

REFERENCES

1. Asqar Zunnunov . Pedagogika tarixi. T., ''Sharq'', 2004.

2. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

3. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

4. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

5. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

6. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

7. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

8. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

9. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

10. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

11. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

13. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.