Научная статья на тему 'ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI'

ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
28415
1431
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Pedagogika / Shayx Sa’diy / ifodali o‘qish / tarbiya / axloq kategoriyalar / og‘zaki va yozma nutq.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Malohat Aktam Qizi Saidova

Ushbu maqolada Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari, “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining pedagogika taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI

Malohat Aktam qizi Saidova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari, "Turkiy guliston yoxud axloq" asarining pedagogika taraqqiyotidagi o'rni yoritilgan.

Kalit so'zlar. Pedagogika, Shayx Sa'diy, ifodali o'qish, tarbiya, axloq kategoriyalar, og'zaki va yozma nutq.

Abdulla Avloniy -shoir, dramaturg, publitsist. Shu bilan bir qatorda, pedagogik faoliyat ham uning hayotida muhim sahifa hisoblanadi. U faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab umrining oxirigacha o'qituvchilik qildi, maktablar uchun darsliklar yaratdi, pedagogika fanining amaliy va nazariy masalalari bilan shug'ullandi.Shuni aytish joizki, u musulmon sharqi pedagogikasining ulug' bilimdoni, shu bilan birga, XX asr zamonaviy o'zbek pedagogikasining asoschisi, o'zbek tili va adabiyotini o'qitish metodikasi faniga tamal toshi qo'ygan mutafakkirdir. U faoliyati davomida zamonaviy pedagog va metodistlarni yetishtirdi.

Bizga ma'lumki, adabiy o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarni ifodali o'qishga o'rgatish hisoblanadi. Ko'rgazmali vosita vazifasini bajaruvchi ifodali o'qish natijasida asar voqealari, mazmuni, g'oyasi o'quvchilar ko'z o'ngida gavdalanadi. Abdulla Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e'tibor bergan bo'lsa, asarni tushunib o 'qish, ifodali o'qish, badiiy asarni his qilishga ko'p diqqat qaratdi. U ifodali o'qishning bir necha turini ishlab chiqqan.1 O 'quvchilarning xor bo 'lib o 'qishlarini muallim Abdulla Avloniy dirijyordek ( Pedagogika fanlari doktori U. Dolimovning ma'lumot berishicha, Abdulla Avloniy dirijyorlikdan xabardor bo 'lgan) boshqargan. Ozod va hur fikrlari bilan maydonga chiqqan pedagog o 'z darslarida ifodali o 'qishning boshlang'ich shakllari bilan cheklanmasdan uning zamonaviy shakllarini ham yaratdi. Uning badiiy asarlarni o'qitishdagi bunday faoliyati Toshkentning usuli qadim va usuli jadid maktablariga ham kirib bordi.

Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" jadidlar rahnamosi Munavvarqori Abdurashidxonov va bir qancha pedagoglar taklifi bilan yaratgan. Bu kitob zamonaviy pedagoglar yetishtirish, yangi darsliklar yaratish va majmualar yaratish uchun asosiy qo'llanma vazifasini o'tadi. Abdulla Avloniy bu asari haqida shunday deydi : " Men bu asari nochizonimni birinchi maktablarimizning yuqori sinflarida ta'lim

1 U.Dolimov. Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

bermak ila barobar ulug' adabiyot muhiblari, axloq havaskorlarining anzori oliylarina taqdim qildim.

Har kun o'luram shomg'acha men g'amga giriftor, Har shab yonaram otasha parvona kabi zor. Hech kimsa emas bu meni ahvolima voqif, Men xastayamu millatim o'lmish nega bemor.

Abdulla Avloniy bu asarida axloqiy kategoriyalar haqida fikr yuritar ekan, birinchi o'rinda o'quvchilarni ko'zda tutadi. Ammo ularni bolalar tarbiyasiga singdirish vazifasini muallimlar zimmasiga yuklaydi. Demak, asar o'quvchilardan ko 'proq muallimlar uchun yaratilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Abdulla Avloniyning muallimlarga qarata aytgan quyidagi so'zlari "Turkiy guliston yoxud axloq" maqsadini to'la ifodalaydi : "Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko'b zamonlardan beri taqdir qilinib kelingan, muallimlarning diqqatiga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir narsadur. Fikr insonning sharofatlik, g'ayratlik bo'lishiga sabab bo'ladur.Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so'ng daraja muhtojdurkim, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog'lidur. Ta'lim ila tarbiya orasida biro z farq bor bo'lsa ham, ikkisi biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur." Bu asar Shayx Muslihiddin Sheroziy asariga o'xshatma tarzida yaratilgan. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Mutafakkir xulqlarni yaxshi va yomonga ajratarkan, Qur'on oyatlari va hadislari, shuningdek, Sa'diy Sheroziy, Gippokrat, Platon, Aristotel, fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi.

Har tomonlama yetuk insonni tarbiyalash, yomonlikdan qaytarib, yaxshilikka chorlash bevosita tarbiya bilan bog'liqdir. Abdulla Avloniy tarbiyaga shunday ta'rif beradi: " Tarbiya-pedagogiya, ya'ni bola pedagogiyasi demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o'rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasalig'a davo qilg'oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga "yaxshi xulq" degan davoni

"5

ichidan, "poklik" degan davoni ustidan berib katta qilmog'i lozimdur". Bu yerda Abdulla Avloniy pedagogni tabibga, poklik va yaxshi xulqni davoga o'xshatyapti. Mutafakkir tarbiyani uch gurhga ajratadi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi. Inson uchun, avvalo, bulardan birinchisi muhimdir. Chunki tana sog' bo 'lsa, fikr sog'lom va tiniq, xulq esa chiroyli bo'ladi. Adib "Turkiy guliston yoxud axloq" asarini "Yaxshi xulqlar" (31 fazilat) va "Yomon xulqlar" (20 illat) kabi qismlarga bo'ladi. "Yuksak xulqlar" bobida diyonat, islomiyat, nazofat, qanoat, intizom, sabr,

2 http://marifat.uz/marifat/ruknlar/fan/Abdulla-Avloniy-milliy-uyg-onish-davri-o-zbek-pedagogikasining-asoschisi.htm

3 Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

shijoat, vatanni sevmoq, haqqoniyat, vijdon, sadoqat, iffat, hifzi lison singari yuksak fazilatlar to'g' risida mulohaza yuritadi. Abdulla Avloniy fikricha, axloq-xulqlar majmuyidir.Xulq esa kishida o'z-o'zidan paydo bo 'lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma'lum sahroit va tarbiya kerak. Kishilar tug 'ilishidan yomon bo 'lib tug'ilmaydilar, ularni muayyan sharoit yomon qiladi. Har bir millatning rivojlanishi, qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga bog'liqdir. Uning Vatan haqidagi qarashlari e'tiborga molikdir. Vatan dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Uni qadrlash, e'zozlash, shodlik va quvonchiga sherik bo'lish, g'amlarini baham ko 'rish-farzandning muqaddas burchidir.

Tilga, madaniyatga muhabbat har bir kishining xalqiga bo'lgan muhabbatidir. Avloniyning uqtirishicha, ha bir millatning dunyoda borlig'ini ko 'rsatadurg 'on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Avloniy so'zning inson qadr-qimmatini belgilashdek mavqeiga umuminsoniy nuqtai nazardan baho berdi.Til va so'z haqidagi fikrlarini quyidagicha ifodalaydi: " So'z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o'lchab ko'rsatadurgon tarozisidur. Aql sohiblari kishining fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so'zlagan so'zidan bilurlar".4 Muallif tomonidan ushbu bobning yaratilishi kuchli hayotiy ehtiyojlar, ma'naviy zarurat samarasidir. Jadidlar milliy ta'limning zamini sifatida ona tili o'qitish masalasiga e'tiborni kuchaytirdilar., chunki milliy ruh, milliy ma'naviyatni "sut bilan kirgan..." deganlaridek, faqat ona tili orqaligina singdirish mumkin. Bu jadid mutafakkirlari pedagogik qarashlarining tub mag'zini tashkil qiladi.5

Mutafakkirning pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug'lanishi insonni ulug'lash bilan chambarchas bog'lanadi.Chunki Alloh insoniyatni hayvon va boshqa jonzotlardan farqli o'laroq aqlli va ilmli qilib yaratdi. Insonlar ana shu ikki narsa tufayli ikki dunyo saodatiga erishadi. Adibning aqlga bergan ta'rifi juda go'zaldir: "Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur. Janobi Haq insonni hayvondan so 'z va aql ila ayirmishdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: "Ey insonlar, Aqlingizga tavoze' qilingiz. Siz janobi Haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz",-demishlar".

"Turkiy guliston yoxud axloq" asarida muallif yomon xulqlarni shunday ta'riflaydi: "Saodati abadiyadan mahrum qiladigan, Janobi Haq qoshida va xalq nazarida mazmum, hayoti jovidonimiz uchun masmum bo'lgan axloqi zamimalar". Ushbu asarning "yomon xulqlar" qismida bir bob "Jaholat" va "Aqsoni jaholat" deb nomlanadi. Jaholat ilmsizlik., nodonlikdan kelib chiqadi. U odamlarning eng ashaddiy dushmanidir.Muallif jaholatni ikki qismga bo'ladi: Biri-" jahli basit' (oddiy jaholat), ikkinchisi-"jahli murakkab". Jahli basit kasaliga chalinganlar biron narsani bilmaydilar va bilmaslikni

4 Abdulla Avloniy.Birinchi muallim. T., 1915

5 http://marifat.uz/marifat/ruknlar/fan/Abdulla-Avloniy-milliy-uyg-onish-davri-o-zbek-pedagogikasining-asoschisi.htm

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 920

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

e'tirof etadilar. Bularning davosi osonroq, ulami o'qitish, o'rgatish, bilim berish bilan bu marazdan forig' bo 'lish mumkin. Jahli murakkab kasaliga uchraganlarbilmagan narsalarini bilaman deb da'vo qiladilar. Ularni tuzatish qiyin ishdir. Jahli murakkab ko 'plab ilm-fan ahllarini tazyiqqa, vatanjudolikka duchor etdi. (Bunga misol qilib Hamza, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Said Ahmad kabilarni keltirishimiz mumkin). Jahli murakkab namoyondalari millatni asriy qoloqlikda asrashda mustamlakachilar uchun qurol vazifasini o'tadi. Hatto bu kasallik haqida Munavvarqori Abdurashidxonov "Bizning jaholat- jahli murakkab" nomli maqola yozadi. Haqiqatan ham millatni tubanlikka yetaklovchi, uni o'zligidan ayirguvchi eng yomon illat jaholatdir.

Abdulla Avloniy atoqli pedagog, o'qituvchi sifati butun umrini ma'rifatga bag'ishladi. Uning pedagogik qarashlarida Vatanga bo'lgan muhabbat, odob-axloq, tarbiya , ma'rifat, inson kamoli jamiyat rivoji uchun xizmat qilish yaqqol sezilib turadi. Ayniqsa, uning "Turkiy guliston yoxud axloq" asari juda katta ahamiyatga molikdir.Ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan noyob va mukammal bu kitob har tomonlama yetuk, sog 'lom fikrli kelajak avlod va zamonaviy pedagoglarni tarbiyalashga xizmat qildi. Bu asarda mtafakkir vatanparvarlik, ona tliga muhabbat, do 'stlik, vijdoniylik, hilmlilik, aql, jaholat, g'azab kabi xislat va illatlar haqida fikr yuritadi va xulosalar chiqaradi. Abdulla Avloniy ushbu asarida zamonaviy pedagogikaning nazariy va amaliy asoslarini yaratdi va asar zamonaviy pedagoglar tayyorlashga, darslik, qo 'llanmalar yaratilishiga asos bo'ldi. Zero, bu inson pedagogika fanining asoschisidir. Uning pedagogika, tarbiya haqidagi fikrlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab qolmoqda.

REFERENCES

1. Zunnunov, A. Pedagogika tarixi.Toshkent- 2004.

2. Dolimov, U. Abdulla Avloniy-milliy uyg'onish davri o'zbek pedagogikasining asoschisi.

3. Abdulla Avloniy. Toshkent tongi. T.., G 'afur G 'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1979.

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.