Научная статья на тему 'O’QUVCHILARDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA'

O’QUVCHILARDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
20466
915
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
axloq / ma’naviyat / tarbiya / ma’naviy axloqiy tarbiya / ma’naviy-axloqiy tushunchalar / ma’naviy-axloqiy xulq-atvor / ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Parizoda O‘rinova

Ushbu maqolada ma’naviy-axloqiy tarbiya haqida umumiy tushunchalar, ma’naviy-axloqiy xulq-atvor, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari haqida ma’lumotlar berilgan. Axloq va axloqiy ong tushunchalari ma’nosi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'QUVCHILARDA MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYA

Parizoda O'rinova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Tarjima

nazariyasi va amaliyoti fakulteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ma'naviy-axloqiy tarbiya haqida umumiy tushunchalar, ma'naviy-axloqiy xulq-atvor, ma'naviy-axloqiy tarbiya metodlari haqida ma'lumotlar berilgan. Axloq va axloqiy ong tushunchalari ma'nosi ochib berilgan.

Tayanch tushunchalar: axloq, ma'naviyat, tarbiya, ma'naviy axloqiy tarbiya, ma'naviy-axloqiy tushunchalar, ma'naviy-axloqiy xulq-atvor, ma'naviy-axloqiy tarbiya metodlari.

Axloq va ma'naviyat chuqur ichki o'zaro aloqadorlikka ega. Zero, ma'naviyat individ mansub bo'lgan guruhlar axloqi ta'sirida yuzaga keladi, axloq esa, o'z navbatida, guruh a'zolari bo'gan individlar ma'naviyatining o'zaro tutash ommaviy munosabatlarida namoyon bo'ladi. Axloq - ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo'lgan ma'naviy kamolotga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.

Axloq (arabcha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. Axloq - shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlami boshqarish mexanizmi. Axloq shunchaki munosabatlami tartibga keltirish uchungina emas, balki ularni uyg'unlashtirish uchun ham zarur. Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: xulq-atvorni rag'batlantirish va jazolash.

Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo'ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlami o'zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tamoyillar deb ataladi. Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o'zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydi. Bu axloqiy ideal deb ataladi. Axloqning asosiy qirralari (tamoyillari) - birdamlik (shaxsiy manfaatlarning umumiylikning yuqori ko'rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo'ysundirilishi) va insonparvarlik (shaxsga o'z-o'ziga qadriyat va yakuniy maqsad sifatida munosabatda bo'lish).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Axloqiy ongning o'ziga xos tushunchalari sifatida yaxshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha'n, qadr-qimmat kabilarni keltirib o'tish mumkin. Yuqorida aytilganlarni e'tiborga olib, axloqning, jamiyat a'zolarming faoliyatiga yo'nalganligi va uni boshqarilishi ma'nosida, faoliyatli tavsifini ko'rsatib o'tish to'gri bo'ladi. Axloqiy me'yorlar har bir inson va jamiyat uyg'unlikda mavjud bo'la olishiga intilgan kishilik jamiyatining ko'p asrlik tajribasi natijasidir. Axloq me'yorlari insonning yaxshilik va yomonlikni chegaralash, ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari natijasida yuzaga kelgan. Axloq me'yor va qadriyatlardan iborat. Axloqning uchinchi elementi esa, shaxs o'zida tarkib toptirishni xohlagan me'yor va sifatlar tarzida ajratib ko'rsatish mumkin. Me'yor - bir turdagi xulq-atvor, takrorlanadigan vaziyat, talab, standart, taqlid uchun misol, ijtimoiy fikr, did, qoida, urf-odat shaklidagi namuna. Me'yorlar ajdodlarning katta ijobiy ahamiyatga ega tajribasini o'zida mujassamlaydi, zero ularda u yoki bu xulq-atvorining ko'plab avlodlar tajribasida sinalgan maqsadga muvofiqligi aks etadi. Ma'naviyat va axloq o'z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqozo etadi. Ma'lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni bo'lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va tuzatishlar kiritib boriladi. Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo'ladi. Ma'naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o'quvchi tomonidan axloqiy me'yor va tamoyillar mohiyatini o'rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir.

Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Ma'naviy-axloqiy tarbiya - yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Jamiyat tomonidan insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o'zaro bog'liq vazifani shart qilib qo'yadi: birinchidan, jamiyat ongida me'yorlar, tamoyillar. ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar ko'rmishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy talablami ishlab chiqish; ikkinchidan, inson o'z xatti-harakatlarini yo'naltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek ijtimoiy xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi, ya'ni boshqa kishilarga talab qo'ya bilishi va ulaming xatti-harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog'liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish. Aynan shu ikkinchi vazifa insonda shaxsning tegishli e'tiqod, ma'naviy moyilliklar, his -tuyg'ular, odatlar, barqaror axloqiy sifatlami shakllantirishdan iborat bo'lgan axloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U yoki bu jamiyatda ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi. O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish ulaming ma'naviy dunyosini, ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. O'quvchilami axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

1) o'quvchilarda axloqiy his-tuyg'ular va xatti-harakatlami tarbiyalash;

2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg'ulami tarbiyalash;

3) axloqiy xulq-atvor.ko'mkmalarini shakllantirish.

Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: ma'naviy-axloqiy tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganligi; ta'lim-tarbiya ishiga o'quvchi shaxsini hurmat qilgan holda yondashish; ma'naviy-axloqiy tarbiyani hayot va amaliyot bilan bog'lab olib borish; o'quvchilaming faolligi; jamoada tarbiyalash; tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi; tarbiyaviy ishning ta'sirchanligi; oila, ta'lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta'sirining birligi; o'quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish; o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko'zda tutish. Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari - tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasida subyekt-subyekt munosabatlarinmg o'rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday xulosaga kelindiki, ma'naviy-axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo'lishi uchun psixik jarayonlarga (inotivasiya, anglash, interiorizasiya va boshqalar) tashqi ta'sirlar ichki, individual-shaxsiyga organik va mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlami yaratish zarur. Ma'naviy-axloqiy tarbiya metodlari. Ma'naviy-axloqiy tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ma'naviy-axloqiy tarbiya metodlari deganda, o'quvchilarning axloqiy tasavvur va bilimlami egallab olishga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlami, shaxsning axloqiy his-tuyg'ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usullari yig'indisidir. Ma'naviy-axloqiy tarbiya metodlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin:

Ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirish metodlari: hikoya, tushuntirish, etik suhbat, izohlash, nasihat, o'git, ko'rsatma, namuna va boshqalar. Ma'naviy-axloqiy xulq-atvomi shakllantirish metodlari: mashq, o'rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va hakozolar. Ma'naviy-axloqiy motivasiyani hosil qilishga doir metodlar: rag'batlantirish, musobaqa, tanbeh berish kabilar.

REFERENCES

1. B.X.XODJAYEV Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017-yil, 154-157

2. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

3. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

4. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

5. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

6. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

7. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

8. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

9. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

10. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

11. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

13. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.