Научная статья на тему 'TA’LIMDA FUQOROLIK VA MEHNAT TARBIYASI'

TA’LIMDA FUQOROLIK VA MEHNAT TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4007
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Fuqarolik vazifalar / vatanparvarlik / baynalmilallik / huquqiy ta’lim -tarbiya. Mehnat / mehnat tarbiyasi / mehnat turlari.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Dinora Sherzod Qizi Raxmonova

Ushbu maqolada’’Innonning jamiyatda fuqarolik tarbiyasining vazifalari, mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarning mehnatga ongli munosabatini shakllantirishi to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA FUQOROLIK VA MEHNAT TARBIYASI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TA'LIMDA FUQOROLIK VA MEHNAT TARBIYASI

Dinora Sherzod qizi Raxmonova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada''Innonning jamiyatda fuqarolik tarbiyasining vazifalari, mehnat tarbiyasining maqsadi o'quvchilarning mehnatga ongli munosabatini shakllantirishi to'g'risida ma'lumotlar yoritilgan.

Tayanch so'zlar. Fuqarolik vazifalar, vatanparvarlik, baynalmilallik, huquqiy ta'lim -tarbiya. Mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari.

Fuqaro-fuqoroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda muayyan jamiyat a'zosi bo'lgan shaxs. Fuqarolik ~insonning Vatan, xalq oldidagi huquq va vazifalari, ijtimoiy va axloq me'yorlariga bo'ysunishi, ijtimoiy faolligini hamda ma'naviy yetukligidir. Fuqarolik -deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy -huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarinining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi.

Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o'quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo'lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo' naltirilgan j arayon.

Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi :

Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo'lgan axloqiy va huquqiy me'yorlarga rioya etishga o'rgatib borish.

O'quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to'g'risida ma'lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil qilish.

O'quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha'ni, or-nomusini himoya qilishga tayorlik hissini shakllantirish.

O'quvchilarda xalq o'tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg'usini uyg'otish, ulardan g'ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.

Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik o'z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishga erishish, fidoyi fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.

Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o'zlashtirish ularning tafakkuri va dunyoqarashini boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida o'z majburiyatlarini to'laqonli anglashlari uchun imkoniyat yaratishni tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Fidoyilik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, qa'iyat, matonat, uyushqoqlik kabi xislatlar o'quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida tarbiyalanadi.

Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma'lum shart -sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi :

O'quv yurtida tashkil etilayotgan ta'lim -tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak;

Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o'qituvchi va o'quvchilar jamosining saviyasiga bog'liq;

tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo'lishiga erishish;

oila,maktab vamahalla o'rtasida o'zaro hamkorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta'minlaydi;

o'quvchilarning axloqiy va huquqiy me'yorlar, umumiy tartibga qat'iy rioya etishga o'rganish, zimmasidagi birinchi to'laqonli ado etishlariga qaratish.

Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma'ruza, bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollariga javoblar olish kutilgan natijani qo'lga kiritishga imkon beradi.

Vatanparvarlik shaxsning o'zi mansub bo'lgan millat, tug'ilib o'sgan vatani tarixidan g'ururlanishi, buguni to'g'risida qayg'urishi hamda uning porloq istiqboliga bo'lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat hisoblanadi.

Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo'ladi :

Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat, unga bo'lgan sadoqat.

O'zi mansub bo'lgan millat o'tmishini, urf-odatlari, an'analari va qadriyatlariga sodiqlik.

Vatan va millat tarixidan g'ururlanish.

Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma'naviy boyliklarini asrash, ularni ko'paytirish borasida g'amxo'rlik qilish.

Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo'lida mehnat qilish.

Vatan ozodligi va millat erkiga qilnayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.

Vatan millat obro'i, sha'ni, or-nomusini himoya qilish.

Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo'lishi.

Baynalmilallik o'zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an'analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazilmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma'naviy -axloqiy fazilatlardan biridir.

O'quvchilar o'rtasida vatanparvarlik va baynalmilallik tarbiyasi ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferensiyasi, viktorina, uchrashuv, ko'rik -tanlov, bahs -munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Shuningdek, o'quvchilarni Respublika Baynalmilallik markazi yoki joylardagi Milliy-madaniy Markazlarining faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ayni paytda respublika hududida turli millat va elat vakillarini birlashtiruvchi 138ta Milliy -madaniy markazlar faoliyat yuritayotgani to'g'risida ma'lumotlar berib, ular tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarga o'quvchilarni faol jalb etish ham ijobiy natijalarni beradi.

Huquqiy ta'lim-tarbiya uzluksiz jarayon bo'lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta'lim muassasidayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo'lishi, ma'naviy va ba'zi huquqiy normalar to'g'risida boshlang'ich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 2000-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim muassasalari va umumiy o'rta ta'lim turlarida bosqichma- bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo'lga qo'yildi.

Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasining maqsadi o'quvchilarga mehnatga ongli munosabatini shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo'lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:

Yosh avlodda mehnat qilish iatagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;

O'quvchilarda umumjamiyat mafaati yo'lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;

Ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;

O'quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish;

Ularda mehnat ko'nikma va malakalarini tarkib toptirish;

O'quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, hayotiy faoliyat yo'nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;

O'quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo'lgan qiziqishni oshirish;

O'quvchilarni kasbga yo'llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo'lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish.

Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari:

l.Bolalar mehnatining o'quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog'liqligi.

2.Ijtimoiy ahamiyatli mehnatini o'quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo'shib olib borilishi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

3.Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo'ldan kela olishi.

4.Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi.

5.Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo'shib olib borish.

Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:

O'quv mehnati o'quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o'zlashtirishga yo'naltirilgan faoliyati turidir.

Ijtimoiy -foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat xarakteridagi faoliyati turidir.

Hozirgi davrda ta'lim muassasalarida o'z-o'ziga xizmat keng yo'lga qo'yilmoqda. O'z-o'ziga xizmat o'quvchilarning ijtimoiy va o'quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o'zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O'quvchilarning navbatchiligi o'z-o'ziga xizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir.

Ishlab chiqarish mehnati turlari xilma-xildir. Masalan, o'quvchilarning mehnat haftaligi, chorvaga yem-xashak tayyorlash va fermer xo'jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat-o'quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.

REFERENCES

1. J. Hasanboyev, X. A. To'raqulov, I. Sh. Alqarov, N. O'. Usmonov Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi). 2011 -yil.

2. B. X. Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. 2017-yil.

3. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE.

In Conference Proceedings (pp. 41-43).

4. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

5. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

6. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

7. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

8. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

9. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

10. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

11. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

12. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

13. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.