Научная статья на тему 'TARBIYA JARAYONINING MOHIYAT VA MAZMUNI'

TARBIYA JARAYONINING MOHIYAT VA MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
29058
894
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Tarbiya / tarbiyaning maqsadi / tarbiya jarayoni / shaxs tarbiyasi / pedagogik qarashlar / xulq-odob qoidalari.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Gulmira Suvon Qizi Fayziyeva

Ushbu maqolada tarbiya jarayonlarining asosiy maqsadi va mazmuni nimalardan iboratligi, tarbiyaning ta'lim bilan uzviy bog'liqligi, va o'sib kelayotgan yosh avlodni to'g'ri tarbiyalash haqida umumiy ma'lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYA JARAYONINING MOHIYAT VA MAZMUNI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TARBIYA JARAYONINING MOHIYAT VA MAZMUNI

Gulmira Suvon qizi Fayziyeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 2-kurs

talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tarbiya jarayonlarining asosiy maqsadi va mazmuni nimalardan iboratligi, tarbiyaning ta'lim bilan uzviy bog'liqligi, va o'sib kelayotgan yosh avlodni to'g'ri tarbiyalash haqida umumiy ma'lumotlar keltirilgan.

Tayanch so'zlar: Tarbiya, tarbiyaning maqsadi, tarbiya jarayoni, shaxs tarbiyasi, pedagogik qarashlar, xulq-odob qoidalari.

Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir.Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot -yo xalokat, yo saodat - yo falokat masalasidur» .

Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo'yilgan maqsad va vazifalar bilan bog'liqlikda ta'lim oluvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka, e'tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy vazifalari: jamiyat a'zolarining maqsadga yo'naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat rivoji uchun zarur bo'lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi "inson kapitali"ni tayyorlash; madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta'minlash; ma'lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a'zolarining harakatini tartibga solish.

Tarbiya jarayoni - bu shaxsda muayyan ruhiy, aqlim, jismoniy, axloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Shuningdek u insonning jamiyatda qanday o'rin egallashi, kim bo'lishi, insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va adabiy qadriyatlardir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlovchi qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga ya'ni kelajak avlodga o'tadi. Tarbiya haqida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy shunday deb yozadi: ,,Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyaning ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoye ketkazma".

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Ya'ni tarbiyani kerakli joyda va kerakli insonlarga berish haqida aytib o'tilgan. Ko'pchiligimiz o'ylaymizki, tarbiya faqatgina o'qituvchilar tomonidan, uyda esa ota onalar tomonidan o'rgatiladigan jarayon. Lekin aslida tarbiya- muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tartib topdirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tartib topdirishda yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir. Bunda nafaqat ota-onaning va o'qituvchilarning balki jamiyatning o'rni ham beqiyosdir.

Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Bugungi kunda mamlakatimizda tarbiya jarayonlarini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish uchun ko'plab chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Uni rivojlantirishda birinchi qadam ta'lim muassasalari va oliy ta'lim yurtlari hisoblanadi. Shu sababli umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma'naviyatni yanada chuqur singdirish va ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi va unda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ,,Odobnoma", ,,Vatan tuyg'usi" , ,,Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari" hamda ,,Dunyo dinlari tarixi" fanlarini birlashtirgan holda yagona ,,Tarbiya" fani 1-9-sinflarda 2020/2021 o'quv yilidan, 10-11-sinflarda esa 2021/2022 o'quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilmoqda. Tarbiya ma'lum bir muddat ichida o'rganib va o'rgatib bo'linadigan jarayon emas. Shuning uchun bu jarayon bolalarni maktabda ketishi bilanoq boshlanadi va uni tamomlagunicha va undan keyin ham davom etadi. Shuningdek, bu jarayon-o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etuvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiyaning asosiy vazifasini tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiluvchi jarayon sifatida qaraladi. Har bir tushunchani ikki tomonlama ya'ni keng va tor ma'noda tushunish mumkin. Uni keng ma'noda, tarbiya shaxsga jamiyatning ta'sir etishga, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg'unlashadi. Tor ma'nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilar maxsus tashkil etilgan faoliyatoni tushunish mumkin. Tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari jamiyat a'zolarining maqsadga yo'naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoit yaratish. Shuningdek, bobolarimiz aytishganidek ta'limni tarbiyadan tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi,shuning uchun ular uzviy bog'liq. Buyuk faylasuf va mutaffakkir Umar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Hayyom aytganidek: ,,Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilan bo'ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tashriba bilan bo'ladi". Shu sababli yoshlarga tarbiya berishdan va biror nimani o'rgatishdan avval o'zimiz ham o'sha narsani qilib o'rnak bo'la oladigan darajada bo'lishimiz kerak.

REFERENCES

1. Mirziyoyev. Sh. ,,Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz".O'zbekiston 2016

2. Abdulla Avloniy asarlari majmuasi.

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O'zbekiston 1992.

4. O'zbekiston Respublikasining ,,Ta'lim to'g'risidagi Qonuni" 1998.

5. Tarbiya insiklopediyasi. Toshkent.

6. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

7. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

8. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

9. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

10. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

11. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

12. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

13. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

14. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

15. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

16. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

18. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.