Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
OILADA MEHNAT TARBIYASI
Zaynab Sadriddinovna Nosirova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 203-guruh talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mehnat tarbiyasining barkamol avlodni shakllantirishdagi ahamiyati, maqsadi va vazifalari yoritib berilgan.
Tayanch so'zlar. Mehnat, tarbiya, ta'lim, ishchanlik, tashabbuskorlik, ijtimoiy mehnat, kasb-hunar, mehnatsevarlik, ishlab chiqarish, malaka, taraqqiyot, ko'nikma, jamoa.
Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turlaridan biri bo'lib, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri bo'lgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning ko'zini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo bo'lgan. Chunki, mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasidir.
Mehnat faoliyati bolaning tevarak-atrofdagi muhitni, real buyumlarni anglab olishning mustahkam vositasi bo'lib, unga nazariy bilimlarni qo'llash imkoniyatini yaratib beradi, uning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitadi. Umuman olganda, mehnat tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Mehnat tarbiyasining bosh g'oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, ko'nikma va malakalarni hosil qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiy pedagogika fanida yosh avlodni shakllantirishda mehnat tarbiyasi juda katta ahamiyatga ega ekanligiga shunday izoh bergan: «Tarbiyaning o'zi, agar u kishining baxtiyor bo'lishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalashi kerak emas, balki turmush mehnatiga tayyorlashi lozim». Bir qator o'zbek xalq maqollarida ham inson hayotida mehnat alohida ulug'lanadi. Masalan, «Mehnat baxt keltirar», «Mehnat e'tibor garovi», «Mehnatsiz rohat yo'q», «Mehnat qancha og'ir bo'lsa, keti shuncha shirin bo'lar» va boshqalar.
Mehnat ta'limi va tarbiyasining maqsadi o'quv ishlarida mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakilantirishdan iboratdir.
Mehnat ta'limi va tarbiyasini tashkil etishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
1. Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o'quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;
2. Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o'rgatish;
3. Mehnat qilishga nisbatan rag'batni, shuningdek, muhabbatni uyg'otish. Bunda aziz avliyolarimiz va boshqa buyuk insonlarimizning mehnat va kasb-hunar bilan hayot kechirganlarini alohida qayd etish;
4. O'quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga keltirish;
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni odatlantirish;
6. Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;
7. Mehnatga hayotiy zarurat inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda bo'lish;
8. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko'nikmasi va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;
9. O'quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o'z mehnati samarasidan g'ururlanish tuyg'usini shakllantirish;
10. Muayyan kasb-hunar sirlarini o'zlashtirishga erishish va boshqalar.
Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo'nalishlarida rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi: mehnat o'yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o'zlashtirishga erishiladi; mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.
Mehnat tarbiyasi o'quvchilarning aqliy, ma'naviv-axloqiv. jismoniv va estetik tarbiyasi bilan o'zaro bog'liq holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. Masalan:
1. Aqliy tarbiya o'quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat - nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim esa o'z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining samaradorligi o'quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan belgilanadi.
2. Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki mehnat faoliyati yordamida o'quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.
3. Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib boriladi. Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish asosida uni amalga oshirish o'quvchilar mehnat tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda go'zallik va o'z mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam beradi.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
4. «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida milliy istiqlol mafkurasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqida fikr yuritilar ekan: «Milliy istiqlol mafkurasi o'z mohiyatiga ko'ra, harbir fuqaroning munosib turm ush darajasini ta'minlaydigan farovon hayot kechirishga chorlaydi. Har bir insonni, u qaysi shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan shug'ullanmasin, shaxsiy manfaatlarini xalq va vatan manfaati bilan o 'zaro uyg'unlashtirib yashashga undaydi. ... Har bir fuqaroning farovonligi - butun jamiyatning farovonligidir, g'oyasini ilgari suradi», -deb ta'kidlanishi ham bejiz emas.
O'quvchilar mehnat faoliyatining turlari xilma-xil bo'lib, ularning asosiy turlari quyidagilardir:
O'quv mehnati o'quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o'zlashtirishga yo'naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat xarakteridagi faoliyati turidir.
Ishlab chiqarish mehnati turlari xilma-xildir. Masalan, o'quvchilarning mehnat haftaligi, chorvaga yem-xashak tayyorlash 165 va fermer xo'jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat - o'quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining o'rni beqiyosdir. Shuningdek, mehnat butun umuminsoniy, milliy, moddiy va ma'naviy qadriyatlarning ijtimoiy taraqqiyoti, negizi, mehnat tarbiyasi esa, shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir.
REFERENCES
1. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -T."Sano standandart"nashiriyoti. 2017.
2. J.Hasanboyev, X.A.To'raqulov, I.Sh.Alqarov, N.O'.Usmanov. PEDAGOGIKA (pedagogika nazariyasi va tarixi). Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. Toshkent — «Noshir» — 2011.
3. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE.
In Conference Proceedings (pp. 41-43).
4. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
5. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
6. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.
7. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.
8. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
9. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).
10. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).
11. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).
12. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).
13. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
14. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
15. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).