Научная статья на тему 'TARBIYA JARAYONI MAZMUNI VA MOHIYATI'

TARBIYA JARAYONI MAZMUNI VA MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
32388
1093
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Tarbiya / tarbiya jarayoni / o`z-o`zini tarbiyalash / keng va tor ma`nodagi tarbiya / tarbiya turlari / tarbiyaning umumiy vazifalari / Abdulla Avloniy.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Gulfira Gofur Qizi Avazmurodova

Ushbu maqolada tarbiya, tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati, tarbiyaning inson hayotidagi ahamiyati, shaxsni kamol topishida tarbiyaning o`rni yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYA JARAYONI MAZMUNI VA MOHIYATI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TARBIYA JARAYONI MAZMUNI VA MOHIYATI

Gulfira G'ofur qizi Avazmurodova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili adabiyoti universiteti 2-bosqich

talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tarbiya, tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati, tarbiyaning inson hayotidagi ahamiyati, shaxsni kamol topishida tarbiyaning o'rni yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar. Tarbiya, tarbiya jarayoni, o'z-o'zini tarbiyalash, keng va tor manodagi tarbiya, tarbiya turlari, tarbiyaning umumiy vazifalari, Abdulla Avloniy.

Tarbiya-muayyan, aniq maqsadga va har tomonlama ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni tarbiyalash uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogic jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan hissiyotlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi.

Tarbiya jarayoni- o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayoni.

Demakki, insonning shaxs bo'lib rivojlanishi, uning odatlari, xulqi qay darajada bo'lishi, dunyoqarashi, ongi his-tuyg'ularini shakllantirish tarbiya jarayonida hosil bo'ladi. Shaxsning jamiyatdagi o'rnini topishi, his-tuyg'u, kechinmalarini yo'nalishi, o'sishi tarbiyaga bog'liq.

O'z-o'zini tarbiyalash shaxsni o'zida ijtimoiy qadrga ega bo'lgan fazilatlarni hosil qilish, takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarini bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat.

Inson hayotidagi har xil illat va nojo'ya holatlar tarbiyadagi xato tufayli kelib chiqadi. Bolalikdan tarbiya to'g'ri yo'naltirilsa bunday ''og'ishlar'' bolmaydi.

Jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi talablarga javob beruvchi shaxsni shakllantirish tarbiyaning mazmunini tashkil etadi. Talablar bilan birga boshqa insonlarni hurmat qilish o'zgalar fikrini tinglash, insonparvarlik va ilm olish, ilmga intilish tarbiyaning muhim tamoyillaridandir. Yana insonda e'tiqod, hayotga nisbatan qarashlar, o'zini-o'zi anglashi, keng fikr yuritishi o'zini va boshqalarni fikri, g'oyalari, qarashlarini baholashi ham tarbiyaning muhim unsurlaridan biridir.

Jamoa bilan ishlash, boshqalarga nisbatan hurmat hissini oshirish, insonda hamkorlik tuyg'usini shakllantirish ham tarbiya asosida vujudga keladi. Bizning olam,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

borliqqa nisbatan qarashlarimiz paydo bo'layotgan g'oyalarimiz negizida ham aynan shu tarbiya tamoyillari yotadi.

Tarbiya pedagogikaning ham asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Pedagogikada tarbiya ikki manoda farqlanadi: keng ma'nodagi tarbiya va tor ma'nodagi tarbiya.

Keng manoda tarbiya- shaxsga jamiyatning ta'sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Ya'ni, shaxsning jamiyat talablariga javob berishiga va jamiyatning ta'siri natijasida shaxsni rivojlantirishga yo'naltirilgan tarbiya.

Tor ma'nodagi tarbiya- pedagogik jarayon sharoitida ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati hisoblanadi. Bunda, tarbiya malum bir ta'limni o'rganish maqsadida tashkil etiladi va pedagog va o'quvchining faoliyat jarayoni tushuniladi.

Bundan bilinadiki, jamiyat uchun komil, ilmli, yetuk, barkamol insonni shakllantirishdan iboratdir tarbiyaning maqsadi. Shaxsni kamol toptirishdagi asosiy tushuncha ham bu tarbiyadir.

Shaxsni jamiyat talabidan kelib chiqib shakllantirishni tarbiya desak, tarbiya ham sohasiga ko'ra turlarga bo'linadi. Aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya. Ta'lim muassasasidagi yo'nalishlarga asosan ekologik, iqtisodiy, huquqiy, fuqarolik, siyosiy, axloqiy tarbiyaga bo'linadi.

Tarbiyaning umumiy vazifalari: jamiyat a'zolarining maqsadga yo'naltirilgan rivojlanish hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;

jamiyat rivoji uchun zarur bo'lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi ''inson kapitalini'' tayyorlash;

madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta'minlash;

malum jins yoshi va ijtimoiy kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a'zolarining harakatini tartibga solish.

Xalqimiz uchun abadiy yo' qolmaydigan qadimiy tushuncha hisoblanadi tarbiya. Axloq, ta'lim, odob, tarbiya kabi tuyg'u-tushunchalar qonimizga singib ketgan qadriyatimizdir. Qadimdan tarbiya, maktab, ta'lim sohasiga jiddiy e'tibor qaratishgan. Buyuk adiblarimiz Alisher Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurahmon Jomiy, Abu Ali ibn Sinolarning asarlarida ham bu qrashlar o'z ifodasini topgan. Millatimizning madaniyati qanchalik boy ekanligini ham shundan bilib olsak bo'ladi. Ma'rifatparvarlardan biri, Abdulla Avloniy ta'lim va tarbiya, maktab ochish, yoshlarni bilimli ma'naviyatli qilib tarbiyalash haqida qator ishlarni olib boradi. Ko'plab asarlarini ta'lim olish, bilim va tarbiyaning mazmuni va mohiyatini yoritib bergan holda, insonlarni ta'lim, tarbiya olishga undash, pand-nasihat shaklida yozadi. Ayniqsa,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

tarbiya haqida bildirgan fikrlari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmasdan, biz uchun kerakli bo'lgan ko'nikmalarni o'zida saqlab qolgan. Avloniyning pedagogik qarashlari bugungi kundagi maktablarning yaratilish asosiga beqiyos hissa qo'shgan. Ma'rifatparvar adibning milliy qadriyatlarimizni kuylagan asarlari o'zbek adabiyoting bebaho xazinasidir. Bu asarlarda milliy ruh, ilm-ma'rifat tushunchalari ilgari surilgan. O'z davrida bu asarlar yoshlarni fikr doirasini kengaytiribgina qolmay, ularni mehnatga, kitobga, maktabga, Vatanga bo'lgan muhabbatini oshirishga xizmat qilgan. Shoir she'rlarida asosan, maktab, maorif, ilm va fan tushunchalari ulug'langan. Ya'ni ilmli, ma'rifatli kishigina jamiyatga foydasi tegadigan shaxs bo'lib yetishadi. Bu g'oyalarni shakllantirishda esa tarbiyaning o'rni beqiyosdir. Abdulla Avloniy bolalarning tarbiya topishida, ularning qalbida axloqiy, ma'naviy barkamollikni o'stirishda asosiy kuch maktab ekanligini ta'kidlab o'tadi.

"Tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim".

Bundan kelib chiqadiki, tarbiya berish ishini bola tug'ilgandan boshlash maqsadga muvofiqdir. Insonga tarbiya hayoti davomida jamiyatdagi o'rnini belgilab beruvchi tushunchadir. Shu o'rinda jahon adabiyoti vakili Migel de Servantesning "Hushxulqli, yaxshi tarbiya ko'rgan kishi yaqinlari, yor-u do'stlari uchun misli o'chmas chiroqdir"-degan misralari ayni haqiqatdir.

Xalqni, millatni ravnaq topishi, rivojlanishi va aksincha, jaholatga yuz tutishi shakllanib kelayotgan "inson kapitali"ning marifati, manaviyati, ilmi va konikma darajasiga bog'liq. Bu xususiyatlarni kamol toptirish uchun tarbiya jarayoni to'g'ri va to'liq holda olib borilishi darkor.

Kimnidir baholashda biz, avvalo, uning tarbiyasidan kelib chiqib fikr yuritamiz. Chin ma'nodagi yuksaklikka eltuvchi yo'l tarbiyadan boshlanadi. Zero, ta'limni tarbiyadan, tarbiyani ta'limdan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Yetuk inson darajasining ilk qadami bu tarbiyadir. Shaxs uchun dunyoga, barkamollikka yo'lning debochasi tarbiyadan boshlanadi. Asrlar mobaynida ulug'lanib kelinayotgan komil inson tushunchasi tarbiya asosiga qurilgandir. Har bir insonning shaxsi, harakteri hattoki, dunyoqarashi uning olgan tarbiyasidan kelib chiqadi. Insonlarning sizga bo'lgan munosabati ilm yoki kasb darajangiz emas, balki, odob-axloq va tarbiyangiz asosida hosil bo'ladi. Biror bir shaxsga nisbatan bo'lgan hurmat ham aynan shu tarbiyalanganlik xususiyati mavjudligi boisdir.

Tarbiya borasida Sa'diy She'roziyning shunday misralari bor: Minbarning poyida tursa ham eshshak, Tarbiya yuqmaydi, bo'lmaydi odam. Tarbiya ko'rmayin ulg'aysa kishi,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Eshshak bo'lib qolur yuzga kirsa ham. Xulosa qilib aytganda, faqatgina bir kishi uchun emas, insoniyat uchun tarbiyadan muhimroq tushuncha yo'q. Xitoy donishmandi Syun-Szi "Chaqaloqlar bir xil yig'laydi. Katta bo'lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu- tarbiyaning oqibati", Olmon faylasufi Immanuel Kant oz asarida "Inson faqat tarbiya orqali inson bo'ladi, uning qandayligi tarbiyaning natijasidir", degan fikrlarni bildirib o'tishgan. Abdulla Avloniyning tabiri bilan aytganda:

"Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot-, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir".

REFERENCES

1. M. Xayrullayev, B. To'xliyev, Sh. Qurbonov, X. Masudov, M. Qurbonov PEDAGOGIKA TARIXI 2004 yil.

2. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

3. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.