Научная статья на тему 'O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYATLARNI O’RNI'

O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYATLARNI O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
26658
769
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Empatiya / pertseptiv / konstruktiv / kommunikativ.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ra’no Uktam Qizi Turayeva

Ushbu maqolada ta’limni sifatini oshirish uchun «Ta’limning yordamchi shakllari» va uning o’quvchilar bilim doirasidagi samaradorligi, o’quvchilarni mustaqil ta’limga tayyorlash yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYATLARNI O’RNI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYATLARNI O'RNI

Ra'no Uktam qizi Turayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'limni sifatini oshirish uchun «Ta'limning yordamchi shakllari» va uning o'quvchilar bilim doirasidagi samaradorligi, o'quvchilarni mustaqil ta'limga tayyorlash yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar. Empatiya, pertseptiv, konstruktiv, kommunikativ.

Shaxsning muayyan faoliyatini muvaffaqiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari hisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deyiladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo'lib, uni muayyan faoliyat turiga layoqatli qiluvchi omil kishining o'z xususiyatidir.Ishdagi muvaffaqiyat ko'p jihatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi.

Demak qobiliyat-shaxsning muayyan faoliyat turini yuqori darajada bajarishga bo'lgan layoqat darajasini ifodalaydigan turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlar yig'indisi hisoblanadi. Masalan qobiliyatli o'qituvchi bir xil ish sharoitlarida o'z hamkasblariga qaraganda yaxshiroq natijaga erishadi. Biz ko'pincha falon o'qituvchining hali tajribasi kam lekin u shubhasiz qobiliyatli o'qituvchi degan iboralarni eshitamiz bu o'sha o'qituvchining xali kam tajribasi bo'lishiga qaramasdan o'qituvchilik ishini muvaffaqiyatli olib borishga yordam beradigan bir qancha pedagogik qobiliyatlar kuzatuvchanlik pedagogik nazokat muomilaga ega ekanligidan darak beradi.

O'qituvchi faoliyatida muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi-pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur.Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi,o'z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamrohi bo'ladi. Pedagogik ishga qobliyatli,istedodli kishigina loyiq bo'ladi va pedagogik mahoratga erishadi.Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq va o'qish natijasi hisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste'dod va zehn inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo'lishi uchun o'qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo'lmog'i va uni rivojlantirib borilmog'i lozim.

1. Bilish qobiliyati-fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va boshqalarga oid) qobiliyatlar.Bunday qobiliyatlarga ega o'qituvchi fanni

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

o'quv kursi hajmdagina emas,balki ancha keng va chuqurroq biladi. O'z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi,unga nihotda qiziqadi, ayrim tadqiqot ishlarini ham bajaradi.

2. Tushuntira olish qobiliyati-o'quv materialini o'quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish,material yoki problemani aniq tushunarli qilib gapirib berish, o'quvchilarga mustaqil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uyg'otish qobiliyati.O'qituvchi zarur hollarda o'quv materialini o'zgartira olishi,soddalashtira olishi,qiyin narsani oson,murakkab narsani oddiy,noaniq narsani tushunarli qilib o'quvchilarga yetkaza olishi lozim.Qobiliyatli o'qituvchi o'quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi,ularning nimani bilishlari-yu,nimani bilmasliklarini,nimani unutib qo'yganliklarini tasavvur etadi.Ba'zi o'qituvchilarga ,ayniqsa tajribasi kam o'qituvchilarga o'quv materiali oddiy, tushunarli, alohida izohni talab etmaydigan tuyiladi.Qobiliyatli, tajribali o'qituvchi o'zini o'quvchi o'rniga qo'yadi,U kattalarga aniq va tushunarli bo'lgan narsani o'quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo'lishi mumkinligiga ishonib,unga asoslanib ish tutadi.

3. Kuzatuvchanlik qobiliyati-o'quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qoiliyati,o'quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni kuzata olish qobiliyati.Bunday o'qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo'lmagan tashqi belgilar asosida, o'quvchining ruhiyatidagi ko'z ilg'amas o'zgarishlarni ham fahmlab oladi.

4. Nutq qobiliyati- nutq yordamida, shuningdek imo- ishora vositasida o'z fikr hamda his- tuyg'ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o'qituvchilik qobiliyati uchun juda muhim.

5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan,o'quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishda ruhlantirishni ikkinchidan, o'z ishini to'g'ri tushuntirishni nazarda tutadi.

6. Obru orttira olish qobiliyati -o'quvchilarga bevosita emotsional -irodaviy ta'sir ko'rsatish va shu asosda obru qozona olishdir. Obru faqat shu asosda emas, balki o'qituvchining fanni yaxshi bilish, mehribonligi, nazokatliligi va boshqa asosida ham qozonadi. Bu qobiliyat o'qituvchi shaxs sifat bir majmuasiga,xususan irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamligi, qat'iyligi talabchanligi va boshqalarga) o'quvchilarga ta'lim tarbiya berish mas'uliyatini his etishga ham bog'liqdir.O'quvchilar qo'pollik qilmaydigan, qo'rqitmaydigan to'g'ri talab qo'ya oladigan o'qituvchilarni bolalar yoqtirmaydilar. Bolalar bilan to'g'ri muomala qila olish, bolalar bilan do'stlasha olish, ular bilan samiymiy munosabat o'rnata olish pedagogik nazokatning mavjudligidan darak beradi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

7. Kelajakni ko'ra bilish qobiliyati - o'z harakatlarining oqibatini ko'ra bilish, o'quvchining kelajakda qanday odam bo'lishini tasavvur qilish.Bolani kelgusida qanday qobiliyatlarini rivojlantirsa, qanday kasb egasi bo'lib chiqishi oldinda bashorat qilib aytishda ( pedagogik diagnostika )

8. Diqqatning taqsimlay olish qobiliati - o'qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari- hajmi, kuchi, ko'chuvchanligi, iroda qila olishi, safarbarli taraqqiy etgan bo'lishi bo'lishi juda muhimdir.

9. Kommunikativ qobiliyat - kishilar bilan bo'ladigan munosabatni yaxshilaydigan, bir - biri bilan til topib ishlashni ta'minlaydigan qobiliyat. Bundan tashqari konstruktiv - o'qituvchining o'z ishini loyihalashi rejalashtirishi pertseptiv -idrok jarayonining obyektlarini birinchi bo'lib bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirish, empatiya va boshqa kishilarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish, didaktik qobiliyat- o'quvchi va boshqa kishilar bilan muloqot qilishda pedagogikaning qonun-qoidalariga amal qilish kabi qobiliyatlar ham mavjud.

Qobiliyat va zehn. O'qituvchining o'z qobiliyatini rivojlantirib borishi.

Zehn qobiliyatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, yo'llarining tovush naychalari va tomon ustki qismining tuzilishi o'quvchida vokal qobiliyatlarning diktor, lektor bo'lish qobiliyatlarining rivojlanishi uchun zehn kurtak bo'lib xizmat qilishi mumkin. Shu narsani alohida ta'kidlash lozimki,har qanday zehn turlicha ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatning rivojlanish uchun xizmat zehnning mavjudligi muhimdir.Zehn qobiliyatlar rivojlanishining shartlaridan biridir. Biror kishi muayyan faoliyatiga nisbatan ajoyib zehnli bo'lishi mumkin, agarda sharoit bo'lmasa, mana shu zehn asosida qobiliyatlar rivojlanmay qolishi mumkin. Mustaqil Respublikamiz o'z huquqini qo'lga olgandan so'ng turli kasb egalari turli tuman yangi -yangi ixtirolar qilmoqdalar qobiliyatli bolalarimiz chet ellarda faoliyatlarini (musiqa, sport, olimpiada o'yinlari va boshqalar namoyish etib kelmoqdalar. Maktabda bola qobiliyatini rivojlamnishi bevosita o'qituvchi - tarbiyachi rahbarligida olib boriladi. O'quvchi qobiliyatini rivojlantirish uchun uning iste'dod nishonalari zehnini hisobga olish juda muhimdir. Qobiliyatning erta namoyon bo'lishi bolaning favqulotda zehnga ega ekanligini ko'rsatadi.

Biz qobiliyatli kishilar haqida gapirganimizda, ko'pincha, shu kishilarning hayot yo'lini belgilab bergan shaxslar haqida gapirishni unutib quyamiz. Holbuki shu odamlarning maslahati, qo'llab - quvvatlashi shunday mashhur kishilar yetilib chiqqanligidan guvohdir.

REFERENCES

1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. Toshkent, 1997 yil.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

2. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Toshkent, 2000 yil.

3. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent, O'zbekiston,1967 yil.

4. Alisher Navoiy. Mahbub-ul qulub. Toshkent 1997 yil.

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.