Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARI VA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARILARDA BOLALAR VA O’SMIRLAR GIGIYENASINING TUTGAN O’RNI'

UMUMTA’LIM MAKTABLARI VA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARILARDA BOLALAR VA O’SMIRLAR GIGIYENASINING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1218
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Umumta’lim maktablari / Maktabgacha ta’lim muassasalari / Bolalar va o’smirlar gigiyenasi / yosh avlod / fanning yutuqlari / ta’lim sifati samaradorligi / San Q va M.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Baxrom Eshnazarovich Tuxtarov, Mirmuhsin Maxmatmurot O’g’li Soatov, Mohira Zayniddin Qizi Saydaliyeva

Umumta’lim maktablari va Maktabgacha ta’lim muassasalarilarda Bolalar va o’smirlar gigiyenasining o'rnini asoslash. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi o’sib kelayotgan yosh avlod salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash masalalarini hal etishga samarali hissa qo‘shmoqda. Biroq, bu fanning yutuqlari va yo’nalishlaridan to'liq foydalanilmayapti. Jumladan: Umumta’lim maktablari va Maktabgacha ta’lim muassasalarilarda. Shuni takidlash joizki muhtaram prezidentimiz tomonidan 2023 yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlandi. Bundan ko’rinib turibdiki albatta boshlang’ich ta’lim maskanlari ya’ni, Umumta’lim maktablari va Maktabgacha ta’lim muassasalarilarda ham ta’lim sifatining samaradorligini oshirish ko’zda tutilgan. Bolalar va o’smirlar gigiyenasining esa ta’lim sifatining samamradorligida tutgan o’rni yuqori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARI VA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARILARDA BOLALAR VA O’SMIRLAR GIGIYENASINING TUTGAN O’RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

UMUMTA'LIM MAKTABLARI VA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARILARDA BOLALAR VA O'SMIRLAR GIGIYENASINING

TUTGAN O'RNI

Baxrom Eshnazarovich Tuxtarov

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Umumiy gigiena va ekologiya kafedrasi mudiri

Mirmuhsin Maxmatmurot o'g'li Soatov

Tibbiy profilaktika fakulteti Gigiyena kafedrasi 2 - kurs magistratura rezidenti

Mohira Zayniddin qizi Saydaliyeva

Tibbiy profilaktika fakulteti 4 - bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Umumta'lim maktablari va Maktabgacha ta'lim muassasalarilarda Bolalar va o'smirlar gigiyenasining o'rnini asoslash. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi o'sib kelayotgan yosh avlod salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash masalalarini hal etishga samarali hissa qo'shmoqda. Biroq, bu fanning yutuqlari va yo'nalishlaridan to'liq foydalanilmayapti. Jumladan: Umumta'lim maktablari va Maktabgacha ta'lim muassasalarilarda. Shuni takidlash joizki muhtaram prezidentimiz tomonidan 2023 -yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb nomlandi. Bundan ko'rinib turibdiki albatta boshlang'ich ta'lim maskanlari ya'ni, Umumta'lim maktablari va Maktabgacha ta'lim muassasalarilarda ham ta'lim sifatining samaradorligini oshirish ko'zda tutilgan. Bolalar va o'smirlar gigiyenasining esa ta'lim sifatining samamradorligida tutgan o'rni yuqori.

Kalit so'zlar: Umumta'lim maktablari, Maktabgacha ta'lim muassasalari, Bolalar va o'smirlar gigiyenasi, yosh avlod, fanning yutuqlari, ta'lim sifati samaradorligi, San Q va M.

Muammoning dolzarbligi. O'tgan yillar davomida mamlakatimizda ta'lim sifatining samaradorligini oshirish uchun bir qancha ishlar olib borildi. Bu ko'rsatkichlarni yanada oshirish uchun mamlakatimiz rahbari tomonidan 2023 - yilning "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb nomlanishi ham bejizga emas. Ta'lim sifatini samaradorligini oshirish uchun eng birinchilardan bo'lib, Maktabgacha ta'lim muassasalarilari va umumta'lim maktablaridan boshlash maqsadga muvofiq bo'ladi.

Hozirgi sharotida maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning aqlan, jismonan va estetik jihatdan yetuk bo'lib voyaga yetishi Bolalar va o'smirlar gigiyenasi mutaxassislarini oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Hozirgi kunga kelib nafaqat maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar balki, o'smirlar orasida ham surunkali kasalliklarning soni ortib bormoqda, shuningdek yurak-qon tomir tizimi, tanyach

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023

ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

xarakat tizimi, qad - qomatning shakillanishi, D, C va B guruh vitaminlari, mineral moddalardan natriy, kaliy, kalsiy, magniy, temir, rux va yod yetishmasligi natijasida har xil kasalliklar soni ortib bormoqda [1]. 1- diagramma:

6 - 7 yoshdagi bolalar o'rtasida ko'p tarqaladigan kasalliklar (%).

45

40

38.10

35

30

25

20

19.10

18.20

15

10

10.85

8.05

6.80

4.65

2.15

0.94

0 Surunkali Tayanch-harakat tizimi Quloq, tomoq, burun Ruhiy Yurak-qon Ko'rish Endokrin Teri Nerv

kasalliklar buzilishlar tomir tizimi organi tizimi kasalliklari sistemasi

= % 38,1 19,1 18,2 10,85 8,05 6,8 4,65 2,15 0,94

5

Bundan ko'rinib turibdiki bunday muammoli kasalliklarning ortib borishi ta'limning sifatiga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi [2].

Bu kasalliklarning kelib chiqishiga har xil omillar ta'sir etib kelmoqda. Bolalarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishligi to'g'risida mukammal tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borilmasligi ham dolzarb muammolardan biri bo'lib kelmoqda.

Tayanch - harakatlanish tizimi, qad - qomatining shakllanishi, ko'rish organi, nerv sistemasi va boshqa organlardagi kasalliklarning yildan - yilga uchrab turganligi, umumta'lim maktablari va Maktabgacha ta'lim muassasalarilarda zamonaviy gigiyena va sanitariya me'yor va qoidalariga to'liq amal qilinmasligi oqibatida bolalar va

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

o'smirlar o'rtasida har xil kasallanishlarning kelib chiqishiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatishi nafaqat Bolalar va o'smirlar gigiyenasi oldidagi balki, butun jahon sog'liqni saqlash tizimidagi dolzarb muammolardan biri bo'lib kelmoqda.

6-8 yoshlar oralig'idagi bolalarda tayanch - harakatlanish tizimi va qad -qomatning shakllanishida buzilishlar ko'rsatkichi birinchi o'rinda turibdi. Ayrim umumta'lim maktablarida va Maktabgacha ta'lim muassasalarilarda bolalarning yoshi va bo'yiga mos kelmaydigan parta, stol - stullardan foydalanishi, darsliklar, ko'rgazmali amaliy o'quv qo'llanmalarning massasi, hajmi gigiyenik qoida va me'yorlarga mos kelmasligi nuqtai nazardan o'quvchilarning eng ko'p harakatchan paytida harakatchanlikning pasayishi, umurtqa pog'onasidagi og'ishlar, ko'krak qafasidagi o'zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. [2]

Aniqlangan kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun maktabgacha ta'lim va umumta'lim muassasalariga mebellar tanlashda (2 - jadval), o'quv nashrlarining og'irligini to'g'ri taqsimlashda(3-jadval), o'quv jarayonlarini va dars soatlarini to'g'ri tashkillashirishda malakali bolalar va o'smirlar gigiyenasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib borish bu kamchiliklarni sezilarli darajada kamaytirishga erishish mumkin [3]. Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologiya qo'mitasining bir qancha San Q va Mlarida ham keltirilgan. (0341-16, 0145-03, 035518, 0348-17, 0218-07). Dars soatlarini to'g'ri taqsimlanishi va o'quv yuklamalarining kamaytirilishi bo'yicha O'zbekiston respublikasida umumta'lim maktablarida ta'lim sharoitlari va sanitariya-epidemiologiya talablarga muvofiq haftalik o'quv yuklamalar maksimal darajada kamaytiriladi.

Ma'lum qilinishicha umumta'lim maktablarida ta'lim sharoitlari va tashkil etilishiga qo'yiladigan sanitariya-epidemiologik talablari (0341-16-son San Q va N) ning ilovasiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritildi.

Bunga ko'ra 1-sinflar uchun - darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan ko'p bo'lmasligi kerak (5 soatlik o'quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar -texnologiya, tasviriy san'at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o'qitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.

2 - 4-sinflar uchun - darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko'p bo'lmasligi kerak (5 soatlik o'quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar -texnologiya, tasviriy san'at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o'qitiladi); 5 — 9-sinflar uchun - darslar kuniga 6 soatdan ko'p bo'lmasligi kerak; 10 — 11-sinflar uchun - darslar kuniga 6 soatdan ko'p bo'lmasligi kerak;

Bir yil davomida o'quv haftaligi 1-sinflar uchun - 33 hafta, 2 - 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi borasida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim vazirligi va Sanitariya epidemiologiya qo'mitasi mutaxassislari tomonidan kerakli ishlar olib borilmoqda [4].

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

1 - jadval: [3]

Maktab o'quvchilari uchun ranglari belgilangan 6 guruh mebellari ishlab chiqariladi.

Jihozlar Bola bo'yining Stolning o'quvchiga Rang belgisi O'tirg'ichning

raqami uzunligi (mm) qaragan tomon old tomonning

qirrasining poldan poldan

balandligi (mm) balandligi (mm)

1 1000-1150 460 Qovoq rang 260

2 1150-1300 520 Binafsha 300

3 1300-1450 580 Sariq 340

4 1450-1600 640 Qizil 380

5 1600-1750 700 Yashil 420

6 1750 baland 760 Havorang 460

So'ngi 100 yillikda akseleratsiyaning jarayonining o'sib borishi hisobiga chaqaloqlarda bo'yning o'rtacha uzunligi hisoblanganda 5 - 6 smga ortganligi, o'smirlarda esa 10 - 15 smga ortganligini ko'rishimiz mumkin. Akseleratsiyaning bunday suratda ortishining hisobiga yuqoridagi bolalar bo'y uzunligining ko'rsatkichlari ham o'zgarishi mumkin. [6]

2 - diagram ma:

O'quv nashrlarining og'riligi. [3]

700

600

500

400

300

200

300

400

500

100

1-4 sinlar uchun

5-6 sinflar uchun

7-9 sinflar uchun

Keyingi yillarda 6 - 7 yoshli bolalar orasida ruhiy buzilish xolatlari ham ko'plab uchrab turmoqda. Buning asosiy sabablari oiladagi kelishmovchiliklar, bolaning ota -

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

onasi tomonidan bosim o'tkazilishi, maktabdagi dars jadvallarining gigiyena qoidalariga asoslanib tuzilmasligi natijasida bolaga o'quv yuklamasining noto'g'ri taqsimlanishi, o'quvchilarga ortiqcha bosimning ko'payishi hisobiga ruhiy buzulishlar kelib chiqmoqda. Natijada tengqurlaridan aqliy, jismoniy, ruhiy jihatdan va fanlarni o'zlashtirishda ortda qolishi kuzatilishi mumkin. Ota - onalar tomonidan esa farzandlaridan asosiy talabi uning o'qishiga, bilim olishiga bo'lganligi sababli bolalarning salomatligi va gigiyenik jihatdan sog'lom voyaga yetishi ikkinchi darajadaga tushib qolayotganligini ko'rishimiz mumkin [2].

Bolalarda uchraydigan kasalliklar qatorida ko'rish organlarida ham muammoli o'zgarishlar uchrab kelmoqda. Hozirgi kunda texnika progress holatda yuqori suratda rivojlanib bormoqda. Bir tomondan olib qaraganda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi biz uchun, o'sib kelayotgan yosh avlod uchun yaxshi albatta. Ammo undan to'g'ri foydalanish hamda yosh avlod uchun to'g'ri tadbiq etishimiz ham kerak. Umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf xonalari, kompyuter xonalari, kimyo, fizika, biologiya laboratoriyasi xonalari va Maktabgacha ta'lim muassasalarida dars va o'yin xonalarida o'rnatilgan televizorlar bolalar uchun yaxshi albatta. Bu qurilmalar orqali bolalar laboratoriya ishlarining bajarilish tartibini o'rganishi, kompyuterdan to'g'ri foydalanishi, bolalar bog'chasida bolalar uchun foydali dasturlar ko'rsatilishi bolalar va o'smirlar jamoasi uchun foydali bo'ladi albatta. Qachonki bu elektron vositalar sanitariya qoida va me'yorlariga asoslangan holatda o'rnatilgan bo'lsa, televizor va o'quvchi o'tirgan joy orasidagi masofa(2 metrdan kam bo'lmasligi), televizorni ko'rish vaqti (2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun televizordan foydalanish tavsiya etilmaydi, 2 yoshdan katta bolalar uchun esa bir kunda bir soat ko'pi bilan ikki soat ko'rish tavsiya etiladi) to'g'ri tashkillashtirilgan bo'sa, foydalanishga tavsiya etiladi. Hozirgi kunda ota - onalar bu ko'rsatkichlar bo'yicha yetarli ma'lumotga ega emaslar. Bundan tashqari uy sharoitida yosh bolalarning e'tiborsiz qoldirilishi oqibatida ular bo'sh vaqtlarini ko'proq telefon va televizor qarshisida me'yoridan ko'p vaqt o'tkazishmoqda. Bu esa yosh bolalarning ko'rish organlariga salbiy ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi.[5]

Xulosa. Bolalar va o'smirlar gigiyenasining faoliyatida umumta'lim maktablari va Maktabgacha ta'lim muassasalari o'quvchilarini tibbiy jihatdan qo'llab-quvvatlash va mamlakatdagi bolalar va o'smirlar qatlamini sanitariya - epidemiologik osoyishtaligini ta'minlashdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining mamlakatdagi mavjud barcha umumta'lim maktablari va Maktabgacha ta'lim muassasalarini malakali bolalar va o'smirlar gigiyenasi shifokorlari bilan imkon qadar ta'minlashdan iborat.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Tibbiyot oliygohlarmmg Tibbiy profilaktika fakulteti talabalarini hududiy viloyat SEO va JS boshqarmalari, shahar va tuman bo'limlari orqali nazariy va amaliy yondashuv bilan imkon qadar qamrab olish.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Б.М. Маматкулов 1993, В.И.Лях 1990,1992, Г.И. Шайхова 1993, 2008, Г.Г. Онищенко 2007, В.Р. Кучма 2007, Н.Ж.Эрматов 2000, 2007, 2008.

2. Состояние здоровья и некоторые показатели режима дня детей предшкольного возраста как предикторы готовности к школьному обучени. Сугробова Г.А., Комкова Ю.Н. ГИГИЕНА И САНИТАРИЯ • Том 100 • № 4 • 2021 c 283

3. Shayxova G.I. Toshkent - 2009. S 243 - 250

4. O'zbekiston respublikasi Sanitariya epidemiologiya qo'mitasi San Q va M 0341-16.

5. Гигиена детей и подростков в современной школьной медицине. Кучма В.Р., Сафонкина С.Г., Молдованов В.В., Кучма Н.Ю. 2017. С 1025-1027

6. A. Zikiryayev, A. To'xtayev, I. Azimov, N. Sonin. Sitologiya va genetika asoslari. Toshkent 2019. S 123.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.