SAMARQAND KASHTADO'ZLAR FAOLIYATI VA ULARNING ISHLASH
USLUBLARI
Gulnora Abilkasimovna Maxkamova Silnaya84@gmail .com Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti
Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotga kashtado'zlar ijodi haqida ma'lumot berilgan. Kashtalarning bugungi kundagi vazifasi, buyum turlari haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: so'zana, oyna xalta, choy xalta, bolinpo'sh, zardevor, suvenir, bosma, yo'rma, toba-don, kandahayol, zoomorf, geometric naqshlar, barg, novda, choynak, pichoq, xanjar naqshlari
ACTIVITY OF SAMARKAND EMBROIDERIES AND THEIR WORKING
STYLES
Gulnora Abilkhasimovna Maxkhamova Silnaya84@gmail .com
National Institute of Fine Art and Design by name Kamaliddin Begzad
Abstract: This article provides information about the work of embroiderers working in the Samarkand region today. Given the current role of embroidery, types of products.
Keywords: suzana, mirror bag, tea bag, bolinpush, zardevor, souvenir, smooth, tanbur, toba-don, kandahaeol, zoomorph, geometric pattern, leaves, branches, teapot and knife pattern
Xalq amaliy san'ati namunalari o'zida millatning tarixini, madaniyatini, urf-odatlari va e'tiqodlarini namoyish etar ekan, uni tadqiq qilish bugungi kun san'atshunoslikning dolzarb mavzusidir.
Har bir hududning milliy urf-odatlari, xalq amaliy san'ati va milliy davlatchilik tarixini o'zida aks ettirgan, shuningdek, xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg'otadigan muzeylardagi noyob eksponatlar replikatsiyalari asosida yangi hunarmandchilik mahsulotlari namunalarini tayyorlab, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish bo'yicha targ'ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish ham davlatimiz rahbari tomonidan e'tirof etilgan. [1]
Amaliy san'atning kashtachilik san'ati eramizdan avvaligi II asrlarda paydo bo'lgan bo'lsa, shu kungacha uzoq rivojlanish davrini bosib o'tgan. Kashtachilikning
eng qadimgi namunalarining aksariyati XIX asr boshiga mansub. Bu davrda kashtachilikning Buxoro, Nuгota, Shahrisabz, Samarqand, Toshkent, Faгg'ona kabi yetakchi markazlari shakllangan. An'anaviy kashtachilikning asosiy buyumlari quyidagilardan - so'zana, joypo'sh, oy palak, zardevor, yostiqpo'sh, lo'ia bolish, bo'g 'jom a, joynamoz, oyna xalta, tuz xalta va boshqalardan iboгat. Kashtachilik buyumlaming bezagi asosan o'simliksimon naqshlaгdan iboгat bo'lib, unda ham geometrik, zoomoгf tasviгlaг mavjud. Kashtachilik o'zbek xotin-qizlari xalq ijodining eng ommaviy turlaridan biгi bo'lgan. Ulaг ancha katta hajmdagi ro'zg'or buyumlaгini kashtalaг bilan bezashgan.[2]
XIX-asr oxiгi va XX asг boshida SamaTqand kashtado'zlaгi mayishiy hayot buyumalrini: so'zana, joynamoz, bolinpo'sh, zaгdevoг, joypo'sh, gavorapo'sh, oyna xalta, do'ppi, kalta po'sh (кулюта) kabi yuгik va mayda kashtalar bilan shu qadar bezadiki, ulaг o'zining ipak matosi va iplari, гanglaгi, гamziy naqshlari bilan nafaqat yuгtimizda, balki chet elda ham o'zbek milly madaniyati ko'rkiga aylangandi. XX asг boshida kashtado'zlar aгtellaгga biгiktiгilgan bo'lsada, qo'l kashtasi buyumlari tikilishi butunlay yo'qolmadi. O'zbekiston madaniyati va tarixi muzeyi tomonidan tashkil qilingan ekspeditsiyalaгda XX asrda ko'p namunalaг Samaгqandning So'zangaron, Hayгobod, Chelak, Kattaqo'гg'on, Nuгato va Urgut tumanlaгidan olingan kashtalarni biz fond kartateka va kiгim kitoblarda kuzatganmiz. XXI asгda (2000-2022 yillar) qo'l kashtachiligi ko'гsatgichi keskin qisqargan bo'lsada, ammo ulaning faoliyati ko'lami va buyum, ashyo tuñarining kengayganini ko'rish mumkin.
Milliy hunaгmandchilik, xalq badiiy va amaliy san'atini rivojlantirish, soha vakillarini haг tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshiгilayotgan kompleks chora-tadbirlar natijasida so'nggi besh yilda mamlakatimizdagi usta hunarmandlar soni 7 barobarga, shogiгdlar 9 baгobaгga ko'payib, sohada band bo'lganlar soni 230 ming nafarga yetdi. [3]
Bugun Samarqand viloyatida 15 ta tuman viloyat "Hunarmandlar" uyushmasida jami 87 ta kashtado'z faoliyat olib boradi va ulardan Urgut tumanida 11 nafar, Samarqand shaxrida 21 ta, Samarqand tumanida 6 ta, Qo'shrobot tumanida 7 ta, Pastdarg'om tumanida 5 ta, Tayloq tumaida 4 ta, Oqdaryo tumanida, 2 ta, Payariq tumanida 1 nafar, Paxtachida 6 nafar, Ishtixonda 6 ta, Nurobodda 1 nafar, Narpayda 2 nafar, Kattaqo'rg'on tumanida 3 nafar, Jomboyda 3 nafar, Bulung'urda 2 nafar kashtado'zlardir. Ular uyushmaga turl yillarda qabul qilingan. Uyushma tomonidan tashkil qilingan Respublika va xorijda ko'plab ko'rgazmalarda, tanlovlarda ishtirok etib kelmoqda. Mazkur kashtado'zlarning aksariyati avloddan-avlodga o'tib kelayotgan vakillardir.
Kashtachilik namoyondalaridan biri Samarqand shaxri kashtado'zi G'aniyeva Shoira Mahmudjonovna kashtado'z usta bo'lib 1997-yildan buyon viloyat "Hunarmand" birlashmasi a'zosidir. Shoira opa kashtado'zlar sulolasining oltinchi
avlod vakilidir. Shoira Onaning aytishlaricha asli otasi tomon xam onasi xam hunarmand bulgan. Avlodi temuriylar davriga borib taqalishini ta'kidlaydi. Ota tomoni mahsi va kovush tayyorlash hunari bilan, ona tomoni esa kashta tikish bilan shug'ullanib, bu namunalarni qishlog'i yaqinidan o'tgan katta karvonga sotar va ruzg'orlari shundan obod bo'lganligini ta'kidladilar .Uning onasi Xursanoy Abdullayeva qo'lda hamda mashina yordamida kashta tikish usullarini o'rgatgan bo'lsa, otasi Mahmudjon Abdullaev esa gulbandi usulida matoga gul tikish bo'yicha saboq bergan. Hozirda kashtado'z usta Samarqanddagi "Ruhobod" majmuasi hunarmandchilik markazida ishlab kelmoqda. Ushbu markazda u "Ustoz-shogird" maktabini tashkil yetgan.
Shoira G'aniyevaning bosma uslubida, ya'ni qabartma gullar shaklida tayyorlagan matolari o'zining yuqori sifati bilan ajralib turadi. Matoga qabartma shaklida gul tushirish ancha murakkab ish bo'lib, katta mehnat talab qiladi. Naqshlar andoza yordamida tayyor matoga tushiriladi. Asosiy naqshli chiziqlar qora rangda tushiriladi va "bosma" deb ataladi, ya'ni "bosish" degan ma'noni anglatadi. Naqshli andoza asosan, nok daraxtidan tayyorlanadi. Kashtado'z usta Shoira G'aniyevaning ijod namunalari ko'rgazmalarda ko'p marotaba namoyish yetilib, yuqori baholarga sazovor bo'lgan. Kashtalarni ipak va paxta matolariga tabiiy ranglar bilan buyalgan iplar bilan chinda xayol, yurma, bosma usulida tikganligini aytadi.
U o'z ijod namunalarida faqat tabiiy ranglardan foydalanadi. Misol uchun, o'rikdan oq bo'yoq, ro'yan o'simligidan qizil bo'yoq, anor po'sti hamda yong'oqning yashil po'stidan qora va jigarrang bo'yoq, sarbosh o'simligidan sariq, piyoz po'sti va hinodan yesa ochiq sariq bo'yoq tayyorlanadi. Gullarni bo'yashda yesa usta faqat o'simliklar va daraxtlardan, ularning barglaridan, ildizlaridan va mevalaridan olingan tabiiy bo'yoqlardan foydalanadi. U YUNESKOning "Sifat belgisi" (2007) sertifikatini qo'lga kiritgan. Kashtado'z usta Shoira G'aniyeva ko'plab munosib shogirdlarni yetishtirgan. U Vatan oldidagi xizmatlari uchun "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan.(Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.). Shu hunar orqali Germaniya, Rossiya, Hindiston, Qozoqiston, Tojikiston, Amerika Qo'shma Shtatalariga borib, Samarqand kashtalarini nomoyon qilib kelgan. Respublikamizdagi turli ko'rgazmalarda ishtirok etib kelmoqda.
Shoira ona bugun nafaqat kashta tikish bilan balki ipak matoga gul chizish bilan ham shug'ullanadi. U 10 yil tabbiiy bo'yoq olishni o'rganib, juda katta tajriba to'plagan va mana shu natijalarni hunarmandlar uchun qo'llanma manba sifatida kitob qilib chiqarishni niyat qilgan.
Mavluda Hamdamova Samarqarnd viloyati Urgut tumani kashtachilik san'ati namoyondasi bo'lib, u yaratgan namunalar insonni o'ziga chorlaydi. Sababi naqshlari, matosi turli -tuman, iplari rang barangdir. Naqshlari ichida gul va barg, novda, choynak, pichoq, xanjar kabi tasirlar bilan birga turli qushlar kabutar, bulbul,
tovus, kaklik tasirlarini ham uchratamiz. Qadimgi Samarqand kashta namunalaridaqush tasvirlari so'zanalarning naqsh elementi bo'lgan bo'lsa, xozirda Mavluda opa ularni katta va yakka holda tikmoqda. Tikish usuli bosma, yo'rma, chinni xiyol, duro'ya. Mavluda Hamdamova kashtalarni adras, oddiy shoyi, ipakkabi matolarga turli rangdagi paxta, shoyi iplardan foydalanadi. Kashtado'zba'zan iplarni tabiiy ranglar bilan ham buyaydi. Bunda anor, piyoz, yong'oq mevasi kabi tabiat mahsulotlaridan foydalanadi.Kashtado'z so'zana va bolinpo'sh tikishda uning ko'rinishini o'zgartirib qadimgi Samarqand so'zanasining kichik modelini tikmoqda. Sababi bu turistlar talabi. Olib ketishga qulay, rang, mato va naqshlar aynan Samarqand so'zanasidagidek bir hil, ammo hajmi kichikdir. Qolaversa yo'rma usulidagi tikilgan to'rtburchak yostiqchalarni Respublikamizdagi restoran va mehmonxonalar uchun ham buyurtma olishini ta'kidlaydi.
Mavluda Hamdamova keyingi vaqtlarda ichki turizmning rivojlanganligidan bag'oyat hursand. Davlatimiz tomonidan ichki turizmni rivojlantirish borasidagi qilinayotgan ishlardan juda minnatdor.Chunki oldinlari faqat chet ellik turistlar kelardi. Keyingi vaqtlarda ichki turizmning rivojlangani uchun Respublikamizning turli viloyat va hududlaridan mehmonlar kelib ishimizni, san'atimizni ko'rib, tanishib, namuna harid qilishib, xursand bulib, tan berib ketayaptilar deydi. Mavluda Xamdamova kashtachilikdagi choynak ramzini mehmondo'stlik ramzi deydi. Bu tasvir ham urf-odat bilan bog'liq bo'lib, o'zbek honadoniga kelgan insonga dastlab qo'l yuvishi uchun obdastada chuv quyiladi. Bu haqida yuqori boblarda batafsil ma'lumot berib o'tilgan. Mavluda Hamdamovadan kashtachilikni kelinlari, o'g'li va nevarasi davom ettirib kelmoqda. Mavluda Hamdamova buyurtma olsa albatta o'ziga ham bitta qo'shib tikadi va o'sha namunani olib qo'yib va keyingi ishda albatta uning guli yoki ranglaridan foydalanadi. Kashtachilik san'atini rivojlantirishda xali judayam ko'p g'oyalarim bor,- deydi kashtado'z. Ijodiy ishlarining ichida fal'klor jamoalar uchun tikilgan liboslarni ko'rdik. Eng,yoqa, etak qismlariga kashtalar tikilgan. Ijodiy ishlar ichida bir namuna juda o'ziga tortdi. Rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda qadim kelinlar sepiga tikilgan kashtachilikga qanchalik talab borligiga qiziqib ijodkorga savol bilan murojaat qilganimizda kashtachilikning kelajagini urf-odatlar davomiyligida ham ko'rish mumkinligini, Urgutda hozir ham yosh kelin va kuyovlar sepi ichida albatta ro'yijo, ro'molcha, kabi buyumlar tikilishini bilib oldik.
Kashtado'z ijodini kuzatar ekanmiz, kashtalarning tikilishida mato va iplarning o'rni alohida ekanligini ko'ramiz. Mavluda Hamdamova kashtalarining o'ziga hoslgi shundaki qalin bo'z matosiga nozik ipak iplar bilan kashtalar zich holda tikilgan. Aksincha yupqa matolarga qalin iplar yordamida siyrak naqshli kashtalarning tikilishi ijodkorning o'ziga hos tomonidir. Nuratolik kashtado'z Yunusova Davlatoy 1965 yilda Andijoda tug'ilgan. Samarqand viloyati Nurato tumaniga kelin bo'lib tushgachb mahalliy aholi shug'ullanib kelayotgan kashtado'zlik san'atini o'rganadi va bugungi
kungacha ko'plab buyumlarni tikgan. Kashta buyumlari: ustki ayol va erkaklar liboslari, inter'er buyumlari: yostiq va lo'labosh, pardalar, bolino'sh, tag joy kabilar, parda, joynamoz kabilar. Kashtachi ipak mato va ipak iplarni asosan vodiydan keltiradi. Bir xil rangdagi oq va sarg'ish, ko'k va moshrangdagi adras va atlas kabilardan foydalanadi. Viskoza ipini xam ishlatadi, asosan mahalliy ichki bozor mahsuloti uchun. Iplari bo'yalishi asosan tabiiy usulda bo'yalagan. Maxslotlarning ko'pchiligi chet elga jo'natiladi. Tikish texnikasi faqatgina bigizda bajariladi. Hozirda Nurato kashtalari kelinlar sepiga ham qilinadi. Asosan bolinpo'shlar komplekti bilan birga tikilmoqda:katta va kichik lo'labosh yostiqcha, kostyum, kardegan ba'zan kuyovga belbog'lar, parda bo'lishi shart.
Bultakova Lola Bozorboy qizi. Samarqand viloyati, Jomboy tumani, kashtachi, hunarmandi. Kashta tikishni katta onasidan o'rgangan bu kashtado'z 2007-yildan beri mazkur hunar bilan shug'ullanadi. 2013-yildan buyon Samarqand viloyati "Hunarmandlar" uyushmasi a'zosi. Respublika miqyosidagi ko'rgazmalarda qatnashib kelgan. Samarqand viloyat xokimiyatida tashkil qilingan xotin - kasbga tayyorlash bo'yicha kursda kashtachilikdan dars beradi. Lola Bultakova Jomboy tumanidan va bu tumandan so'ng Bulung'ur tumanoiga va Jizzax viloyatining G'allaorol tumaniga tutash tumanlardir. Bu hududlar ilgaridan bir -biri bilan aloqa qilishadi. Ya'niy urf-odatlarida, kelin sarpolarida ham yaqinlikni sezish mumkin. Jizzax viloyatining Samarqanandga yaqin tumani G'allaorolida asosan kelinlar sepiga ko'plab katta va mayda yostiqlar tikishadi va bu hususiyat Jomboyga ham o'z ta'sirini o'tkazgan va Lola opa ijodda ham asosan yostiq qoshlarni ko'rishimiz mimkin. Kashtachilik buyumlaridan yostiqga qosh tikadi va buyurtmalar qabul qiladi. Lola opa kashta tikishni uyida ham o'rgatadi. Ammo buning uchun haq olmaydi. Sababini so'raganimizda kashtachilikka ko'pchilik qiziqib, urinib ko'rishini, ammo buni hamma ham oxirigacha o'rganib olib borolmasligini ta'kidladi. Sababi kashtachilik sabr-toqat, mashaqatli mehnat va ijodkorlikni talab qilishini ta'kidlaydi.Yostiq qoshlarga kashta nushalarini o'zi chizadi. Buni ikki usulda: ko'chirish va erkin kompozisiya asosida yaratadi. Lola Bultakova yostiq qoshlarni oq, sariq, ko'k, yashil, qora rangdagi sun'iy, ipak matosiga turli rangdagi sintetik iplar bilan kashtalar tikadi. Samarqand viloyatining ko'pgina tumanlarida kelinlar sepiga katta va kichik yostiqlar qoshlariga kashta tikilishi haligacha urf-odatdir. Shu jumladan Jomboy tumanida ham bu saqlanib qolgan. Kundan kunga yostiq qosh nushalari sayqallanib, jimjimador ko'rinishda yaratilmoqda.
Samarqand shaxridagi kashtado'zlarning ustaxonalari tarixiy obidalar ichida va oldida joylashgan. Hususan Registon, Shohi Zinda, Bibixonim, Go'ri Amir, Ruhobod majmualarida joylashgan bo'lib, kashtado'zlar o'zlari tikgan maxsulot bilan birgalikda boshqa hududlar kashtalarini ham sotuvi tashkil qilingan.
Kahstachilarning dizaynerlar bilan hamkorlikda ishlash, turli mayda kashtachilik buyumlari: bosh kiyimning turli ko'rinishlari, sumkacha, telefon g'iloflari va boshqalarni ko'rish munkin. Chunki ayni davrda yirik kashtalardan mayda kashta buyumlari tur jihatidan ko'p xillikni o'znida aks ettiradi. Yirik qo'l kashtalari borasida bugun Samarqandda Nurato, Urgut kashtado'zlari yirik so'zana va bolinpo'shlar, ro'yjolar tikmoqda. Yirik kashta buyumning turlari kam. Naqsh turi to'ba don - bu takrorlanib keluvchi naqshdir, yirik rozetkalardir. Ammo mayda kashtachilik buyum turi judayam xilma-xillikni tashkil qiladi. Bugungi kunda qo'l kashtasida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar tomonidan tayyorlanayotgan buyum turini ikkiga ajratish mumkin.
I-turi:Turmushda ishlatiladigan kashtachilik buyumlari va II-turi: faqatgina suvenir va bezak vazifasida foydalanadigan buyumlar.
I-turi ya'niy turmunshda ishlatiladigan buyumlar:bolinpo'sh, so'zana, choy xalta va belbog', do'ppilar. Bu buyumlar uzining qadimgi vazifasini saqlab qolgan. II-turidagi buyumlar suvenir, inter'er bezagi kabi turlariga bo'linadi. Masalan Mavluda Hamdamova asosan yirik kashtalarni, so'zana va bolinpo'ning kichik hajmini tayyorlasa, Urgutning Navbog' mahallasidan Munira Xursandova liboslar uchun tasmalar va mehmonxonalar va restoranlar inter'eri uchun yostiqchalarni tayyorlamoqdalar. Ishlatish ashyosidan butunlay farq qiluvchi Samarqandning ipak qog'ozlariga kashtalar tikayotgan, "Hunarmandlar" uyushmasiga hali a'zo bo'lmagan kashtado'z Chelaklik Qursiya Pardayeva qog'ozga ipak iplar bilan kashtalarni tikmoqda. Mazkur kashtalarni kashtado'z Zarif Muxtorovning "Konigil-meros" qog'oz ishlab chiqarish korxonasida tayyorlanayotgan Samarqand qog'oziga tikmoqda. Buyumlarda qo'gozning sifati umuman buzilmaganligini ko'rish mumkin. Bu Qursiya Pardayevaning tikish texnikasida qo'llagan usuli va mahoratidan darak beradi.
Kuzatish va tahlillardan ma'lum bo'ldiki amaliy san'at buyumlarining o'z vazifasini bajarishi Samarqand kashtachiligida bir vazifaning kamayib (mayishiy hayot ehtiyoji uchun paydo bo'lgan) ikkilamchi zamonaviy an'anaga aylanib borayotgan, suvenir vazifasi ortganligini ko'ramiz. Chunki suvenir buyumlari bozori chaqqon va kundan-kunga turli ko'rinishlari yaratilmoqda. Unga talab kompozitsiya, rang, shakl umuman go'zallik tamoyillari albatta sifatli ham bo'lish sharti bor. Ammo bu Samarqand kashtalari o'z vasifasini yo'qotmoqda degani emas. U ikkilamchi vazifasida ham insonlarda badiiy estetik taassurot u'yg'otishga yo'nalmoqda deyish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. «HUNARMANDCHILIK FAOLIYATINI QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI
TO'G'RISIDA» O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2021-yil 30-dekabr, PQ-77-son )
2. O'zbek xalq amaliy san'ati. O'quv qo'llanma /A .Hakimov, Z .Nosirova, B.Nodir. - Toshkent, 90-bet: 2019. - 132 b. 6-b.]
3. «HUNARMANDCHILIK FAOLIYATINI QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA» O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2021-yil 30-dekabr, PQ-77-son