Научная статья на тему 'KASHTACHILIK LEKSIKASINING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI'

KASHTACHILIK LEKSIKASINING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
159
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kashta / kashtado’z / naqsh / gul / chok / do’ppi / iroqi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bahodirova Gulruh Bahodirovna

Kashtachilik leksikasi shu qadar keng qirrali va rang-barangki, bu mazkur tasnifni yanada chuqurlashtirishimizga imkon beradi. Quyida kashtachilik buyumlarida ishlatiladigan naqsh elementlari nomlari tasniflangan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KASHTACHILIK LEKSIKASINING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

KASHTACHILIK LEKSIKASINING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI Bahodirova Gulruh Bahodirovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi bahodirova86@bk.ru https://doi. org/10.5281/zenodo. 7993416

Annotatsiya. Kashtachilik leksikasi shu qadar keng qirrali va rang-barangki, bu mazkur tasnifni yanada chuqurlashtirishimizga imkon beradi. Quyida kashtachilik buyumlarida ishlatiladigan naqsh elementlari nomlari tasniflangan va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: kashta, kashtado'z, naqsh, gul, chok, do'ppi, iroqi

Ma'lumki, har bir milliy tilda o'ziga xos terminologik sistemalar mavjud. Terminshunoslikni o'zbek tilshunosligida jadal rivojlanayotgan soha sifatida e'tirof etish mumkin.[1]

O'zbek kashtachilik terminlarining semantik tahlili, avvalo, ularning asosiy leksik-semantik guruhlarini aniqlab olishni taqozo etadi. Bu jarayon birmuncha murakkab bo'lib, birinchidan, soha leksikasining areal xoslanishi, hudud aholisining urf-odatlari, etnomadaniy jihatlari bilan bog'lansa, ikkinchidan, yondosh sohalar - do'ppido'zlik, gilamdo'zlik, zardo'zlik, tikuvchilik, to'quvchilik, naqqoshlik leksikasi bilan o'ta aralashib ketgani bilan bog'lanadi. Bu esa kashtachilik terminlarining semantik tasnifi va tavsifiga bir paytda bir necha aspektlarda -etnolingvistik (antropologik lingvistika), etnografik, etnomadaniy, lingvomadaniy, areallingvistik nuqtai nazarlardan yondashishni talab etadi.

Ma'lumki, til lug'at qatlamining muayyan aspekti ahamiyatini ochib berish asosiy leksikologik tushuncha va kategoriyalarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Jumladan:

1) leksikaning tizimlilik xususiyati;

2) so'zning leksik ma'nosi;

3) so'z ma'nosining semasiologik va onomasiologik aspekti;

4) ma'noning paradigmatik va sintagmatik tavsifi;

5) so'z ma'nosi va uning hissiy, ta'siriy, uslubiy tavsifi;

6) asosiy leksik kategoriyalar: ko'p ma'nolilik, sinonimlik, omonimlik, antonimlik va boshq[2].

Kashtachilik leksikasini shu soha vakillari uchungina zarur bo'lgan, terminlashgan so'zlar tashkil etib, ularning tarixiy etimologik asosi, genetik, lug'aviy qatlamlari ma'naviy merosimiz, muqaddas qadriyatlarimizni o'zida jamlagan dialektal leksika bilan bilan chambarchas bog'liq. Ya'ni kashtachilik terminlari turli hudud shevalarida turlicha yuritilishi, adabiy til va shevalardagi ma'nosida tafovut kuzatilishi mumkin. Masalan, Kitob, Shaxrisabz kashtachiligida adabiy tildagi palak, so'zana, choyshab kabilar joypo'sh, joyparto; kirpech -bo'xchaparto, bo'xchapech, do'ppi - qalpoq, jiyak - qur, ayollar qalpog'i - iroqi, erkaklar qalpog'i - sherozi, kulutapo'shak- kulo'ta deb yuritiladi. Bu esa kashtachilik leksikasi tasnifiga areal, etnik yondashishni taqozo qiladi.

Kashta aksariyat terminlar kabi ko'p ma'noli bo'lib, keng ma'noda, kashtachilik mahsulotlari - kashtali kiyim yoki badiiy buyum nomi (so'zana, joypo'sh, yostiqpo'sh, palak kabilarning umumiy nomi), tor ma'noda kashtali kashta bezagi, naqshlar iga nisbatan ishlatiladi. Shu nuqtayi nazardan kashtachilik leksikasini, avvalo, quyidagi katta guruhlarga bo'lib olamiz:

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

1. Kashtado'zlik terminlari.

2. Do'ppido'zlik (qalpoqdo'zlik) terminlari.

3. Jiyakdo'zlik (jahaydo'zlik) terminlari.

Kashtachilik asarlari mahalliy xalqning bayramlari, to'y marosimlarining ajralmas qismi sanalib, turmushga chiqayotgan qizlar uchun beriladigan "sep"ni bezagan[3].

O'zbek kashtachilik terminotizimi leksik-semantik jihatdan nihoyatda serqirra va rang-barang. Bu esa kashtachilik leksikasining semantik ko'lamini mukammal aks ettirish uchun uning tarkibini makro va mikrosemantik maydonlar, leksik-semantik guruhlarga bo'lib o'rganishni taqozo qiladi. Zero, "mehnat faoliyati yoki amaliy san'at turi, kishilarning muayyan mashg'uloti, umuman, qaysi sohaga xoslanganligiga ko'ra kasb-hunar leksikasi semantik maydonida bir necha alohida-alohida leksik-semantik guruhlarni tashkil etadi. Ushbu guruhlar o'z ichida shu mashg'ulot turi bilan bog'liq turli narsa, predmet, belgi, harakatlarn ing nomini bildirishiga ko'ra muayyan mavzuiy guruhlarga bo'linadi"[4].

Kashtachilik leksikasini leksik-semantik jihatdan quyidagicha tasnif qilish mumkin:

I. KASHTALI BUYUM NOMLARI

1. Kashtali kiyim-kechak nomlari.

1) Bosh kiyim nomlari: a) kundalik bosh kiyimlar nomi: qalpoq, shirozi, kalapo'sh, qizqalpoq, erkak qalpoq, qiyiq (cha), peshanavat (peshonaband); b) to'y-bazmda kiyiladigan bosh kiyim nomlari - boshqars, ro'ypatto, qasava, kuyov qalpoq; v) yoshga qarab kiyiladigan bosh kiyim nomlari - kulo'ta (kultapechak, kultapo'shak), shabpo'sh; g) bosh kiyim qismlari nomlari - qur, tepa, kizak, karj, ova, jiyak, zehak;

2) Ust kiyim nomlari: a) kundalik kiyim nomi - ko'ylak, belqars, nimcha (nimtana, kaltacha, kultacha); b) to'y-bazmlarda kiyiladigan kiyim nomi - to'yqars, xatnaqars, kuyovqars, katta ko'ylak, paranji, kelin ko'ylak, poycha, nikoh ko'ylak; v) aza marosimida kiyiladigan kiyim nomi - itqars, qiyomat qiyiq, g'arib qalpoq, po'ta (fo'ta); g) kiyim bezaklari nomi - belbog', belqars, jiyak (jahay), izmak, yengcha/yeng kashta.

2. Kashtali badiiy buyum nomlari.

1) devor jihozi - palak, oypalak, gulpalak, so'zana, kirpich, zardevor, dorpech, darparda; 2) yopqichlar - joypo'sh, ro'yijo, choyshab, sandalpo'sh, kirpech, bo'xchapech (bo'xchapo'sh, bo'xchaparto), takyapo'sh, yostiqpo'sh, lo'lapo'sh.

3. Kashtali uy-ro'zg'or buyumi nomlari.

1) uy buyumlari -joynamoz, gulko'rpa, bo'g'joma, dasro'mol; 2) oshxona buyumlari -dasturxon, oynaxalta, shonaxalta, choynakpo'sh, qoshiq xalta, xamirturush dasturxon, koziklengi; 3) maishiy buyumlar - sumka, hamyon (qopchiq), kamar, etik, maxsi, qin (pichoq qini).

II.KASHTA NAQSHLARI - GUL, TASVIR ELEMENTLARI NOMLARI

1. O'xshashligiga ko'ra: 1) o'simlik, gul, mevaga o'xshashiga ko'ra - bodomgul, beshgul, gilosak, qo'shbodom, gulishashbarg, sebarga, mo'hja/mo'g'ja, qalampir, paxtagul, rayhon, dastagul, chorbarg, shox, butador, gulinor (gulianor), bachki, lola, ko'knori, chordona; 2) hayvon va hasharot, qush a'zolariga o'xshashiga ko'ra - bulbul ko'zi, chashmiqush, qushpanja, parri kusho, parri bofta, pargori, yol, tovus, kaptar, morpech; 3) inson a'zolariga o'xshashiga ko'ra - dannon, tish, qosh, chashm (ko'z); 4) narsa-buyumlarga o'xshashiga ko'ra taroq, arra; 5) samoviy jismlarga o'xshashiga ko'ra - mohtob, palak, mohi, sitora, oy.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

2. Naqsh, bezak xususiyatiga ko'ra - kamkashta, serkashta, siyrakgul, kambar, serbar, tirkama gul, yetalatma gul.

O'zbek xalq naqshlarida ko'proq yaproq, gul, g'uncha, kurtak, lola, qalampir, anor, anor bargi, nok, ko'p bargli gul va boshqalar ifodalanadi[5].

Islom e'tiqodiga ko'ra jonli mavjudotni chizish, tikish - tasvirlash man etilgani sababli o'zbek kashtachiligida, asosan, islimiy - o'simliksimon naqshlardan foydalanilgan. Bu turdagi naqshlarda, odatda, "tanob, band, bargli, kurtakli butalardan tashkil topib, bir-biri bilan chirmashib ketadi"[6].

III. TIKISH USULI, CHOK TURI NOMLARI

1. Chok turiga ko'ra: 1) sanab tikishga asoslangan chok turi bilan bog'liq nomlar -sanama, terma sanama, chizma sanama; 2) chizib tikishga asoslangan chok turi bilan bog'liq nomlar - bosma, bosma chok, erkin chok, chizma chok, ixtiyoriy chok.

2. Tikish usuliga ko'ra - guldo'zi, zamindo'zi, to'ldirma, zardo'zi, iroqi, kandaxayol, chindaxayol, piltado'zi, yo'rmado'zi, tagdo'zi (qalpoq), xomdo'zi, ovado'zi, ilmado'zi (ilmaqalpoq), chakmato'r (qalpoq).

IV. KASHTACHILIK QUROLI (ANJOMI) NOMLARI

1. Ish qurollari nomi - igna (iyna, nina), angishvona (angusht), nimdo'z (tevona), bandaigna (ignaband, bandaiyna, to'g'nog'ich, iynabog'ich), kurjuk (kryuchok, ilmoqli bigiz), chanbarak, qaychi;

2. Mato (turi) nomlari - kanva, shoyi, ipak, satin, atlas, bo'z, doka, surp, chit, avra, astar, charm;

3. Ip (turi) nomlari - ip, ipak, no'kcha, kalava, zar ip, kumush ip, simcha, mulina.

4. Tosh, bezak ashyolari nomlari - mildiroq (piston), dur, munchoq, tanga, nuqra.

V. RANG NOMLARI

1.Adabiy tilda mavjud bo'lgan rang nomlari - qizil, qizg'ish, qizg'imtir, sariq, to'q sariq, gulovi, pushti, ko'k, qora, yashil, oq.

2. Adabiy tilda uchramaydigan rang nomlari - bika, to'taki, zaynovi, shol, pushtigul, sovsan, nilobi.

Kashtachilik leksikasi shu qadar keng qirrali va rang-barangki, bu mazkur tasnifni yanada chuqurlashtirishimizga imkon beradi. Masalan, faqat kashtadan tashkil topgan yaxlit buyumlar -palak, so'zana, joypo'sh, belqars, boshqars, yostiqpo'sh hamda kiyim-kechak va maishiy buyumga bezak sifatida tikilgan kashta buyumi nomlari - oyna xalta, shona xalta, nimcha, peshonaband, kamar; kashtaning qaysi turi bilan shug'ullanishiga ko'ra shaxs nomlari -kashtado'z, qalpoqdo'z, jiyakdo'z, qalamkash (matoga kashta bezagini chizib beruvchi); kashta tikiladigan oyoq kiyimi nomlari - etik, maxsi; bosh kiyimning naqsh shakli, matosi, tikilish usuliga ko'ra farqlanadigan turlari nomi, masalan, xotin-qizlar bosh kiyimining chinnigul, grbeshin, gul va bulbul, lola, qora qo'rg'on, anorgul, bodomgul, dastagul, chamandagul, qalampirnusxa, qashqargul; erkaklar bosh kiyimining to'ppicha, qilich, oynacha, minora, samarqandnusxa, xurshid, hoji kabi turlari, kashtachilikda ishlatiladigan qimmatbaho tosh, oltin (zar ip) va kumush suvi yuritilgan ip, ipak (pilla, zig'ir toladan tayyorlangan), jun nomlari tasnifdan alohida joy olmadi.

O'zbekistonda turizmni rivojlantirish barobarida zamonaviy kashtachilik taraqqiyotiga ham keng yo'l ochildi. Bugungi kunda kashtachilikda maishiy buyumlar bilan birga kundalik liboslarning ma'lum qismlarini bezash, shuningdek, zamonaviy iste'molchining didiga mos,

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

sovg'abop buyumlarni tikish, buning uchun klassik bezaklar bilan zamonaviy bezaklarni uyg'unlashtirigan tizim yaratish ustida ishlanmoqda.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, o'zbek kashtachilik leksikasi semantik jihatdan boy bo'lib, har bir kashta buyumining turli qirralari alohida tasnifni talab etadi. Bu esa tasnifga makro, mikrosemantik maydonlar va ichki leksik semantik guruhlarni aniqlash asosida yondashishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. Ширинова Е.Т. Узбек тили банк-молия терминологияси: филология фанлари буйича фалсафа доктори (Phd) диссертацияси автореферати// avtoreferat_shirinova_ekaterina_15_09_2020_converted.pdf (tsuull.uz); (PDF) Узбек тили банк-молия терминологияси. Автореф. Ширинова Е. (researchgate.net)

2. Бахриддинова Б.М. Узбекистонда укув лугатчилиги: лингвистик асослари, тарихи ва истикболлари: Филол.фан... доктори (DSc) дисс. - Самарканд. 2020., -252 б. - Б. 45

3. http://ich.uz/uz/ich-of-uzbekistan/national-list/domain-5/461-kashtachilik

4. Мухаммадалиева М.Н. Узбек тилидаги касб-хунар номларининг лексик-семантик ва деривацион хусусиятлари: Филол. фан. буйича фалсафа док. дисс. - Фаргона, 2021. 137 б.

5. Шомирзаев М.Х. Миллий тарбияда каштачиликнинг урни // Таълим ва инновацион тадкикотлар. 2021, -Б.342-345

6. Х,абибулло Солих. Рамзий безаклар маъноси. -Тошкент: Узбекистон, 2003. - Б.33

7. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

8. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

9. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

10. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

11. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

12. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

13. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

14. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

15. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

16. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

17. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

18. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

19. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

20. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно -творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

21. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.