XORAZMDA CHITGARLIK VA MATOGA GUL BOSISH SAN'ATI
Gulchexra Ozodovna Sultanova sultonovagulchehra5 @gmail .com Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada qadimdan Xorazmda to'qimachilik, chitgarlik, matoga gul bosish saholari rivojlanganligi, qimmatbaho matolar, amaliy san'at buyumlari, tayyor liboslar xorij davlatlariga jo'natilganligi bayon etilgan. Xiva xonligi davrida bo'z, chit, olacha, obyo'l, baxmal matolari ko'p ishlatilganligi, Xorazmda ipakdan ro'mol, belbog' (turma va madali) ham tayyorlanganligi, to'quvchi kosiblar asosan Xiva mahallalarida istiqomat qilganlarligi, ipak ishlab chiqarish ustaxonalarida 100 dan ziyod usta ishlaganligi haqida ma'lumotlar yoritilgan. Xorazm to'qimachiligi,chitgarlik, matoga gul bosish saholarida o'ziga xos naqsh va bezaklar turlari mavjudligi, matolarni bezatishda naqshning har bir rangi uchun alohida qolip qo'llanganligi va bugungi kunda Xiva " Ichan - qal'a" Davlat muzey - qo'riqxonasi amaliy san'at bo'limida turli ko'rinishdagi matoga gul bosishga mo'ljallangan qolip namunalari o'rin olganligi bayon qilingan.
Kalit so'zlar: Xorazm, to'qimachilik, chitgarlik, qolip, ipak, bo'z, chit, olacha, ustki kiyimlar, gul bosish, naqsh va bezaklar
THE ART OF WEAVING AND PRINTING IN KHOREZM
Gulchekhra Ozodovna Sultanova [email protected] Urganch State University
Abstract: This article states that since ancient times, weaving, embroidery, floral embossing have been developed in Khorezm, valuable fabrics, objects of practical art, and ready-made clothes have been sent to foreign countries. During the period of the Khiva Khanate, gray, chit, olacha, obel, velvet fabrics were widely used, silk scarves, belts (turma and madali) were also made in Khorezm, weavers mainly lived in the Khiva quarters, more than 100 craftsmen worked in Khorezm. silk workshops. Khorezm textiles, painting, flower printing on fabric has its own patterns and decorations, a separate form is used for each color of the pattern in the finishing of fabric, and today in the appliqué department there is a form for printing different types of flowers on fabric. art of the Khiva State Museum-Reserve "Ichan-Kala".
Keywords: Khorezm, fabric, embroidery, pattern, silk, gray fabric, chit, olacha, outerwear, floral print, patterns and ornaments
I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz
Qadim qadimdan Xorazmda qudratli davlat va uning markaziy obod shaharlari mavjud bo'lgani, dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me'morchilik va shaharsozlik san'ati yuksak rivojlangani, ming yildan ortiq tarixni o'z ichiga olgan qo'lyozma kitoblarimiz buning dalil isbotidir. Xorazm moziydan boshlab adabiyoti, san'ati va madaniyati rivoj topgan yurt bo'lib, uning o'z tili va yozuvi bo'lgan. Ayniqsa, Xorazm amaliy san'ati asrlar osha rivojlanib, takomillashib, o'zga xos xususiyatlari va maktablari shakllangan bo'lib, bugungi kunda O'zbekiston amaliy san'atida munosib o'ringa ega.
Azaldan matoga gul bosib chiqarish hozirgi O'zbekiston hududida yashab turgan aholi o'rtasida keng tarqalgan edi. Gul bosilgan dasturxonlar, ko'rpalar, ro'mollar, ayollar kiyimi uchun mo'ljallangan yuqori sifatli gazlamalar, turli xil choyshablar, ot yopinchig'igacha gul bosilgan maxsulotlar uy-ro'zg'or maqsadlarida ishlatilar va bezak vazifasini bajarar edi. San'atning bu turi bo'yicha Buxoro va uning atrofidagi qishloqlarda yashagan ustalar mashhur bo'lgan. Xorazm gul bosish uslubi ham o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xorazm vohasining to'qimachilik kasb-hunari, o'zining boy tarixi, yuksak madaniyati va taraqqiy etgan an'analariga ega. Xorazmlik to'quvchilarning mahorati azaldan nafaqat O'rta Osiyoda, balki boshqa olis mamlakatlarda ham dong'i ketgan. O'tmishda to'qimachilik xonlikning ko'pgina shaharlarida rivoj topgan, hatto u yerda to'quvchilar dahalari ham mavjud bo'lgan. Ip-gazlama va shoyi to'qish bilan asosan erkaklar shug'ullangan. Ip-gazlama matolarni turlari xilma-xil bo'lsa-da, ularni tayyorlash texnologiyasi serqirra va asrlar davomida o'zgarmagan. Iplar charx yordamida yigirilib, keyin bo'yalagan va yog'och to'quv dastgohida mato qilib to'qilgan.[1]
Oddiy xomsurp ustiga hunarmandlar ustalar matoga gul bosish uchun maxsus o'yma yog'och qolip shakllari yordamida muhrlash usuli orqali naqshlar tushirganlar. O'z navbatida ayollar, do'ppi va taxyalar (kashta tikilgan do'ppi) tikishgan. Xiva taxyalari - chumakli qazma (baxmal), papakli, manotli taxyalari o'ziga xosligi va jozibaliligi bilan ko'zni quvontiradi. Qo'li gul ustalar yaratgan nafis va sifatli mahsulotlar nafaqat mahalliy bozorlarga, balki qo'shni mamlakatlarga ham yetkazib berilgan.
Xorazmda kashtado'zlik, zardo'zlik rivojlanmagan bo'lsada, chitgarlik, matoga gul bosish, badiiy ko'nchilik sohalari taraqqiy etgan. Xorazmda xonlik davrida asosan g'o'za, kanop, zig'ir yetishtirishga alohida e'tibor qaratilgan. Bu ekinlarning tolasi, poyasidan, shuningdek, jundan, ipakdan matolar to'qilib, ulardan kiyim-bosh tayyorlaganlar. Paxta ipidan to'qilgan yo'l-yo'l rangli gazlama - olacha juda ommabop bo'lib, chakmon, ayollar ustki kiyimlarini tikishda qo'llanilgan. Paxtadan oddiy oq mato - bo'z va turli rangdagi to'qilgan. Oddiy odamlar bo'z va chit, aslzodalar va badavlat kishilar esa ipak matodan tikilgan kiyim kiyishgan. [2] Beqiyos shoyi mato hisoblangan beqasam asosan jamiyatning o'ziga to'q mulkdor qatlamlari orasida urf
I [ccñ^^BI 695 http://oac.dsmi-qf.uz
bo'lgan. Bunday matodan asosan erkak, ayol va bolalar uchun kundalik ustki kiyimlar tikilgan. Xiva xonligida bo'z, chit, olacha, obyo'l, baxmal matolari ko'p ishlatilgan. Xorazmda ipakdan ro'mol, belbog' (turma va madali) ham tayyorlangan. Ularni to'quvchi kosiblar jammoblar deb atashgan. Ular Xivaning Nurullaboy mahallasida istiqomat qilganlar. 1822 yildagi arxiv ma'lumotlariga ko'ra, Xiva xonligida 40 ta ipak ishlab chiqarish ustaxonasida 100 dan ziyod usta ishlagan. Har bir ustaxonada yiliga o'rtacha 8300 ta ro'mol yoki turma belbog' to'qilgan. [3]
Xorazm qadimdan yirik xalqaro savdo markazi hisoblanganligi, bu yerdan xorij davlatlariga jo'natiladigan buyumlar ichida, nafaqat qimmatbaho matolar, amaliy san'at buyumlari, balki tayyor liboslar ham bo'lganligi XX asr boshlariga qadar Xiva shahri to'qimachilik va shoyini to'qish bo'yicha asosiy markaz hisoblangan. Xorazmda ko'plab matolar ishlab chiqarilib, ular ichida eng asosiylari naqshsiz shoyi va ip gazlamadir. Shuningdek, bu hududda, nafaqat matolarni to'qish, balki bo'yash ishlari ham olib borilgan. Ayollar asosan liboslarida yorqin ranglarni qo'llashni ma'qul ko'rishgan, jumladan, qizil rang ayollarning eng sevimli rangi hisoblangan. Qora, ko'k va yashil ranglar, asosan erkaklar libosida qo'llanilgan. Jumladan, timqora rangdagi ingichka yo'l-yo'lli mato erkaklar libosida ko'p uchragan. XX asr boshlariga kelib, Xivada bir qator matolar sirasi, jumladan, shoyi, abrband tasvirli podshoyi, qizil va jigarrangli olacha kabi matolar ishlab chiqarilgan. Erkaklar choponlari uchun asosiy matolardan olacha matosi hisoblangan. Xorazm erkaklar libosida oldi ochiq ko'ylak va po'stinni uchratish mumkin.[4] Erkaklar ko'ylak ustidan bog'lash uchun matodan tayyorlangan turma, madali-belbog' hamda belga bog'lanadigan - uromaldan foydalanishgan. Bosh kiyim sifatida esa, qo'y junidan tayyorlangan cho'girma, telpak, do'ppi - taxiya kiyilgan. Xorazm ayollarining libosi o'zining oddiy xushbichimi, qavib tikilganligi va bejirim hamda boshqa hududlar bezagiga o'xshamasligi bilan tubdan farq qilgan. [5]
Xorazm to'qimachiligida o'ziga xos naqsh va bezaklar: islimiy ornament usullari qo'llanilgan bo'lib, bularga: beshyulduz, sakkkizyulduz, girih, madoxil, uchbarg, besh-barg, qarg'atish, anorgul, olmagul va boshqalar kiradi.
Matoni gul bosish yo'li bilan bezatish an'anaviy san'ati ornamental yog'och o'ymakorligi bilan bog'liqdir. O'yma naqshli yog'och qoliplar bilan gul bosish qadimiy usuli ko'p xalqlarga ma'lum va hamma joyda bu o'zining ajoyib soddaligi va boyligi bilan badiiy tasvirlash san'atining milliy o'ziga xosligini aks ettirgan. Qolip yasash yog'och o'ymakorligining alohida bir sohasi bo'lgan. Gul bosilgan matolarning bezak kompozitsiyasida gullar, g'unchalar, chirmashib ketgan novdalar, barglar, shuningdek, mevalar-anor, bodom, kuluplay va boshqalar keng o'rin olgan. Geometrik motivlar bu o'rinda hamisha kompozitsiyaning ravon, shu bilan birga aniq-ravshan ritmlarga bo'ysundirilgan bo'ladi, bu ayniqsa boy, rango-rang hoshiyali, o'rtasida katta-katta ko'p qatorli doiralar joylashgan. Markazli kompozitsiyalarda katta
I [ccñ^^BI 696 http://oac.dsmi-qf.uz
geometrik shakllar tasvirlanib, o'simliksimon naqsh motivlari: novada, butalar, gullardan lolalar, chinnigullar va anor mevalari tasvirlari bilan to'ldirilgan. Ayrim sabablarga ko'ra XX asrning o'rtalarida bu san'at turida xiva gul bosish san'ati an'analari unitilgan. Xozirgi vaqtda bu badiiy hunarni qayta tiklashga urinishlarni chitgar ustalar ijodida kuzatish mumkin. [2]
Xorazmda so'zanalar bosma usulda tayyorlangan. XIX asrda Xorazmda matoga gul bosish san'ati o'zining binafsha - kulrang uyg'unligi va mayda gullari bilan O'zbekistondagi boshqa matoga gul bosishning boshqa markazlaridan farq qiladi.
Chitgarlikda asosan paxtadan tayyorlangan oq bo'z keng ishlatilgan. Chunki bo'z mayin mato bo'lgani bois, bo'yoqni o'ziga yaxshi singdirgan. Chitgarlikda qoliplar muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir chitgarning o'nlab, hatto, yuzlab qolipi bo'lgan va bu qolip avloddan-avlodga meros bo'lib o'tgan.
Matolarni bezatishda naqshning har bir rangi uchun alohida qolip qo'llangan. Xorazmda qoliplar, asosan, qayrag'och va olmurut (nok) daraxtlaridan tayyorlangan. Xorazm chitgarligida "pechaki", "marg'ula", "olmagul", "ilonizi", "qo'chqor shoxi," "qalampir" kabi islimiy naqsh turlari keng qo'llanilgan. Xonqa, Chitgaron va Abduvois Xorazmda chitgarlikning asosiy markazlari bo'lib kelgan. Bosma qoliplar avloddan-avlodga meros qilib qoldirilgani tufayli Xorazm chitgarligida uzoq davr mobaynida mahalliy xususiyatlar saqlanib qolgan. [6] Bugungi kunda Xiva " Ichan - qal'a" Davlat muzey - qo'riqxonasi amaliy san'at bo'limi yog'och o'ymakorligi ekispozitsiyasidan turli ko'rinishdagi matoga gul bosishga mo'lljallangan qolip namunalari o'rin olgan. Bu betakror qolib namulalarini kuzatar ekanmiz vohada matoga gul bosish san'ati yuksak darajada rivojlanganligini guvohi bo'lamiz.
Читгар цолиплари. Хива, XIX- XX асрлар "Ichan Qal'a" muzey-qo'riqxonasi ekspozitsiyalarida xar xil gazlamalardan turli usullarda tayyorlangan turli bosh kiyimlar, chaponlar, ko'ylak (KP № 73) va yelaklari (KP №650, 657, 660, 672) namoyishga qo'yilgan. Bulardan kashta tikilgan do'ppilar (KP № 753), baxmal do'ppilar (KP №2 4633), kelinning to'yda kiyiladigan bosh kiyimi (KP № 759) va katta ayollarning bosh kiyimlari ham namoyishdan o'rin olgan . Muzeylarda asosan XIX asr oxiri - XX asr boshiga oid mato va kiyimlar saqlanadi. Muzeylardagi eksponatlarni kuzatar ekanmiz, Xorazmda aholi o'rtasida yaqin o'tgan
I ГсОТ^^^^Н http://oac.dsmi-qf.uz
davrda oq, qora, jigarrang matolardan ko'proq foydalaganini ko'rsatadi. Shoyi matolarda qizil, oq, sariq, och havo rang va yashil rang ko'p qo'llangani ko'rish mumkin.
Гул босилган сузана. XX аср. Гул босилган дастурхон. XX аср
"Ichan Qal'a" muzey-qo'riqxonasining "Amaliy san'at" bo'limida XVII-XIX as-rlarga oid juda ko'plab nodir muzey buyumlar saqlanmoqda. Bu o'sha davrda chitgarlik, matoga gul bosish san'ati yuksak taraqqiy etganini ko'rsatadi. Hozirgi kunda vohada bu san'at unitilib ketgan, faqat bu san'atga oid namunalarni muzeylardagina uchratamiz. Bugungi kunda badiiy hunarmandchilikni yo'qolib ketgan turlari va badiiy texnologik uslublarini, mahalliy xususiyatlarini tiklash va boyitish, yo'qolib borayotgan an'analarni asrab-avaylash, jumladan, matolarga gul bosish san'atini o'rganish, qayta tiklash muhim ahamiyatga ega. Tarixiy merosimizni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Нородное искусство Узбекистана. -Тошкент:Изд.лит.и искусства Г.Гуляма,1979.
2. Хива город тысячи куполов.-Тошкент.Полиграфического концерна "Шарк",1997.164 с
3. Абдуллаев М.С. Хоразм амалий безак-санъатининг ривожланиш тарихи (XVI-XX аср бошлари). Санъатшунослик фанлари буйича фалсафа доктори (Phd) дисс.автореф. - Тошкент, 2018. - 53 б.
4. Садыкова Н. Национальная одежда узбеков Хорезма XIX-XX вв. -Ташкент: Шарк, 2007. - 32 с.
5. H.H.Kamilova, Z.I.Rahimova, U.S.Raxmatullaeva. O'zbek milliy liboslari va an'anaviy qadriyatlar. Monografiya.-Toshkent: 2018. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.-332 б
698
http://oac.dsmi-qf.uz
6. «mAH-KA^LA» ^AB^AT MY3EH-KyPHKXOHACH TmHAMH. «SILK ROAD MEDIA» • «EAST STAR MEDIA» -TOSHKENT. 2021, 466 6
699
http://oac.dsmi-qf.uz