Научная статья на тему 'XIVA NAQQOSHLIK SAN’ATI USLUBINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

XIVA NAQQOSHLIK SAN’ATI USLUBINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
317
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
bezak / naqsh elementi / bargli gul / ko‘p bargli gul / Toshkent naqsh elementi / zangori va yashil ranglar / madohili naqsh

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Quvondiq Shonazarovich Ro‘zmetov, Nigora Egamberganovna Ibadullayeva

Maqolada Xiva naqqoshlik san’ati uslubining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar va Xiva naqqoshlik san’ati uslubidagi naqsh kompozitsiyalarda naqsh elementlarining qo‘llanilishi, shakli, ma’nosi, naqsh kompozitsiyalarning tuzilishi va ulardagi rangshunoslik haqidagi ma’lumotlar bosqichma-bosqich berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XIVA NAQQOSHLIK SAN’ATI USLUBINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023

XIVA NAQQOSHLIK SAN'ATI USLUBINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Quvondiq Shonazarovich Ro'zmetov kuvondiqruzmetov@gmail .com Nigora Egamberganovna Ibadullayeva [email protected] Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Maqolada Xiva naqqoshlik san'ati uslubining o'ziga xos xususiyatlari haqidagi ma'lumotlar va Xiva naqqoshlik san'ati uslubidagi naqsh kompozitsiyalarda naqsh elementlarining qo'llanilishi, shakli, ma'nosi, naqsh kompozitsiyalarning tuzilishi va ulardagi rangshunoslik haqidagi ma'lumotlar bosqichma-bosqich berildi.

Kalit so'zlar: bezak, naqsh elementi, bargli gul, ko'p bargli gul, Toshkent naqsh elementi, zangori va yashil ranglar, madohili naqsh

DISTINCTIVE CHARACTERISTICS OF THE ART STYLE OF XIVA

PAINTING

Kuvondyk Shonazarovich Rozmetov [email protected] Nigora Egamberganovna Ibadullayeva [email protected] Urganch State University

Abstract: The article provides information about the peculiarities of the style of Khiva ornamental art and provides step-by-step information about the use of pattern elements in patterned compositions in the style of Khiva ornamental art, about the form, meaning, structure of patterned compositions and color studies in them.

Keywords: ornament, pattern element, leaf flower, multi-leaf flower, Tashkent pattern element, blue and green colors, madohili pattern

Kirish

Dekorativ va xalq amaliy bezak san'ati - badiiy ijodning o'ziga xos olami bo'lib, insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotining ko'p asrlik tarixi davomida yaratilgan san'at buyumlarining cheksiz rang-barang sohasi hisoblanadi.

Bu shunday sohaki usiz inson hayotini tasavvur qilib bo'lmaydi. Har bir narsa, xoh u mebel, xoh idish-tovoq, xoh kiyim-kechak bo'ladimi, nafaqat insonning hayot muhitida, balki, birinchi navbatda, uning ma'naviy dunyosida ma'lum o'rin egallaydi.

"Xalq amaliy bezak san'ati" tushunchasi ancha keng va ko'p qirrali. Bu asrlar davomida kelib chiqqan noyob xalq san'ati bo'lib, uning zamonaviy "izdoshlari" -an'anaviy badiiy hunarmandchilik, xalq san'ati tushunchasi bilan umumiy bog'langan.

O'tmish ajdodlarimiz merosi va hozirgi davr amaliy san'ati o'rtasida uzluksizlikni yaratish uchun madaniyatingizning o'ziga xos xususiyatlari va o'ziga xosligini aniqlash juda muhimdir. Shu maqsadda ushbu maqolaga qo'l urdik.

Xiva naqshlarining shakllanishi va rivojlanishiga qadimdan yuksak taraqqiy etgan badiiy kulolchilik va yog'och o'ymakorligi kabi hunarmandchilik turlari bilan chambarchas bog'liq bo'lganligi to'g'risida ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. Xiva naqshlarning dastlabki ko'rinishlari Kushon davrida yaratilgan yangi shakldagi xilma-xil sopol idishlarida qo'llanila boshlangan. Bu naqshlar sodda ko'rinishlarni hosil qilsada, o'ziga xos xashamdorligi va ulug'vorligi bilan noyob hisoblanadi.

Xorazm kulolchiligi taraqqiyoti yuksak darajaga ko'tarilgan Qang'uy davriga kulolchilik charxida idish yasash to'liq o'zlashtirilib, ularni tayyorlash hamda bezashning asosiy turlari ishlab chiqilgan. Qadimiy Tuproqqal'a xarobalaridan topilgan sopol idishlari esa naqshlar tushirilmasdan, balki qizil angob bilan parsdozlanganligini yaqqol ko'rishimiz mumkin.

Hunarmandchilik va xalq amaliy san'ati xalqlarning iqtisodiy holatini ko'rsatib beruvchi omillardan biri bo'lib, asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar sifatida davlat taraqqiyotiga hissa qo'shgan.

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng hunarmandchilik va xalq amaliy san'ati borasida asrlar davomida to'plangan tajriba, an'analardan bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida keng foydalanish masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

1997-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentmmg "Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanatni yanada rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni barcha sohalar qatorida kulolchilik an'analarini rivojlantirishida samarali turtki bo'ldi. 1

Mana oradan 20 yildan ortiq vaqt o'tib bu sohani rivojlantirish masalasi davlatimiz va hukumatimizning, shuningdek, muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning diqqat markazidagi masalalardan biri bo'lib turibdi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini yanada rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash yuzasidan bir

1 Xalq badiiy hunarmandchilik va Amaliy san'atini yanada rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni,-T.;«Toshkent oqshomi» gaz.2 aprel,1997,38-son.

I ícclT^^^^H 23 http://oac.dsmi-qf.uz

qancha qarorlar qabul qilindi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 17 noyabr kuni «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonini imzoladi.2 Bu farmon barcha hunarmandlar uchun katta imkoniyatlar yo'lini ochib berdi.

Xorazm viloyatining Xiva shahri o'zining amaliy san'at ustalari bilan mashhur. Mahalliy ustalar yasagan Amaliy san'at mahsulotlari xalqaro ko'rgazmalarda munosib e'tirof etib kelinmoqda.

Adabiyotlar sharhi. Saidahbor Bulatovning "O'zbek xalq amaliy bezak san'ati" nomli o'quv-metodik qo'llanmasida O'rta Osiyo naqqoshlik san'atining rivojlanishi tarixi haqida to'xtalib o'tgan.3 Bu kitobda muallif O'zbekiston naqqoshlik maktablarining uslublarini qiyosiy tahlil qilib, naqsh namunalarini chizish va bo'yash bosqichlarini mukammal yoriyib bergan.

G.A.Pugachenkova va L.I.Rempellarning 1958 yilda nashr qilingan "Выдающиеся памятники архитектуры Узбекистана" kitobida me'morchilik san'atining rivojlanishi va me'morchilik san'atida qo'llanilgan me'moriy bezaklar shakllanishi xususida so'z yuritilgan.4

G.A.Pugachenkova va L.I.Rempellarning 1960 yilda nashr qilingan "Выдающиеся памятники изобразительного искусства Узбекистана" kitobida O'zbekiston hududida tasviriy san'atining rivojlanish bosqichlari xususida so'z yuritilgan. Kitobda O'rta Osiyo rangtasvir, haykaltaroshlik, keramika texnologiyasi nig o'ziga xos xususiyatlari haqida qiziqarli ma'lumotlar berilgan. Amaliy san'at uslublarining davrlar mobaynida o'zgarib borish jarayonlari yoritilgan.5

E.M.Pesherova o'z tadqiqotlarida O'rta osiyo hududidagi kulolchilik san'ati va kulolchilik ishlari tarixini o'rganishga e'tibor qaratib, qadimgi va o'rta asrlardagi kulolchilik ishlari tarixiga baho bergan.6 Tadqiqot metodologiyasi

Vatanimizning ko'xna naqqoshlik maktablarida saqlanib kelayotgan an'anaviy naqqoshlik san'ati albatta hozirgi kunda amaliy san'atni rivojlantirish pallasida muhim o'rin kasb etadi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, ko'xna naqqoshlik an'analarini saqlab qolish har qanday san'at yo'nalishida o'ta muhim hisoblanadi. Chunki, an'anaviy amaliy san'at bu tasviriy san'atdagi o'ziga xos mustahkam poydevordir.

Xiva naqqoshlik san'ati uslubini Samarqand, Toshkent, Farg'ona, Buxoro naqqoshlik san'ati uslublaridan tubdan farq qilishi haqida mutaxassislar tomonidan

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni. 17 noyabr 2017 yil.

3 Булатов С."Узбек халк амалий безак санъати" Тошкент "Ме^нат" нашриёти 1991. 142-161 бетлар

4 Пугаченкова Г.А, Ремпель Л.И.Выдающиеся памятники архитектуры Узбекистана T.1958 г. 30-36 стр

5Пугаченкова Г.А, Ремпель Л.И. Выдающиеся памятники изобразительного искусства Узбекистана T.1960 г. 113-122 стр.

6 Пещерова Е.М. Гончарное производство Средней Азии.-М-Л.,1989.- 240 с.

ГГлЦ^^Ш! 24 http://oac.dsmi-qf.uz

ko'plab ma'lumotlar berilib, fikr va mulohazalar bildirib kelinadi. Shularni e'tiborga olgan holda Xiva naqqoshlik san'ati uslubining o'ziga xos xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarni yanada mukammallashtirishga va boyitishga harakat qilmoqchimiz. Xiva naqqoshlik san'ati uslubidagi naqsh kompozitsiyalarda naqsh elementlarining qo'llanilishi, shakli, ma'nosi, naqsh kompozitsiyalarning tuzilishi va ulardagi rangshunoslik haqidagi ma'lumotlarni bosqichma-bosqich o'rganib borish maqsadga muvofiq.

Ushbu maqolada Xiva naqqoshlik san'ati uslubining o'ziga xos xususiyatlari va Xiva naqqoshlik san'ati uslubini Samarqand, Toshkent, Farg'ona, Buxoro naqqoshlik san'ati uslublaridan tubdan farq qilishi haqida qisqacha to'xtalib otildi.

Tadqiqotimizni asoslashda eski va zamonaviy manbalarga tayandik. Biz mavzuni tushuntirishda qo'l kelishi mumkin bo'lgan ilmiy farazlarga e'tibor qaratdik. Biz tadqiqotimizni yoritishda O'zbekiston xalq rassomi Abdulla Boltayevning yozib qolqirgqn estaliklaridagi, hozirgi davrda ijod qilib kelayotgan O'zbekiston xalq ustalari Xivalik Xayitvoy Bog'ibekov, Toshkent naqqoshlik maktabi namoyondasi Toxirjon Usmonovlarning Xiva naqshlarining shakllanishi, o'ziga xos tomonlarining falsafiy jihatlari haqidagi fikr-mulohazalariga tayandik.

Tahlil va natijalar

Xiva naqqoshlik san'ati uzoq tarixga, ajoyib an'analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon va o'ziga xos uslubga ega.

Xiva naqqoshlik san'ati uslubidagi naqsh kompozitsiyalarda naqsh elementlarining qo'llanilishi, shakli, ma'nosi, naqsh kompozitsiyalarning tuzilishi va ulardagi rangshunoslik haqidagi ma'lumotlarni bosqichma-bosqich o'rganib borish maqsadga muvofiq.

I-bosqich. Biz bu bosqichda daslabki ko'nikmalarni yani Xiva naqshlarida qo'llaniladigan naqsh elementlarining shakli, tuzilishi va ma'nolariga alohida e'tiborimizni qaratmog'imiz lozim. Hozirgi kungacha mutaxassislar tomonidan bildirilib kelinayotgan Xiva naqqoshlik san'ati uslubidagi naqsh kompozitsiyalarda yuqorida ko'rsatib o'tilgan naqqoshlik maktablari uslubidagi naqsh kompozitsiyalardan farqli o'laroq naqsh elementlari kam qo'llaniladi deyilgan ma'lumotlarni ham isbotlay olishimiz kerak. Chunkiy, boshqa viloyatlarda shakllangan naqqoshlik maktablari naqshlarida naqsh elementlarining qo'llanilishi shu viloyatning iqlim sharoiti, o'simllik va hayvonot dunyosiga bog'liq ekanligi muhim ahamiyatga ega. Toshkent, Farg'ona, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlarining iqlim sharoiti, o'simllik va hayvonot dunyosi Xorazm viloyati iqlim sharoiti, o'simllik va hayvonot dunyosidan tubdan farq qiladi. Vohamizda o'sadigan o'simlik dunyosining kamligi va iqlim sharoiti yozda juda ham issiq, qishda esa juda xam sovuq ob-havo hukmronlik qilishi hammaga yaxshi ma'lum. Bu esa Xorazmda ijod qilgan naqqoshlarining tabiatdan o'zlashtirib va badiiylashtirib olib naqsh

I ibiSi^^Bl 25 http://oac.dsmi-qf.uz

kompozitsiyalarida qo'llanilishi kerak bo'ladigan naqsh elementlarida o'z aksini topmasdan qolmagan.

Buni quyidagicha, oddiy va murakkab shakldagi barglar, bargli gullar va boshqa turkumdagi naqsh elementlarining farqli jihatlarini misollar orqali ko'rib chiqamiz. (1-2-3-4-5-6-rasmlar).

1-rasm.Barglar. Xiva naqsh elementlari

2-rasm. Barglar. Toshkent naqsh elementlari

3-rasm. Bargli gullar. Xiva naqsh elementlari

4-rasm. Bargli gullar. Toshkent naqsh elementlari

5-rasm. Ko'p bargli gullar. Xiva naqsh elementlari

6-rasm. Ko'p bargli gullar. Toshkent naqsh elementlari

Yana shunday alohida yaqqol ajralib turadigan qo'chqor shoxi, tugma (xorazm shevasida dugma), mehrob, bog'lamlar kabi naqsh elementlarini ham ko'p ko'rishimiz mumkin. (7-rasm).

a) ^ b) \ ^ c) /a\ d) tr^ e)

7-rasm.a),b),c) Qo'chqor shohi, d)madohili, e)mehrob naqsh elementlari II-bosqich. Bu bosqichda naqsh elementlarining ketma-ket joylashtirib yaratilgan Xiva naqqoshlik san'ati uslubidagi naqsh kompozitsyasining yxlit tuzilishiga alohida e'tibor berishga qaratilmog'imiz lozim.

Xiva uslubidagi naqsh kompozitsiyalar tuzilishiga ko'ra, asosan novda spiralsimon aylanib-aylanib murakkab naqshlar hosil qilishini yaqqol ko'ramiz.

Bunday ko'rinishdagi islimiy naqshlar boshqa shaharlardagi naqqoshlik maktablari uslubidagi naqsh kompozityalardan kuchli harakatlanuvchiligi bilan farq qiladi. Ko'pincha geometrik shakllardan tashkil topgan naqsh kompozitsiyalarda yulduz hosil qiluvchi girihlar chizilib, orasiga spiralsimon islimiy naqsh ishlatilib, gulli dirih naqsh kompozityalari yaratililib kelingan. Xiva naqshlari umuman madoxilli naqshlar asosida tuziladi. Keyin esa islimiy naqsh sipiralsimon mayda qilib ishlanadi. (8-10-rasm). Samarqand va Buxoro naqqoshlik maktabi uslubidagi naqshlarda kuchli hashamdorlik va rangbaranglik yaqqol ko'zga tashlanishi bilan ajralib turadi.(9-rasm).

8-rasm

Xiva. Koshinga ishlangan turunji naqsh kompozitsiyasi

9-rasm

Buxoro. Moxi-xosa saroyi devoriga ishlangan naqsh kompozitsiyasi

III-bosqichda Xiva naqsh kompozitsiyalaridagi qo'llanilib kelinayotgan ranglar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini farqlay olishdek ma'suliyat turadi. Rangiga kelsak, naqshlarning umumiy rangi ko'pincha havorang koloritda ishlanadi. Ranglar kam ishlatilsada, o'ziga xos ko'rkamlikka ega. (8-10-rasmlar). Xiva naqshida asosan zangori va yashil ranglar juda ko'p ishlatiladi. Xiva naqshlari butun yuzani geometrik naqshlar bilan to'ldirib moviy va yashil bo'yoq berishni yaxshi ko'rganlar.

10-rasm.Xiva.Tosh -hovli saroyi devoriy 11-rasm.Toshkent. Devoriy mayolika mayolika qoplamasi qoplamasi

Xiva me'morchiligining noyob namunalaridan biri Tosh-hovli saroyining ayvonlari shiftlarini bezashda qizil, sariq va qizg'aldoq ranglardan foydalanilganligiga misollar keltirishmiz mumkin (12-rasm). Xiva naqqoshlari o'z naqsh uslublarini o'zgartirmasdan naqsh kompozitsiyadagi ranglar jimjimadorligini va xashamdorligini ko'rsarishga xarakat qilib noyob asarlar yaratganlar.

12-rasm. Xiva. Tosh -hovli saroyining shift qismi Xiva naqqoshlik makatabi uslubida chizilgan naqsh kompozitsiyalarini pardozlash bosqichi o'ziga xosligi bilan ham ajralib turadi. Xiva naqshlarida targ'il berib pardoshlash qo'llanilmay, barg, band va gullar chiziqlar bilan chegaralanib qo'yiladi. Toshkent uslubidagi naqsh kompozitsiyalarda esa pardozlash bosqichida gul, barg va bandlariga targ'il berib bezash keng qo'llanilib kelinadi.(13-rasm).

I fctlT^^^^H 28 http://oac.dsmi-qf.uz

13-rasm.Toshkent naqqoshlik maktabi uslubidagi naqshlarnipardozlash(targ'il

berish)

Xulosa

Go'zallik dunyosini yaratishda naqqosh ustalarning mehnati va zahmati beqiyos. Ularning bebaho san'ati tufayli ajoyib bezaklar yaratiladi, oddiy devorlar va buyumlar go'zallik dunyosiga aylanadi. Naqqosh ustalar asarlariga takrorlanmas va go'zal chizgilar berish bilan ularga jon bag'ishlaydi. Chunki naqqosh ustaning san'ati insonlarning hayotini bezaydi, biyumlarga mazmun bag'ishlaydi va shu orqali ajib san'at asarlarini dunyoga keltiradi.

Albatta, bu san'at o'z-o'zidan bo'lmay, bunday go'zallik dunyosini yaratish uchun usta butun borlig'ini bag'ishlaydi, aql zakovati, bilimi va san'atini ishga soladi.

Xiva naqqoshlik san'ati naqsh kompozitsiyalarida oddiy va murakkab shakldagi barglar, bargli gullar, madohil, qo'chqor shoxi kabi naqsh elementlarining qo'llanilishi, shakli, falsafiy ma'nosi, naqsh kompozitsiyalarning tuzilishi va ulardagi ranglarning respublikamizdagi boshqa naqqoshlik maktablaridan juda ko'p farqli jihatlari bilan tanishib chiqdik.

Xiva islimiy naqshlari boshqa naqqoshlik maktablari uslubidagi naqsh kompozityalardan kuchli harakatlanuvchiligi va geometrik shakllardan tashkil topgan naqsh kompozitsiyalarda yulduz hosil qiluvchi girihlarlardan hosil bo'lishi, orasiga spiralsimon islimiy naqsh ishlatilib, gulli dirih naqsh kompozityalari yaratilishi bilan xarakterlanadi.

Xiva naqshlari umuman madohili naqshlar asosida tuziladi. Keyin esa islimiy naqshlar spiralsimon mayda qilib ishlanadi. Xiva naqshlarining rang jihatiga kelsak naqshlarning umumiy rangi ko'pincha havo rang koloritda ishlatiladi. Ranglar kam ishlatilsada, o'ziga xos ko'rkamlikka ega.

Xiva koshin gullarining aksari rangi oq, ko'k va zangori bo'lib, bu ranglarning tanlanishi ham bejiz emas. Chunki qadimda oq rang tozalik, yorug'lik, baxt va omad ramzi, ko'k rang moviy osmon, yomon ko'zdan asrash, zangori rang oliy e'tiqod ramzini bildirgan. Naqshlarda ham olam-olam ma'nolar yashiringan.

Bugun Respublikamizning qaysi hududuiga borsak, naqqoshlik san'ati namunalari bilan bezatilgan zamonaviy va tarixiy obidalarga, shuningdek, turmushda ishlatiladigan naqqoshlik san'ati bilan bezatilgan buyumlarga ko'zimiz tushadi. Bularning aksariyatida viloyatimiz va respublikamizning boshqa hududlarida ijod qilayotgan naqqosh ustalarning hissasi borligini ko'ramiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xalq badiiy hunarmandchilik va Amaliy san'atini yanada rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni,-- T.; «Toshkent oqshomi» gaz. 2 aprel, 1997, 38 - son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni. 17 noyabr 2017 yil.

3. Булатов С."Узбек халк амалий безак санъати" 284-292 бетлар Тошкент "Мехдат" нашриёти 1991.

4. Пугаченкова Г.А, Ремпель Л.И.Выдающиеся памятники архитектуры Узбекистана T.1958 г. 30-36 стр.

5. Пугаченкова Г.А, Ремпель Л.И.Выдающиеся памятники изобразительного искусства Узбекистана T.1960 г. Стр 113-122

6. Пугаченкова Г.А.Из художественной сокровищницы Среднего Востока.

7. Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма T.1987 г.

8. Пещерова Е.М. Гончарное производство Средней Азии.-М-Л.,1989.-240

с.

9. Ремпель Л.И.Цеп времен. T.1987 г.

10. Ремпель Л.И.Архитектурный орнамент Узбекистана T.1961 г.

11. O^kiston san'ati.(1991-2001 yillar) 65-68 бетлар T.: Sharq; 2001.

12. Гуломов С.С, Булатов С.С. «Шаркона уста шогирд одоби» УзР.ОУМТВ укув адабиётлари, журнал ва бюлетенларни нашрга тайёрлаш маркази, 2000.

13. "Хива минг гумбаз шахри". Муаллифлар жамоаси. Тошкент "Шарк" 1997 йил. 79-81 бетлар.

14. Autor of the Scientific Project: Professor A.A. Khakimov, DA, Member of the academy of arts of Uzbekistan. Atlas of Central Asian Artistic Crafts and Trades.Volume-I Uzbekistan. pp. 11-19.

15. Ibadullayeva N.E, Ibadullayev S.3, Xorazm kulolchilik va koshinpazlik san'atidagi an'anaviy texnologiyalarning o'ziga xos uslublari va estetik ta'sirchanligi. "ILM SARCHASHMALARI" ilmiy-nazariy, metodik jurnal. 2022 yil.7-son. 132135.

16. Ibadullayeva N.E. The traditions preserved in the Khorezm blue pottery schools. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research. Volume: 7 Issue: 12. December 2021. 272-275. https://doi.org/10.36713/epra2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.